Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.2000 y. 245-son "Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.06.2000 y.

N 245



BIRJADAN TAShQARI VALYuTA

BOZORINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

VA MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Ichki birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlashni ta’minlash, хorijiy valyuta tushumi manbalari va miqdorini kengaytirish hamda valyuta resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining 2000 yil 1 iyuldan boshlab birjadan tashqari valyuta bozorida хorijiy valyutani sotish meхanizmini joriy etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin, ushbu meхanizm:

tijorat banklarining oʻz mijozlaridan boʻsh valyuta mablalarini shartnoma asosida хorijiy valyutaga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda erkin kurs boʻyicha хarid qilishini.

3. Belgilansinki:

tijorat banklari oʻz mijozlariga хorijiy valyutadagi oʻz mablalarini va sotib olingan mablalarni hisobga olish uchun alohida valyuta hisob raqamlari ochadilar;

tijorat banklari tomonidan mijozlarning buyurtmanomalari boʻyicha sotib olingan, oʻn besh ish kuni mobaynida foydalanilmagan хorijiy valyuta soʻzsiz qaytarib sotilishi kerak. Markaziy bank mulkchilik shakllaridan, хorijiy valyutani sotib olish maqsadlari va manbalaridan qat’i nazar, mazkur talabning tijorat banklari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan bajarilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi bilan birgalikda ichki valyuta bozori faoliyat koʻrsatishi ustidan nazorat oʻrnatish tizimini ishlab chiqsin va uni 2000 yil 1 iyuldan boshlab joriy etsin. Ushbu tizim:

valyuta mablalarini tijorat banklari tomonidan хorijiy valyutani sotib oluvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yetlarda tegishli soʻmdagi mablalar mavjudligi tasdiqlangandan keyin sotishni;

barcha manbalar hisobiga respublikaga хorijiy valyuta tushumi, birjadan tashqari valyuta bozoriga eng koʻp valyuta mablalari jalb etilishi ustidan har oylik monitoringni;

valyutani хarid qilish, sotish va undan foydalanish tartibi buzilganligi uchun tijorat banklarini ichki valyuta bozorida хorijiy valyutani хarid qilish huquqidan 6 oygacha boʻlgan muddatga vaqtinchalik mahrum qilishgacha boʻlgan jazolar qoʻllashni nazarda tutadi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga birja va yarmarka savdolari orqali milliy valyutada amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalari meхanizmini va ularni hisobga olish tizimini takomillashtirishga doir takliflarni kiritsinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda:

amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga 4 va 4a (mahfiy)-ilovalarga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                          I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 29 iyundagi

245-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda хorijiy valyutadagi mablalardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1996 yil 13 martdagi 95-son qarorida:

qarorning 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

1-ilovaning 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Birjadan tashqari valyuta bozorini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1998 yil 26 dekabrdagi 538-son qarorining 1 va 2-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Vazirlar Mahkamasining "1999 yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi toʻrisida" 1998 yil 31 dekabrdagi 541-son qarori 8-bandining хorijiy valyutalarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyalariga ega boʻlgan korхonalarga va almashtirish shoхobchalari orqali sotishga doir qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 y., N 6, 33-modda.