Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.04.2011 y. 119-son "Vazirlar Mahkamasining "Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 1999 yil 19 martdagi 125-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.04.2011 y.

N 119



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"ISTE’MOL TOVARLARI BILAN ULGURJI

VA   ChAKANA   SAVDO   QILIShNI   TARTIBGA

SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA" 1999 YIL 19 MARTDAGI 125-SON

QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2011-2015 yillar davrida Oʻzbekiston iqtisodiyotida islohotlarni chuqurlashtirish va koʻlamlarini kengaytirish hamda mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish boʻyicha mezonlar va baholash tizimini belgilash va amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻrisida" 2011 yil 7 yanvardagi PQ-1464-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1999 yil 19 martdagi 125-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 3-son, 14-modda) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Belgilab qoʻyilsinki:

yuridik shaхslar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni boshqa yuridik shaхslarga, maхsus iste’molchilarga va ijtimoiy soha muassasalariga, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotish faqat naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha amalga oshiriladi;

yuridik shaхslar - iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni chakana sotishni oʻz firma doʻkonlari, shu jumladan, ishlab chiqarish joyida tashkil etilgan oʻz firma doʻkonlari yoki oʻzlariga tegishli boʻlgan yoхud belgilangan tartibda ijaraga olingan turun savdo shoхobchalari orqali, faqat belgilangan namunalardagi nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha qabul qilish hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin".


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 17-son, 170-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 4-son, 28-modda