Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.08.2011 y. PQ-1607-son "Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

27.08.2011 y.

N PQ-1607



XALQARO ShARTNOMANI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


1. Bir-biriga mos keluvchi milliy teletibbiyot tizimlarini yaratishda va ularni yanada rivojlantirish hamda foydalanishda MDHda qatnashuvchi davlatlar hamkorligi toʻrisida 2010 yil 19 noyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bitimni amalga oshirish yuzasidan mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur хalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani va Bitimni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organlar tayinlangani toʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnomani yoʻllasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu хalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 34-35-son, 346-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2011 yil, 8-son, 227-modda