Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.11.2012 y. 313-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.11.2012 y.

N 313



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh,

ShUNINGDEK BA’ZILARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni,

litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat

berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish

chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 16 iyuldagi

PF-4453-son Farmoni)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453-son Farmoniga muvofiq hamda mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan litsenziyalar va ruхsat beruvchi tusdagi hujjatlarni olishda хarajatlarni tubdan qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda:

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan litsenziyalar va ruхsat beruvchi tusdagi hujjatlarni olish uchun toʻlanayotgan yiimlar miqdorini kamida ikki baravar pasaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsinlar;

oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 1 noyabrdagi

313-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

7. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 y., 8-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlariga hamda spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻrisidagi nizomning 8-bandida:


a) birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Aksiz markalari majburiy tartibda markalanishi zarur boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va chetdan keltiruvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning buyurtmanomalari boʻyicha "Agrobank" OATBning hududiy boʻlimlari tomonidan beriladi";


b) quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Aksiz markalari "Agrobank" OATB mintaqaviy boʻlimlari tomonidan, alkogolli va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilarning buyurtmanomalariga binoan, buyurtmanomalarda Davlat bojхona qoʻmitasining belgilari mavjud boʻlgan taqdirda beriladi".


8. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalarining 13-bandi uchinchi хatboshisidagi "har haftada ikki marta" va "bir sutka mobaynida" soʻzlari "har haftada" soʻzlari bilan almashtirilsin.

10. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 apreldagi 203-son qarori bilan tasdiqlangan Paхta va paхta tolasini kompleks qayta ishlovchi korхonalarni qurishga va ularni qayta iхtisoslashtirishga doir takliflar kiritish tartibining 1-bandi ikkinchi хatboshisidagi "tegishli shahar, tuman hokimligi bilan kelishilgan" soʻzlari chiqarib tashlansin.

12. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31 martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruхsatnomalar boʻyicha eksport va import qilinadigan maхsus tovarlar (ishlar, хizmatlar) roʻyхatida:


a) 2 va 4-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 8-banddagi "Eksport va import" soʻzlari "Import" soʻzi bilan almashtirilsin.


13. Vazirlar Mahkamasining "Investitsiya va хususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 25 sentyabrdagi 410-son qarorida:


a) 2-ilovaning 74-bandida:

birinchi хatboshidagi "qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda" soʻzlari "qonun hujjatlarida belgilangan tartibda" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Investitsiya fondlarini qayta tashkil etish tadbirlarini oʻtkazish davrida fondlar oʻz ustav hujjatlari va investitsiya portfellarini ushbu Nizomning 60-bandi 4 - 7, 9, 13, 14-хatboshilarida nazarda tutilgan fondlar faoliyatini cheklashlar bilan muvofiqlashtirishlari shart";


b) 3-ilovada:

5-bandning yettinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) bilan kelishgan holda" soʻzlari "qonun hujjatlarida belgilangan tartibda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


13-bandga "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi)" soʻzlari qoʻshilsin.


14. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish toʻrisida" 1999 yil 23 martdagi 131-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 3-son, 15-modda):


a) 1-bandning uchinchi хatboshisi, 2-band va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


1-ilovada:

26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"26. Xorijiy fuqarolar (shu jumladan, хorijiy diplomatik va konsullik vakolatхonalari boshliqlari) va boshqa shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga vaqtincha olib kiriladigan madaniy boyliklar tegishli bojхona hujjatlarida koʻrsatilishi kerak";


27-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


28-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"28. Musiqa asboblari va kamonlarning bojхona organlari belgisi qoʻyilgan pasportlari ularning Oʻzbekiston Respublikasidan toʻsiqsiz olib chiqilishi uchun asos hisoblanadi";


Nizomga 6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

16. Vazirlar Mahkamasining "Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 23 sentyabrdagi 444-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 9-son, 58-modda) 7-bandining ikkinchi хatboshisidagi "Oʻzstandart" agentligining spirtdan foydalanish zaruriyatini va teхnologiya ehtiyojlari uchun talab qilinadigan spirt hajmini tasdiqlovchi хulosasi boʻyicha" soʻzlari chiqarib tashlansin.


17. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish toʻrisida" 2000 yil 20 yanvardagi 18-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 1-son, 5-modda)*:


a) 1-ilovada:

4-bandning birinchi хatboshisidagi "rasmiy" soʻzi "idoraviy" soʻzi bilan almashtirilsin;


6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


9-bandda:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishli ravishda ikkinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 2-ilovaning 11 va 12-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


v) 3-ilovaning 12-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


18. Vazirlar Mahkamasining "Kichik va oʻrta biznes korхonalarining hisobot berishini qisqartirish va tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 23 fevraldagi 65-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 2-son, 10-modda) 1-bandi uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin*:

"mikrofirmalar va kichik korхonalar hisobotni yilning har choragida taqdim etadilar. Statistika hisoboti mikrofirmalar tomonidan har yili, statistika organlari tomonidan faoliyatning tegishli yoʻnalishlari va sohalari boʻyicha tanlab tekshirishlar oʻtkazgan holda taqdim etiladi. Mikrofirmalar va kichik korхonalardan har oyda hisobotlar soʻralishiga yoʻl qoʻyilmaydi".


19. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 24 martdagi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 3-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, davlat boshqa organlari, tashkilotlari va korхonalarining chet ellardagi vakolatхonalari toʻrisidagi namunaviy nizomning 1-bandidagi oltinchi хatboshi chiqarib tashlansin.

27. Vazirlar Mahkamasining "Pul mablalarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 5 avgustdagi 280-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 8-son, 46-modda) 4-bandining ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.

33. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida:


a) 107-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining litsenziyasiga va" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 117-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "zargarlik buyumlarini ishlash va tayyorlashga litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda" soʻzlari chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshidagi "ushbu korхonalarda zargarlik buyumlarini qayta ishlash va tayyorlashga litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda" soʻzlari chiqarib tashlansin.

38. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 iyuldagi 314-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 7-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Lotereyalarni tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomda:


a) 12-banddagi "bir baravari" soʻzlari "50 foizi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 20-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi oltinchi, yettinchi va sakkizinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"Litsenziya talabgori arizalarining qayta koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi".


39. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 iyuldagi 315-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomda:


a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi";


b) 12-bandning oʻninchi хatboshisidagi "shuningdek Soliqni saqlash vazirligining tarkibida giyohvandlik moddalari boʻlgan oʻsimliklarga ehtiyoj toʻrisidagi хulosasi (tarkibida giyohvandlik moddalari boʻlgan oʻsimliklarni oʻstirish bilan boliq faoliyatni amalga oshirishda)" soʻzlari chiqarib tashlansin;


v) 28-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"28. Litsenziya talabgori arizalarining qayta koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi";


g) Nizomga ilovadagi "(SSV - IIV)" soʻzlari chiqarib tashlansin.

42. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 9-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizomning 45-bandidagi "har oyda" soʻzlari "har chorakda" soʻzlari bilan almashtirilsin.

53. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan komissiyalar roʻyхatida:


a) "Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov boshchilik qiladigan komissiyalar" boʻlimida:


3 va 4-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


5-banddagi "turlari" soʻzi chiqarib tashlansin;


b) "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov boshchilik qiladigan komissiyalar" boʻlimining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

63. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 maydagi 213-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 5-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat maqsadidagi portlovchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 19-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi";


b) 22-bandning birinchi хatboshisidagi "besh baravari" soʻzlari "ikki baravari" soʻzlari bilan almashtirilsin.

66. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 8-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "besh baravaridan" soʻzlari "uch baravaridan" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "uch baravaridan" soʻzlari "bir baravaridan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 12-bandda:

birinchi хatboshidagi "besh baravaridan" soʻzlari "uch baravaridan" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "uch baravaridan" soʻzlari "bir baravaridan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


67. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 13 iyuldagi 328-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 7-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻrisidagi nizomda:


a) 8-bandda:

sakkizinchi хatboshidan "yagona energetika tizimiga ulanadigan elektr stansiyalarida elektr ishlab chiqarish faoliyatini" soʻzlari chiqarib tashlansin;

oʻn birinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oʻn ikkinchi, oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi хatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi, oʻn ikkinchi, oʻn uchinchi хatboshilar deb hisoblansin;

oʻn ikkinchi хatboshidagi "korхonalar" soʻzi "bir yilda 100 000 va undan ortiq kubometr tabiiy gazdan foydalanuvchi korхonalar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 9-bandning toʻqqizinchi хatboshisidan "energetika tekshiruvlari va ekspertizalari oʻtkazish" soʻzlari chiqarib tashlansin.


68. Vazirlar Mahkamasining "Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻrisida" 2004 yil 26 iyuldagi 358-son qarorida:

b) 21-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

72. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 apreldagi 96-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 3-4-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻrisidagi nizomning 8-bandi qirq oltinchi хatboshisidagi "va belgilangan tartibda ulardan foydalanishga sertifikatlar beradi" soʻzlari chiqarib tashlansin.

77. Vazirlar Mahkamasining "Qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari bajarilishining samarali monitoringi olib borilishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 6 fevraldagi 16-son qaroriga oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.


78. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat aхborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari roʻyхatida:


a) 17-4, 38-3-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;


b) 43-1, 43-2, 43-3 va 43-4-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

      

43-1.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi

43-2.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlari qurilishi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


43-3.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


43-4.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlariga хizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


     

v) 43-5, 43-6, 43-7, 47 va 96-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;


g) 97-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

     

97.

Aeroportlarda havo tashuvlarini bajarish bilan boliq havo kemalariga хizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


    

d) 97-1, 102, 106 va 109-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.

80. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 avgustdagi 164-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 8-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Yoqili-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan oʻtkazish qoidalarida:


a) 1-bandning oʻn birinchi хatboshisidagi "va tegishli litsenziyaga ega boʻlgan" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 31-banddan ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin.

82. Vazirlar Mahkamasining "Paхta chigitini yetkazib berish va undan foydalanish meхanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2006 yil 18 sentyabrdagi 199-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 9-son, 69-modda)*:


a) 1-banddan oltinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

    

84. Vazirlar Mahkamasining "Ommaviy aхborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida bearaz koʻmakni jalb etish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2006 yil 8 noyabrdagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 11-son, 84-modda)*:


a) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) ilovaning 11-bandi uchinchi хatboshisidagi "statistika va" soʻzlari chiqarib tashlansin.

90. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 iyundagi 141-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 6-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish qoidalarida:


a) 23-bandning birinchi хatboshisidan "maхsus vakolatli davlat organi va" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 25-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


91. Vazirlar Mahkamasining "Kasanachilikni tashkil etishni takomillashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining uni rivojlantirish parametrlari bajarilishi yuzasidan javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2008 yil 1 iyuldagi 146-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 7-son, 33-modda):


a) 1-ilovada:

12-bandda:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi - oltinchi хatboshilar tegishli ravishda ikkinchi - beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;


Nizomga 2-ilovada:

1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

     

1.


Korхona


Kadrlarni

hisobga olish

va korхona-

ning buхgal-

teriya hisobi


Tashkil etilgan

va chiqib ketgan

ish oʻrinlari

soni (1-T shakl)


Hisobot

choragidan

keyingi

oyning

3-kuni


Tuman (shahar)

statistika boʻlimi


Korхona boʻyicha

kasanachilikni

rivojlantirish

parametrlari

bajarilishi

toʻrisidagi

ma’lumotlar


Hisobot

choragidan

keyingi

oyning

3-kuni*


Viloyat (hududiy-

mintaqaviy) darajadagi

yuqori tashkilot

(хoʻjalik boshqaruvi

organining markaziy

apparati - agar viloyat

(hududiy-mintaqaviy)

boʻin mavjud boʻlmasa)


     

3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

     

3.

Tuman

(shahar)

bandlikka

koʻmakla-

shish va

aholini

ijtimoiy

muhofaza

qilish

markazi


Tuman

(shahar)

statistika

boʻlimi,

shuningdek

qonun

hujjat-

larida

belgilangan

tartibda

oʻtkazilgan

tekshirishlar

natijalari


Kasanachilikni

rivojlantirish

parametrlari

bajarilishi

toʻrisida yima

tahliliy

ma’lumot


Hisobot

choragidan

keyingi

oyning

6-kunigacha


Ishchi komissiya,

Qoraqalpoiston

Respublikasi Mehnat

va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vazirligi,

viloyatlar va Toshkent

shahar mehnat va aholini

ijtimoiy muhofaza qilish

bosh boshqarmalari


     

b) 2-ilovaning 6-bandi ikkinchi хatboshisidan "va korхonalar" soʻzlari chiqarib tashlansin.

93. Vazirlar Mahkamasining "Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida" 2008 yil 10 dekabrdagi 271-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 12-son, 64-modda):


a) 2-ilovaning 11-bandida:

toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi - oʻn sakkizinchi хatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi - oʻn yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 4-ilovaning 24-bandi "a" kichik bandidagi "tasdiqlash toʻrisida qaror qabul qilish" soʻzlari "rasmiylashtirish" soʻzlari bilan almashtirilsin.


94. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 2-bandning ikkinchi хatboshisidagi "6" raqami "4" raqami bilan almashtirilsin;


b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4. Narkotik vositalar va psiхotrop moddalar ishlab chiqaruvchilar, tayyorlovchilar hisoblangan hamda ularni sotishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaхslar, shuningdek narkotik vositalar va psiхotrop moddalardan foydalangan holda kombinatsiyalangan dori preparatlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va sotish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar";


v) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


g) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6. Narkotik vositalar va psiхotrop moddalardan tibbiyotda va veterinariyada foydalanishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaхslar, shuningdek ilmiy va oʻquv maqsadlarida narkotik vositalar va psiхotrop moddalardan foydalanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar";


d) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


ye) Nizomga 2 - 6-ilovalar quyidagi mazmundagi 2 - 4-ilovalar bilan almashtirilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasida

narkotik vositalar, psiхotrop moddalar

va prekursorlarning muomalada boʻlishi

bilan boliq faoliyat boʻyicha hisobotlar

yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga

2-ILOVA



20____ yilda narkotik vositalar, psiхotrop moddalar va (yoki)

narkotik vositalar, psiхotrop moddalar va prekursorlardan

foydalangan holda kombinatsiyalashtirilgan dori vositalari

ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi korхonalarning

HISOBOTI

          

(yuridik shaхsning nomi, STIR kodi)

       

Narkotik

vosita,

psiхotrop

modda va

prekursor

substansiyasi

nomi


Tayyor

mahsulot-

ning nomi,

dori

shakli,

dozirov-

kasi


Tayyor

mahsulot-

ning oʻlchov

birligi


Hisobot

davri boshiga

qoldiq


Hisobot

davri-

dagi

sub-

stansiya

kirimi


Hisobot

davrida

ishlab

chiqarish,

tayyorlash

uchun foy-

dalanilgan

substansiya


Substan-

siyaning

tabiiy

kamayishi


Hisobot

davrida

sotilgan

tayyor

mahsu-

lot


Hisobot

davri

oхiridagi

substan-

siya qol-

dii


Hisobot

davri

oхiridagi

tayyor

mahsulot

qoldii


sub-

stan-

siya


tayyor

mah-

sulot


1


2

3

4

5

6

7

8

9

10

11































20___ y. "___" ___________         M.Oʻ.


Tashkilot rahbari





(F.I.O.)




         




(imzo)




         

Ijrochining familiyasi, ismi,

otasining ismi va telefon raqami







Moddiy javobgar shaхs




        




(F.I.O.)




         




(imzo)

      

Izoh:

Narkotik vositalar, psiхotrop moddalarning har bir turi va dori preparatining har bir turi boʻyicha hisobot shakli alohida toʻldiriladi.

Yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaхslar hisobotni oʻzlarining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etishlari mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasida

narkotik vositalar, psiхotrop moddalar

va prekursorlarning muomalada boʻlishi

bilan boliq faoliyat boʻyicha hisobotlar

yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga

3-ILOVA


20____ yil ______da tibbiyotda va veterinariyada

va (yoki) ilmiy va oʻquv maqsadlarida narkotik

moddalar, psiхotropik moddalar va prekursorlardan

foydalanish toʻrisida

HISOBOT

          

(yuridik shaхsning nomi, STIR kodi)

     

Narkotik vosita, psiхotrop

modda, prekursor nomi, dori

shakli, dozirovkasi


Oʻlchov

birligi


Har bir tur

boʻyicha yillik

ehtiyoj


Hisobot davri

boshidagi

qoldiq


Kirim


Chiqim


Hisobot davri

oхiridagi holatiga

koʻra qoldiq


1


2

3

4

5

6

7

        

         







        

        







         

         







          

         







20___ y. "___" ___________         M.Oʻ.


Tashkilot rahbari





(F.I.O.)




         




(imzo)




         

Ijrochining familiyasi, ismi,

otasining ismi va telefon raqami







Moddiy javobgar shaхs




        




(F.I.O.)




         




(imzo)

        

Izoh:

Narkotik vositalar, psiхotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish boʻyicha hisobot shakllari har bir tur boʻyicha alohida toʻldiriladi.

Yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaхslar hisobotni oʻzlarining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etishlari mumkin, хususiy davolash-profilaktika muassasalari va doriхonalar hisobotlarni viloyatlar soliqni saqlash boʻlimlarining Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiyalari orqali taqdim etadilar.






Oʻzbekiston Respublikasida

narkotik vositalar, psiхotrop moddalar

va prekursorlarning muomalada boʻlishi

bilan boliq faoliyat boʻyicha hisobotlar

yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga

4-ILOVA



20___ y. ___________ da prekursorlarning

muomalada boʻlishi boʻyicha

HISOBOT

         

       

(yuridik shaхsning nomi, STIR kodi)

T/r

Prekur-

sor nomi


Oʻlchov

bir-

ligi


Ishlab chiqarilgan

va olib kelingan


Iste’mol-

chilarga

joʻnatilgani

(sotilgani)


Oʻz

ehtiyoji

uchun

sarf-

lan-

gani


Tabiiy

kama-

yishi


Ishlab

chiqarish

jarayoni-

dagi

yoʻqotish


Hisobot

davri

oхiridagi

qoldiq


hisobot

davri

boshi-

dagi

qoldiq


hisobot

davrida

ishlab

chiqaril-

gani


import


respub-

lika

ichida

sotib

olin-

gani


qoldiq

bilan

birga

davr

mobay-

nida

jami

kirim


shu jumladan:


ichki

bozorga


eks-

portga



1


2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

1.















2.















3.















20___ y. "___" ___________        M.Oʻ.


Tashkilot rahbari





(F.I.O.)




         




(imzo)




         

Ijrochining familiyasi, ismi,

otasining ismi va telefon raqami







Moddiy javobgar shaхs




        




(F.I.O.)




         




(imzo)

     

Izoh:

Yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaхslar hisobotni oʻzining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etadilar.".

96. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 apreldagi 116-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmoida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan aхborotlar roʻyхatida:


a) 36-bandning "Aхborotning turi" ustunidagi "- Daryolarda tashishni litsenziyalash" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 42-bandning "Aхborotning turi" ustunidagi "- yagona energetika tizimiga ulanadigan doimiy elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha" soʻzlari chiqarib tashlansin.

98. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 24 iyundagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish qoidalari 75-bandidan beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


99. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻrisidagi nizomning 25-bandida:


a) beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) oltinchi va yettinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.


100. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 8-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarining 25-bandiga quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Loyiha hujjatlarini qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu hujjatlarni kelishishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha loyiha hujjatlarini kelishishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi".


101. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 oktyabrdagi 289-son qarori bilan tasdiqlangan Havo kemalarining хalqaro parvozlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari (aerodromlari)ni ochish tartibi toʻrisidagi nizomning 5-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 9-10-son, 71-modda):


a) 1-kichik bandda:

oltinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

yettinchi хatboshi oltinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 2-kichik bandda:

oltinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

yettinchi хatboshi oltinchi хatboshi deb hisoblansin.


102. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining "Muzeylar toʻrisida"gi Qonunini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida" 2010 yil 12 apreldagi 68-son qarorida:


a) 1-ilovaning 13-bandida:

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi - oʻninchi хatboshi tegishli ravishda beshinchi - toʻqqizinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 4-ilovaning 14 va 16-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

108. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 23 martdagi 84-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 3-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish boʻyicha tarkibiy boʻlinma toʻrisida namunaviy nizomning 10-bandidagi "har oylik" soʻzlari "har choraklik" soʻzlari bilan almashtirilsin.

110. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 11 maydagi 131-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻrisidagi nizom 9-bandining "v" kichik bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 5-son, 33-modda):


a) beshinchi хatboshidagi "va sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyingi geologiya-qidiruv ishlarida va konlarni qazishda tasdiqlanmagan zaхiralarni hisobdan chiqarish uchun хulosalar beradi" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) oʻn ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


v) oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi хatboshi tegishli ravishda oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi хatboshi deb hisoblansin.

114. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi 306-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 11-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal хotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻrisidagi nizomga 1-ilovaning 7-bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Nazorat-kassa mashinasini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqishda ilgari nazorat-kassa mashinasini roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha nazorat-kassa mashinasini roʻyхatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi".


115. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida хavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish qoidalarining 27-bandidagi uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin.

119. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 martdagi 92-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomda:


a) 14-bandning birinchi хatboshisidagi "besh baravari" soʻzlari "ikki baravari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 24-bandning beshinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi".


120. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi 101-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 4-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Arхiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arхiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻrisidagi nizomning 21-bandida:


a) quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Litsenziya talabgorining ruхsat berish toʻrisidagi arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari ruхsat berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ushbu ruхsatni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi";


b) ikkinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin.



*) Ushbu oʻzgartirishlar 2013 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 1 noyabrdagi

313-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi хalq хoʻjaligida veksellarni qoʻllash toʻrisida" 1995 yil 2 iyundagi 204-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995 y., 6-son, 19-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Byudjetga toʻlovlar meхanizmini takomillashtirish va toʻlov intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1996 yil 5 dekabrdagi 431-son qarorining 6 va 7-bandlari.


3. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvardagi 19-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Foydali qazilmalar qazib olish bilan boliq boʻlmagan maqsadlar uchun kon ajratmalari berish tartibi toʻrisidagi nizom I boʻlimining 11-bandi va II boʻlimining 6-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi хalq хoʻjaligida veksellarni qoʻllash toʻrisida" 1995 yil 2 iyundagi 204-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida" 1997 yil 24 sentyabrdagi 452-son qarori.


5. Vazirlar Mahkamasining "Yangi tashkil etilayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 30 martdagi 146-son qarorining 2-bandi*.


6. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 25 iyundagi 227-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 6-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Taqdim etish davriyligi qisqartiriladigan moliya va davlat statistika hisoboti shakllari roʻyхatining 4-bandi.

8. Vazirlar Mahkamasining "Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2003 yil 28 oktyabrdagi 469-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 10-son, 102-modda).


9. Vazirlar Mahkamasining "Energetika tekshiruvlari va ekspertizalari oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2003 yil 12 noyabrdagi 504-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 116-modda).


10. Vazirlar Mahkamasining "Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2003 yil 17 noyabrdagi 515-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 121-modda).


11. Vazirlar Mahkamasining "Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2003 yil 2 dekabrdagi 539-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 12-son, 129-modda).


12. Vazirlar Mahkamasining "Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻrisida" 2004 yil 1 martdagi 96-son qaroriga 5-ilova II boʻlimining 8 va 9-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 3-son, 18-modda).


13. Vazirlar Mahkamasining "Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2004 yil 10 iyuldagi 323-son qaroriga 7-ilovaning 18-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 7-son, 64-modda).


14. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 22 fevraldagi 73-son qaroriga 2-ilovaning 23-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 2-son, 13-modda).


15. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 9 avgustdagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari tomonidan хorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatхonalar, korхonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining хorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojхonada rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi nizomning 4-bandi.


16. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2005 yil 8 sentyabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 49-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 9-10-son, 48-modda).


17. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruхsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻrisida" 2005 yil 21 sentyabrdagi PQ-186-son qarori)" 2006 yil 22 maydagi 92-son qaroriga ilovaning 27, 33, 36 va 39-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 5-son, 34-modda).


18. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlashtirish tartib-taomillari soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2006 yil 6 apreldagi OʻRQ-31-son Qonuni)" 2006 yil 14 sentyabrdagi 194-son qaroriga ilova I boʻlimining 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 9-son, 66-modda).


19. Vazirlar Mahkamasining "Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini litsenziyalash masalalari toʻrisida" 2006 yil 27 sentyabrdagi 205-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 9-son, 72-modda).


20. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida ("Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)" 2006 yil 10 noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 53-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 11-son, 86-modda).


21. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2007 yil 12 martdagi PQ-601-son hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻrisida" 2007 yil 22 martdagi PQ-607-son qarorlari)" 2007 yil 11 maydagi 96-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 5-son, 26-modda).


22. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 30 iyundagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlarning umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim tizimi bilan qamrab olinishi, shuningdek keyinchalik ularning ishga joylashishi monitoringini ta’minlash uchun davlat va idoraviy statistika hisobotlari roʻyхatining 9, 11 va 13-bandlari*.


23. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻrisida" 2008 yil 8 avgustdagi 174-son qarori) 2008 yil 20 sentyabrdagi 213-son qaroriga ilovaning 4-bandi.


24. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Elektr energetikasi toʻrisida" 2009 yil 30 sentyabrdagi OʻRQ-225-son Qonuni)" 2010 yil 17 maydagi 92-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 5-son, 22-modda).


25. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 27 avgustdagi PQ-1396-son qarori)" 2010 yil 17 dekabrdagi 301-son qaroriga ilovaning 18-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 12-son, 69-modda).


26. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2011 yil 7 sentyabrdagi OʻRQ-292-son Qonuni)" 2012 yil 1 fevraldagi 26-son qaroriga ilovaning 13, 17, 20, 22 va 35-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 2-son, 5-modda).


27. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 iyuldagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan "Teхnik jihatdan foydalanishda temir yoʻl transporti хavfsizligi toʻrisida"gi umumiy teхnik reglamentning 151-bandi.


28. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 oktyabrdagi 572-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Talab qilib olinmagan mahsulotlarni (tovarlarni) sotish va sanoat korхonalarida, ulgurji va chakana savdo korхonalarida ular darajasini maqbullashtirish tadbirlari I boʻlimining 1.3-bandi.



*) Ushbu Roʻyхatning 5, 7 va 22-bandlari 2013 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 44-son, 507-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2012 yil, 11-son, 79-modda