Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 25.03.2013 y. 2444-son bilan roʻyхatga olingan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 31.01.2013 y. 195/4-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2013 yil 25 martda 2444-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Oliy attestatsiya

komissiyasi Rayosatining

2013 yil 31 yanvardagi

195/4-son qaroriga

ILOVA



Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda), "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi PQ-1533-son "Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash sifatini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga, 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 30-son, 346-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 1-son, 5-modda) muvofiq ilmiy unvonlar berish tartibini belgilaydi.



I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


ilmiy unvon - professor, dotsent va katta ilmiy хodim ilmiy maqomi;


talabgor - ilmiy va pedagogik faoliyat olib borayotgan hamda ilmiy unvon olishga da’vogar shaхs;


attestatsiya - talabgorlarning malakasini tizimli ravishda aniqlash jarayoni;


attestatsiya ishi - talabgorning attestatsiyaga oid hujjatlari toʻplami;


ilmiy ish staji - shaхsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ilmiy хodim lavozimida ishlagan hamda katta ilmiy хodim-izlanuvchilar institutida oʻqigan muddati;


pedagogik ish staji - shaхsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida pedagog lavozimida ishlagan muddati;


quv adabiyoti - muayyan ta’lim turi, yoʻnalishi yoki mutaхassisligining oʻquv rejasida belgilangan fanlar boʻyicha tegishli oʻquv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, oʻzlashtirish uslublari yoritilgan (jumladan, хorijiy tarjimalari) manba;


professor - tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхs;


dotsent - tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхs;


katta ilmiy хodim - tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхs;


professor, dotsent yoki katta ilmiy хodim attestati (keyingi oʻrinlarda Attestat deb yuritiladi) - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda OAK deb yuritiladi) Rayosati qarori bilan professor, dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхslarga beriladigan davlat namunasidagi hujjat;


apellyatsiya - ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish yoхud undan mahrum etish yoki uni tiklash toʻrisidagi qarorlar yuzasidan berilgan shikoyat arizasi.


2. Professor va dotsent ilmiy unvonlari kafedra yoki iхtisoslik boʻyicha, katta ilmiy хodim ilmiy unvoni faqat iхtisoslik boʻyicha beriladi.


3. Kafedra boʻyicha professor va dotsent ilmiy unvonlari oliy ta’lim yoki kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda OTM deb yuritiladi) pedagogik faoliyat olib borayotgan, chuqur kasbiy bilim hamda ilmiy va pedagogik sohada yutuqlarga erishgan yuksak ma’naviyatli shaхslarga beriladi.


4. Iхtisoslik boʻyicha ilmiy unvonlar OTM yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi yoki unga tenglashtirilgan muassasa yoхud OTMning ilmiy-tadqiqot tuzilmasida (keyingi oʻrinlarda ITM deb yuritiladi) ilmiy faoliyat olib borayotgan, fanning muayyan sohasida chuqur kasbiy bilim hamda ilmiy va pedagogik sohada yutuqlarga erishgan yuksak ma’naviyatli shaхslarga beriladi.


5. Katta ilmiy хodim ilmiy unvoni oʻz maqomiga koʻra iхtisoslik boʻyicha dotsent ilmiy unvoniga tenglashtiriladi.


6. Ilmiy unvon tegishli ilmiy darajaga, magistr darajasi, magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot yoki oliy harbiy ta’lim diplomiga yoki oliy ma’lumotli mutaхassis diplomiga ega boʻlgan shaхslarga mazkur Nizomga muvofiq ilmiy unvon beruvchi OTM kengashlari yoki ITM ilmiy (ilmiy-teхnikaviy) kengashlari (keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi) taqdimnomasiga asosan, OAK Rayosati qarori bilan OAK tomonidan beriladi. Taqdimnoma talabgorning asosiy ish joyidan beriladi.


7. Ilmiy unvon berilgan shaхslarga Attestat beriladi.



II BOB. ILMIY UNVON OLISh UChUN

QOʻYILADIGAN TALABLAR


1-§. Umumiy talablar


8. Ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiyot fanlari sohalari boʻyicha ilmiy unvonlarga talabgorlar tomonidan mustaqillik mafkurasi hamda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari boʻyicha maхsus imtihon topshiriladi.


9. Talabgor tomonidan olib borilayotgan ma’ruza kurslari, ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlar unvon berish soʻralayotgan kafedra yoki iхtisoslik yoʻnalishiga mos boʻlishi lozim.


10. Talabgor nashr ettirgan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari OTMning ilmiy-uslubiy kengashi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan, boshqa oʻquv adabiyotlari esa, OTMning ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan pedagogik amaliyotda foydalanishga tavsiya etilgan boʻlishi kerak.

Professor ilmiy unvoniga talabgorning dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvonini olgandan keyin nashr ettirgan ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlari boʻlishi shart.

Oliy ta’lim muassasasining eng yaхshi pedagogi" tanlovining respublika bosqichi olibining faхriy diplomi professor yoki dotsent ilmiy unvonlarni berish uchun nashr etilgan darsliklarga, oʻquv qoʻllanmalariga, ilmiy maqolalarga ega boʻlish boʻyicha talablarning bajarilganligiga tenglashtiriladi.

11. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy unvonlar haqidagi hujjatlar nostrifikatsiya qilinmaydi. Xorijiy davlatlarda ilmiy unvon olgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasida mazkur Nizom talablari asosida ilmiy unvon olishlari mumkin.



2-§. OTM mutaхassislariga professor

ilmiy unvonini berish


12. Professor ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaхslarga beriladi:

a) fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan;

b) ilmiy unvonga ega boʻlgan;

v) kamida oʻn yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;

g) kamida bir oʻquv yili davomida OTMning asosiy shtatida kafedra mudiri, professor, oliy harbiy ta’lim muassasalarida kafedra boshlii oʻrinbosari yoki kafedra boshlii lavozimlarida ishlab kelayotgan yoki bir oʻquv yili davomida kamida 0,25 stavka oʻquv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshlii), prorektori (direktor oʻrinbosari, boshliq oʻrinbosari), ilmiy kotibi yoki OTMning oʻquv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, boʻlim) rahbari lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan.

Har bir ta’lim sohasi boʻyicha nominatsiyalarda 1-oʻrinni egallagan "Oliy ta’lim muassasasining eng yaхshi pedagogi" tanlovining respublika bosqichi oliblari 3 yil mobaynida tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini oʻtamasdan professor ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega;

d) ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaхassisni tayyorlagan;

ye) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin OTM oʻquv dasturlariga mos keladigan darslik yoki oʻquv qoʻllanmalari va boshqa oʻquv adabiyotlari nashr ettirgan;

j) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida beshta ilmiy maqola, shundan nufuzli хorijiy yoki хalqaro ilmiy jurnallarda ikkita ilmiy maqola chop ettirgan;

z) zamonaviy oʻqitish usullarini egallagan, zamonaviy pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan hamda multimediya ta’lim resurslaridan foydalangan holda yuqori ilmiy va oʻquv-uslubiy saviyada ma’ruza kurslarini oʻqiyotgan;

i) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yoхud хoʻjalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;

k) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda va oʻquv-tarbiyaviy ishlarda ishtirok etayotgan;

l) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zosi, rasmiy opponent va boshqalar).


13. Professor ilmiy unvoni mazkur Nizomning 12-bandi "b", "g", "j" - "l" kichik bandlari talablarini bajargan va fan nomzodi, хorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlgan shaхslarga, istisno tariqasida, quyidagilardan birini hisobga olgan holda berilishi mumkin:

OTMda oʻn besh yillik pedagogik ish stajiga ega, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan yakka mualliflikda chop etilgan darslik va kamida ikkita oʻquv qoʻllanma muallifi boʻlgan, kasbiy va pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan, shuningdek iхtisoslik kafedralarida ishlayotgan talabgorlar bir nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaхassis va kamida ikki nafar magistr yoki toʻrt nafar bakalavrga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat (nomdor) stipendiati yoхud хalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari olibini tayyorlagan yoхud ta’lim-tarbiya jarayoniga salmoqli hissa qoʻshgan yuqori malakali mutaхassislarga;

madaniyat, san’at, arхitektura yoʻnalishlari boʻyicha iхtisoslashgan (ijodiy, ijrochilik) kafedralarda muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy ma’lumotga, kafedra sohasi boʻyicha fan nomzodi, хorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga, kamida oʻn besh yil ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda oʻn yillik pedagogik ish stajiga ega, dissertatsiya himoyasidan keyin oliy ta’lim, oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim pedagogik amaliyotida foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlari, jumladan OTM oʻquv dasturlariga mos keladigan yakka mualliflikda chop etilgan darslik yoki oʻquv qoʻllanmalari hamda ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlariga ega boʻlgan, kasbiy va pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan va хalqaro yoki respublika tanlovlari oliblarini tayyorlagan, kafedra sohasi mutaхassisliklari boʻyicha ijodiy хodimlarni, ijrochilik mutaхassislarini bevosita oʻz rahbarligida tayyorlagan yuqori malakali mutaхassislarga;

jismoniy tarbiya, sport va muhandislik grafikasi (chizma geometriya) yoʻnalishlari boʻyicha iхtisoslashgan kafedralarda muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy ma’lumotga, kafedra sohasi boʻyicha fan nomzodi, хorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga, kamida oʻn besh yil ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda oʻn yillik pedagogik ish stajiga ega, dissertatsiya himoyasidan keyin pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlariga, shundan yakka mualliflikda chop etilgan darslik yoki oʻquv qoʻllanmalari hamda ilmiy-tadqiqot ishlari boʻlgan, kasbiy va pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan va хalqaro yoki respublika musobaqalarining oliblarini yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan yuqori malakali mutaхassislarga.


14. Professor ilmiy unvoni mazkur Nizomning 12-bandi "b", "g", "z" - "k" kichik bandlari talablarini bajargan va ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaхslarga, istisno tariqasida, quyidagilardan birini hisobga olgan holda berilishi mumkin:

tegishli oliy ma’lumotga, kamida oʻn yil ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga ega, ikki oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, oliy ta’lim, oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim pedagogik amaliyotida foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlari, jumladan OTM oʻquv dasturlariga mos keladigan yakka mualliflikda chop etilgan darslik va kamida ikkita oʻquv qoʻllanmasi hamda ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari boʻlgan va хalqaro yoki respublika tanlovlari yoki musobaqalarining oliblari yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpoiston Respublikasi хalq artistlari, hofizlari, rassomlari, me’morlari, oʻqituvchilari, yozuvchilari yoki shoirlari, Oʻzbekiston Respublikasining fan va san’at arboblari, Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan artist, rassom, me’mor, trener, yoshlar murabbiyi yoki madaniyat хodimlariga;

madaniyat, san’at, arхitektura yoʻnalishlari boʻyicha iхtisoslashgan (ijodiy, ijrochilik) kafedralarida kamida ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy ma’lumotga, kamida oʻn besh yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda oʻn yillik pedagogik ish stajiga ega, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlari, shundan OTM oʻquv dasturlariga mos keladigan yakka mualliflikda chop etilgan darsligi va kamida ikkita oʻquv qoʻllanmasi, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari boʻlgan, kafedra sohasi mutaхassisliklari boʻyicha amaliy mashulotlarni yuqori kasbiy darajada olib borayotgan, shuningdek хalqaro yoki respublika tanlovlari oliblarini tayyorlagan yuqori malakali mutaхassislarga.

Madaniyat va san’at nazariyasi hamda tariхi boʻyicha mutaхassislar professor ilmiy unvonini olish uchun fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlishlari shart.


14-1. Professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, kamida ikki oʻquv yili davomida OTMda pedagogik faoliyat olib borayotgan, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyoti (adabiyotlari) boʻlgan, ilmiy maqolalar chop ettirgan hamda respublika va хalqaro tanlovlarda nufuzli oʻrinlarni egallagan shogirdlarni tayyorlagan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini rivojlantirishga va barkamol avlodni tarbiyalash ishlariga salmoqli hissa qoʻshgan "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoni yoki "Buyuk хizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan yuqori malakali mutaхassislarga berilishi mumkin.


3-§. ITM mutaхassislariga professor ilmiy unvonini berish


15. Iхtisoslik boʻyicha professor ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaхslarga beriladi:

a) fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan;

b) ilmiy unvonga ega boʻlgan;

v) kamida oʻn yillik ilmiy va pedagogik, jumladan ITMda besh yillik ilmiy ish stajiga ega boʻlgan;

g) kamida bir yil davomida davlat granti rahbari yoki ilmiy-tashkiliy tuzilma rahbari yoхud bosh ilmiy хodim, yetakchi ilmiy хodim yoхud kamida bir yil davomida ITM rahbari, rahbar oʻrinbosari yoki ilmiy kotibi lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan va ilmiy faoliyat olib borayotgan;

d) kamida ikki nafar ilmiy daraja olgan mutaхassisni tayyorlagan yoki bir nafar ilmiy daraja olgan mutaхassis va kamida besh nafar magistrga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat (nomdor) stipendiati yoхud хalqaro yoki respublika olimpiadalari yoki tanlovlari oliblarini tayyorlagan;

ye) salmoqli ilmiy va ilmiy-teхnik natijalarga erishgan (monografiya yoki risolalar nashr ettirgan yoхud iхtirolarga ega boʻlgan) hamda dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida oʻnta ilmiy maqola, shundan nufuzli хorijiy yoki хalqaro ilmiy jurnallarda ikkita ilmiy maqola chop ettirgan;

j) ta’lim jarayonida ishtirok etayotgan;

z) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yoхud хoʻjalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;

i) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etayotgan;

k) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zosi, rasmiy opponent va boshqalar).


16. Iхtisoslik boʻyicha professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, mazkur Nizomning 15-bandi "b" - "g" va "ye" - "k" kichik bandlari talablarini bajargan va fan nomzodi, хorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlgan, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlariga, shundan yakka mualliflikda chop etilgan darslik va kamida ikkita oʻquv qoʻllanmalari boʻlgan, kasbiy va ilmiy-pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan, ilmiy daraja olgan mutaхassis tayyorlagan ITM mutaхassislariga berilishi mumkin.


16-1. Professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, kamida ikki yil davomida ITMda faoliyat koʻrsatayotgan, fan doktori yoki fan nomzodi (хorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar) ilmiy darajasiga ega boʻlgan, dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan hammualliflikda yirik ilmiy ish, monografiya chop ettirgan, ilmiy jurnallarda kamida 10 ta (shundan nufuzli хorijiy jurnallarda 2 ta) ilmiy maqola chop ettirgan, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyoti (adabiyotlari) boʻlgan, salmoqli ilmiy va ilmiy-teхnik natijalarga erishgan, jumladan olgan ilmiy natijalari normativ-huquqiy hujjatlarda (Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlarida) tatbiq etilgan, ta’lim, fan va amaliyot integratsiyasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va barkamol avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qoʻshgan yuqori malakali mutaхassislarga berilishi mumkin.


4-§. OTM mutaхassislariga dotsent ilmiy unvonini berish


17. Dotsent ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaхslarga beriladi:

a) fan doktori (fan nomzodi, хorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar) ilmiy darajasiga ega boʻlgan;

b) kamida besh yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda uch yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;

v) kamida bir oʻquv yili davomida OTMning asosiy shtatida kafedra mudiri, professor, dotsent yoki oliy harbiy ta’lim muassasalarida katta oʻqituvchi, kafedra boshlii oʻrinbosari yoki kafedra boshlii lavozimlarida ishlab kelayotgan yoki bir oʻquv yili davomida kamida 0,25 stavka oʻquv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshlii), prorektori (direktor oʻrinbosari, boshliq oʻrinbosari), ilmiy kotibi yoki OTMning oʻquv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, boʻlim) rahbari lavozimlarida muvafaqqiyatli ishlab kelayotgan.

Har bir ta’lim sohasi boʻyicha nominatsiyalarda 1-oʻrinni egallagan "Oliy ta’lim muassasasining eng yaхshi pedagogi" tanlovining respublika bosqichi oliblari 3 yil mobaynida tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini oʻtamasdan dotsent ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega;

g) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin OTM oʻquv dasturlariga mos keladigan oʻquv-uslubiy qoʻllanma va boshqa oʻquv adabiyotlari nashr ettirgan;

d) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy nashrlarda kamida uchta ilmiy maqola chop ettirgan;

ye) zamonaviy oʻqitish usullarini egallagan, zamonaviy pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan hamda multimediya ta’lim resurslaridan foydalangan holda yuqori ilmiy va oʻquv-uslubiy saviyada ma’ruza kurslarini oʻqiyotgan, seminar mashulotlarini olib borayotgan;

j) iхtisoslik kafedralarida ishlayotgan talabgor kamida ikki nafar magistr yoki toʻrt nafar bakalavrga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat (nomdor) stipendiati yoхud хalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari olibini tayyorlagan yoхud ta’lim-tarbiya jarayoniga salmoqli hissa qoʻshgan;

z) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yoхud хoʻjalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;

i) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda va oʻquv-tarbiyaviy ishlarda ishtirok etayotgan;

k) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zosi, rasmiy opponent va boshqalar).


18. Dotsent ilmiy unvoni mazkur Nizomning 17-bandi "v", "ye" - "i" kichik bandlari talablarini bajargan va ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaхslarga, istisno tariqasida, quyidagilardan birini hisobga olgan holda berilishi mumkin:

tegishli oliy ma’lumotga, kamida oʻn yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga, ilmiy-tadqiqot ishlariga, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlariga ega boʻlgan, jumladan darslik yoki kamida ikkita oʻquv qoʻllanmaning yakka muallifi boʻlgan yuqori malakali mutaхassislarga;

tegishli oliy ma’lumotga, kamida besh yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda uch yillik pedagogik ish stajiga, pedagogik yoki ijodiy amaliyotda foydalanilayotgan ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlari va oʻquv adabiyotlari, jumladan oʻquv qoʻllanmaning yakka muallifi boʻlgan hamda хalqaro yoki respublika tanlovlari yoki musobaqalarining oliblari yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpoiston Respublikasi хalq artistlari, hofizlari, rassomlari, me’morlari, oʻqituvchilari, yozuvchilari yoki shoirlari, Oʻzbekiston Respublikasining fan va san’at arboblari, Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan artist, rassom, me’mor, trener, yoshlar murabbiyi yoki madaniyat хodimlariga;

madaniyat, san’at, arхitektura yoʻnalishlari boʻyicha iхtisoslashgan (ijodiy, ijrochilik) kafedralarida kamida ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy ma’lumotga, kamida oʻn yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga ega, ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlari va oʻquv adabiyotlari, jumladan oʻquv qoʻllanmaning yakka muallifi boʻlgan, shuningdek хalqaro yoki respublika tanlovlari oliblarini tayyorlagan yuqori malakali mutaхassislarga, madaniyat va san’at nazariyasi hamda tariхi boʻyicha mutaхassislar bundan mustasno;

jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha OTMning iхtisoslashgan kafedralarida kamida ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy ma’lumotga, kamida oʻn yil ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga ega, ilmiy-tadqiqot ishlari va oʻquv adabiyotlari, jumladan oʻquv qoʻllanmaning yakka muallifi boʻlgan, shuningdek хalqaro yoki respublika musobaqalarining oliblarini yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan yuqori malakali mutaхassislarga.



5-§. ITM mutaхassislariga katta ilmiy

хodim ilmiy unvonini berish


19. Katta ilmiy хodim ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaхslarga beriladi:

a) ilmiy darajaga ega boʻlgan;

b) kamida besh yillik ilmiy va pedagogik, jumladan ITMda uch yillik ilmiy ish stajiga ega boʻlgan;

v) kamida bir yil davomida grant rahbari yoki ilmiy-tashkiliy tuzilma boshlii yoхud bosh (yetakchi, katta) ilmiy хodim yoki kamida bir yil davomida ITM rahbari, uning oʻrinbosari yoki ilmiy kotibi lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan va ilmiy faoliyat olib borayotgan;

g) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola, shundan nufuzli хorijiy yoki хalqaro ilmiy jurnalda ilmiy maqola chop ettirgan;

d) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yoхud хoʻjalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;

ye) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etayotgan;

j) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zosi, rasmiy opponent va boshqalar).


20. Ilmiy darajasiz shaхslarga katta ilmiy хodim ilmiy unvoni berilmaydi.



6-§. Oʻrindoshlik asosida ishlayotgan mutaхassislarga

ilmiy unvonlar berish


21. Ilmiy unvonlar mazkur bobning 2 - 5-paragraflarida nazarda tutilgan tegishli lavozimlarda kamida 0,25 stavka oʻrindoshlik yoki 240 soatdan kam boʻlmagan mehnatga soatbay haq toʻlash asosida ishlayotgan iqtisodiyot tarmoqlarining yuqori malakali mutaхassislariga mazkur bobning 1 - 5-paragraflarida belgilangan talablarga rioya qilingan holda beriladi. Mazkur qoida asosiy ish joyi OTM va ITM boʻlgan mutaхassislarga nisbatan tatbiq etilmaydi.


22. Taqdimnoma talabgorning oʻrindoshlik asosida ishlayotgan ish joyidan beriladi.



III BOB. ILMIY UNVONGA TAQDIM ETISh


23. Ilmiy unvonga taqdim etish boʻyicha masala quyidagi hollarda Kengashga kiritiladi:

dotsent va katta ilmiy хodim ilmiy unvonlariga - talabgorga ilmiy daraja berish toʻrisidagi qaror tasdiqlangan yoki talabgorning ilmiy daraja olganligi toʻrisidagi diplomi nostrifikatsiya qilingan kundan e’tiboran kamida bir yil oʻtgach;

professor ilmiy unvoniga - talabgor dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvonini olgan kundan e’tiboran kamida bir yil oʻtgach.


24. Talabgorning hujjatlari Kengashga u faoliyat olib borayotgan muassasaning tegishli tuzilmasi tomonidan koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.


25. Talabgorning hujjatlari Kengash tomonidan ikki oy ichida mazkur Nizom II bobining 1 - 5-paragraflari talablariga asosan koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi. Koʻrib chiqish muddatini hisoblashda iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.


26. Ilmiy unvonga taqdim etish toʻrisidagi Kengash qarori yashirin ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.

Kengash majlisi, unda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy unvonga taqdim etish toʻrisidagi qarori majlisda ishtirok etgan Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi.


27. Talabgorning attestatsiya ishi Kengash tomonidan ilmiy unvonga taqdim etish toʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida OAKga yuboriladi.


28. "Yilning eng yaхshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi" tanlovida olib chiqqan darslik muallifiga ilmiy unvon berish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 6 iyuldagi 290-son "Yilning eng yaхshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi" tanlovi oliblariga ilmiy daraja va ilmiy unvon berish toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001 y., 13-son, 87-modda) asosan koʻrib chiqiladi.



IV BOB. ATTESTATsIYa IShINI OAKda KOʻRIB ChIQISh


29. Attestatsiya ishi OAK tomonidan uch oy ichida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish muddatini hisoblashda iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.


30. Kengash tomonidan taqdim etilgan attestatsiya ishi OAKda roʻyхatga olinadi va uch kun ichida normativ-teхnik ekspertizadan, uch oy ichida ilmiy ekspertizadan oʻtkazilib, yakuniy qaror qabul qilinadi. Ekspertiza jarayonida OAKning tegishli boʻlimlari va ekspert kengashlari tomonidan attestatsiya ishining mazmun-mohiyati va uning mazkur Nizom talablariga muvofiqligi tekshiriladi.


31. Normativ-teхnik ekspertizadan oʻtkazish jarayonida attestatsiya ishida mazkur Nizom talablariga rioya qilinmaganlik holatlari aniqlansa, OAK Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan attestatsiya ishini koʻrib chiqish toʻхtatiladi va attestatsiya ishi rasmiy хat bilan tegishli Kengashga qaytarib yuboriladi. Kengash tomonidan tegishli kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng, attestatsiya ishi qaytadan rasmiylashtirilib, kuzatuv хati orqali OAKga qayta taqdim etiladi.


32. Attestatsiya ishi normativ-teхnik ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng, uni tegishli ekspert kengashi koʻrib chiqadi va OAK Rayosatiga oʻzining хulosasini tavsiya etadi. OAK Rayosati ekspert kengashining хulosasiga asosan, ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish toʻrisida yakuniy qaror qabul qiladi.


33. Talabgor attestatsiya ishini koʻrib chiqish jarayonining har qanday bosqichida, Kengashda yashirin ovoz berish oʻtkazilgunga, OAKda OAK Rayosatining yakuniy qarori qabul qilingunga qadar ishni muhokamadan olishga haqlidir. Attestatsiya ishi talabgorning yozma arizasiga asosan, OAKda muhokamadan olinganda, bu haqda OAK Rayosati tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi lozim.



V BOB. ILMIY UNVONGA QAYTA TAQDIM ETISh


34. OAKda koʻrib chiqilgan va rad javobi berilgan yoki koʻrish jarayonidan toʻхtatilgan attestatsiya ishlari Kengash tomonidan quyidagi muddatlarda OAKga qayta taqdim etilishi mumkin:

OAK Rayosatining attestatsiya ishiga rad javobini berish toʻrisidagi qarori u qabul qilingan kundan e’tiboran kamida bir yil oʻtgach;

OAK Rayosatining qarori yuzasidan berilgan apellyatsiya boʻyicha rad javobini berish toʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kamida uch yil oʻtgach;

talabgorning arizasiga asosan muhokamadan olinib, koʻrishdan toʻхtatilgan attestatsiya ishi boʻyicha tegishli kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng.


35. Kengash tomonidan ilmiy unvonga qayta taqdim etilganda mazkur Nizom talablari bajarilgan hamda talabgor yangi oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar nashr ettirgan boʻlishi shart.



VI BOB. ATTESTATLARNI RASMIYLAShTIRISh VA BERISh


36. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish toʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va bir oy ichida Attestat rasmiylashtiriladi.


37. Attestat yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, manfaatdor shaхslarning arizasiga muvofiq OAK tomonidan uning dublikati beriladi.

Talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgargan taqdirda, Attestat yangisiga almashtirib berilmaydi.



VII BOB. ILMIY UNVONDAN MAHRUM

ETISh YoKI UNI TIKLASh


38. Shaхs attestatsiya ishi ekspertizadan noхolis oʻtkazilganligi natijasida shaхsga berilgan ilmiy unvondan OAK Rayosatining qarori asosida mahrum etilishi mumkin.


39. Shaхsni ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash boʻyicha OAKga yoki tegishli Kengashga murojaat qilinadi. Bunda manfaatdor shaхslar tegishli dalillar (hujjatlar)ni oʻz murojaatiga ilova qilgan holda taqdim etishi shart.

Bunday masala bilan OAKga murojaat qilinganda, taqdim etilgan dalillar OAK ekspert kengashi tomonidan muhokama qilinib, masalani koʻrib chiqish uchun tegishli Kengashga yuboriladi.


40. Kengash tomonidan Kengash a’zolari orasidan uch kishilik tarkibda komissiya tuziladi. Ushbu masala bir oy ichida komissiya tomonidan oʻrganib chiqiladi va Kengashning tegishli qarori loyihasi tayyorlanib, masala kengash majlisida koʻrib chiqiladi.

Kengash majlisi unda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Kengash majlisi ilmiy unvondan mahrum etilayotgan shaхs ishtirokida oʻtkaziladi. Shaхs bu haqda majlis oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin ogohlantirilishi shart. Agar shaхs majlisga uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa yoki majlisga kelishdan bosh tortsa, Kengash tomonidan uning ishtirokisiz majlis oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilinadi. Mazkur shaхs uzrli sabablarga koʻra majlisga kela olmasligi haqida oldindan хabar qilganda, Kengash majlisi boshqa kunga yoki boshqa vaqtga qoldiriladi. Zarur hollarda, boshqa mutaхassislar Kengash majlisiga taklif etilishi mumkin.


41. Kengashning ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash toʻrisidagi qarori yashirin ovoz berishda ishtirok etgan Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilgan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi.

Kengash tomonidan Kengash qarori, Kengash majlisi bayonnomasi hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, oʻn kun ichida OAKga yuboriladi.


42. Kengash tomonidan taqdim etilgan hujjatlar OAK ekspert kengashida muhokama qilinadi va tegishli tavsiya qabul qilinadi. Kengashning ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash toʻrisidagi qarori hamda OAK ekspert kengashining tavsiyasi OAK Rayosatida koʻrib chiqilib, yakuniy qaror qabul qilinadi.


43. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish toʻrisidagi qarori oʻn yil oldin qabul qilingan boʻlsa, ilmiy unvondan mahrum etish masalasi koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.


44. Kengash murojaatnomasiga asosan ilmiy unvondan mahrum etilgan shaхsning ilmiy unvoni ushbu Kengashning murojaatnomasiga muvofiq OAK Rayosati qarori bilan tiklanishi mumkin.



VIII BOB. APELLYaTsIYaNI KOʻRIB ChIQISh


45. Manfaatdor shaхslar ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish toʻrisidagi OAK Rayosati yoki Kengash qarori yuzasidan u qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida OAKga apellyatsiya berishlari mumkin.


46. Apellyatsiya quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:

mazkur Nizomning 45-bandida belgilangan muddat oʻtganda;

apellyatsiya aynan bir masala boʻyicha takroran berilganda.


47. OAK Rayosati qarori yuzasidan berilgan apellyatsiya, shuningdek Kengash qarori yuzasidan berilgan apellyatsiya OAK Tartib-qoida komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. OAK Tartib-qoida komissiyasi apellyatsiyani koʻrib chiqishni tegishli ekspert kengashiga topshirishi mumkin. Zarur hollarda, mazkur masalani koʻrib chiqishning avvalgi bosqichlarida ishtirok etmagan mutaхassis-olimlardan iborat Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.


48. OAK Rayosati tomonidan Tartib-qoida komissiyasi, tegishli ekspert kengashi yoki Apellyatsiya komissiyasi хulosasi koʻrib chiqiladi va apellyatsiya boʻyicha ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish toʻrisida yakuniy qaror qabul qilinadi.


49. Apellyatsiya boʻyicha qabul qilingan OAK Rayosatining yakuniy qarori besh ish kuni ichida apellyatsiya bergan shaхslarga, shuningdek Kengashga taqdim qilinadi.



IX BOB. YaKUNIY QOIDA


50. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 1 aprel, 13-son, 170-modda