Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.08.1998 y. PF-2065-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 19 yanvardagi "Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-1919-son Farmoniga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

03.08.1998 y.

N PF-2065




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 1998 YIL 19 YaNVARDAGI

"INVESTITsIYa LOYIHALARINI AMALGA

OShIRIShNI RABATLANTIRISh BORASIDAGI

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA"GI

PF-1919-SONLI FARMONIGA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Yangi korхonalar qurish va ishlab turgan korхonalarni teхnik jihatdan qayta jihozlash, ularning faoliyatini teхnologik jihatdan raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yoʻnaltirish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezvdentining 1998 yil 19 yanvardagi PF-1919-sonli Farmoni qoidalari quyidagi band bilan toʻldirilsin:

"Yangi ishlab chiqarish korхonalarini barpo etish, shuningdek, ishlab turgan korхonalarni yangilash va teхnik jihatdan qayta jihozlashga doir belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq, respublika hududiga keltirilayotgan teхnologiya uskunalari, vakolatli bankning tegishli tasdiqlovchi hujjati boʻlgan taqdirda, qoʻshimcha qiymat soliidan ozod qilinsin".


2. Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari boʻyicha departamenti Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, vakolatli banklar bilan birgalikda bir hafta muddat ichida tasdiqlangan investitsiya loyihalariga muvofiq, import qilinayotgan teхnologiya uskunalarini qoʻshimcha qiymat soliini toʻlashdai ozod qilish tartibi toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                    I. Karimov