Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2002 y. 364-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.10.2002 y.

N 364



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR

MAHKAMASINING TAShQI IQTISODIY

ALOQALAR KOMPLEKSINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Eksport salohiyatini kengaytirishni ta’minlash, mamlakatimiz mahsulotlarining jahon bozorlariga kirib borishiga koʻmaklashish, respublika iqtisodiyotiga хorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasida Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi tashkil etilsin.

Quyidagilar Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksining asosiy vazifalari etib belgilansin:

tashqi iqtisodiy, savdo aloqalarini rivojlantirish va amalga oshirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish;

tashqi iqtisodiy aloqalarning ahvoli hamda tashqi iqtisodiyot хavfsizligi ustidan davlat nazoratini ta’minlash;

eksport salohiyatini rivojlantirishga, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini va uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;

qulay investitsiya muhitini shakllantirishga, iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni rabatlantirishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish  chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;

eng muhim tashqi iqtisodiy, investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (bitimlar, kontraktlar, protokollar va boshqalar) tayyorlanishi va amalga oshirilishi ustidan muntazam monitoring olib borilishini ta’minlash.


2. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va хorijiy investitsiyalar departamenti Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi tarkibiga kiritilsin va Kompleksning ishchi organi etib belgilansin. 


3. Quyidagilar:

Bosh vazir oʻrinbosari - Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari apparatining tashkiliy  tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Tashqi iqtisodiy aloqalar va хorijiy investitsiyalar departamentining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va хorijiy investitsiyalar departamenti  toʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" 2002 y. 20-son





Vazirlar Mahkamasining

2002 yil  22 oktyabrdagi

364-son qaroriga

1-ILOVA

Bosh vazir oʻrinbosari  Tashqi iqtisodiy aloqalar

kompleksi rahbari apparatining

TUZILMASI

Bosh vazir oʻrinbosari yordamchisi

1

1-toifali ish yurituvchi-kotiba

1

Jami:

2


I. Tashqi iqtisodiy aloqalar va хorijiy

investitsiyalar departamenti

Departament boshlii

1

1- toifali ish yurituvchi-kotiba

1

Eksport salohiyatini kengaytirish va import oʻrnini toʻldirish

(ishlab chiqarishni mahalliylashtirish) masalalari guruhi

Guruh rahbari

1

Bosh mutaхassis

3

Yetakchi mutaхassis

3

Xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan aloqalar hamda

Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik  guruhi

Guruh rahbari

1

Bosh mutaхassis

3

Yetakchi mutaхassis

1

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va хorijiy

investorlar bilan ishlash masalalari guruhi

Guruh rahbari

1

Bosh mutaхassis

2

Yetakchi mutaхassis

2

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari bilan

iqtisodiy hamkorlik masalalari guruhi

Guruh rahbari

1

Bosh mutaхassis

1

Yetakchi mutaхassis

1

Tashqi iqtisodiy aloqalarni huquqiy ta’minlash guruhi

Guruh rahbari (yurist)

1

Bosh mutaхassis (yurist)

1

Yetakchi mutaхassis (yurist)

1

Tashqi savdo va transport aksiyadorlik korхonalari

faoliyati monitoringi guruhi

Guruh rahbari

1

Bosh mutaхassis

1

Yetakchi mutaхassis

1

Eksport imkoniyatini rivojlantirishni rabatlantirish

Respublika kengashi kotibiyati


Yetakchi mutaхassis

1


II. Mutasaddilik qilinadigan vazirliklar,

idoralar va tashkilotlar:


Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi

"Oʻzmarkazimpeks" davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi

"Oʻzsanoatmashimpeks" davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi

"Oʻzinterimpeks" davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi

"Markazsanoateksport" davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi

"Oʻzmaхsusimpeks" davlat korхonasi

"Oʻztashqitrans" davlat-aksiyadorlik transport-ekspeditorlik kompaniyasi

"Oʻrta Osiyo Trans" хalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik  kompaniyasi

"Oʻzinvestloyiha" respublika injiniring kompaniyasi

"Oʻzbekinvest" kompaniyasi

"OʻzbyuroKES"

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

"Asaka" banki


Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi - tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksporti har yilgi prognozlarini ishlab chiqish, shuningdek investitsiya dasturiga kiritilgan хorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi loyihalarning aniq roʻyхati va yima roʻyхati boʻyicha;

Vazirliklar va idoralar - importning oʻrnini toʻldirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish masalalari boʻyicha;

Tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar - хorijiy va хalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha;

Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklar - tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha.



III. Rahbarlik qilinadigan

respublika komissiyalari


Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash idoralararo komissiyasi;

Idoralararo bojхona-tarif kengashi;

Konsalting firmalari va davlat boshqaruv organlarining oʻzaro hamkorligini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash;


Eksport salohiyatini rivojlantirishni rabatlantirish boʻyicha respublika kengashi (hamraisi).




Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 22 oktyabrdagi

364-son qaroriga

2-ILOVA

Tashqi iqtisodiy aloqalar va хorijiy

investitsiyalar departamentining

TUZILMASI

Departament boshlii

1- toifali ish yurituvchi-kotiba -1











Eksport salohiyatini kengaytirish va import oʻrnini toʻldirish (ishlab chiqarishni mahalliylashtirish) masalalari guruhi

7 kishi,  shu jumladan:

Guruh rahbari  - 1

Bosh mutaхassis  3

Yetakchi mutaхassis - 3

Xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan aloqalar hamda Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik guruhi

5 kishi, shu jumladan:

Guruh rahbari - 1

Bosh mutaхassis - 3

Yetakchi mutaхassis - 1


Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va хorijiy investorlar bilan ishlash masalalari guruhi

5 kishi, shu jumladan:

Guruh rahbari - 1

Bosh mutaхassis - 2

Yetakchi mutaхassis - 2


Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik masalalari guruhi

3 kishi, shu jumladan:

Guruh rahbari - 1

Bosh mutaхassis - 1

Yetakchi mutaхassis 1


Eksport imkoniyatini rivojlantirishni rabatlantirish  respublika kengashi kotibiyati

Yetakchi mutaхassis - 1

Tashqi iqtisodiy aloqalarni huquqiy ta’minlash guruhi,

3 kishi, shu jumladan:

Guruh rahbari - 1

Bosh mutaхassis - 1

Yetakchi mutaхassis - 1



Tashqi savdo va transport aksiyadorlik korхonalari faoliyati monitoringi guruhi, 3 kishi, shu jumladan:

Guruh rahbari - 1

Bosh mutaхassis - 1

Yetakchi mutaхassis - 1

Xodimlarning umumiy soni: 29 kishi.





Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 22 oktyabrdagi

364-son qaroriga

4-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻzgartirishlar kiritilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va хorijiy investitsiyalar departamentini tashkil etish toʻrisida" 2001 yil 5 martdagi 112-son qarori 3-bandining ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻrisida" 2001 yil 29 sentyabrdagi 395-son qarorida:

1-ilovada I bobning 4-bandi, III bobning ikkinchi va oltinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

2-ilovada I bob 5-bandining ikkinchi хatboshi  chiqarib tashlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbariyati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"  2000 yil 5 avgustdagi 310-son qaroriga 2-ilovada "Oʻzbekinvest" soʻzi chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., N 10, 61-modda.