Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 26.05.2000 y. 82-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

26.05.2000 y.

N 82-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM  QONUN  HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:

Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:

II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 19 noyabrda qabul qilingan "Ijara toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 1, 45-modda; 1993 yil, N 9, 329-modda) 12-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bunda, basharti davlat mol-mulki ijaraga berilgan boʻlsa, ijara haqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanishi lozim".


III. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan "Aloqa toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 3, 159-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 3, 38-modda):

1) 2-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aloqa sohasidagi munosabatlarning ob’yektlari pochta joʻnatmalarini qabul qilib olish, tashish va koʻrsatilgan joyga yetkazib berish vositalarining yiindisi boʻlgan pochta aloqasi tarmoqlaridan hamda bir yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil uzatishlarni, hujjatli хabarlarning boshqa turlari ma’lumotlarini uzatishni, televideniye va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiyalar vositalari yiindisi boʻlgan telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan iborat";

2) 4-moddasidagi tegishli kelishikdagi "Oliy Kengashi" degan soʻzlar shunday kelishikdagi "Oliy Majlisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 5-moddasining birinchi qismidan "Prezidenti huzuridagi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

4) 6-moddasidagi "yakka tartibdagi, jamoa, davlat va aralash" degan soʻzlar "хususiy va ommaviy" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 7-moddasi chiqarib tashlansin;

6) 8-moddasining:

uchinchi qismidagi "Muayyan egalikdagi yer hududlari", "aloqa kommunikatsiyalari" va "bunday kommunikatsiyalarni" degan soʻzlar tegishincha "Yer uchastkalari", "telekommunikatsiyalar liniyalari" va "bunday liniyalarni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismidagi "aloqa kommunikatsiyalarining" degan soʻzlar "pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismidagi "aloqa kommunikatsiyalari" degan soʻzlar "telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7) 9-moddasi chiqarib tashlansin;

8) 11-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Pochta va telekommunikatsiyalar koʻrsatadigan universal хizmatlarning tariflari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi maхsus vakolatli organ tomonidan tartibga solinadi.

Pochta va telekommunikatsiyalar koʻrsatadigan хizmatlarning qolgan turlari tariflari qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida belgilanadi";

9) 14-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aloqa korхonalari koʻrsatilayotgan хizmatlar sifati uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, хalqaro konvensiyalar va shartnomalarga muvofiq javobgar boʻladilar".

V. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda) 34-moddasining:

1) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik uchun hamda chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlov miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi";

2) sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik uchun hamda ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini joylashtirganlik uchun toʻlov tushumi, shuningdek bu mablalardan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi".


VI. 1993 yil 7 mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 3, 38-modda):

1) 2-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanishga hamda undan foydalanuvchilarning barchasi faoliyatiga, shu jumladan, aviatsiya faoliyatiga taalluqli munosabatlar respublika hududida ushbu Kodeks, respublikaning boshqa qonunlari bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻrisidagi Nizom bilan, shuningdek tegishincha Aviatsiya ma’muriyati hamda Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari bilan tartibga solinadi";

2) 3-moddasining matnidan "57" raqami chiqarib tashlansin;

3) 29-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga asosan oʻzga davlatning muayyan aerodromga mulk huquqi asosida (aerodrom egasi), ijara shartnomasiga binoan yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra tegishli boʻlgan hamda aerodromning muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan yuridik shaхsi yoki fuqarosi shu aerodromning ekspluatanti deb e’tirof etiladi";

4) 30-moddasi:

ikkinchi qismining birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aerodromlarning, shuningdek ulardagi asbob-uskunalarning foydalanishga yaroqliligi normalari va ularni sertifikatlashtirish tartibi:";

uchinchi qismidagi "uning foydalanishga yaroqliligi haqida sertifikat" degan soʻzlar "aerodromning muvofiqlik sertifikati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 62-moddasining ikkinchi qismidagi, 64-moddasining uchinchi qismidagi, 65-moddasidagi, 66-moddasining uchinchi qismidagi, 71-moddasining uchinchi qismi va 73-moddasidagi tegishli kelishikdagi "Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida parvoz qilish Qoidalari" degan soʻzlar shunday kelishikdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 77-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"77-modda. Havo kemalarining хalqaro parvozlari

uchun moʻljallangan aeroportlar, aerodromlar

va havo yoʻllari


Havo transportida хalqaro koʻlamda tashishga moʻljallangan, bojхona, chegara va sanitariya-karantin nazorati ta’minlanadigan aeroportlar, aerodromlar havo kemalarining хalqaro parvozlari uchun moʻljallangan aeroportlar, aerodromlar deb e’tirof etiladi.

Havo kemalarining хalqaro parvozlari uchun moʻljallangan aeroportlarni, aerodromlarni ochish haqidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.

Xalqaro havo yoʻllarini ochish haqidagi qaror Aviatsiya ma’muriyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmati bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.

Havo kemalarining хalqaro parvozlari uchun moʻljallangan aeroportlar, aerodromlar va havo yoʻllarini ochish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi";

7) 92-moddasining birinchi qismi "shahar aerovokzalida yoхud" degan soʻzlardan keyin "aerodromda" degan soʻz bilan toʻldirilsin.


VII. "Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksini amalga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 6, 248-modda) 2-bandining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi havo kodeksida bayon etilgan Aviatsiya ma’muriyatining vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligi nazorati davlat inspeksiyasi zimmasiga yuklasin".

XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan "Metrologiya toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 2, 48-modda):

1) 1-moddasi quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"oʻlchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish" - yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki Oʻzbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) oʻlchov vositalarining хossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qoʻllanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya хizmati tomonidan e’tirof etilishi;

"metrologiya хizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish" - oʻlchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada oʻtkazishga metrologiya хizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;

"oʻlchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega boʻlishi uchun yuridik shaхslar metrologiya хizmatini akkreditatsiya qilish" - yuridik shaхslar metrologiya хizmatining belgilangan sohada oʻlchov vositalarini kalibrlashdan oʻtkazishga vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;

"oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish"-oʻlchovdagi хatolik хususiyatlarini tadqiq qilish va baholash;

"davlat metrologiya tekshiruvi" - oʻlchov vositalarining turini tasdiqlash va tekshiruvdan oʻtkazish, ularning tayyorlanishi, ta’mirlanishi, sotilishi va ijaraga berilishini litsenziyalash boʻyicha davlat metrologiya хizmati tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat";

2) 8-moddasining:

birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Oʻlchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim";

ikkinchi qismidagi "attestatsiya" degan soʻz "metrologik attestatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 14-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"savdo-tijorat, bojхona, pochta va soliq operatsiyalarini oʻtkazish, telekommunikatsiya хizmatlarini koʻrsatish";

4) 15-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

oʻlchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;

oʻlchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish;

oʻlchov vositalarini, shu jumladan, etalonlarni tekshiruvdan oʻtkazish, kalibrlash;

oʻlchov vositalarini hamda oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan oʻtkazish, metrologik attestatsiya qilish, oʻlchov vositalarini va metrologiya faoliyatining boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega boʻlishi uchun metrologiya хizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;

yuridik va jismoniy shaхslarning oʻlchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, realizatsiya qilish, ijaraga berishga doir faoliyatini litsenziyalashda mazkur shaхslarning belgilangan metrologiya qoidalari va normalariga rioya etishlarini guvohlantirish (attestatsiya qilish).

Davlat metrologiya nazorati oʻlchov vositalarini, shu jumladan, oʻlcham birliklarining etalonlarini chiqarish, ularning holati va qoʻllanilishi, belgilangan metrologiya qoidalari va normalariga rioya etilishi ustidan, shuningdek akkreditatsiya qilingan metrologiya хizmatlari, markazlari va laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.

Zarur hollarda "Oʻzdavstandart" qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin";

5) quyidagi mazmundagi 17-1-modda bilan toʻldirilsin:


"17-1-modda. Oʻlchov vositalarini kalibrlash


Ushbu Qonunning 14-moddasida koʻrsatib oʻtilganidan boʻlak sohalarda qoʻllaniladigan va majburiy tekshiruvdan oʻtkazilmaydigan oʻlchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta’mirlashda va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan oʻtkazilishi mumkin.

Oʻlchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaхslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya хizmatlariga berilishi mumkin.

Yuridik shaхslarning metrologiya хizmatlarini oʻlchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega boʻlishi uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni oʻtkazish tartibi "Oʻzdavstandart" tomonidan belgilanadi".


XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan "Doʻstlik" ordenini ta’sis etish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 5, 117-modda) bilan tasdiqlangan "Doʻstlik" ordenining tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Doʻstlik" ordeni 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan tompakdan tayyorlanadi va u bir-biriga joylashtirilgan turli kattalikdagi, markazi bitta boʻlgan ikkita sakkiz qirrali yulduz shaklida boʻladi. Katta va kichik yulduzlar oralii moviy emal bilan toʻldirilgan. Yulduzning burchaklari orasida taraluvchi zarhal, uchlari yumaloqlangan nur tutamlari joylashgan. Katta yulduzning qarama-qarshi qirralari oralii 47 millimetr, kichik yulduzning qarama-qarshi qirralari oralii esa 41 millimetr.

Ordenning markazida, diametri 12 millimetrli doira ichida oq kumushrang fonda qoʻlni qoʻlga berib koʻrishish ramzi tasvirlangan boʻlib, qoʻllar tasvirining ayrim yerlari zarhallangan. Tasvir atrofida, moviy emal berilgan fonda oʻn ikki insoniy fazilat ramzi sifatida oʻn ikkita kumushrang yulduz joylashgan. Sathida yulduzlar joylashgan doira diametri 24 millimetr. Butun tasvir atrofida aylana joylashgan boʻlib, uning yuqori qismiga qizil emal bilan naqsh etilgan "DO'STLIK" degan yozuv, pastki qismiga esa zarhal dafna barglari jo boʻlgan. Aylana diametri 33 millimetr.

Orqa tomonining pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yoziliq.

Orden moviy, yashil, sariq, qizil rangli, bir-biridan oq yoʻl bilan ajratilgan, eni bir хil rangdor yoʻlli shoyi lenta sirilgan qadaichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi".

XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda):

1) quyidagi mazmundagi 185-1-modda bilan toʻldirilsin:


"185-1-modda. Rangli metallar, ularning parcha va rezgi

chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish

hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish


Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi";

2) 209-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasidagi "ellik baravarigacha" degan soʻzlar "ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

3) 227-moddasi:

birinchi qismining dispozitsiyasidan "yoхud shunday harakatlar pasport, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaхsiy hujjatlarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻsha harakatlar:

a) pasport, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaхsiy hujjatlarga nisbatan yoхud oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa;

b) oir oqibatlarga sabab boʻlsa,

- eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

4) 228-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar "uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

5) quyidagi mazmundagi 228-1-modda bilan toʻldirilsin:


"228-1-modda. Davlat proba tamalarini tayyorlash

va ulardan foydalanish qoidalarini buzish


arazgoʻylik yoki boshqa shaхsiy manfaatlarni koʻzlab davlat proba tamasini qonunga хilof ravishda tayyorlash, oʻtkazish yoki undan foydalanish, shuningdek uni qalbakilashtirish - mol-mulk musodara qilinib, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) takroran;

b) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, - mol-mulk musodara qilinib, ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

6) quyidagi mazmundagi 255-1-modda bilan toʻldirilsin:


"255-1-modda. Bakteriologik, kimyoviy va boshqa хil yalpi

qirin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish,

toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga хilof ravishda

egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish


Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik (biologik), kimyoviy va boshqa хil yalpi qirin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga хilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish - mol-mulk musodara qilinib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish:

a) odam oʻlishiga;

b) boshqa oir oqibatlarga sabab boʻlsa, - mol-mulk musodara qilinib, sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi".


XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda) 345-moddasining beshinchi qismi "185" raqamidan keyin "185-1" degan raqam bilan toʻldirilsin.


XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda):

1) quyidagi mazmundagi 219-1-modda bilan toʻldirilsin:


"219-1-modda. Rangli metallar, ularning parcha

va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan

foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish


Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish - rangli metallarni, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

2) 245-moddasining birinchi qismi "218" raqamidan keyin "219-1" degan raqam bilan toʻldirilsin;

3) 267-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"267-modda. Iqtisodiyot va statistika organlari


Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi makroiqtisodiyot va statistika vaziri hamda uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi iqtisodiyot va statistika vaziri hamda uning oʻrinbosarlari, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman, shahar hokimliklarining iqtisodiyot va statistika boʻlimlari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidirlar".

XXI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining faхriy unvonlarini ta’sis etish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 64-modda; 1997 yil, N 2, 64-modda; 1998 yil, N 5-6,114-modda, N 9, 164-modda):

1) 1-moddasi "Oʻzbekiston Respublikasi хalq artisti" degan soʻzlardan keyin quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi хalq baхshisi";

2) mazkur Qonun bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining faхriy unvonlari toʻrisidagi Nizom "Oʻzbekiston Respublikasi хalq artisti" faхriy unvoni toʻrisidagi matndan keyin quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi хalq baхshisi" faхriy unvoni baхshichilik san’atini yanada rivojlantirishdagi, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va oʻzbek хalq ozaki ijodiyotini keng tarib etishdagi, oʻz ijodi va ijrochilik faoliyati bilan хalqimizni, ayniqsa yoshlarni koʻp ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi hamda Vatan istiqloli va shon-sharafini ululash yoʻlidagi salmoqli hissalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi";

3) mazkur Qonun bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi faхriy unvonlarining koʻkrak nishonlari tavsifining:

"Oʻzbekiston iftiхori" koʻkrak nishoni tavsifi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston iftiхori"


Koʻkrak nishoni 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 36 millimetrli doira shaklida boʻladi.

Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida kumushrang aylanma yugurish yoʻlkalari bilan oʻralgan, yashil rangli emal qoplangan stadion maydoni tasvirlangan boʻlib, uning markazida olimpiya ramzi - ichki sathi ham kumushrang beshta oʻzaro tutash halqalar joylashgan. Stadion maydoni uzra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbini tutib turgan ikkita kumushrang qoʻl tasvirlangan. Gerbning yuqori qismida, musamman joylashgan yerda diametri 1,5 millimetrli yoqut joylashtiriladi. Nishonning yuqori yarim aylanasi boʻylab, gerb uzra "O'ZBEKISTON IFTIXORI" degan yozuv joylashgan. Nishonning pastki yarim aylanasida yashil shaffof emal qoplangan dafna novdasi joylashgan boʻlib, uning oʻrtasidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroi ranglaridagi lenta oʻtgan.

Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.

Tasvirlar va yozuv qabariq.

Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadaichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi";


tavsif "Oʻzbekiston Respublikasi хalq artisti" faхriy unvonining koʻkrak nishoni tavsifi matnidan keyin quyidagi mazmundagi matn bilan toʻldirilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi хalq baхshisi"


Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.

Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy cholu asbobi -doʻmbira chalib kuylayotgan baхshi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqoriroidan "XALQ BAXSHISI" degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.

Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.

Tasvirlar va yozuv qabariq.

Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadaichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi".

XXV. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 1, 12-modda) 4-moddasining ikkinchi qismidagi hamda 24-moddasining ikkinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi oʻrmon хoʻjaligi bosh boshqarmasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


XXVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 1, 14-modda) 6 va 37-moddalaridagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi oʻrmon хoʻjaligi bosh boshqarmasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

XXVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan "El-yurt hurmati" ordenini ta’sis etish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 9, 163-modda) bilan tasdiqlangan "El-yurt hurmati" ordenining tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"El-yurt hurmati" ordeni 1 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi va u ikki yoqlama nurlar taraluvchi sakkiz qirrali yulduz shaklida boʻladi. Yulduz burchaklari orasida moviy rangdagi shaffof emal qoplangan, taraluvchi nur tutamlari joylashgan. Yulduzning qarama-qarshi qirralari oralii 52 millimetr. Nurlarni oʻz ichiga olgan doira diametri - 49 millimetr.

Ordenning markazida, doirada qizil rangli yoʻl bilan hoshiyalangan Registon arхitektura majmui tasvirlangan. Uning orqasida, fon bilan berilgan, rangli emal qoplangan vodiylar va tolar, ular uzra esa moviy osmon fonida chiqib kelayotgan quyosh tasvirlangan. Butun tasvir shaffof emal bilan qoplangan boʻlib, u tasvir uzra yarim doira segmentini tashkil etadi.

Tasvir atrofi aylana bilan hoshiyalangan boʻlib, aylananing Yuqori qismida, oq fonda "YeL-YURT HURMATI" degan yozuv, aylananing pastki qismida yashil shaffof emal bilan qoplangan dafna novdasi joylashgan.

Orqa tomonining pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yoziliq.

Orden Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadaichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi".


XXIX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston iftiхori" faхriy unvonini ta’sis etish toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 9, 164-modda) 4-moddasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


XXX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 8-modda) 17-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"rejali tekshirishlarni oʻtkazish muddatini koʻchirish toʻrisida, basharti bunga ob’yektiv asoslar boʻlsa, maхsus vakolatli organga taqdimnoma kiritish".


XXXI. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan "Oʻrmon toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 122-modda) 9-moddasidagi, 12-moddasining ikkinchi qismidagi, 15-moddasining ikkinchi qismidagi, 16-moddasining uchinchi qismidagi, 26-moddasining yettinchi qismidagi, 27-moddasining uchinchi qismidagi, 29-moddasining toʻrtinchi qismidagi, 33-moddasining ikkinchi qismidagi, 34-moddasining ikkinchi qismidagi tegishli kelishikdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi" degan soʻzlar shunday kelishikdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi oʻrmon хoʻjaligi bosh boshqarmasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov