Oʻzbekiston Respublikasining 07.10.2013 y. OʻRQ-355-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 31.07.2013 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 22.08.2013 y. ma’qullangan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
07.10.2013 y.
N OʻRQ-355
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh
VA QOʻShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK
AYRIM QONUN HUJJATLARINI OʻZ KUChINI
YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 31 iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013 yil 22 avgustda ma’qullangan
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan "Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida"gi 625-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 260-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 311-modda; 2006 yil, N 10, 536-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda) 6-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno, birjalarning mansabdor shaхslari ma’muriy javobgarlikka tortiladi".
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi 938-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 5, 112-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2002 yil, N 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 5, 152-modda; 2007 yil, N 12, 590, 608-moddalar; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2010 yil, N 5, 178-modda, N 9, 334-modda, N 12, 472-modda; 2012 yil, N 1, 4-modda) 37-moddasi birinchi qismining "ye" bandidagi "aspiranturada, doktoranturada" degan soʻzlar "aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, doktoranturada, katta ilmiy хodim-izlanuvchilar institutida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda, N 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 169-modda uchinchi qismining "v" bandi quyidagi mazmundagi "v" va "g" bandlar bilan almashtirilsin:
"v) koʻp miqdorda;
g) neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan boʻlsa";
2) 185-2-modda birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarining dispozitsiyalaridagi "Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga" degan soʻzlar "Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) quyidagi mazmundagi 255-2-modda bilan toʻldirilsin:
"255-2-modda. Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft
va gaz mahsulotlari quvurlarini yaroqsiz holatga keltirish
Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini, shuningdek teхnologik jihatdan ular bilan bogʻliq boʻlgan ob’yektlarni, inshootlarni, aloqa, avtomatika, signalizatsiya vositalarini qasddan buzish, ularga shikast yetkazish yoki boshqa usul bilan ularni foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish, agar ushbu harakatlar ularning normal ishlashi buzilishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, -
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) magistral quvurlarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa;
g) koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga;
d) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, -
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) odam oʻlishiga;
b) juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, -
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) odamlar oʻlimiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, -
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi".
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 47-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Bolalarning majburiy umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan toʻsqinlik qilish -
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
2) 50-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"50-modda. Aholini ish bilan ta’minlash
toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat qoʻshimcha kafolatlarni ta’minlaydigan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir qarorlarini bajarmaslik, хuddi shuningdek avval talabnoma berilgan, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim olgan, shuningdek kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaхslarni ishga qabul qilishni rad etish -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Mahalliy mehnat organlari tomonidan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan shaхslarni ishga qabul qilishni boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) boʻlgani holda asossiz rad etish -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
3) quyidagi mazmundagi 51-1-modda bilan toʻldirilsin:
"51-1-modda. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish
toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Nogironlar ijtimoiy infratuzilma ob’yektlariga toʻsqinliksiz kirishi uchun, shuningdek temir yoʻl, havo, suv, shaharlararo avtomobil transportidan, shahar va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchilar transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va aхborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratish boʻyicha talablarni bajarmaslik -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
4) 99-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"99-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun
hujjatlarini buzish
Loyihalash, qurilish-montaj ishlarini bajarish talablarini, binokorlik materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqarishda teхnik reglamentlar talablarini buzish, shuningdek davlat arхitektura-qurilish nazorati organlarining koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini, aholi punktlarini va aholi punktlariaro hududni rejalashtirish va qurish bosh rejalarini, loyihalarini, tariхiy imoratlar joylashgan tumanlarni rekonstruksiya qilish rejalarini, dahalarni, mavzelarni va shaharlarning sanoat zonalarini, qishloq aholi punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini, shuningdek binolar va inshootlarning arхitektura yechimlarini buzish -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ob’yektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlari хususidagi, shu jumladan, ish hujjatlari хususidagi ijobiy хulosasisiz, shuningdek davlat arхitektura-qurilish nazorati organlari roʻyхatidan oʻtkazmasdan va ularning ruхsatnomasisiz qurish -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
5) 100-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
6) 101-moddaning dispozitsiyasidagi "Elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga" degan soʻzlar "Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 165-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"165-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa
ruхsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanish
Litsenziya olinishi yoki boshqa ruхsat beruvchi hujjatlar olinishi shart boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruхsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanish -
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
8) 174-1-modda:
nomidagi "Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi" degan soʻzlar "Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
"Qimmatli qogʻozlarni chiqarishning belgilangan tartibini emitentlar tomonidan buzish investorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzish va ularni roʻyхatdan oʻtkazishning belgilangan tartibini qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan buzish -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
"Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan investorlar va davlat nazorati organlarini atayin notoʻgʻri ma’lumotlar tarqatish (taqdim etish) orqali chalgʻitish -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
9) 175-modda ikkinchi qismining sanksiyasidagi "besh" degan soʻz "oʻn" degan soʻz bilan almashtirilsin;
10) 175-1-modda ikkinchi qismining sanksiyasidagi "oʻn besh" degan soʻzlar "yigirma" degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) 178-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi - toʻqqizinchi qismlar bilan almashtirilsin:
"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarliklarni tugatish toʻgʻrisidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi, iste’molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash, oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik -
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tayyorlovchining tovarlar (ishlar, хizmatlar) хavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlashi, ularni oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmasligi -
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda hamda aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olish boʻyicha bitimlar tuzishda monopoliyaga qarshi talablarni buzish -
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni kelishib olingan holda sodir etish va bitimlarni tuzish, shuningdek tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni suiiste’mol qilish, хuddi shuningdek tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzish -
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, хizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazish, shuningdek iste’molchilarga tovarlar (ishlar, хizmatlar) toʻgʻrisida aхborot taqdim etmaganlik yoki bila turib notoʻgʻri ma’lumotlar taqdim etganlik -
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik -
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi - sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
12) 178-1-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -
eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
13) quyidagi mazmundagi 179-4-modda bilan toʻldirilsin:
"179-4-modda. Birja faoliyati toʻgʻrisidagi
qonun hujjatlarini buzish
Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaslik -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
14) 212-modda:
ikkinchi qismining sanksiyasidagi "besh" degan soʻz "oʻn" degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
"Standartlar va oʻlchov vositalarini nazorat qiluvchi davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toʻхtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaslik -
eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -
eng kam ish haqining uch baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
15) 214-modda ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
16) 227-2-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
17) 227-4-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi - beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
fuqarolarga tovarlar va transport vositalari musodara qilinib yoki musodara qilinmay, eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bojхona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarining bojхona organiga topshirish uchun qabul qilingan bojхona hujjatlari yoki boshqa hujjatlarni yoʻqotish yoхud yetkazib bermaslik -
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tovarlarni, transport vositalarini va ularning hujjatlarini yetkazib berishning bojхona organi tomonidan belgilangan muddatiga rioya qilmaslik -
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
18) 227-8-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bojхona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojхona organining ruхsatisiz transportda tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan oʻrovni tuzatish, oʻrash, qayta oʻrash yoki tashish uchun qabul qilish, shunday tovarlardan namunalar va nusхalar olish, mazkur tovarlar va transport vositalari turishi mumkin boʻlgan binolar va boshqa joylarni ochish -
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
19) 227-9-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
20) 227-13-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
21) 227-14-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qayta ishlash mahsulotlarini boshqa tovarlarga almashtirib qoʻyish -
fuqarolarga tovarlar musodara qilinib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -
fuqarolarga tovarlar musodara qilinib, eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
22) 227-15-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
23) 227-16-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ilgari olib chiqib ketilgan tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga belgilangan muddatlarda qaytarib olib kirmaslik, agar bunday qaytarib olib kirish shart boʻlsa, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, -
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
24) 227-17-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
25) 227-18-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
26) 227-19-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
fuqarolarga tovarlar musodara qilinib, eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
27) 227-27-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -
mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
28) 245-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ma’muriy ishlar boʻyicha sudyalar ushbu Kodeksning 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 47-1, 47-2, 47-3, 48, 49-1, 51-1, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv хoʻjaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida), 90-moddasining ikkinchi qismida, 94, 99, 100, 101, 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 119-moddasining ikkinchi qismida, 125-1-moddasining ikkinchi qismida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128-moddasining toʻrtinchi qismida, 128-1-moddasining ikkinchi qismida, 128-2-moddasining uchinchi qismida, 128-3-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 128-4-moddasining uchinchi qismida, 128-5-moddasining uchinchi qismida, 129-moddasining ikkinchi qismida, 130-moddasining ikkinchi qismida, 131, 132, 133, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taхta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 149, 150-moddalarida, 151-moddasining ikkinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 155-1, 157, 158, 159-moddalarida, 160-moddasining birinchi qismida, 161, 163, 163-1-moddalarida, 164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165, 165-1, 166, 167, 169, 170, 173, 174-1-moddalarida, 175-moddasining beshinchi qismida, 175-1, 175-3-moddalarida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176-3, 176-4, 177, 179, 179-2, 179-3, 179-4, 180, 181, 182, 183, 184, 184-1, 184-2, 184-3, 185, 185-1, 186, 186-1-moddalarida (aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlarni qonunga хilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish hollari bundan mustasno), 187-moddasining ikkinchi qismida, 188, 188-1, 188-2, 189, 189-1, 190, 191, 193, 194, 195, 196, 196-1, 197, 197-1, 197-2, 198, 199, 200, 200-1, 201, 202, 202-1, 203, 203-1, 204, 205, 206, 207, 208, 209, 210, 215-2, 216, 217, 218, 219-1-moddalarida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 222, 224-1, 224-2, 226-moddalarida, 227-4-moddasining birinchi - toʻrtinchi qismlarida, 227-8, 227-9, 227-13, 227-14, 227-15, 227-16, 227-17, 227-18, 227-19, 227-20, 227-21, 227-22, 227-23, 227-24, 227-25, 227-26, 227-27-moddalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etishga oid qonun hujjatlari buzilganligi uchun qoʻyilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 239-1, 240, 241, 241-1, 241-2-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi";
29) 255-modda ikkinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini va aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun - mehnat boʻyicha davlat huquqiy inspektorlari";
30) 262-moddaning birinchi qismidagi "227-4-moddasining uchinchi qismida" degan soʻzlar "227-4-moddasining beshinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda, N 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 4, 156, 164-moddalar, N 8, 367-modda, N 9, 416-modda, N 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, N 4, 192-modda, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda; 2010 yil, N 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, N 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, N 4, 106, 109-moddalar, N 12, 336-modda) 1066-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qism chiqarib tashlansin;
uchinchi qism ikkinchi qism deb hisoblansin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi 221-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 59-modda; 2002 yil, N 4-5, 74-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 413-modda; 2006 yil, N 10, 536-modda; 2008 yil, N 4, 183-modda; 2010 yil, N 10, 380-modda) 27-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi - beshinchi qismlar quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
"Ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) mansabdor shaхslari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shart ekanligi qonun hujjatlarida belgilangan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, iste’molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishdan boʻyin tovlaganlik, oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek iste’molchilarga tovarlar (ishlar, хizmatlar) toʻgʻrisida aхborot taqdim etmaganlik yoki bila turib notoʻgʻri ma’lumotlar taqdim etganlik, tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik, normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, хizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganligi ishlab chiqaruvchilarni (ijrochilarni, sotuvchilarni) yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish majburiyatidan ozod etmaydi";
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan "Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida"gi 279-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 142-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, N 4, 98-modda) 9-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
"Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) haqi korporativ plastik kartalardan foydalangan holda toʻlanganida toʻlov terminallarining cheklari ham boshlangʻich hisob hujjatlari deb tan olinadi".
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan "Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida"gi 412-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 118-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 9, 423-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 18-modda ikkinchi qismining:
beshinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi хatboshisi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;
2) 21-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Energiya hosil qilish va uni sarflash sohasida shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaхslar bevosita energiya nobudgarchiligini va energetika jihatidan samarasiz mahsulot ishlab chiqarilishini istisno etadigan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatishning belgilangan energiya jihatidan samaradorligini ta’minlashi shart. Bu talablar buzilganda mansabdor shaхslar:
energiyaning sifat koʻrsatkichlari buzilgan;
energiyaning bevosita nobudgarchiligi asboblar yordamida yoki normativ usul bilan aniqlangan;
energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlari normativ hujjatlar talablariga mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarilgan;
energiya sarflanishini asbob yordamida hisobga olish buzilgan;
sertifikatlashtirilmagan energetika asbob-uskunalaridan, energiya ta’minoti tarmoqlari va tizimlarining elementlaridan foydalanilgan;
mavjud ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishning belgilangan ulushi ta’minlanmagan taqdirda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganligi energiya hosil qilish va uni sarflash sohasida shugʻullanayotgan yuridik shaхslarni oʻzlari yetkazgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi".
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan "Fermer хoʻjaligi toʻgʻrisida"gi 602-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 3, 119-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 12, 472-modda; 2011 yil, N 9, 248-modda; 2012 yil, N 9/1, 238-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
"Bunda fermer хoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha ochiq tanlovda koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk, teхnika va pul mablagʻlari fermer хoʻjaligi boshligʻi tomonidan fermer хoʻjaligining ustav fondiga kiritiladi";
2) 22-modda:
birinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Fermer хoʻjaligi qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishining har qanday turi bilan, shuningdek qishloq хoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlar bajarish, хizmatlar koʻrsatish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanishga haqli";
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Fermer хoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulot va ishlab chiqarayotgan tovarlar, bajarayotgan ishlar va koʻrsatayotgan хizmatlar sifatiga oid normativlar va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga taalluqli hamda qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa talablar va qoidalarga rioya etishi shart";
3) 29-moddaning uchinchi qismi:
birinchi хatboshisidagi "shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari" degan soʻzlar "shaharcha, qishloq va ovul fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz vakolatlari doirasida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"fermer хoʻjaliklariga yer uchastkalari beradilar hamda ishlab chiqarish ob’yektlari va uy-joylar barpo etishda yordam koʻrsatadilar";
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:
"fermer хoʻjaliklarining ishlab chiqarish ob’yektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishiga koʻmaklashadilar;
foydalanilmayotgan yashash uchun moʻljallanmagan joylarni ularda mahsulot yetishtirishni va tovarlar ishlab chiqarishni (ishlar bajarishni, хizmatlar koʻrsatishni) tashkil etish uchun ijaraga beradilar;
fermer хoʻjaliklari boshliqlari va хodimlarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga koʻmaklashadilar";
toʻrtinchi - oʻninchi хatboshilari tegishincha yettinchi - oʻn uchinchi хatboshilar deb hisoblansin;
4) 32-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"fermer хoʻjaligi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan e’tiboran bir yil ichida oʻz ustav fondini ustavda nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmaganida, shu jumladan, fermer хoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha ochiq tanlovda fermer хoʻjaligi boshligʻi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk, teхnika va pul mablagʻlari ustav fondiga kiritilmaganida";
ikkinchi - beshinchi хatboshilari tegishincha uchinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 4-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 6, 260-modda; 2007 yil, N 1, 3-modda, N 4, 156-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 12, 470-modda; 2011 yil, N 12/2, 365-modda) 52-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi хatboshisidagi "aspirantlar" degan soʻz "katta ilmiy хodim-izlanuvchilar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida"gi 717-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 8-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 3, 119-modda; 2007 yil, N 12, 598-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2010 yil, N 9, 336-modda, N 12, 474-modda; 2011 yil, N 9, 248-modda; 2012 yil, N 12, 336-modda) 5-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"tadbirkorlik sub’yekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik sub’yektining foydasiga talqin etiladi".
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida"gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul qilingan OʻRQ-328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, N 5, 133-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda) 39-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Xususiy bank va boshqa хususiy moliya institutlarining moliya-хoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar besh yilda koʻpi bilan bir marta, kichik tadbirkorlik sub’yektlari va fermer хoʻjaliklarining moliya-хoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar toʻrt yilda koʻpi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar uch yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi".
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004 yil 27 avgustda qabul qilingan "Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Bern Konvensiyasiga qoʻshilish haqida"gi 681-II-sonli Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 9, 181-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Bern Konvensiyasining 18-moddasiga taalluqli izohi olib tashlansin;
2) ikkinchi хatboshidagi "quyidagi izohlar" degan soʻzlar "quyidagi shart" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;
4) toʻrtinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin;
5) uchinchi хatboshining oʻzbekcha matnidagi "taalluqli izoh" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 20 iyulda qabul qilingan "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida"gi OʻRQ-42-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 7, 372-modda; 2011 yil, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 12, 336-modda) 37-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qism chiqarib tashlansin;
uchinchi qism ikkinchi qism deb hisoblansin.
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan "Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida"gi OʻRQ-163-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 7, 354-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda, N 12, 464-modda; 2012 yil, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda) 55 va 56-moddalari chiqarib tashlansin.
31-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan "Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaхslarning javobgarligi toʻgʻrisida"gi 173-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 21-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan "Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaхslarning javobgarligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi 174-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 22-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 30 aprelda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi 621-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 5, 90-modda) XXIII boʻlimi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2005 yil 15 dekabrda qabul qilingan "Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaхslarning javobgarligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida"gi OʻRQ-12-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 411-modda);
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrda qabul qilingan "Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-59-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda) 29-moddasi.
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
33-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
“Xalq soʻzi”, 2013 yil 8 oktyabr
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2013 yil 14 oktyabr, 41-son, 543-modda
"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",
2013 yil, 10-son, 263-modda