Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining oʻn yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida"gi Farmoniga sharh

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGI

E’LON QILINGANLIGINING OʻN YILLIGI

MUNOSABATI BILAN AMNISTIYa

TOʻRISIDA"GI FARMONIGA

ShARH


Har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Mustaqillik kunini bayram qilish arafasida ilgari sodir etgan jinoyatlari uchun jazoga mahkum etilib, keyinchalik oʻz aybiga iqror, qilmishlaridan esa astoydil pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan shaхslarga nisbatan amnistiya e’lon qilish an’anaga aylandi.

Istiqlolning 10 yillik yubileyi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan amnistiyaga tushadigan mahkumlar doirasi sezilarli darajada kengaydi. Farmon turli jinoyatga qoʻl urib, jazoga mahkum etilgan 50 mingdan ortiq fuqaroni qamrab oladi. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan 25 mingdan ortiq mahkum ozod qilinadi. Ular orasida uncha oir boʻlmagan jinoyatlarga qoʻl urgan hamda ehtiyotsizlik tufayli jinoyat sodir etganlar, ayollar, voyaga yetmaganlar va keksalar koʻpchilikni tashkil qiladi.

Hozir ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan ayollarning 70 foizdan koʻproi endi oʻz oilalariga qaytadi. Jazo oʻtash joylaridan voyaga yetmagan yoshida jinoyatga qoʻl urganlarning qariyb 85 foizi, shuningdek, nogiron yoki jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan oir хastalikka chalingan shaхslarning yarmidan koʻproi ozodlikka chiqariladi. Mazkur Farmonga muvofiq ayollar, voyaga yetmaganlar va nogironlarga nisbatan olib borilayotgan barcha tergov ishlari va sudda koʻrilmagan ishlar, ba’zi jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan ishlarni istisno qilgan holda, tugatiladi.

Farmonga asosan jazodan ozod qilinmaydigan mahkumlarning oʻtalmay qolgan jazo muddatlari sezilarli darajada qisqartiriladi. Bu chora ushbu toifadagi shaхslarning toʻrtdan uch qismini qamrab oladi.

Amnistiya toʻrisidagi Farmon ijtimoiy hayotning barcha sohalarini, eng avvalo, mamlakatimiz sud-huquq tizimini erkinlashtirish borasidagi ishlar yanada kengaytirilayotganligining ya??ol dalili, jamiyat va davlatimizning yuksak darajadagi insonparvarligi namunasidir.