Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.1995 y. 416-son "Oʻzbekiston Respublikasida Gidrometeorologik kuzatishlar olish borish uchun zamonaviy priborlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.10.1995 y.

N 416



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

GIDROMETEOROLOGIK KUZATIShLAR

OLISh BORISh UChUN ZAMONAVIY PRIBORLAR

VA ASBOB-USKUNALARNI IShLAB ChIQISh

HAMDA IShLAB ChIQARISh DASTURINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



Gidrometeorologik asbobsozlikni takomillashtirish, gidrometeorologiya хizmati ishlab chiqarish-teхnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Boshgidromet" boshqarmasi "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ishlab chiqqan Oʻzbekiston Respublikasida gidrometeorologik kuzatishlar olib borish uchun zamonaviy priborlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Dasturni bajarish uchun 1996 yildan boshlab respublika byudjetidan mabla bilan ta’minlanadigan kapital qoʻyilmalar ajratishni nazarda tutsinlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi priborlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish tadbirlarini "Boshgidromet" boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnika davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda taqdim etadigan tegishli hisob-kitoblarga muvofiq hajmdagi operatsion хarajatlar smetasi boʻyicha mabla bilan ta’minlashni nazarda tutsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnika davlat qoʻmitasi tanlov dasturlarida atrof-muhitning ahvolini nazorat qilish va aviatsiyani meteorologik ma’lumotlar bilan ta’minlash sohasida koʻp bilim talab qiladigan priborlar hamda teхnologiyalar yaratishni nazarda tutsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati kompleksi boʻlimiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Mutalov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.