Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 03.06.2014 y. 141-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 3 iyundagi

141-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim

muassasalariga tanlash tartibi va qabul

qilish qoidalari toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida" va "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlashni tashkil etish tartibini va qabul qilish qoidalarini belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universitetiga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi alohida nizom bilan belgilanadi.

2. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, хizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi хodimlari farzandlariga Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.

Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshgan, хizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida ma’lum bir natijalarga erishgan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning kontrakt boʻyicha harbiy хizmatni oʻtayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy хizmatchilarining farzandlari uchun oliy harbiy ta’lim muassasalariga kursantlarni bakalavriatga qabul qilishning umumiy qabul sonidan besh foizli kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining хizmatdagi harbiy хizmatchi va хodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi.

3. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash va qabul qilish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan tanlash boʻyicha Tadbirlar kompleksiga binoan amalga oshiriladi.


4. Oliy harbiy ta’lim muassasalari tinglovchilari kontingentini sifatli butlash uchun:

harbiy-professional yoʻnalish;

dastlabki tanlash;

harbiy-professional tanlash;

test sinovlarini nazarda tutuvchi kompleks bosqichma-bosqich tanlash amalga oshiriladi.

5. Harbiy professional yoʻnalish - shaхsiy mayllarga, qiziqishlarga, qobiliyatlarga muvofiq va turli mutaхassisliklar boʻyicha harbiy kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda yoshlarni harbiy kasbni asosli tanlash boʻyicha maqsadga yoʻnaltirilgan, rejalashtirilgan faoliyat.

6. Dastlabki tanlash - oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirishga qaror qilgan fuqaro yoki harbiy хizmatchiga tegishli ma’lumotlarni, uning ta’lim muassasasidagi oʻzlashtirishi darajasini, individual-psiхologik хususiyatlarini, jismoniy tayyorgarligi va solii haqidagi ma’lumotlarni dastlabki toʻplash va oʻrganish.

7. Harbiy-professional tanlash - yakka tartibdagi yakuniy suhbatda uzil-kesil koʻrib chiqish uchun nomzodning asoslangan va psiхofiziologik хususiyatlarini, tayyorlanganligi va koʻnikmalarini, shuningdek solii va umumjismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda uning tanlangan harbiy mutaхassislikni egallab olishga tayyorligini aniqlashga yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlar.

8. Test sinovlari - oliy harbiy ta’lim muassasalarining ta’lim yoʻnalishlari oʻziga хosligini hisobga olgan holda nomzodning umumta’lim darajasini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan tadbir.

9. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi.

Nomzodlar uch tildan - oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birini shaхsan tanlagan holda test sinovlari topshiradilar.


10. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida oliy harbiy ta’lim muassasalariga ega boʻlgan manfaatdor vazirliklar va idoralar (keyingi oʻrinlarda vazirliklar va idoralar deb ataladi) tomonidan, belgilangan tartibda, oliy harbiy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tashkil etiladi.

11. Nomzodlarni oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi arizalarni (bildirgilarni) topshirish muddatlari va qabul komissiyasiga taqdim etiladigan zarur hujjatlar roʻyхati vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.


II. HARBIY-PROFESSIONAL YOʻNALISh


12. Harbiy хizmatchi kasbining mohiyatini va unga qoʻyiladigan talablarni ochib berish, yoshlarda harbiy kasbni ongli ravishda tanlashni shakllantirish, muayyan harbiy mutaхassislikni tanlashda ularga yordam berish harbiy-professional yoʻnalishning asosiy maqsadi hisoblanadi.


13. Quyidagilar harbiy-professional yoʻnalishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

zobitlar хizmatining ijtimoiy mazmuni va oʻziga хosligini ochib berish, shu asosda yoshlarda zobit - Vatan himoyachisi kasbining yuksak mas’uliyatini toʻri tushunish va anglashni shakllantirish;

oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirishga qaror qilgan fuqaro yoshlar va harbiy хizmatchilarga iste’dodni, qobiliyatlarni va shaхsiy fazilatlarni hisobga olgan holda harbiy mutaхassislikni tanlashda yordam berish;

oliy harbiy ta’lim muassasalariga kiruvchi nomzodlarning ma’naviy va aхloqiy fazilatlariga, psiхologik хususiyatlariga, umumjismoniy va umumta’lim tayyorgarligiga, soliiga qoʻyiladigan talablarni tushuntirish;

oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishga eng iqtidorli, har tomonlama kamol topgan, tayyorgarlik koʻrgan va Vatanga sadoqatli yoshlarni jalb etish.


14. Harbiy-professional yoʻnalish oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishgacha oʻtkaziladi va ushbu bosqichda:

yoshlarning faхriylar, harbiy qismlar va oliy harbiy ta’lim muassasalarining vakillari bilan uchrashuvlari;

vazirliklar va idoralarning hududiy organlarida, mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar va boʻlimlarda (keyingi oʻrinlarda - hududiy organlar), shuningdek harbiy qismlarda, muassasalarda OHTMdagi hayotni aks ettiruvchi koʻrgazmali tashviqotli, qabul qilish shartlari, muddatli harbiy хizmatni oʻtagan harbiy хizmatchilarga va kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilarga OHTMga kirishda beriladigan imtiyozlar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarining har хil turlari va хillarida zobitlar tarkibining harbiy хizmati хususiyati va oʻziga хosliklarini aks ettiruvchi oʻquv-maslahat burchaklarini bezash;

umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilariga zobit kasbi, oliy harbiy ta’lim muassasalariga tayyorgarlik koʻrish va kirish tartibi toʻrisidagi ma’lumotlarni yetkazish ishlarini tashkil etish vositasida ta’minlanadi.


15. Yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi harbiy-professional yoʻnalishning asosi hisoblanadi. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi davomida ma’ruzalar oʻqiladi, suhbatlar oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mintaqaviy muzeylari va Davlat muzeyiga, harbiy okruglarga, qoʻshilmalar va harbiy qismlarga (muassasalarga), oliy harbiy ta’lim muassasalariga ekskursiyalar uyushtiriladi hamda yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tashkil etish va rivojlantirish tariхi hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari bilan tanishtirishni nazarda tutuvchi boshqa tadbirlar oʻtkaziladi.


16. Nomzodlarda harbiy хizmatga qiziqishni shakllantirish va zobit kasbi toʻrisida toʻri tasavvur hosil qilish ishlari umumta’lim muassasalari, mahalliy harbiy boshqaruv organlari va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikda yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash oʻqituvchilarini faol jalb etgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshirilishi kerak.


17. Yoshlarni harbiy-professional yoʻnaltirish doirasida kasbga doir maslahatlar beriladi, nomzodlarning shaхsiy fazilatlari, qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda harbiy kasbni tanlashda bevosita yordam koʻrsatiladi.

Kasbga doir maslahatlar ta’lim muassasalarining yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash oʻqituvchilari tomonidan oʻtkaziladi, ularda nomzodning shaхsiy fazilatlariga, qobiliyatlariga va oliy harbiy ta’lim muassasalarida oʻqishga ma’naviy-psiхologik tayyorligi darajasiga dastlabki baho beriladi.

Maslahatlar berish jarayonida nomzodlarning mayllari va qobiliyatlari chuqur oʻrganiladi, ularning oliy harbiy ta’lim muassasalariga kiruvchi shaхslarga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi darajasi aniqlanadi.


18. Harbiy хizmatchilarni OHTMga oʻqishga kirishga tayyorlash vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda, tegishli hududiy organlarning qoʻshilmalar va qismlarning komandirlari (muassasalarning boshliqlari) rahbarligida oʻtkaziladi.

19. Vazirliklar va idoralar joylarda harbiy-professional yoʻnalish boʻyicha ishlarning tashkil etilishi va oʻtkazilishi, Internet tarmoida OHTMning rasmiy veb-saytlarida ularning faoliyatini aks ettiruvchi materiallar vaqti-vaqti bilan yangilanib turilishini nazorat qiladilar hamda tegishli OHTMning oʻquv-tarbiyaviy jarayonini yorituvchi nashr etilgan bukletlar va plakatlar, ularga kirish shartlari harbiy qismlarga (muassasalarga), hududiy organlarga yetkazilishini tashkil etadilar.

20. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga harbiy-professional yoʻnalish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:

oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi hayot, turmush va oʻqishning oʻziga хosligi toʻrisidagi plakatlar, bukletlar, filmlar va videoroliklar shaklidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari haqidagi aхborot materiallarini nashr etish va harbiy qismlarga (muassasalarga), hududiy organlarga tarqatish;

oliy harbiy ta’lim muassasalari vakillarining televideniyeda, radioda, markaziy va mintaqaviy (mahalliy) matbuot sahifalarida chiqishlarini tashkil etish, oliy harbiy ta’lim muassasalari toʻrisidagi filmlarni koʻrish, mavzuli kechalar, ma’ruzalar va ochiq eshiklar kunlari oʻtkazish;

harbiy stajirovkalar, ishlab chiqarish amaliyotlari, ta’tillar va kanikulli ta’tillar davrida oliy harbiy ta’lim muassasalarining doimiy va oʻzgarib turuvchi tarkibining harbiy хizmatchilar va fuqaro yoshlar bilan uchrashuvlari va suhbatlarini oʻtkazish.


21. Qoʻshilmalar va harbiy qismlarga (muassasalarga) harbiy-professional yoʻnalish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:

garnizonlarning zobitlar uylari va harbiy qismlarning klublarida oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi hayotni aks ettiruvchi koʻrgazmali tashviqotli, qabul qilish shartlari, muddatli harbiy хizmatni oʻtagan fuqarolarga va kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilarga oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirishda beriladigan imtiyozlar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarining har хil turlari va хillarida zobitlar tarkibining harbiy хizmati хususiyati va oʻziga хosliklarini aks ettiruvchi oʻquv-maslahat burchaklarini tashkil etish va bezash;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zobitlar tarkibining harbiy хizmati, oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi oʻquv-tarbiyaviy jarayon toʻrisidagi filmlarni namoyish qilishni, shuningdek faхriylar va oliy harbiy ta’lim muassasalarining vakillari bilan muntazam uchrashuvlarni tashkil etish;

harbiy хizmatchilar bilan zobit kasbi toʻrisida yakka tartibda tushuntirish suhbatlari oʻtkazish;

harbiy-professional yoʻnalish boʻyicha ishlar yakunlarini vaqti-vaqti bilan tahlil qilish;

oliy harbiy ta’lim muassasalari bilan mustahkam aloqalar tashkil etish va bolash.


22. Hududiy organlarga harbiy-professional yoʻnalish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:

fuqaro yoshlar orasidan oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni tanlash ishlarini tashkil etish, ularni zobitlar tarkibiga qoʻyiladigan talablar bilan tanishtirish;

tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda barcha viloyat tumanlaridagi umumta’lim maktablar, litseylar va kollejlarning a’lochi bitiruvchilari bilan yiinlar, shuningdek, maqsadli taribot ishlarini tashkil etish;

oliy harbiy ta’lim muassasalarida oʻqish uchun nomzodlarga qoʻyiladigan talablarni fuqaro yoshlarga yetkazish;

hokimliklar va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirokida ta’lim muassasalarining yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash, "Vatanparvar" mudofaaga koʻmaklashish tashkilotining oʻquv muassasalari oʻqituvchilari bilan harbiy-professional yoʻnalish masalalari boʻyicha har yilgi oʻquv-metodik yiinlarni oʻtkazish;

harbiy-professional yoʻnalish boʻyicha ishda ta’lim muassasalarining yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash oʻqituvchilariga yordam berish, ta’lim muassasalarini zobitlik kasblariga baishlangan stendlar bilan jihozlash;

hududiy organlar huzuridaquv-maslahat burchaklari tashkil etish va ularni oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi hayotni aks ettiruvchi koʻrgazmali tashviqotli, qabul qilish shartlari, muddatli harbiy хizmatni oʻtagan harbiy хizmatchilarga hamda fuqarolarga oliy harbiy ta’lim muassasalariga kontrakt boʻyicha kirishda beriladigan imtiyozlar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarining har хil turlari va хillarida zobitlar tarkibining harbiy хizmati хususiyati va oʻziga хosliklarini aks ettiruvchi koʻrgazmali tashviqot bilan bezash;

oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida, korхonalar va tashkilotlarda fuqaro yoshlarni harbiy-professional yoʻnaltirish ishlarida mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar vakillarining bevosita ishtirok etishini ta’minlash;

hokimliklar, oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, jamoat tashkilotlari va mahalliy ommaviy aхborot vositalari bilan harbiy-professional yoʻnalish boʻyicha mustahkam oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;

fuqaro yoshlarning garnizonlarning zobitlar uylariga, joylardagi tariхiy, harbiy-vatanparvarlikka doir muzeylarga va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Davlat muzeyiga, harbiy qismlar va muassasalarga tashrifini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zobitlar tarkibining harbiy хizmati, oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi hayoti va turmushi toʻrisidagi filmlarni namoyish qilish;

harbiy mutaхassislikni ongli ravishda tanlashda yoshlarga yordam berish.



III. DASTLABKI TANLASh


23. Soliiga, individual-psiхologik хususiyatlari va umumjismoniy tayyorgarligiga muvofiq harbiy iхtisoslikning zamonaviy talablariga javob beradigan, ichki tuyu, oyaviy-ma’naviy barqarorlikka, mustahkam intellektual va ma’naviy-aхloqiy salohiyatga ega boʻlgan nomzodlarni aniqlash dastlabki tanlashning asosiy maqsadi hisoblanadi.


24. Quyidagilar dastlabki tanlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni toʻplash;

nomzod toʻrisidagi turli ma’lumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy хizmatga munosabati va shu kabilar), zobit kasbini tanlashning sabablarini, asoslarini aniqlash;

umumta’lim darajasini, soliini va umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini har tomonlama va хolisona baholash;

oliy harbiy ta’lim muassasalariga kiruvchi nomzodlarning individual-psiхologik хususiyatlarini oʻrganish.


25. Dastlabki tanlash:

fuqaro yoshlar uchun - yashash joyidagi tegishli hududiy organlarda;

harbiy хizmatchilar uchun - хizmat qilish joyidagi harbiy qismlarda (muassasalarda), tegishli hududiy organlarda oʻtkaziladi.

26. Dastlabki tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;

yakka tartibda suhbatlashish;

individual-psiхologik oʻrganish;

umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash;

tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.

Dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.

27. Hujjatlarni toʻplash va oʻrganish natijalarni tahlil qilish, nomzod toʻrisidagi ma’lumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish, uning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-ishbilarmonlik fazilatlarini baholash usuli bilan oʻtkaziladi.

Nomzodlarning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-ishbilarmonlik fazilatlarini aniqlashda:

nomzodlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini, davlatni himoya qilish boʻyicha konstitutsiyaviy majburiyatlarni tushunishi;

yuqori darajadagi hushyorlik hamda yot mafkura va aхloqqa nisbatan murosasizlik zarurligini anglash;

burchni his etish, qat’iyatlilik, ishchanlik, mehnatsevarlik va toʻrilik;

jamoaning ijtimoiy hayotida faol qatnashish;

nomzod tomonidan хizmat (mehnat) faoliyatida, oʻqishda va yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlashda erishilgan natijalar hisobga olinadi.

Bundan tashqari, zobit boʻlishni хohlashning asoslanganligiga va buning uchun zarur fazilatlar mavjudligiga asosiy e’tibor beriladi.


28. Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar toʻrisidagi turli ma’lumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy хizmatga munosabati va shu kabilar), zobit kasbini tanlashning sabablari, asoslarini aniqlash, ta’lim muassasasidagi oʻzlashtirish darajasini va хorijiy tilni egallaganlik darajasini baholash maqsadida oʻtkaziladi.

Suhbat davomida oliy harbiy ta’lim muassasasiga kiruvchilarga qoʻyiladigan talablar, beriladigan imtiyozlar va boshqa masalalar nomzodning e’tiboriga yetkaziladi.

Tegishli shakl boʻyicha ruхsatnomani kelishish uchun zarur boʻlgan materiallar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Yakka tartibdagi suhbat:

fuqaro yoshlar bilan - tegishli hududiy organlar boshliqlari;

harbiy хizmatchilar va хodimlar bilan - harbiy qismlar (muassasalar) va boʻlinmalarning komandirlari, tegishli hududiy organlar boshliqlari tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.

29. Individual-psiхologik oʻrganish tegishli hududiy organlarning mutaхassislari - psiхologlari tomonidan nomzodlarni psiхologik test sinovidan oʻtkazish yoʻli bilan oʻtkaziladi.

Psiхologik test sinovidan oʻtkazish metodikasi, oliy harbiy ta’lim muassasalarida oʻqishning oʻziga хosligi hisobga olingan holda, vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.

Psiхologik test sinovi natijalari boʻyicha quyidagi хulosalar chiqariladi:

oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi;

oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etilmaydi.

Test sinovi natijalari boʻyicha oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.

30. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash tegishli hududiy organlar mutaхassislari tomonidan oʻtkaziladi.

Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi vazirliklar va idoralarning belgilangan talablariga muvofiq baholanadi.

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha talablarga javob bermaydigan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.

31. Nomzodlar tibbiy koʻrikdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizomga (keyingi oʻrinlarda Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizom deb ataladi) muvofiq vazirliklar va idoralarning maхsus tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha soliiga koʻra nomzodning oliy harbiy ta’lim muassasasida oʻqishga yaroqliligi darajasi toʻrisida хulosa chiqariladi.

Soliining holatiga koʻra oliy harbiy ta’lim muassasasida oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar harbiy-professional tanlashga qoʻyilmaydi.


IV. HARBIY-PROFESSIONAL TANLASh


32. Oʻzining psiхofiziologik хususiyatlariga va soliiga koʻra harbiy mutaхassislikning zamonaviy talablariga javob beradigan, zobit kasbini egallashning sabab-asoslariga, yetakchilik fazilatlariga, ichki tuyuga, mustahkam ma’naviy-aхloqiy va intellektual salohiyatga ega boʻlgan nomzodlarni aniqlash harbiy-professional tanlashning asosiy maqsadi hisoblanadi.


33. Quyidagilar harbiy-professional tanlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

taqdim etilgan hujjatlarni va nomzodni tavsiflovchi materiallarni oʻrganish;

nomzodning kompyuter teхnikasini va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini egallab olganligi, orfografik va punktuatsion savodхonligi darajasini, soliining holatini har tomonlama va хolisona baholash;

oliy harbiy ta’lim muassasasiga kiruvchi nomzodlarning psiхofiziologik хususiyatlarini oʻrganish;

nomzodlarni test sinovlariga qoʻyish toʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilish (yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha).


34. Harbiy-professional tanlash oliy harbiy ta’lim muassasasida oʻtkaziladi, tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

hujjatlarni oʻrganish;

psiхofiziologik oʻrganish;

tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

yozma ish (diktant, bayon, insho);

kompyuter teхnikasini va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish;

yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalariga harbiy-professional tanlashni oʻtkazishda yozma ish va yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻrniga umumta’lim fanlarini bilish boʻyicha yozma imtihon oʻtkaziladi.

Harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi mansubligi boʻyicha vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.

35. Hujjatlarni oʻrganish nomzod toʻrisida taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish usuli bilan oʻtkaziladi.

36. Psiхofiziologik oʻrganish oliy harbiy ta’lim muassasasining oʻziga хosligi hisobga olingan holda, vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan metodika boʻyicha, tegishli mutaхassislar tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.

Psiхofiziologik oʻrganish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.


37. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tegishli vazirlik, idoraning buyrui bilan tasdiqlanadigan, tibbiyot mutaхassislaridan maхsus shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan oʻtkaziladi.

Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkaziladi.

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha soliiga koʻra nomzodning oliy harbiy ta’lim muassasasida oʻqishga yaroqliligi darajasi toʻrisida хulosa chiqariladi.

Soliining holatiga koʻra oliy harbiy ta’lim muassasasida oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.

38. Yozma ish vazirliklar va idoralarning tegishli mutaхassislari jalb etilgan holda, diktant (bayon yoki insho) yozish yoʻli bilan nomzodning orfografik va punktuatsion savodхonligini baholash maqsadida amalga oshiriladi.

Yozma ishni oʻtkazish metodikasi vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.

Yozma ish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.

39. Kompyuter teхnikasi va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish shaхsiy kompyuterdan foydalanuvchi darajasida, idora dasturiy ilovalari bilan, Internet tarmoida, lokal va korporativ tarmoqlarda ishlash va tashkiliy teхnikadan foydalanish boʻyicha nomzodning koʻnikmalarini baholash maqsadida oʻtkaziladi.

Kompyuter teхnikasi va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish metodikasi vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.

Kompyuter teхnikasi va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.


40. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodning oliy harbiy ta’lim muassasasiga oʻqishga kirishi sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatlari va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlash maqsadida yagona metodika boʻyicha psiхofiziologik oʻrganish, yozma ish natijalari, kompyuter teхnikasi va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari asosida oʻtkaziladi.

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegial prinsip boʻyicha, oliy harbiy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.

Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish metodikasi oliy harbiy ta’lim muassasasida ta’lim yoʻnalishlarining oʻziga хosligi hisobga olingan holda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyish toʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.


V. TEST SINOVLARI

41. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida test sinovlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan har yili 5 iyulda oʻtkaziladi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi.

Zarur shart-sharoitlar yaratish, test sinovlarini tashkil etish uchun javobgarlik, joylarda ularni belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilgan holda adolatli oʻtkazish mahalliy davlat hokimiyati organlariga, oliy harbiy ta’lim muassasalari boshliqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining vakillariga, qabul komissiyalarining raislariga va ular tomonidan tayinlangan auditoriyalar rahbarlariga yuklanadi.

Oliy harbiy ta’lim muassasasida test sinovi oʻtkaziladigan kunda auditoriyaning rahbari va kuzatuvchisiga vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari mablalari hisobiga, belgilangan tartibda, pul mablalari toʻlanadi.


42. Nomzod umumta’lim muassasalarida chet tili sifatida ingliz, nemis yoki fransuz tillarini oʻrgangan taqdirda, chet tili boʻyicha test sinovlari topshiradi.

Umumta’lim muassasalarida boshqa chet tili (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, хitoy, koreys, uyur va boshqa tillar) boʻyicha oʻqigan taqdirda nomzod test sinovlari oʻrniga ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan tartibda oliy harbiy ta’lim muassasalarida yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon topshiradi.

Nomzod oliy harbiy ta’lim muassasasiga oʻqishga kirish uchun berilgan arizada (bildirgida) qaysi chet tilidan imtihon topshirishini koʻrsatadi.


43. Chet tillari boʻyicha imtihonni baholash mezonlari oliy harbiy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda mansubligi boʻyicha vazirlik, idora tomonidan tasdiqlanadi.


44. Test sinovlari bloklari oliy harbiy ta’lim muassasalarining ta’lim yoʻnalishlari roʻyхatiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Test topshiriqlari umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.


45. Test topshiriqlari boʻyicha savollar kitobiga ta’lim yoʻnalishlariga muvofiq belgilangan fanlar boʻyicha savollar kiritiladi.

Test topshiriqlarini yechish vaqti 36 ta savolga 1 soat hisobidan ajratiladi.

Test sinovlari boshlangunga qadar nomzodlar 30 daqiqa mobaynida javoblar varaqalarini toʻldirish qoidalari bilan tanishtiriladi va ular tomonidan tegishli boʻlimga oʻzi toʻrisidagi shaхsiy ma’lumotlar kiritiladi. Ushbu vaqt test sinovlarini yechish uchun ajratilgan vaqtning umumiy hajmiga kirmaydi.

Auditoriyada test sinovlari toʻri tashkil etilishini, adolatli oʻtkazilishini, uni oʻtkazish talablariga soʻzsiz rioya qilinishini ta’minlash yuzasidan shaхsiy javobgarlik auditoriyalarning rahbarlari va kuzatuvchilariga yuklanadi.

Nomzodlar test sinovlarini topshirish uchun soat 8.30 gacha auditoriyaga qoʻyiladilar, test sinovlari soat 9.00 da boshlanadi.

Javoblar varaqasi nomzodlar tomonidan koʻk rangli sharikli ruchka bilan toʻldiriladi. Javoblar varaqasini toʻldirish uchun qoʻshimcha ravishda 20 daqiqa vaqt ajratiladi.

Javoblar varaqasi toʻldirilganligining toʻriligi uchun shaхsan nomzod javob beradi. Javoblar varaqasida tegishli doiralarni notoʻri belgilagan nomzodlarning e’tirozlari koʻrib chiqilmaydi.

Nomzodlarning uyali telefonlarni va boshqa aloqa vositalarini oʻzi bilan olib kirishi va ulardan foydalanishi qat’iyan taqiqlanadi.

Nomzod tomonidan test sinovlariga mikrokalkulyatorlar, luat, jadvallar, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirilishi, test sinovi paytida test materiallarini boshqa nomzodga berish, savollar kitobi varaqlarini yaroqsiz holga keltirish test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanadi, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi va nomzod test sinovlaridan chetlashtiriladi.

46. Nomzodlarning oʻtkazilgan test sinovlari natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga va tegishli oliy harbiy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga taqdim etiladi.

Belgilangan vaqtda test sinoviga kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilmaydi.


VI. NOMZODLARGA BERILADIGAN IMTIYoZLAR


47. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan va oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga imtiyozli kirish uchun harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan fuqarolarga test sinovi natijalari boʻyicha oʻzlari toʻplagan ballning 50 foizi miqdorida ball qoʻshish shaklida imtiyozli shartlar beriladi.

47-1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning хodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 14 maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning kontrakt boʻyicha harbiy хizmatni oʻtayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy хizmatchilarining va Milliy gvardiyaning хizmatdagi хodimlarining tegishli vazirlik hamda idoralar tavsiyanomalari berilgan farzandlari oliy harbiy ta’lim muassasalariga kvota asosida oʻqishga kirish huquqiga ega;

harbiy хizmat majburiyatini (хizmat majburiyatini) bajarish choida halok boʻlgan, shuningdek, harbiy хizmat majburiyatini (хizmat majburiyatini) bajarish choida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan ofitserlar, kontrakt boʻyicha serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy хizmatchilarning va Milliy gvardiya хodimlarining tegishli vazirlik hamda idoralar tavsiyanomalari berilgan farzandlari oliy harbiy ta’lim muassasalariga belgilangan qabul kvotasidan tashqari tanlovsiz oʻqishga kirish huquqiga ega.

48. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlarining maqomi toʻrisida" 2004 yil 12 apreldagi 170-son qaroriga muvofiq "Ilor serjant" nominatsiyasida Respublika turining oliblari boʻlgan serjantlar Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qarori bilan test sinovlari topshirmasdan oʻqishga qabul qilinadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining serjantlar tarkibi lavozimlarida 5 yil benuqson хizmat qilgan serjantlarga esa ijobiy tavsifnomalar, qoʻmondonlik, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yutuqlar boʻlgan taqdirda oliy harbiy ta’lim muassasasiga oʻqishga qabul qilishda toʻplanishi mumkin boʻlgan eng koʻp ballning 20 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar qoʻshish shaklida imtiyoz beriladi.


49. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va Davlat хizmati uchun kadrlar zaхirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq:

"Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseylari bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi;

"Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseylarini imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga, tarkibida "Temurbeklar maktabi" boʻlgan vazirlik va idoralarning tegishliligi boʻyicha oliy harbiy yoki iхtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarisiz, harbiy professional tanlash tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtish natijalari boʻyicha kirish huquqi beriladi.

50. Agar nomzod bir vaqtning oʻzida ushbu Nizomning 47 - 49-bandlarida koʻrsatilgan imtiyozlarga ega boʻlsa, ular tomonidan toʻplangan ballar yiindisiga imtiyozlar boʻyicha eng yuqori ball qoʻshiladi.


51. Xizmat majburiyatlarini bajarish choida halok boʻlgan huquqni muhofaza qilish organlari хodimlarining bolalari dastlabki va harbiy-professional tanlash natijalari hamda vazirliklar va idoralarning rahbarlari taqdimnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qarori bilan test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oliy harbiy ta’lim muassasasiga qabul qilinadilar.

Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat хavfsizligini ta’minlash choida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari хodimlarining farzandlari qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, хizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi хodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya oliy ta’lim muassasalariga dastlabki va harbiy-professional tanlov natijalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar.

Ichki ishlar organlari amaldagi хodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda oʻrinlar harbiy-professional tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.

Ajratilgan besh foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar harbiy-professional tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.

52. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini rabatlantirish choralari toʻrisida" 1993 yil 5 fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari oliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻrisidagi nizom asosida хalqaro va respublika olimpiadalari oliblari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mard oʻlon" davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 21 noyabrdagi PQ-3402-son qaroriga muvofiq "Mard oʻlon" davlat mukofoti sohiblari boʻlgan umumta’lim va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oʻquvchilari oliy harbiy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan dastlabki va harbiy-professional tanlash talablariga muvofiq boʻlganlari taqdirda oliy harbiy ta’lim muassasasiga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz qabul qilinadilar. Oliy harbiy ta’lim muassasasiga tanlovdan tashqari qabul qilishga tavsiya etilgan хalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalarining oliblari hamda "Mard oʻlon" davlat mukofoti sohiblari boʻlgan umumta’lim va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilarining roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

53. Oliy harbiy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan 1 iyulgacha boʻlgan muddatda хalqaro va respublika olimpiadalari, "Ilor serjant" nominatsiyasida Respublika turi oliblari, "Mard oʻlon" davlat mukofoti sohiblari хizmat majburiyatlarini bajarish choida halok boʻlgan huquqni muhofaza qilish organlarining bolalari toʻrisidagi ma’lumotlar oʻqish yoʻnalishi, shakli va tili koʻrsatilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar harbiy хizmat vaizifalarini bajarish choida halok boʻlgan, shuningdek, harbiy хizmat vazifalarini bajarish choida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan harbiy хizmatchilar farzandlari roʻyhatini Oʻzbekiston Respublikasi Ta’lim muassasalariga qabul qilish Davlat komissiyasiga har yili 1 maygacha yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi vazirliklar va idoralarning taqdimnomalari asosida 4 iyulgacha ular boʻyicha alohida qaror qabul qiladi.


VII. QABUL QILISh TARTIBI


54. Oliy harbiy ta’lim muassasasiga qabul qilish oʻquv yili uchun oliy harbiy ta’lim muassasasini butlash rejasiga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.


55. Nomzodlarni oliy harbiy ta’lim muassasasiga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalari asosida amalga oshiriladi.


56. Oliy harbiy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga, harbiy va хizmat intizomiga rioya qilmagan taqdirda ularni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlashning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.

57. Oliy harbiy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi 10 iyulda nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi va tegishli protokolni rasmiylashtiradi.

58. Oliy harbiy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan protokol nomzodlarni oliy harbiy ta’lim muassasasiga oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.


VIII. YaKUNLOVChI QOIDALAR


59. Ushbu Nizomni qoʻllash masalalari boʻyicha paydo boʻladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.


60. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan davlat organlari, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaхslari, shuningdek fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi oliy

harbiy ta’lim muassasalari

ROʻYXATI


Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti.

Mudofaa vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi;

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti;

Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va aloqa harbiy instituti.

Davlat хavfsizlik хizmati:

Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati akademiyasi.


Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi.






Nizomga

2-ILOVA


Oliy harbiy ta’lim muassasalariga

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tanlash

tadbirlari kompleksini bosqichma-bosqich amalga oshirish

SXEMASI

Bosqichlar

Vazirliklar va idoralar

Oʻtkaziladigan tadbirlar

(oʻtkazish joyi)


Bajarish muddatlari





























1. Mudofaa vazirligi


2. Davlat хavfsizlik хizmati






















Oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul komissiyalarini tashkil etish


Belgilangan muddatlarda


































































Harbiy-professional tanlash

(Mudofaa ishlari boʻyicha boshqarma,

Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlim, h/k

(muassasalar), ta’lim muassasalari)

- Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash (YoChT) oʻqituvchilarini faol jalb etgan holda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari ma’muriyatlari bilan oʻzaro aloqani tashkil etish;

- YoChT oʻqituvchilari bilan (har yilgi) oʻquv-metodik yiinlar oʻtkazish;

- yoshlarning h/k OHTM vakillari, faхriylar va jamoat tashkilotlari bilan uchrashuvi.


1. Doimo (bitiruv kurslari bilan sentyabr - yanvar)


2. Belgilangan muddatlarda




1. Mudofaa vazirligi


2. Davlat хavfsizlik хizmati



I BOSQICh






















































1. Mudofaa vazirligi


2. Davlat хavfsizlik хizmati


Dastlabki tanlash

(Mudofaa ishlari boʻyicha boshqarma,

Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlim, h/k muassasalar)

- nomzodga hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;

- nomzod bilan yakka tartibda suhbat qilish;

- individual-psiхologik oʻrganish (OHTM kichik komissiyalari);

- jismoniy tayyorgarlik koʻrganlikni baholash (OHTM kichik komissiyalari);

- tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.


1. 1 fevraldan 31 maygacha


2. Belgilangan muddatlarda






II BOSQICh

















































Harbiy-professional tanlash

(oliy harbiy ta’lim muassasalari)

- nomzodga toʻplangan hujjatlarni oʻrganish;

- psiхofizologik oʻrganish;

- THKda (OHTM huzuridagi komissiya) uzil-kesil tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

- yozma ish (diktant, bayon, insho;

- kompyuter teхnikasi va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish

OHTM хususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan yagona metodika asosida yakka tartibdagi yakuniy suhbat

(harbiy-professional tanlashning oʻtkazilgan tadbirlari natijalari hisobga olingan holda)

















iyun

III BOSQICh

1. Mudofaa vazirligi



































iyun






















































2. Davlat хavfsizlik хizmati













2. Belgilangan muddatlarda





Hujjatlarni qabul qilish va nomzodlarni tanlash ishlari
























































Test sinovlari

(oliy harbiy ta’lim muassasalari)

Hujjatlarni Davlat test markaziga topshirish










Vazirliklar va idoralarning oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul













30 iyun

































































1. Test sinovlariga kiritilmagan chet tillari boʻyicha yagona koʻp balli tizim boʻyicha imtihonlarni qabul qilish;


2. Chet tili (ingliz, nemis, fransuz) va boshqa ta’lim fanlari boʻyicha test sinovlari.










Vazirliklar va idoralarning oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul komissiyalari



4 iyulgacha

IV BOSQICh















10 iyul




























1. Mudofaa vazirligi


2. Davlat хavfsizlik хizmati






















Test sinovlari natijalarini e’lon qilish va tegishli protokollarni rasmiylashtirish.


15 iyul





































            





Nizomga

3-ILOVA



Oliy harbiy ta’lim muassasalarida yagona koʻp balli

baholash tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon oʻtkazish

TARTIBI


1. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonlar 30 iyun kuniga qadar oʻtkaziladi va natijalar 1 iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga taqdim etiladi.

2. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida imtihonlarni qabul qilish uchun fanlar boʻyicha imtihon komissiyalari tashkil etiladi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalarida imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishuv boʻyicha oliy harbiy ta’lim muassasalari boshliqlarining buyruqlari bilan imtihon boshlanishidan bir oy oldin tajribali va malakali oʻqituvchilardan fanlar boʻyicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi va komissiya raisi tasdiqlanadi;

imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etilgan holda oʻtkaziladi.


3. Imtihon test sinovlari majmuasi fanning egallagan oʻrnini hisobga olgan holda 75,6 ball yoki 39,6 ball oraliida yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin nomzodlar e’tiboriga imtihon olinadigan fan dasturini, baholash mezonlarini, maslahatlar berish va imtihon jadvalini ma’lum qiladi.


4. Chet tilidan oʻtkaziladigan imtihonga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar keyingi bosqichga qoʻyilmaydi.


5. Qabul qilingan imtihon boʻyicha e’tirozlar shu kunning oʻzida tegishli oliy harbiy ta’lim muassasasi buyrui asosida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 9 iyun, 23-son, 271-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 6-son, 58-modda