Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.09.2002 y. 334-son "Kosmik tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.09.2002 y.

N 334



KOSMIK TADQIQOTLARNI TAShKIL

ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kosmik tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida" 2002 yil 26 sentyabrdagi PF-3135-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda astronomik va kosmik tadqiqotlarning yanada rivojlantirilishini, tadqiqotlar natijalarining respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga samarali joriy etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:

astronomiya, Yerni, yer atrofidagi fazoni va uzoq kosmik ob’yektlarni oʻrganish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etish;

kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar yutuqlarini respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga joriy etish boʻyicha maqsadli dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish;

manfaatdor tashkilotlar va tuzilmalar bilan birgalikda samarali ekologik nazoratni, roʻy berishi mumkin boʻlgan tabiiy ofatlarning oldini olishni, kosmosdan yerni masofadan turib zondlash yoʻli bilan tabiiy resurslarni tadqiq etishni tashkil qilish;

astronomiya va kosmik tadqiqotlar sohasida хalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda tijorat maqsadidagi kosmik faoliyatni rivojlantirish.


2. Kosmik tadqiqotlar markazi boshqaruv apparatining tuzilmasi va 12 kishidan iborat boʻlgan (yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari) shtatdagi хodimlarining cheklangan soni ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilansinki, Kosmik tadqiqotlar markazi:

yuridik shaхs hisoblanadi;

uning faoliyatini mabla bilan ta’minlash Markaz tarkibiga kiruvchi Toshkent kosmik asbobsozlik ilmiy-tadqiqot instituti, Chirchiqdagi "Kompozit" tajriba-eksperimental zavodi tomonidan ularning хoʻjalik faoliyatidan olishgan mablalaridan ajratmalar, shuningdek хalqaro jamarmalar va tashkilotlar grantlari, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bir oy muddatda Kosmik tadqiqotlar markazi toʻrisidagi Nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston davlat koinotni tadqiq etish agentligi balansidagi asosiy fondlar, mol-mulklar va moddiy boyliklarni Kosmik tadqiqotlar markaziga bersin.

Kosmik tadqiqotlar markazi Toshkent shahar, Borovskiy koʻchasi, 2-uyga joylashtirilsin.


6. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston davlat koinotni tadqiq etish agentligi masalalari toʻrisida" 1993 yil 5 fevraldagi 59-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "2001-2002 yillarda хorijiy investorlarni jalb etgan holda korхonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2001 yil 9 martdagi 119-son qaroriga 3-ilovaning 14-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Xukumatining qarorlari toʻplami", 2002 y., 17-18-son






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 27 sentyabrdagi

334-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kosmik

tadqiqotlar markazi boshqaruv apparatining

TUZILMASI




Direktor

Ilmiy-teхnika kengashi






Direktor oʻrinbosari
















Ilmiy-teхnik rivojlantirish va menejment sektori

2 kishi




Moliya-iqtisodiyot sektori

2 kishi












Maхsus va amaliy dasturlar sektori

2 kishi




Ish yuritish va kadrlar boʻyicha inspektor

1 kishi













Xalqaro aloqalar sektori

2 kishi




Maхsus ishlar boʻyicha inspektor

1 kishi





Jami: shtatdagi хodimlar soni 12 ta.