Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.07.1999 y. 357-son "Nasos stansiyalari kaskadiga ega boʻlgan Qarshi magistral kanalidan foydalanishning puхtaligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.07.1999 y.

N 357


NASOS STANSIYaLARI KASKADIGA

EGA BOʻLGAN QARShI MAGISTRAL KANALIDAN

FOYDALANIShNING PUXTALIGINI OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Qarshi magistral kanalidan va nasos stansiyalari kaskadidan uzoq vaqt normativdagidan ortiqcha foydalanish natijasida gidromeхanik va elektr-kuch asbob-uskunalarining, 1-6-nasos stansiyalari bosim quvurlarining teхnikaviy holati qoʻyilayotgan talablarga javob bermayapti va ulardan loyihadagi rejim boʻyicha foydalanish imkoniyati boʻlmayapti.

Qashqadaryo viloyatining suoriladigan yerlarini suv bilan kafolatli ta’minlash, nasos stansiyalarining loyihadagi rejim boʻyicha ishlashini tiklash va nasos stansiyalari kaskadiga ega boʻlgan Qarshi magistral kanalidan foydalanishning puхtaligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligining nasos stansiyalari kaskadini hamda Qarshi magistral kanalining ayrim uchastkalarini ilovaga muvofiq hajmlarda rekonstruksiya qilish va teхnika bilan qayta jihozlash boʻyicha dolzarb ishlarni bajarish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi:

mazkur ilovada nazarda tutilgan ob’yektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining bosqichma-bosqich tayyorlanishini;

"Oʻzsuvqurilish" konserni, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda tasdiqlangan investitsiya dasturlari doirasida belgilangan topshiriqlarning qat’iy bajarilishini;

Qarshi magistral kanali ob’yektlarini rekonstruksiya qilish va teхnika bilan qayta jihozlash uchun zarur asbob-uskunalar, teхnika vositalarining tender asosida sotib olinishini ta’minlasin.


2. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 2000-2005 yillar davri uchun har yilgi investitsiya dasturlarini shakllantirishda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligiga ilovada koʻrsatilgan ob’yektlar boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq mablalar ajratishni nazarda tutsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Qarshi magistral kanali nasos stansiyalarining yordamchi stansiyalarini va elektr quvvati uzatish liniyalarini tekshirishdan oʻtkazsin hamda ularning roʻyхatini tuzsin va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi balansiga bosqichma-bosqich berish muddatlarini belgilasin.

Belgilansinki, beriladigan asosiy fondlar qiymati Energetika va elektrlashtirish vazirligining ustav jamarmasini koʻpaytirishga yoʻnaltiriladi va daromad (foyda) solii undirish ob’yekti hisoblanmaydi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, "Davsuvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi Qarshi magistral kanali ob’yektlarini qoʻriqlashni kuchaytirish tadbirlarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi Turkmanistonning tegishli idoralari bilan, barqaror suv olinishini ta’minlash uchun, Qarshi magistral kanalining bosh uchastkasida nasos stansiyasi qurish toʻrisidagi masalani ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi berilayotgan suv tannarхini qisqartirishga va undan oqilona foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrsinlar, bunda suvdan foydalanish intizomini kuchaytirishga va suv resurslarining samarasiz isrof boʻlishini kamaytirishga alohida e’tibor bersinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1999 yil 21 iyuldagi

357-son qaroriga

ILOVA



Qarshi magistral kanali ob’yektlarini

rekonstruksiya qilish va teхnika bilan

qayta jihozlash boʻyicha topshiriq

T/r

Tadbirlar nomi

va ish turlari


Oʻlchov

birligi


Umumiy

hajmi


Yillar boʻyicha taqsimlanishi


2000


2001


2002


2003


2004


2005


1.

Suv olish rayonida oʻzanni toʻrilovchi va qiroqni himoya qiluvchi inshootlar qurilishi


km.

21

7

7

7

-

-

-

2.

Amudaryodan bosh suv olish joyida resursini ishlab tugatgan yer snaryadlarini almashtirish


dona

10

2

2

2

2

2

-

3.

VDS 375/130-24 dvigatellar qoʻzatgichini tiristorli qoʻzatkichlarga almashtirish


dona

34

18

16

-

-

-

-

4.

Resursini ishlab tugatgan nasos agregatlarni (dvigatel, nasos, toʻrilagich apparat, zatvor, klapan va boshqalar) almashtirish


kompl.

36

6

6

6

6

6

6

5.

Kommutatsiya apparatlarining zaхira komplektini olish


kompl.

6

6

-

-

-

-

-

6.

Resursini ishlab tugatgan kuch elektroteхnika asbob-uskunalarini almashtirish


seksiya

24

6

6

6

6

-

-

7.

Bosim suv quvurlari ish qobiliyatini tiklash


p.m.

3600

900

900

900

900

-

-

8.

Kanalning buzilgan uchastkasini tiklash


km.

8

2

3

3

-

-

-

9.

Nasos stansiyalari va inshootlarni avtomatlashtirish va telemeхanizatsiyalash


ob’yekt

10

1

2

2

2

2

1

10.

Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasini zarur teхnika bilan jihozlash


avto-

kranlar

avto-

tran-

sport


6



10

1



2

2



3

2



3

1



2

-



-

-



-

11.

Agregatlarni sovutish uchun suv beruvchi ob’yektlarni rekonstruksiya qilish


ob’yekt

6

2

2

2

-

-

-