Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.05.2008 y. PQ-881-son "Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish maqsadlarida birdamlik Islom jamgʻarmasiga kirishi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

29.05.2008 y.

N PQ-881



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

RIVOJLANISh MAQSADLARIDA BIRDAMLIK

ISLOM JAMARMASIGA KIRIShI TOʻRISIDA



Islom konferensiyasi tashkiloti mamlakatlari-a’zolari, Islom taraqqiyot banki va boshqa Arab muvofiqlashtirish guruhi islom davlatlari-a’zolari moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish hamda chuqurlashtirish maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilari Kengashi Raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Rivojlanish maqsadlarida birdamlik Islom jamarmasiga kirish boʻyicha rasmiy murojaati kelib tushdi;

Rivojlanish maqsadlarida birdamlik Islom jamarmasi Islom konferensiyasi tashkiloti Sammiti qaroriga muvofiq (2005 yil, 7-8 dekabr, Makka, Saudiya Arabistoni) Islom taraqqiyot banki tomonidan qashshoqlikni kamaytirish, savodsizlikni bartaraf etish, kasalliklar va epidemiyalarni tugatish, Islom konferensiyasi tashkilotining (IKT) qashshoq mamlakatlari-a’zolarida inson resurslarini rivojlantirish boʻyicha masalalarni hal etish maqsadida barpo etilgan;

Jamarma mablalari IKT mamlakatlari-a’zolari va хalqaro tashkilotlar mablalari hisobidan erkin asosda shakllantiriladi.


2. Rivojlanish maqsadlarida birdamlik Islom jamarmasiga Oʻzbekiston Respublikasining umumiy hissasi 300 ming AQSh dollari boʻlib, birinchi badal 2008 yilda 100 ming AQSh dollarini tashkil etgan holda belgilansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan tartibda Rivojlanish maqsadlarida birdamlik Islom jamarmasiga belgilangan miqdordagi Oʻzbekiston Respublikasi hissasi toʻlanishini amalga oshirsin.


4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov