Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.06.2006 y. 106-son "Qozogʻiston Taraqqiyot banki vakolatхonasini ochish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.06.2006 y.

N 106



QOZOISTON TARAQQIYoT BANKI

VAKOLATXONASINI OChISh TOʻRISIDA



Bank va investitsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi va Qozoiston Respublikasi iqtisodiyotini integratsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qozoiston Taraqqiyot bankining Oʻzbekiston Respublikasi hududida vakolatхona ochish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Qozoiston Taraqqiyot banki vakolatхonasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazish tavsiya etilsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, Qozoiston Taraqqiyot banki vakolatхonasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.


4. Toshkent shahar hokimligi Qozoiston Taraqqiyot banki vakolatхonasiga ofis uchun bino berish bilan boliq masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev