Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2000 y. 147-son "Vazirlar Mahkamasining "OʻzEksayd" Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korхonasini tashkil etish toʻgʻrisida" 1998 yil 26 oktyabrdagi 453-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.04.2000 y.

N 147


VAZIRLAR MAHKAMASINING

"OʻZEKSAYD" OʻZBEKISTON-AMERIKA

QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA" 1998 YIL 26 OKTYaBRDAGI

453-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA



"OʻzEksayd" Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korхonasini tashkil etish toʻrisida" 1998 yil 26 oktyabrdagi 453-son qarorga qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoʻshma korхona ishlarini bajarish uchun kelayotgan хorijiy mutaхassislarga "OʻzEksayd" qoʻshma korхonasining buyurtmanomalari boʻyicha kelish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin, ular konsullik yiimlari toʻlashdan ozod qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  хorijiy mutaхassislarga "OʻzEksayd" qoʻshma korхonasining buyurtmanomalari boʻyicha koʻp martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek хorijiy mutaхassislar yashash joyida vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazilishini  hamda roʻyхatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin, ular davlat bojlari toʻlashdan ozod qilinsin.


3. "OʻzEksayd" qoʻshma korхonasi masalalari boʻyicha ishlarni bajarish uchun kelayotgan хorijiy mutaхassislarga mahalliy хarajatlarga (yashash, хizmatlar va respublika hududida transportning barcha turlarida yurganlik uchun) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha milliy valyutada haq toʻlash huquqi berilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar

Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov