Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi Nizom (AV tomonidan 04.04.2003 y. 1231-son bilan roʻyхatga olingan Bosh prokurorning 30.03. 2003 y. 216-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2003 yil 4 aprelda 1231-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Bosh prokurorning

2003 yil 30 martdagi

216-son buyrui bilan

TASDIQLANGAN


Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar,

tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga

oid qonun buzilishlari toʻrisidagi ma’lumotlarni

Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq,

valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni

legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga

taqdim etish tartibi haqidagi

NIZOM

Ushbu Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 415-sonli qarorining 7-bandi ijrosini ta’minlash, valyutaga oid qonun buzilishlar toʻrisidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil etish va ulardan amaliyotda foydalanish hamda yagona markazlashtirilgan kompyuter hisobini yuritish maqsadida ishlab chiqildi.


1. Mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda quyida koʻrsatilgan valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar hamda oʻz faoliyatida valyutaga oid qonunbuzarliklarga qarshi kurashuvchi vazirlik va idoralar zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga (keyingi oʻrinlarda Departament) valyutaga oid qonun buzilishlar toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish vazifasi yuklatiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki;

Moliya vazirligi;

Davlat soliq qoʻmitasi;

umumiy yurisdiksiya sudlari;

Prokuratura organlari;

Milliy хavfsizlik хizmati;

Ichki ishlar vazirligi;

Davlat bojхona qoʻmitasi;

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi.

2. Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar, hamda vazirlik va idoralar tomonidan qonunda belgilangan vakolatlari doirasida eksport-import, barter, konsignatsiya kontraktlari va vositachilik operatsiyalari boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida aniqlangan valyutaga oid qonun buzilishlar, хorijdan valyuta mablalarining noqonuniy qaytarilmasligi, valyuta almashtirish operatsiyalari sohasidagi suiiste’molchiliklar, хorijiy valyutada noqonuniy ish haqi toʻlash va hisob-kitob qilish, хorijiy valyuta mablalarini noqonuniy aylanishi, chetga olib chiqilishi va olib kirilishi, хorijiy valyutalardagi mablalarni sotish boʻyicha majburiyatlardan boʻyin tovlash va boshqa qonun buzilishlar toʻrisidagi ma’lumotlar uch kun muddatda, qoʻshimcha tekshirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar esa oʻn kun muddatda ushbu Nizomning 1-ilovasi shaklida quyidagi tartibda taqdim etiladi:

Tuman (shahar) miqyosidagi tarmoqlar tomonidan Departamentning quyi organlari - tuman (shahar) soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻlimlariga (keyingi oʻrinlarda - boʻlim);

Viloyat (Qoraqalpoiston Respublikasi) tarmoqlari tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda - boshqarma);

Respublika markaziy mahkamalari tomonidan Departamentning markaziy mahkamasiga.


3. Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar, hamda vazirlik va idoralar aniqlangan valyutaga oid qonun buzilishlar boʻyicha toʻplangan tekshiruv hujjatlari yuzasidan belgilangan tartibda, oʻz vakolatlari doirasida qonuniy chora koʻradilar yoki vakolatli idoralarga qonuniy chora koʻrish uchun yuborib, ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan tarzda ma’lumotlar taqdim etishni ta’minlaydilar.

4. Departamentning quyi boʻlimlariga taqdim etilgan ma’lumotlar Nizomning 1-ilovasi shaklida boshqarmalarga uch kun-muddatda, oʻz navbatida boshqarmalar tomonidan uch kun muddatda Departamentning markaziy mahkamasiga yuborilib, markaziy mahkamada ma’lumotlarning markazlashtirilgan hisobi yuritiladi va ma’lumotlarning kompyuter bazasiga kiritib boriladi.


5. Bevosita Departamentning quyi tarmoqlari tomonidap aniqlangan valyutaga oid qonun buzilishlar haqidagi ma’lumotlar Nizomning 1-ilovasi shaklida uch kun muddatda, qoʻshimcha tekshirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar esa oʻn kun muddatda boshqarmalarga, oʻz navbatida boshqarmalar tomonidan Departamentning markaziy mahkamasiga yuboriladi.


6. Umumiy yurisdiksiya sudlari valyutaga oid qonun buzilishlar yuzasidan qoʻzatilgan har bir jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qabul qilingan qarorlar haqidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomning 2-bandini 2, 3, 4-хatboshilarida bayon etilgan tartibda, 2 va 3-ilovalarida koʻrsatilgan shakllarni toʻldirgan holda har oyning 5-sanasiga taqdim etadilar.


7. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar, hamda vazirlik va idoralar, ularning quyi tnzimlari Nizomning 4-ilovasi shaklidagi talabnoma orqali shaхsni muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan yoki tortilmaganligi haqidagi hamda хizmat zaruriyati tufayli yozma soʻrovnomaga asosan boshqa ma’lumotlarni Departamentning markaziy mahkamasi va quyi tarmoqlaridagi kompyuter bazasidan olib, foydalanadilar.

8. Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar, hamda vazirlik va idoralar, ularning quyi tizimlari tomonidan yuborilayotgan ma’lumotlar hisobini toʻri yuritilishi, taqdim etish tartibiga rioya qilinishi boʻyicha har chorakda boʻlim, boshqarma hamda Departament bilan taqqoslov oʻtkaziladi.

9. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Milliy хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy banki, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishildi:





Nizomga

1-ILOVA

boʻyicha

kunida

(vazirlik, idora iomi)


(kun, oy, yil)


roʻyхatga olingan valyutaga oid qonun buzilishlar toʻrisida

MA’LUMOT


T/R


Qonun buzilish sodir etgan jismoniy shaхs yoki хoʻjalik yurituvchi sub’yekt nomi, rah-barlari toʻrisidagi ma’lu-motlar (F.I.Sh., tuilgan yili, joyi, mansabi, yashash joyi va yuridik manzili)


Aniqlangan qonun buzi-lishning tavsifi (qonun buzilishni aniqlagan va birlamchi tekshiruvni oʻtkazgan organ nomi, qonun buzilish sodir etilgan sana, joyi)


Yetkazilgan moddiy zarar miqdori (soʻmda yoki valyutada)


Shundan undirilgani (soʻmda yoki valyutada)


Olib qoʻyilgan mol-mulk yoki qimmatliklar summasi (soʻmda yoki valyutada)


Qabul qilik-gan qaror (qoʻzatilgan jinoiy yoki ma’muriy ish moddasi va sanasi, jarima miqdori)


Taalluqliligi boʻyicha Depar-gament, tergov va gud idoralariga yuborilgan sanasi va boshqa ma’lumotlar


Olingan ashyoviy da-lilni taqdiri: qayerda saql anayotganligi , davlat egaligiga oʻtkazilganligi va boshqa ma’lumotlar


1


2


3


4


5


6


7


8


9










































Mansabdor shaхsning F.I.Sh., lavozimi va imzosi.


-----------------------------------

Izoh: Ma’lumotlarni toʻldirishda ustunda koʻrsatilgan ma’lumotlar aniqlanmagan boʻlsa, ustun ochiq qoldiriladi.





Nizomga

2-ILOVA




Sud idoralari tomonidan valyutaga oid jinoyat

ishlarini koʻrib chiqish natijalari haqida

MA’LUMOT


t/r


Sudlanuvchining F.I.Sh., tuilgan yili


Jinoyat ishini koʻrib chiqqan sudning nomi


Ish koʻrib chiqilgan sana


Sudlanuvchi aybli deb topilgav JK moddasi va jazo chorasi


Jinoyat ishi boʻyicha chiqarilgan sud   qarorining   qisqacha mazmuni


Jinoyat quroli, ashyosi va moddiy zararning uyadirilishi haqidagi ma’lumotlar (sud qarori boʻyicha)


Ishning apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrilishi natijasi


1


2


3


4


5


6


7


8































Sud raisi __________________________ imzo





Nizomga

3-ILOVA




Sud idoralari tomonidan valyutaga oid ma’muriy

ishlarni koʻrib chiqish natijalari haqida

MA’LUMOT

t/r


Huquqbuzarning F.I.Sh., tuilgan yili


Ma’muriy ishni koʻrib chiqqan sudning nomi


Ish koʻrib chiqilgan sana


Huquqbuzar aybli deb topilgan MJtK moddasi va jazo chorasi


Ma’muriy ish boʻyicha chiqarilgan sud qarorining qisqacha mazmuni


Huchuqbuzarlik quroli, ashyosi va moddiy zararning undirilishi haqida ma’lumotlar (sud qarori boʻyicha)


Ishning yuqori instansiyada koʻrilishi natijasi


1


2


3


4


5


6


7


8






























Sud raisi __________________________ imzo




Nizomga

4-ILOVA

TALABNOMA

shaхsni ma’muriy javobgarlikka tortilgan yoki

tortilmaganligini aniqlash haqida


(talabnoma qayerga yuborilgan)


1. Familiyasi


2. Ismi


3. Otasining ismi


4. 19 ___ yil "_____" ____________________ da tuilgan

5. Qayerda tuilgan


6. Yashash joyi


7. Tekshiruvdan maqsad


8. Boshliq



(F.I.Sh., lavozimi.imzosi)

   

Yuboruvchining manzili:


Tuman, shahar


Viloyat


Organ nomi



(talabiomani yuborgan organ nomi)

    

Tekshiruv natijasi haqida ma’lumot


Mas’ul shaхsning familiyasi, imzosi


(muhr)

Sana