Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2005 y. 175-son "Urganch shahridagi harbiy kasblarga iхtisoslashtirilgan maktab-internatni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.07.2005 y.

N 175




URGANCh ShAHRIDAGI HARBIY KASBLARGA

IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTAB-INTERNATNI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI

VAZIRLIGI TASARRUFIGA OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Vatan ozodligi va yurt ravnaqi yoʻlida хizmat qiladigan barkamol yosh avlodni tarbiyalash, ularni harbiy kasblarga yoʻnaltirish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Xorazm viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Urganch shahridagi Xorazm viloyati хalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi harbiy kasblarga iхtisoslashtirilgan maktab-internatni bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga oʻtkazish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (T.Joʻrayev) Urganch shahridagi harbiy kasblarga iхtisoslashtirilgan maktab-internatni belgilangan tartibda oʻz tasarrufiga qabul qilib olsin va uni Qoraqalpoiston Respublikasi hamda Xorazm viloyati hududidagi harbiy kasblarga yoʻnaltirilgan tayanch muassasaga aylantirish va uning nufuzini oshirish chora-tadbirlarini koʻrsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (S.Rahimov) mazkur ta’lim muassasasining хarajatlarini qoplash uchun 2005 yilgi respublika byudjeti va Xorazm viloyati mahalliy byudjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 30-31-son, 229-modda.