Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.05.2000 y. PF-2599-son "Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI

FARMONI

04.05.2000 y.

N PF-2599


SUDYaLARNI TANLASh VA LAVOZIMLARGA

TAVSIYa ETISh BOʻYIChA OLIY MALAKA

KOMISSIYaSINI TUZISh TOʻRISIDA


Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, sudyalarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish ishlarini yanada takomillashtirish, sudyalik lavozimlariga yetuk, bilimdon va pok mutaхassislarni tavsiya etishda qonunchilik va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka Komissiyasi tuzilsin.

Uning tarkibi va Nizomi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


2. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Sudlar toʻrisida"gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosatini ruyobga chiqarishga qaratilgan Farmon va Farmoyishlari hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.

Komissiyaning asosiy vazifalari sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishning demokratik asoslarini takomillashtirish, sudyalarni lavozimlarga tayinlash masalalarini hal etish choida qonunchilik va ijtimoiy adolat kafolatlarini, shuningdek sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlashdan iborat deb, belgilansin.


3. Ushbu Farmon qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 30 iyuldagi F-1038-sonli Farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov