Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.09.2002 y. 336-son "Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.09.2002 y.

N 336



AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARI

SOHASIDAGI FAOLIYaTNI YaNADA

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kosmik tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida" 2002 yil 26 sentyabrdagi PF-3135-son Farmoniga muvofiq va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari vositalarini mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarpsh uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "KOINOT" ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi aksiyalarning davlat ulushini boshqarish Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligiga berilsin.


2. Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi bir oy muddatda 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirishning tasdiqlangan dasturini amalga oshirish uchun "Granit" ilmiy-ishlab chiqarish korхonasi va "KOINOT" ochiq aksiyadorlik jamiyatining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ushbu quvvatlarda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari vositalarini mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarishni tashkil etish yoʻli bilan foydalanish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va qabul qilsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Oripov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov