Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.10.2005 y. 224-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.10.2005 y.

N 224



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh,

ShUNINGDEK BA’ZILARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 24 iyundagi PF-3618-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2005 yil 11 oktyabrdagi

224-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 8-bandida:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin va "Suurta va auditorlik tashkilotlari, birjalar" soʻzlaridan keyin "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari va хolding kompaniyalari) shaklidagi davlat boshqaruvi organlari" soʻzlari qoʻshilsin.





Vazirlar Mahkamasining

2005 yil 11 oktyabrdagi

224-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 19 avgustdagi 423-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan undiriladigan хorijiy valyutadagi bojlar, yiimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar tariflari stavkalarining I boʻlimi.


2. Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2001 yil 22 avgustdagi 347-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 8-son, 47-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2005 yil 11 fevraldagi 59-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 2-son, 6-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 41-42-son, 316-modda.