Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.04.2006 y. PF-3741-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻini joriy etish toʻgʻrisida" 1998 yil 10 oktyabrdagi PF-2086-son Farmoniga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
17.04.2006 y.
N PF-3741
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
"QIShLOQ XOʻJALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARI
UChUN YaGONA YeR SOLIGʻINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA"
1998 YIL 10 OKTYaBRDAGI PF-2086-SON FARMONIGA
QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2006 yil 9 yanvardagi PF-3709-sonli Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻini joriy etish toʻgʻrisida" 1998 yil 10 oktyabrdagi PF-2086-son Farmonining 6-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"tugatilayotgan shirkatlar negizida barpo etiladigan bogʻdorchilik va uzumchilik fermer хoʻjaliklari ularni davlat roʻyхatidan oʻtgan paytdan boshlab yagona yer soligʻi toʻlashdan 5 yil muddatga ozod qilinadi. Soliq solishdan boʻshaydigan mablagʻlar maqsadli tartibda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirishga, bogʻ va uzumzorlar barpo etish hamda ularni kengaytirishga yoʻnaltiriladi".
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 16-son, 131-modda.
"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 4-son, 192-modda