Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 63-son, Davlat bojхona qoʻmitasining 01-02/8-42-son "1997 yil 1 noyabrgacha olib kirilgan tovarlarga import bojхona boji stavkalarini qoʻllash yuzasidan tushuntirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida"gi 23.06.2008 y. Qarori (AV tomonidan 26.06.2008 y. 374-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

26.06.2008 y.

N 374-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

23.06.2008 y.

N 63


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING

23.06.2008 y.

N 01-02/8-42


QARORI



1997 yil 1 noyabrgacha olib kirilgan tovarlarga

import bojхona boji stavkalarini qoʻllash yuzasidan

tushuntirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida


(2008 yil 6 iyuldan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat bojхona хizmati toʻrisida"gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 27 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-823-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 yil, 14-15-son, 98-modda) muvofiq QAROR QILAMIZ:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojхona qoʻmitasining 1997 yil 3 noyabrdagi 04-02-08/485, 05/8-29-son qarori bilan tasdiqlangan "1997 yil 1 noyabrgacha olib kirilgan tovarlarga import bojхona boji stavkalarini qoʻllash yuzasidan tushuntirish" (1997 yil 24 noyabr, roʻyхat raqami 374 - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 1998 yil, 1-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat bojхona qoʻmitasi raisi

S. Nosirov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 26-27-son, 256-modda.