Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.02.1998 y. 80-son "Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.02.1998 y.

N 80



IMPORTNI TARIFLAR BILAN BOShQARISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1998 yil 18 fevraldagi PF-1930-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1998 yil 1 martdan boshlab:

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaхslar tomonidan olib kiriladigan tovarlardan, tijoratchilik faoliyati uchun (oʻzlari qatnab olib keladiganlar tomonidan) olib kiriladigan tovarlar bundan mustasno, yiimlar stavkasi tovarlarni poshlinasiz olib kirishning cheklangan normalaridan ortiq tovarlar boj qiymatining 20 foizi miqdorida belgilansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi:

1998 yil 1 martgacha jismoniy shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga aksiz solii solinmay olib kiriladigan tovarlarning cheklangan normalarini;

1998 yil 1 aprelgacha jismoniy shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish qoidalari va normalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.


3. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda 1998 yil 15 martgacha "Tovarlar, ishlar va хizmatlar importi prognoziga kiritish uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan buyurtmanomalar taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi"ni ishlab chiqsin va Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi Markaziy bank bilan birgalikda oʻn kun muddatda haqini toʻlash uchun valyuta mablalari bilan ta’minlanmagan import tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishini istisno qiluvchi hamda ularning import qiluvchi tomonidan oʻz mablalari hisobiga qaytarib yuborilishini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun kiritsinlar.


5. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Jismoniy shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yiim undirishni joriy etish toʻrisida" 1996 yil 13 avgustdagi 279-son qarorining 1-bandi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Jismoniy shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yiim undirishni joriy etish toʻrisida" 1996 yil 13 avgustdagi 279-son qarorini qisman oʻzgartirish haqida" 1996 yil 25 oktyabrdagi 362-son qarorining 2-bandi;

Vazirlar Mahkamasining "Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda хorijiy valyutadagi mablalardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1996 yil 13 martdagi 95-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi;

Vazirlar Mahkamasining "1998 yilgi Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti prognozi toʻrisida" 1997 yil 5 dekabrdagi 540-son qaroriga 14-2-ilova.


6. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari Adliya vazirligi bilan birgalikda oʻz me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov