Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 30.08.1996 y. 277-I-son "Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’yektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

30.08.1996 y.

N 277-I



"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISh, TOPONIMIK

OB’YeKTLARGA NOM BERISh VA ULARNING NOMLARINI

OʻZGARTIRISh MASALALARINI HAL ETISh TARTIBI

TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’yektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil N 2, 82-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 3 sentyabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizik-joʻrofiy, geologik va boshqa toponimik ob’yektlarga nom berish hamda ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻrisida"gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil N 9, 340-modda).



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                          E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1996 y., 9-son, 140-modda