Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 20.06.1990 y. 93a-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasida konstitutsion nazorat toʻgʻrisida"gi Qonunini kuchga kiritish tartibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY SOVETINING

QARORI

20.06.1990 y.

N 93a-XII


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KONSTITUTsION

NAZORAT TOʻRISIDA"GI QONUNINI KUChGA

KIRITISh TARTIBI HAQIDA*


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasida Konstitutsion nazorat toʻrisida"gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasida Konstitutsion nazorat toʻrisida"gi Qonuni 1990 yil 1 iyuldan kuchga kiritilsin.

Mazkur Qonunning Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining muvofiqligini nazorat qilishga oid qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Milliy-davlat hamda ma’muriy-territorial tuzilish toʻrisidagi boʻlimiga oʻzgartishlar hamda qoʻshimchalar kiritish bilan bir paytda kuchga kiradi. Bu qoida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti 1990 yil 1 iyuldan grajdanlarning asosiy huquq va erkinliklariga oid normativ qonun hujjatlari ustidan nazoratni amalga oshirishiga taalluqli emas.


2. "Oʻzbekiston Respublikasida Konstitutsion nazorat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida koʻzda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Nazorat komiteti tarkibini yangilab turish prinsipini amalga oshirish maqsadida Komitetning Raisi Komitetning birinchi hay’ati saylanishi bilanoq besh yildan soʻng komitetning vakolat muddati tugaydigan 5 a’zosini qura tashlash yoʻli bilan aniqlashi belgilab qoʻyilsin. Shundan keyingi saylovlarda komitetning har bir a’zosi oʻn yil muddatga saylanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaхslar mehnat huquqlarini muhofaza qilish masalalari hamda faoliyatini ta’minlashning boshqa shart-sharoitlari jihatidan Oʻzbekiston Respublikasi хalq deputatlariga tenglashtiriladi.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Sovetining Raisi                                                       M. Ibrohimov