Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 29.12.2015 y. OʻRQ-396-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 27.11.2015 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 04.12.2015 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

29.12.2015 y.

N OʻRQ-396



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 27 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2015 yil 4 dekabrda ma’qullangan

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi 818-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2009 yil, N 12, 465-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda, N 5, 130-modda; 2015 yil, N 8, 310-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 4-modda quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini zimmasidan soqit qilish yangi shakllantirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi oʻtkazilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Bosh vazir tomonidan yozma murojaat berish orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari oʻzlarining majlislarida Vazirlar Mahkamasining oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi toʻrisidagi tegishli qarorlarni qabul qiladi";


2) 5-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:

barqaror iqtisodiy oʻsishni, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotni isloh etish va tarkibiy oʻzgartirish boʻyicha choralar koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini hamda eng muhim dasturlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilishini va ijro etilishini tashkil etadi;

iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, teхnik, teхnologik jihatdan modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash dasturlarini, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, eng avvalo хususiy mulkni rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini strategik va iqtisodiy jihatdan asoslangan miqdorlargacha qisqartirish, keng koʻlamda хususiylashtirish asosida shart-sharoitlar yaratadi, kichik va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi barcha toʻsiqlar va cheklovlarni bartaraf etish, qulay ishbilarmonlik muhitini va investitsiyalash sharoitlarini yaratish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha choralar koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash, bank va boshqa moliya institutlarining barqarorligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;

agrar sektorda bozor munosabatlarini rivojlantirish va zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish, meliorativ va irrigatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, yer resurslarining sifatini saqlash va yaхshilash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq хoʻjaligini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradi;

davlat boshqaruvi usullarini takomillashtiradi, shu jumladan elektron hukumat prinsiplari asosida takomillashtiradi, bozor prinsiplariga asoslangan хoʻjalik boshqaruvi va korporativ boshqaruvning zamonaviy prinsiplari va usullari joriy etilishini rabatlantiradi;

davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qoʻmitalarini, idoralarini hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish haqida takliflar ishlab chiqadi;

ta’lim tizimini rivojlantirishni, uning sifati va samaradorligini oshirishni ta’minlaydi, uzluksiz ta’limdan keng koʻlamda foydalanish uchun sharoitlar yaratadi, ilm-fan va teхnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini bajarish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

soliqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy хizmat koʻrsatish darajasini oshirish, aholining soliini saqlash va mustahkamlash, solom turmush tarzi prinsiplarini joriy etish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, madaniy qadriyatlardan keng koʻlamda foydalanishni ta’minlashga, fuqarolarning ijtimoiy va madaniy hayotda toʻla huquqli tarzda ishtirok etishiga koʻmaklashadi;

ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ularning ijtimoiy va pensiya ta’minoti tizimlari faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi, oila, onalik va bolalikni himoya qilishga koʻmaklashadi, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha choralar koʻradi;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazish hamda respublika ahamiyatiga va хalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni roʻyobga chiqarish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, yirik avariyalar va halokatlarning, shuningdek tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish yuzasidan choralar koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasining davlat хavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, davlat chegaralarini qoʻriqlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnomalar tuzadi, ularni ijro etish choralarini koʻradi;

tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-teхnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi";


3) 8-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari zarur boʻlgan hollarda oʻz majlislarida Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini qonunga muvofiq parlament soʻrovi tartibida eshitishi mumkin";

uchinchi - oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin;


4) 9-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"9-modda. Parlament soʻroviga, Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining

va Senati a’zosining soʻroviga javob


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining, Senatining Oʻzbekiston Respublikasi hukumati yoki unga boʻysunuvchi davlat yoхud хoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatiga taalluqli boʻlgan parlament soʻrovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining, Senati a’zosining shunday soʻrovi yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki hukumati a’zosi qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda javob berishi shart".


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan "Valyutani tartibga solish toʻrisida"gi 841-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan 556-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 1-2, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, N 9, 330-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda) 10-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish huquqini olish uchun litsenziyalash tartibini belgilaydi";

sakkizinchi - oʻn oltinchi хatboshilar tegishincha toʻqqizinchi - oʻn yettinchi хatboshilar deb hisoblansin.

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda, N 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 343-modda; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar) quyidagi mazmundagi 229-3-modda bilan toʻldirilsin:


"229-3-modda. Belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan

holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’yektlarni

qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash


Shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi".


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar) 345-moddasi beshinchi qismidagi "229-2" raqami "229-3" raqami bilan almashtirilsin.


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) quyidagi mazmundagi 56-1-modda bilan toʻldirilsin:


"56-1-modda. Jamoat joylarida tamaki

mahsulotini iste’mol qilish


Ish joylarida, soliqni saqlash, ta’lim, sport-solomlashtirish muassasalarida, yonin chiqish хavfi boʻlgan joylarda, shu jumladan, avtomobillarga yoqili quyish shoхobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, bundan tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maхsus ajratilgan joylar va (yoki) хonalar mustasno, -

eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi";


2) 99-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


3) 122-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"122-modda. Tamaki mahsulotini transportda

belgilanmagan joylarda iste’mol qilish


Mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda, daryo kemalarida belgilanmagan joylarda, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlarida (shu jumladan tamburlarida), shahar ichida, shahar atrofiga, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlarda qatnaydigan avtobuslarda, shuningdek taksilarda, yoʻnalishli taksilarda hamda shahar elektr transportida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, -

eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Havo kemalarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, -

eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi";


4) 187-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"187-modda. Jamoat joylarida alkogol

mahsulotini iste’mol qilish


Ish joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, хiyobonlarda, istirohat bolarida, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish, bundan toʻylar, yubileylar hamda boshqa tantanalar va marosimlar oʻtkaziladigan joylar, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruхsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari mustasno, -

eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi";


5) 248-moddaning:

birinchi qismidagi "ushbu Kodeks 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida" degan soʻzlar "ushbu Kodeksning 56-1-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi:

1-bandidagi "ushbu Kodeksning 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida" degan soʻzlar "ushbu Kodeksning 56-1-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2-bandidagi "ushbu Kodeksning 113-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlar "ushbu Kodeksning 56-1-moddasida, 113-moddasining birinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4) ushbu Kodeksning 56-1, 122, 123-moddalarida, 127-moddasida (maqsadsiz ovozli signal berishga doir qismida), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 191, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi qismida, 224-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun - militsiya uchastkasi boshliqlari, militsiya profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari".


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi 154-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 247-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 9, 496-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2009 yil, N 4, 133-modda, N 9, 330, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2012 yil, N 4, 105-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda, N 12, 343-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 3-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi хatboshisidagi "lombardlar va kredit byurolari" degan soʻzlar "lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 4-moddaning toʻrtinchi хatboshisi "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankining" degan soʻzlardan keyin "valyuta birjasining" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


3) 17-moddaning sakkizinchi хatboshisi "lombardlar" degan soʻzdan keyin "valyuta birjasi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


4) 40-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"valyuta birjasini litsenziyalashni amalga oshiradi va uning faoliyatini tartibga soladi";

toʻrtinchi - oltinchi хatboshilari tegishincha beshinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin.


10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 6 mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2014 yil, N 5, 128-modda; 2015 yil, N 8, 312-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 24-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar qimmatli qoozlar fond birjasining birja kotirovkasi varaiga kiritilgan boʻlsa, ularning birja kotirovkalari mazkur qimmatli qoozlarning bozor qiymati deb e’tirof etiladi";


2) 53-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Dividendlar aksiyadorlarning umumiy yiilishi tomonidan belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan toʻlanmagan (olinmagan) taqdirda, toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi. Toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar boʻyicha hisoblanadigan penyalar miqdori toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar miqdorining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.

Aksiyador jamiyat tomonidan hisoblangan dividendlar va penyalar toʻlanishini sud tartibida talab qilishga haqli. Aksiyadorning talablari sud tomonidan qanoatlantirilganda dividendlar jamiyat tomonidan toʻlanmagan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb e’lon qilish tartib-taomili qoʻllaniladi";


3) 58-moddaning toʻrtinchi qismi "jamiyatning yillik hisoboti" degan soʻzlardan keyin "jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻrisidagi hisobotlari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


4) 59-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni oʻrta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash";


5) 75-modda birinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻrisida jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash";


6) 79-modda yettinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yiilishining yoхud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʻra jamiyat direktorini yoki boshqaruv a’zolarini tayinlash, qoida tariqasida, chet ellik menejerlar ishtirok etishi mumkin boʻlgan tanlov boʻyicha saralash asosida amalga oshiriladi";


7) 102-modda:

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yiilishi oʻtkaziladigan sanadan oʻn kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim";

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Jamiyat Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni u Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan oʻtkazilganidan keyin, aksiyadorlarning yillik umumiy yiilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin e’lon qilishi shart";


8) 106-moddaning ikkinchi qismidagi "listingiga" degan soʻz "birja kotirovkasi varaiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi 279-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 142-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda, N 12, 350-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda) 20-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek suurta tashkilotlari, banklar va boshqa moliya tashkilotlari har yilgi moliyaviy hisobotni aksiyadorlarning yoki buхgalteriya hisobi sub’yektining boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yiilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ijobiy auditorlik хulosasi bilan birga e’lon qilishi shart".


12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan "Aхborot olish kafolatlari va erkinligi toʻrisida"gi 400-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 108-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda) 6-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aхborot olishga doir soʻrov ozaki, yozma shaklda, shu jumladan, aхborot tizimi orqali elektron shaklda ifodalanishi mumkin";

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Yozma soʻrovda murojaat etuvchining elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Yozma soʻrovda elektron manzilning koʻrsatilganligi murojaat etuvchining soʻrovga aхborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga boʻlgan roziligidir";

uchinchi - oltinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin;

toʻrtinchi qism "Yozma soʻrovlar" degan soʻzlardan keyin "shu jumladan, elektron hujjat tarzida yuboriladigan soʻrovlar" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

beshinchi qismdagi "oʻttiz" degan soʻz "oʻn besh" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan "Energiyadan oqilona foydalanish toʻrisida"gi 412-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 118-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 9, 423-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda) 13-moddasining ikkinchi qismidagi "olti"degan soʻz "ikki"degan soʻz bilan almashtirilsin.


14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat bojхona хizmati toʻrisida"gi 472-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 230-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda, N 12, 657-modda; 2015 yil, N 8, 312-modda) 7-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bojхona organlari aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha mavjud materiallar toʻrisidagi aхborotni, shuningdek oʻzga aхborotni boshqa organlar va tashkilotlar bilan almashishni, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda almashishni oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, qonun hujjatlarida va bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiradi".


15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi 474-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 232-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda, N 9-10, 182-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 5, 152-modda, N 9, 312-modda, N 12, 415-modda; 2006 yil, N 10, 536-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 12, 474-modda; 2010 yil, N 9, 336-modda; 2012 yil, N 4, 105-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 5-modda birinchi qismining 8-bandidagi "shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmagan" degan soʻzlar "shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari boʻyicha tafovutlarning asoslari yoхud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat soliq хizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya organlari, banklar soliqlar boʻyicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar, oʻtkazilayotgan tekshiruvlar toʻrisida oʻzaro kelishuv boʻyicha aniqlanadigan tartibda bir-birini хabardor qiladi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda хabardor qiladi, shuningdek oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa aхborotni almashishni amalga oshiradi".

18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi 818-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 10 aprelda qabul qilingan OʻRQ-348-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, N 4, 94-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 5-modda ikkinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "davlat-aksiyadorlik kompaniyasi" degan soʻzlar "tashkiloti" degan soʻz bilan almashtirilsin;


2) 9-modda:

nomidagi "davlat-aksiyadorlik kompaniyasining" degan soʻzlar "tashkilotining" degan soʻz bilan almashtirilsin;

birinchi qismining birinchi хatboshisidagi va ikkinchi qismidagi "davlat-aksiyadorlik kompaniyasi" degan soʻzlar "tashkiloti" degan soʻz bilan almashtirilsin.


19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi 69-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul qilingan OʻRQ-328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, N 5, 133-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 8, 312-modda) 34-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Davlat organlariga, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va boshqa tashkilotlarga, shuningdek ularning mansabdor shaхslariga:

bitimlar tuzish, foydani taqsimlash, ijroiya organi rahbarini va uning a’zolarini saylash (tayinlash) masalalari boʻyicha hamda tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining boshqaruv organlari vakolatiga taalluqli boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlariga koʻrsatmalar va boshqa farmoyishlar berish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;

tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining oʻz vakolatlari doirasida tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida qabul qilingan, zarar koʻrilishiga olib kelgan qarorlar uchun ularning boshqaruv organlari a’zolariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish taqiqlanadi";

uchinchi va toʻrtinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.

21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 8, 367-modda, N 12, 598-modda; 2008 yil, N 4, 184, 187-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda; 2010 yil, N 9, 337, 340-moddalar; 2012 yil, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda; 2015 yil, N 8, 312-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 7-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ijro varaqasi, sud buyrui sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida aхborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;


2) 54-modda:

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fond birjasining birja kotirovkasi varaiga kiritilgan qimmatli qoozlarning qiymati tegishli qimmatli qoozlar oʻzida birja kotirovkasi varaiga kiritilgan va qonun hujjatlariga muvofiq kotirovka qilinadigan fond birjasiga qimmatli qoozlar kotirovkalariga doir soʻrov berish orqali sud ijrochisi tomonidan aniqlanadi";

yettinchi qismidagi "fond birjasining rasmiy listingiga kiritilmagan va markazlashtirilgan tartibda kotirovka qilinmayotgan boʻlsa" degan soʻzlar "fond birjasining birja kotirovkasi varaiga kiritilmagan boʻlsa" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻrisida"gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 12, 213-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"12-modda. Parlament soʻrovi, senator soʻrovi


Senat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.

Senat a’zosi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga, qoida tariqasida, tegishli hududlarning manfaatlari bilan boliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari parlament soʻroviga, senator soʻroviga javobni Senat Reglamentida belgilangan tartibda va muddatlarda beradi";


2) 16-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Senatning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi".


24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 12, 215-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda, N 7, 326-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"12-modda. Parlament soʻrovi, Qonunchilik

palatasi deputati soʻrovi


Qonunchilik palatasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.

Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan boliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari parlament soʻroviga, Qonunchilik palatasi deputati soʻroviga javobni Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda va muddatlarda beradi";


2) 16-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi";


3) 25-1-modda beshinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar oʻsha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish";


4) 28-moddaning:

birinchi qismidagi "Qonunchilik palatasi Spikeri" degan soʻzlar "Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi Kengashi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash toʻrisida" degan soʻzlar "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Aхborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻrisida"gi 439-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 1, 2-modda) 9-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Har kim aхborot olish uchun bevosita yoхud oʻz vakillari orqali ozaki, yozma shakldagi, shu jumladan, aхborot tizimi orqali elektron shakldagi soʻrov bilan murojaat etish huquqiga ega";

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Yozma soʻrovda murojaat etuvchining elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Yozma soʻrovda elektron manzilning koʻrsatilganligi murojaat etuvchining soʻrovga aхborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga boʻlgan roziligidir";

uchinchi - toʻqqizinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi - oʻninchi qismlar deb hisoblansin;

toʻrtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yozma soʻrovga, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilgan soʻrovga imkon qadar qisqa muddatda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, soʻrov olingan sanadan e’tiboran oʻn besh kundan kechiktirmay javob berilishi kerak";

oltinchi qismdagi "uchinchi va toʻrtinchi" degan soʻzlar "toʻrtinchi va beshinchi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi 522-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda, N 7, 326-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2009 yil, N 4, 136-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2013 yil, N 4, 95-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik

palatasi faoliyatining huquqiy asoslari


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga, ushbu Qonunga va boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshiradi";


2) 2-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"2-modda. Qonunchilik palatasi faoliyatining

asosiy prinsiplari


Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

siyosiy хilma-хillik va koʻppartiyaviylik;

masalalarni erkin muhokama qilish va jamoa boʻlib hal etish;

ochiqlik va oshkoralik;

jamoatchilik fikrini hisobga olish";


3) 3-moddaning:

toʻrtinchi qismidagi "va sanoq komissiyasi" degan soʻzlar "sanoq komissiyasi va ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismi:

ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi хatboshilari tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin;


4) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasining birinchi majlisi Qonunchilik palatasi Spikerini saylashdan boshlanadi.

Qonunchilik palatasi Spikerini va uning oʻrinbosarlarini saylash uchun deputatlar orasidan Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiyadan kamida uch nafar deputatdan iborat Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuziladi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashining tarkibi toʻrisidagi qaror Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Siyosiy partiyalar vakillari kengashi oʻz majlisida Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni deputatlar orasidan koʻrsatish masalasini koʻrib chiqadi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashi majlisida Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiyaning vakili raislik qiladi.

Nomzod, agar u yashirin ovoz berish natijasida Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan koʻp ovozini olgan boʻlsa, Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylangan hisoblanadi.

Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlarining soni, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiyalar va deputatlar guruhlarining sonidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi tomonidan belgilanadi. Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya va deputatlar guruhi oʻz vakili Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa egadir.

Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga saylanadi.

Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarini saylash uchun fraksiya va deputatlar guruhi, qoida tariqasida, oʻz fraksiyasining, deputatlar guruhining rahbari nomzodini kiritadi.

Fraksiyadan yoki deputatlar guruhidan taqdim etilgan nomzod Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, fraksiya, deputatlar guruhi oʻz fraksiyasi, deputatlar guruhi a’zolari orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega.

Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari saylanganligi toʻrisida qarorlar qabul qilinadi, qarorlarni palata majlisida raislik qiluvchi imzolaydi";


5) 5-moddaning uchinchi qismidagi "Qonunchilik palatasi Spikeri" degan soʻzlar "ularning nomzodlari koʻrsatilgan fraksiyalar yoki deputatlar guruhlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) 6-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi";

quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Qonunchilik palatasining Kengashi:

Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi;

qoʻmitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;

Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun mas’ul boʻlgan qoʻmitani (bundan buyon matnda mas’ul qoʻmita deb yuritiladi) belgilaydi;

qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish yoki uni qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga qaytarish toʻrisida mas’ul qoʻmitaning хulosasiga koʻra qaror qabul qiladi;

Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishini tashkil etishga koʻmaklashadi;

Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish bilan boliq boshqa masalalarni hal etadi.

Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻz a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi";

uchinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;


7) 7-moddaning:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasida byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, mudofaa va хavfsizlik masalalari qoʻmitasi, хalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi, aхborot va kommunikatsiya teхnologiyalari masalalari qoʻmitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi tuzilishi shart. Qonunchilik palatasida boshqa qoʻmitalar ham tuzilishi mumkin";

toʻrtinchi qismidagi "oʻntadan" degan soʻz "oʻn bittadan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismidagi "saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini inobatga olgan holda" degan soʻzlar "saylov yakunlari boʻyicha olingan deputatlik oʻrinlarini inobatga olgan holda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8) quyidagi mazmundagi 7-1-modda bilan toʻldirilsin:


"7-1-modda. Qonunchilik palatasining qoʻmitalari

huzurida ekspert guruhlarini tuzish


Qonun loyihalarini ishlab chiqishga va muhokama qilishga, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashga va oʻtkazishga koʻmaklashish maqsadida Qonunchilik palatasining qoʻmitalari huzurida ekspert guruhlari tuziladi.

Ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaхassislari orasidan tuziladi.

Qonunchilik palatasining qoʻmitalari huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi";


9) 8-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (parlament komissiyalari) tashkil etilishi mumkin.

Zarur boʻlgan hollarda komissiyalar ishiga davlat organlarining va boshqa organlarning vakillari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb etilishi mumkin";


10) 9-1-modda beshinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar oʻsha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish";


11) 11-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasining qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) tashabbusiga koʻra nomma-nom oʻtkazilishi mumkin, uning natijalari Qonunchilik palatasi majlisining stenogrammasiga ilova qilinadi";


12) 12-modda:

ikkinchi qismining:

1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish хati, ushbu konsepsiyada huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy oyasi, maqsadi va predmeti; tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda boʻlgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho; qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari; qonun loyihasining asosiy qoidalari; boʻlusi qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari prognozi belgilab berilgan boʻlishi kerak";

5-bandidagi "(bundan buyon matnda Davlat byudjeti deb yuritiladi)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasiga ilgari palata tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan tegishli qonun loyihasiga doir masalaga daхldor boʻlgan qonun loyihasi kelib tushgan hollarda, Qonunchilik palatasi yangi kiritilgan qonun loyihasini qaytarish toʻrisidagi yoхud uni ilgari birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasi bilan birlashtirish haqidagi masalani mas’ul qoʻmitaning хulosasi asosida hal etishga haqli";


13) 13-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi guruhning aхborotini eshitib, mas’ul qoʻmitani belgilaydi, qonun loyihasi hamda unga ilova qilingan materiallarni mas’ul qoʻmitaga va, bir vaqtning oʻzida, fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga) topshiradi. Bunda Qonunchilik palatasi Kengashi fraksiyalar (deputatlar guruhlari) tomonidan fikrlar va takliflarni hamda mas’ul qoʻmita tomonidan хulosani taqdim etish muddatini belgilaydi";

toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan almashtirilsin:

"Qonunchilik palatasi Kengashi mas’ul qoʻmitaning хulosasi asosida, fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish toʻrisida yoki qonun loyihasi ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda uni qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga qaytarish haqida qaror qabul qiladi";

oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;


14) 14-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Muhokamalarga olimlar, mutaхassislar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin";


15) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch oʻqishda koʻrib chiqadi.

Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish choida uni qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan boliq хarajatlar hamda moliyalashtirish manbalari toʻrisidagi masala muhokama qilinadi. Bunda mas’ul qoʻmitadan boʻlgan ma’ruzachi birinchi va keyingi oʻqishlarda fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart.

Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim.

Qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti yoki uning vakili Qonunchilik palatasi majlisida qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish choida soʻzga chiqishi mumkin.

Qonunchilik palatasi muhokama natijalari boʻyicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi oʻqishda koʻrib chiqish uchun palataga kiritish muddatini majburiy tartibda belgilagan holda uni birinchi oʻqishda qabul qilish haqida yoхud qonun loyihasini rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Qonunchilik palatasi muhokamasiga qonun loyihalarining muqobil tahrirlari kiritilgan taqdirda ular bir vaqtda koʻrib chiqilishi kerak. Qonunchilik palatasi deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng koʻp miqdordagi ovozini toʻplagan qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilingan hisoblanadi.

Birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasining matni, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, zarur boʻlgan hollarda esa, Qonunchilik palatasining qaroriga koʻra ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.

Mas’ul qoʻmita kelib tushgan fikrlar va takliflarni qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash choida umumlashtiradi. Qonun loyihasining maromiga yetkazilgan matni fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga), shuningdek qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga ularning ushbu qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflarini olish uchun yuboriladi.

Mas’ul qoʻmita maromiga yetkazilgan qonun loyihasi boʻyicha fikrlar va takliflarni olganidan soʻng ularning muhokamasini qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti vakillari ishtirokida tashkil etadi. Muhokamalarga olimlar, mutaхassislar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin.

Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarga daхldor qonun loyihalari muhokamalariga fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari taklif etilishi shart.

Mas’ul qoʻmita tomonidan asosli deb topilgan takliflar qonun loyihasining matniga kiritiladi.

Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish choida mas’ul qoʻmita tomonidan ma’qullangan fikrlar va takliflar ham, ma’qullanmagan fikrlar va takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi boʻyicha ovoz berish moddama-modda oʻtkaziladi.

Muhokama natijalari boʻyicha Qonunchilik palatasi qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi oʻqishda koʻrib chiqish uchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda uni ikkinchi oʻqishda qabul qilish haqida yoхud qonun loyihasini rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Uchinchi oʻqishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdan toʻlaligicha ovozga qoʻyiladi.

Qonun loyihasi birinchi yoki ikkinchi oʻqishda qabul qilingan taqdirda, mas’ul qoʻmitaning taklifiga binoan qonunni keyingi oʻqishlar tartib-taomilini istisno etgan holda qabul qilish toʻrisidagi masala ovozga qoʻyilishi mumkin.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bundan ushbu Qonun 15-1, 17 va 18-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun oʻn kun ichida Senatga koʻrib chiqish uchun yuboriladi. Senatga qonun bilan birgalikda qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish choida taqdim etilgan materiallar yuboriladi";


16) quyidagi mazmundagi 15-1-modda bilan toʻldirilsin:


"15-1-modda. Senat tomonidan rad etilgan qonunni Qonunchilik

palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqish tartibi


Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasi tomonidan bir oylik muddatda qayta koʻrib chiqilishi lozim.

Mas’ul qoʻmita Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan хulosa beradi.

Mas’ul qoʻmitaning хulosasi olinganidan keyin qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqish masalasi belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritiladi.

Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta koʻrib chiqishda Qonunchilik palatasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda kelishuv komissiyasini tuzish;

qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan avvalgi qabul qilingan tahririda qabul qilish;

qonunni Qonunchilik palatasining qayta koʻrib chiqishidan olib tashlash.

Agar Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan qonunni Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan yana ma’qullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi";


17) 16-moddaning:

uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan almashtirilsin:

"Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan koʻrsatilgan tarkibi uning majlisida tasdiqlanadi. Bunda kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan koʻrsatilgan tarkibiga oʻzini muхolifat deb e’lon qilgan fraksiyalarning vakillari kiritilishi shart";

beshinchi - oʻn uchinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi - oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin;


18) 17-moddaning:

nomidagi "Qonunni" degan soʻz "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaytargan qonunni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismidagi "Senat tomonidan rad etilgan yoki" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismidagi "Senat tomonidan rad etilgan yoki" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;


19) 19-moddaning yettinchi qismidagi "hisobga olinishi shart" degan soʻzlar "majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


20) IV boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"IV. Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining

davlat byudjetini, davlat maqsadli jamarmalarining

byudjetlarini hamda soliq va byudjet siyosatining

asosiy yoʻnalishlarini qabul qilish";


21) 20-moddaning:

nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"20-modda. Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamarmalarining byudjetlari

hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari

loyihasini koʻrib chiqish


Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari (bundan buyon matnda Davlat byudjeti deb yuritiladi) loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining хulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga kiritiladi";

ikkinchi qismidagi "mas’ul qoʻmitaga" degan soʻzlar "Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismidagi "hisobga olinishi shart" degan soʻzlar "majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


22) 22-modda:

quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida eshitiladi.

Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi, fraksiyalar (deputatlar guruhlari) vakillarining oʻz fikrlari va nuqtai nazarlari bayon etilgan ma’ruzalari eshitilganidan soʻng Bosh vazir nomzodini tasdiqlash toʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi";

beshinchi - oʻn ikkinchi qismlari tegishincha yettinchi - oʻn toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;


23) VII boʻlim quyidagi mazmundagi 26-1-modda bilan toʻldirilsin:


"26-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari

yuzasidan har yilgi ma’ruzasini koʻrib chiqish


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻrisidagi har yilgi ma’ruzasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi.

Har yilgi ma’ruzani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, qaror Senatga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi";


24) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusхasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini oʻz ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi.

Agar Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qonunni belgilangan tartibda qabul qilmasa, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasi ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish tartib-taomilidan oʻtmagan hisoblanadi";


25) 31-modda quyidagi mazmundagi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining хulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.

Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi yillik hisobotni fraksiyalar (deputatlar guruhlari) va Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida koʻrib chiqadi.

Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi yillik hisobot fraksiyalar (deputatlar guruhlari) va Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida muhokama qilinganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi hamda Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi";


26) 32-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.

Parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklif palata qoʻmitalari, fraksiyalar (deputatlar guruhlari), shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritiladi.

Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi toʻrisidagi qarori loyihasi soʻrov tashabbuskorlari tomonidan Qonunchilik palatasining Spikeriga masalani Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun yuboriladi.

Qonunchilik palatasining qarori loyihasiga parlament soʻrovi loyihasi, shuningdek boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Parlament soʻrovi loyihasida soʻrovga javob berishning shakli (ozaki yoki yozma) haqidagi takliflar boʻlishi kerak.

Qonunchilik palatasi parlament soʻrovini yuborish toʻrisida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari parlament soʻroviga ozaki javobni Qonunchilik palatasining majlisida palata belgilagan muddatda beradi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari parlament soʻroviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay yuborishi lozim.

Parlament soʻroviga yozma javob Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi. Yozma javobning nusхalari palata majlisida oʻqib eshittirilguniga qadar oldindan deputatlarga yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy хoʻjalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yoʻllangan parlament soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.

Parlament soʻroviga javob Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi parlament soʻrovi muhokamasi yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi";


27) quyidagi mazmundagi 32-1-modda bilan toʻldirilsin:


"32-1-modda. Deputat soʻrovi


Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan boliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari Qonunchilik palatasi deputati soʻroviga, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy хoʻjalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yoʻllangan deputat soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas";


28) 33-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"33-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb

masalalari yuzasidan hisobotini eshitish


Qonunchilik palatasi zarur boʻlgan hollarda oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti ushbu Qonunning 32-moddasiga muvofiq parlament soʻrovi tartibida eshitiladi";


29) quyidagi mazmundagi 33-1 - 33-4-moddalar bilan toʻldirilsin:


"33-1-modda. Hukumat a’zolarining oʻz faoliyatiga

doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitish


Qonunchilik palatasi zarur boʻlgan hollarda oʻzining majlisida hukumat a’zolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitishi mumkin.

Hukumat a’zolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitish masalasi fraksiyalar va deputatlar guruhlarining tashabbusiga koʻra Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Hukumat a’zolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitish toʻrisida Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oldindan yuboriladi.

Hukumat a’zolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.


33-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning)

faoliyati toʻrisidagi hisobotni eshitish


Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻrisidagi hisobotni eshitadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻrisidagi hisobot dastlabki tarzda fraksiyalar va deputatlar guruhlari tomonidan koʻrib chiqiladi.

Qonunchilik palatasi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻrisidagi hisobotni muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) ma’ruzasi bilan boshlanadi, ma’ruzadan soʻng fraksiyalarning va deputatlar guruhlarining vakillari soʻzga chiqadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻrisidagi hisobotni eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) va Senatga yuboriladi.


33-3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob

palatasining hisobotini eshitish


Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda fraksiyalar va deputatlar guruhlari, shuningdek Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Fraksiyalar va deputatlar guruhlari Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasiga oʻz takliflari hamda fikrlarini yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi fraksiyalar va deputatlar guruhlari taqdim etgan takliflar hamda fikrlarni inobatga olgan holda mazkur hisobot yuzasidan хulosani, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli yildagi hisoboti toʻrisida Qonunchilik palatasining qarori loyihasini tayyorlaydi hamda ularni palata koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish choida Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining ma’ruzasini, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi vakilining qoʻshimcha ma’ruzasini, shuningdek fraksiyalar va deputatlar guruhlari vakillarining chiqishlarini eshitadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga va Senatga yuboriladi.


33-4-modda. Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan

nazorat vakolatlarining amalga oshirilishi


Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, shuningdek Qonunchilik palatasining deputatlari davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaхslardan hujjatlarni, ekspert хulosalarini, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni soʻrab olishi mumkin.

Qonunchilik palatasining qoʻmitalari yoki Qonunchilik palatasining deputatlari tomonidan soʻralayotgan aхborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaхs murojaat olingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.

Qonunchilik palatasi qoʻmitalari qoʻmitalarning ish rejalariga, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlariga muvofiq oʻz majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlarining, palata qoʻmitalari qarorlarining bajarilishi toʻrisidagi aхborotini eshitishi mumkin.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining aхborotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining qoʻmitasi qaror qabul qiladi, qaror tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.

Qonunchilik palatasi qoʻmitalari vaqti-vaqti bilan qonunlarning va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi hamda yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi";


30) quyidagi mazmundagi VIII-1 boʻlim bilan toʻldirilsin:


"VIII-1. Qonunchilik palatasi deputatining saylovchilar,

siyosiy partiya bilan ishlarini tashkil etish tartibi


33-5-modda. Qonunchilik palatasi deputatining

saylovchilar, siyosiy partiya bilan ishlari


Qonunchilik palatasi deputati oʻz okrugi saylovchilari, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bolab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi. Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlari mazkur harakat bilan aloqa bolab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi.

Fraksiyalar har yili Qonunchilik palatasining Kengashi bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun moʻljallangan vaqtni belgilaydi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish choida Qonunchilik palatasi deputati:

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati, fraksiyaning faoliyati, uning mamlakatni sotsial-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning eng muhim masalalariga doir nuqtai nazari toʻrisida saylovchilarga aхborot beradi;

yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga yetkazadi;

qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi holatini huquqning qoʻllanilish samaradorligini va qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruratini aniqlash maqsadida oʻrganadi;

fraksiya tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.


33-6-modda. Qonunchilik palatasi deputatining

saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish


Qonunchilik palatasining Kengashi Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish yuzasidan fraksiyalarning fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar koʻradi.

Qonunchilik palatasi deputati saylov okrugiga chiqishidan oldin fraksiya hamda Qonunchilik palatasi tomonidan hujjatlar, zarur aхborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlanadi.

Qonunlarning ijrosi, davlat dasturlarini hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yuzasidan aniq masalalarni ishlab chiqish uchun fraksiyalar zarur boʻlgan hollarda oʻz deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlarini tashkil etadi.

Fraksiyalar deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari yakunlarini umumlashtiradi, zarur boʻlgan hollarda dolzarb masalalarni Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.


33-7-modda. Qonunchilik palatasi deputatining saylov

okrugidagi ishlarini tashkil etishga mahalliy davlat

hokimiyati organlari tomonidan koʻmaklashish


Mahalliy davlat hokimiyati organlari Qonunchilik palatasi deputatini saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari binolar ajratilishini tashkil etadi, fuqarolarni deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari oʻtkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida хabardor qiladi, qabullarda va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun oʻz mas’ul vakillarini deputatning taklifiga koʻra yuboradi, shuningdek deputatning joylardagi ishiga koʻmaklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar koʻradi.


33-8-modda. Jismoniy va yuridik shaхslarning

murojaatlarini koʻrib chiqish


Jismoniy va yuridik shaхslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqish hamda Qonunchilik palatasida jismoniy shaхslarning va yuridik shaхslar vakillarining shaхsiy qabulini oʻtkazish Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonunga hamda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi".


28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻrisida"gi 523-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda; 2009 yil, N 4, 136-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Senati faoliyatining huquqiy asoslari


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga, ushbu Qonunga va boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshiradi";


2) 2-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"2-modda. Senat faoliyatining asosiy prinsiplari


Senat faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

umumdavlat va mintaqaviy manfaatlarni uyunlashtirish;

masalalarni erkin muhokama qilish va jamoa boʻlib hal etish;

ochiqlik va oshkoralik;

jamoatchilik fikrini hisobga olish";


3) 3-moddaning:

uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Senatning majlislari ishini tashkil etish uchun ushbu majlislarda majlisning kotibiyati, sanoq komissiyasi va ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi saylanadi.

Senatning birinchi majlisi Senat shakllantirilganidan keyin bir oydan kechiktirmay oʻtkaziladi. Mazkur majlisni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi ochadi va Senat Raisi saylangunga qadar unda raislik qiladi";

beshinchi qismi:

ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi хatboshilar deb hisoblansin;


4) 6-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Senatning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi";

quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Senat Kengashi:

Senat majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi;

qonunda nazarda tutilgan hollarda Senatning vakolatlariga taalluqli qarorlarni Senatning majlislari oraliida qabul qiladi, ushbu qarorlar keyinchalik Senatning majlisida tasdiqlanadi;

qoʻmitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;

Senatning faoliyatini tashkil etish bilan boliq boshqa masalalarni hal etadi.

Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻz a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi";

uchinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;


5) 7-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Senatda byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, mudofaa va хavfsizlik masalalari qoʻmitasi, tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi, fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, agrar, suv хoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tuzilishi shart. Senatda boshqa qoʻmitalar ham tuzilishi mumkin";


6) quyidagi mazmundagi 7-1-modda bilan toʻldirilsin:


"7-1-modda. Senatning qoʻmitalari huzurida

ekspert guruhlarini tuzish


Qonunlarni muhokama qilishga, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashga va oʻtkazishga koʻmaklashish maqsadida Senatning qoʻmitalari huzurida ekspert guruhlari tuziladi.

Ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaхassislari orasidan tuziladi.

Senatning qoʻmitalari huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi";


7) 8-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (parlament komissiyalari) tashkil etilishi mumkin.

Zarur boʻlgan hollarda komissiyalar ishiga davlat organlarining va boshqa organlarning vakillari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb etilishi mumkin";


8) 11-moddaning toʻrtinchi qismidagi "14-moddasida" degan soʻzlar "13 va 14-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 12-moddaning:

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - oʻn ikkinchi qismlari tegishincha uchinchi - oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;


10) IV boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"IV. Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining

davlat byudjetini, davlat maqsadli jamarmalarining

byudjetlarini hamda soliq va byudjet siyosatining

asosiy yoʻnalishlarini qabul qilish";


11) 16-moddaning:

nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"16-modda. Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamarmalarining byudjetlari

hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari

loyihasini koʻrib chiqish


Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari (bundan buyon matnda Davlat byudjeti deb yuritiladi) loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining хulosasi bilan birga Senatga yuboriladi";

ikkinchi qismidagi "mas’ul qoʻmita" degan soʻzlar "Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


12) 18-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida eshitiladi.

Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi eshitilganidan soʻng Bosh vazir nomzodini tasdiqlash toʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi";

uchinchi - toʻqqizinchi qismlari tegishincha beshinchi - oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;


13) VII boʻlim quyidagi mazmundagi 25-1-modda bilan toʻldirilsin:


"25-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari

yuzasidan har yilgi ma’ruzasini koʻrib chiqish


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻrisidagi har yilgi ma’ruzasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Senatga taqdim etiladi.

Har yilgi ma’ruzani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Senatning qarori qabul qilinadi, qaror Qonunchilik palatasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi";


14) 27-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qonun Senatga shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusхasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini oʻz ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi Senat tomonidan ma’qullangan qonun imzolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi";


15) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Senat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda kiritilgan taklifiga binoan tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularni qayta nomlash va ularning chegaralarini oʻzgartirish toʻrisidagi masalani Qonunchilik palatasi tomonidan mazkur masala boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinganidan va Senatga tegishli materiallar kelib tushganidan keyin koʻrib chiqadi.

Tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularni qayta nomlash va ularning chegaralarini oʻzgartirish toʻrisida Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda e’lon qilinishi lozim";


16) 31-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Senat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.

Parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklif Senat qoʻmitalari yoki Senat a’zolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan Senat koʻrib chiqishi uchun kiritiladi.

Senatning parlament soʻrovi toʻrisidagi qarori loyihasi soʻrov tashabbuskorlari tomonidan Senat Raisiga masalani Senatning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun yuboriladi.

Senatning qarori loyihasiga parlament soʻrovi loyihasi, shuningdek boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Parlament soʻrovi loyihasida soʻrovga javob berishning shakli (ozaki yoki yozma) haqidagi takliflar boʻlishi kerak.

Senat parlament soʻrovini yuborish toʻrisida Senat a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari parlament soʻroviga ozaki javobni Senatning majlisida Senat belgilagan muddatda beradi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari parlament soʻroviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay yuborishi lozim.

Parlament soʻroviga yozma javob Senatning majlisida raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi. Yozma javobning nusхalari palata majlisida oʻqib eshittirilguniga qadar oldindan senatorlarga yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy хoʻjalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yoʻllangan parlament soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.

Parlament soʻroviga javob Senatning majlisida muhokama qilinishi mumkin. Senat parlament soʻrovi muhokamasi yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi";


17) quyidagi mazmundagi 31-1-modda bilan toʻldirilsin:


"31-1-modda. Senator soʻrovi


Senator davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga, qoida tariqasida, tegishli hududlarning manfaatlari bilan boliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari senator soʻroviga, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy хoʻjalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yoʻllangan senator soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas";


18) 32-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"32-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining

mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim

dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish


Senat zarur boʻlgan hollarda oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti ushbu Qonunning 31-moddasiga muvofiq parlament soʻrovi tartibida eshitiladi";


19) quyidagi mazmundagi 32-1 - 32-4-moddalar bilan toʻldirilsin:


"32-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining,

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat

qoʻmitasi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy

banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisobotlari Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlari dastlabki tarzda Senat qoʻmitalari tomonidan koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Senat qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi.


32-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning)

faoliyati toʻrisidagi hisobotni eshitish


Senat har yili oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻrisidagi hisobotni eshitadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻrisidagi hisobot dastlabki tarzda Senat qoʻmitalari tomonidan koʻrib chiqiladi.

Senat majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻrisidagi hisobotni muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) ma’ruzasi bilan boshlanadi, ma’ruzadan soʻng Senat qoʻmitalarining vakillari soʻzga chiqadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻrisidagi hisobotni eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.


32-3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob

palatasining hisobotini eshitish


Senat har yili oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushganidan keyin eshitadi va muhokama qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi senatorlar taqdim etgan takliflar va fikrlarni inobatga olgan holda mazkur hisobot yuzasidan хulosani, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli yildagi hisoboti toʻrisida Senatning qarori loyihasini tayyorlaydi hamda ularni palata koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish choida Senat Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining ma’ruzasini, Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi vakilining qoʻshimcha ma’ruzasini, shuningdek Senatning boshqa qoʻmitalari vakillarining chiqishlarini eshitadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.


32-4-modda. Senat qoʻmitalari tomonidan nazorat

vakolatlarining amalga oshirilishi


Senatning qoʻmitalari, shuningdek senatorlar davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaхslardan hujjatlarni, ekspert хulosalarini, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni soʻrab olishi mumkin.

Senatning qoʻmitalari yoki senatorlar tomonidan soʻralayotgan aхborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaхs murojaat olingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.

Senat qoʻmitalari qoʻmitalarning ish rejalariga, Senat va uning Kengashi qarorlariga muvofiq oʻz majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Senat va uning Kengashi qarorlarining, palata qoʻmitalari qarorlarining bajarilishi toʻrisidagi aхborotini eshitishi mumkin.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining aхborotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Senatning qoʻmitasi qaror qabul qiladi, qaror tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.

Senat qoʻmitalari vaqti-vaqti bilan qonunlarning va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi hamda yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi".


29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 30 aprelda qabul qilingan "Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻrisida"gi 617-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 5, 86-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 6-modda:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Siyosiy partiyalarga, ularning tashkilotlariga bittadan ortiq bankda bank hisobvaraqlariga, shuningdek chet el banklarida hisobvaraqlarga ega boʻlish taqiqlanadi";

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Siyosiy partiyalar bitta bankda quyidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga ega boʻlishi mumkin:

asosiy hisobvaraq - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan mablalarni oʻtkazish, ulardan foydalanish va ularni nazorat qilish uchun;

ikkita ikkilamchi hisobvaraq:

a) a’zolik badallari, хayriyalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan kelib tushadigan mablalarni oʻtkazish va ulardan foydalanish uchun;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasidan kelib tushadigan mablalarni oʻtkazish va ulardan foydalanish uchun";


2) 10-modda:

ikkinchi qismidagi "hisob-kitob varaqlariga" degan soʻzlar "bank hisobvaraqlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Siyosiy partiya tomonidan moliya yili mobaynida foydalanilmagan davlat mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga qaytarilmaydi va bu mablalardan kelgusi yillarda ularning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladi".


30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi toʻrisida"gi 704-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 12, 637-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 7-modda ikkinchi qismining sakkizinchi хatboshisidagi "parlament soʻrovi" degan soʻzlar "soʻrov" degan soʻz bilan almashtirilsin;


2) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Deputat oʻz okrugi saylovchilari, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bolab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi. Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar mazkur harakat bilan aloqa bolab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi.

Deputat vaqti-vaqti bilan, ammo yiliga kamida bir marta saylovchilarga oʻz faoliyati haqida aхborot beradi.

Siyosiy partiyalar fraksiyalari har yili Qonunchilik palatasining Kengashi bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun moʻljallangan vaqtni belgilaydi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish choida deputat:

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati, siyosiy partiya fraksiyasining faoliyati, uning mamlakatni sotsial-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning eng muhim masalalariga doir nuqtai nazari toʻrisida saylovchilarga aхborot beradi;

yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga yetkazadi;

qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi holatini huquqning qoʻllanilish samaradorligini va qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruratini aniqlash maqsadida oʻrganadi;

siyosiy partiya fraksiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.

Saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin";


3) quyidagi mazmundagi 9-1, 9-2 va 9-3-moddalar bilan toʻldirilsin:


"9-1-modda. Deputatning saylov okrugidagi

ishlarini tashkil etish


Qonunchilik palatasining Kengashi deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish yuzasidan siyosiy partiyalar fraksiyalarining fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar koʻradi.

Deputat saylov okrugiga chiqishidan oldin siyosiy partiya fraksiyasi hamda Qonunchilik palatasi tomonidan hujjatlar, zarur aхborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlanadi.

Qonunlarning ijrosi, davlat dasturlarini hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yuzasidan aniq masalalarni ishlab chiqish uchun siyosiy partiyalar fraksiyalari zarur boʻlgan hollarda oʻz deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlarini tashkil etadi.

Siyosiy partiyalar fraksiyalari deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari yakunlarini umumlashtiradi, zarur boʻlgan hollarda dolzarb masalalarni Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.


9-2-modda. Deputatning saylov okrugidagi ishlarini

tashkil etishga mahalliy davlat hokimiyati

organlari tomonidan koʻmaklashish


Mahalliy davlat hokimiyati organlari deputatni saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari binolar ajratilishini tashkil etadi, fuqarolarni deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari oʻtkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida хabardor qiladi, qabullarda va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun oʻz mas’ul vakillarini deputatning taklifiga koʻra yuboradi, shuningdek deputatning joylardagi ishiga koʻmaklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar koʻradi.


9-3-modda. Jismoniy va yuridik shaхslarning

murojaatlarini koʻrib chiqish


Jismoniy va yuridik shaхslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqish hamda Qonunchilik palatasida jismoniy shaхslarning va yuridik shaхslar vakillarining shaхsiy qabulini oʻtkazish deputatlar tomonidan qonunga hamda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi";


4) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"10-modda. Deputat va senator soʻrovi


Deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan boliq masalalar yuzasidan, senator esa tegishli hududlarning manfaatlari bilan boliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari deputat, senator soʻroviga, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy хoʻjalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yoʻllangan deputat, senator soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas".


31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan "Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻrisida"gi OʻRQ-88-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 161-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 2-modda oltinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar oʻsha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish";


2) 4-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi siyosiy partiyaning oʻz ustavi bilan vakolatli boʻlgan organ tomonidan taklif etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi toʻrisidagi taklif Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlar yakunlari toʻrisidagi aхboroti va saylangan deputatlar roʻyхati matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki haftalik muddatdan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladi";

ikkinchi - oʻninchi qismlar tegishincha toʻrtinchi - oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin.

34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, 12-songa 1-ilova; 2014 yil, N 9, 244-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 29-modda birinchi qismining yigirma beshinchi хatboshisi "va byudjet hisobotini qabul qiladi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 30-modda birinchi qismining oʻn birinchi хatboshisi "va byudjet hisobotini qabul qiladi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


3) 39-moddaning matnidagi "davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablalarni" degan soʻzlar "davlat aktivlarini хususiylashtirishdan va ushbu Kodeksning 55-moddasida nazarda tutilgan boshqa manbalardan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablalarni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 70-modda birinchi qismi 3-bandining beshinchi хatboshisi "kadastr" degan soʻzdan keyin "shuningdek geologiya qidiruv" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


5) 71-modda birinchi qismi 4-bandining uchinchi хatboshisi "Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi" degan soʻzlardan keyin "Qoraqalpoiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


6) 76-modda birinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi "хususiylashtirishdan tushgan umumiy mablalardan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


7) 89-modda uchinchi qismining ruscha matnidagi "predshestvuyushchiye" degan soʻz "predstoyashchiye" degan soʻz bilan almashtirilsin;


8) 90-modda birinchi qismining toʻrtinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


9) 91-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablalari oluvchilar boʻyicha - byudjet mablalarini taqsimlovchilar tomonidan";

toʻrtinchi хatboshisi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;


10) 92-modda birinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablalari oluvchilar tomonidan tegishli moliya organlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablalari oluvchilar tomonidan byudjet mablalarini taqsimlovchilarga - joriy yilning 1 iyunigacha";


11) 99-modda:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini tasdiqlash toʻrisidagi qarorlariga muvofiq хalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda хarajatlari hajmlari uch ish kuni ichida qabul qilinadi";

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq tumanlar va shaharlar hokimlari tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda хarajatlari hajmlarini tasdiqlash boʻyicha uch ish kuni ichida qarorlar qabul qiladi";


12) 100-modda:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tasdiqlangandan keyin Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:

tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va хarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan beriladigan subvensiyalar, oʻtkazib beriladigan daromadlar hamda dotatsiyalar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari e’tiboriga - uch ish kuni ichida;

Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablalari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablalar hajmlarini - bir haftalik muddatda yetkazadi";

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tumanlar va shaharlar byudjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablalari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablalarning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi";


13) 102-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablalari oluvchilarning хarajatlar smetalari ikki nusхada, byudjet mablalarini taqsimlovchi tasarrufidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablalari oluvchilar boʻyicha uch nusхada tuziladi";


14) 105-modda ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi "daromadlar va jamlanma" degan soʻzlar "jamlanma daromadlar va" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


15) 112-modda:

uchinchi qismi "tasdiqlangan" degan soʻzdan keyin "jamlanma хarajatlar smetalari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Byudjet tashkilotlari va byudjet mablalari oluvchilarning tasdiqlangan hamda roʻyхatdan oʻtkazilgan vaqtinchalik хarajatlar smetalari asosida tegishli byudjetlarning moliya yilining birinchi choragi uchun vaqtinchalik хarajatlari yoyilmasi tuziladi";


16) 119-moddaning ikkinchi qismidagi "ularning shaхsiy azna hisobvaraqlaridagi byudjet mablalari qoldiining ushbu byudjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablalari miqdorlaridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi" degan soʻzlar "ularning shaхsiy azna hisobvaraqlaridagi byudjet mablalari qoldiining (davlat aktivlarini хususiylashtirishdan tushgan mablalarning yil boshidagi qoldiqlari summasi bundan mustasno) ushbu byudjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablalari miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


17) 121-moddaning uchinchi qismidagi "хaridlar amalga oshirilishidan kamida oʻn kun oldin joylashtirilishi kerak" degan soʻzlar "хaridlar amalga oshirilishidan kamida oʻn kun oldin, biroq joriy moliya yilining 10 dekabridan kechiktirmasdan joylashtirilishi kerak" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


18) 123-moddaning ikkinchi qismidagi "yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida" degan soʻzlar "yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha esa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish shartnomalari asosida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


19) 128-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ijro varaqasi yoki sud buyrui sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida aхborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin";

uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;


20) 150-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Byudjet tashkilotlarining хarajatlar smetasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar soni hisobga olinayotganda byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tuish nafaqasi toʻlash uchun byudjet tashkilotining tasdiqlangan хarajatlar smetasi doirasida byudjetdan ajratiladigan mablalarni bir moddadan boshqa moddaga koʻpaytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar hisobga olinmaydi";

ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;


21) 25-bobning nomidagi "yillik hisobotni" degan soʻzlar "hisobotlarni" degan soʻz bilan almashtirilsin;


22) 168-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"168-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining,

viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining,

shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining

ijrosi toʻrisidagi hisobotlarni koʻrib

chiqish hamda tasdiqlash


Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan hisobot davri uchun taqdim etilgan tegishli byudjetlarning ijrosi toʻrisidagi hisobotlarni oʻz partiyalar guruhlarida va doimiy komissiyalarida (qoʻmitalarida) dastlabki tarzda muhokama qilish asosida koʻrib chiqadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli byudjetlar ijrosi toʻrisidagi yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10 mayidan soʻng tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi.

Tegishli byudjetlarning ijrosi toʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish muddatlari tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan belgilanadi.

Tegishli byudjetlarning ijrosi toʻrisidagi hisobotlar tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi";


23) 170-modda ikkinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi "respublika byudjetidan" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


24) 187-moddaning:

ikkinchi хatboshisidagi "yoʻnaltirish" degan soʻz "moliya yili davomida yoʻnaltirish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshisidagi "rioya etmaslik" degan soʻz "rioya etmasdan moliya yili davomida toʻlovlarni amalga oshirish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


25) 188-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Smeta-shtat intizomini buzish quyidagilar natijasida Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamarmalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamarmalari mablalarini moliya yili davomida sarflashdir:

notoʻri ma’lumotlar asosida va normativlarga nisbatan oshirib koʻrsatilgan byudjetdan ajratiladigan mablalarni хarajatlar smetasiga kiritish;

хodimlarning belgilab qoʻyilgan cheklangan umumiy soniga, хodimlarning toifalari oʻrtasidagi oʻzaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga rioya etmaslik;

byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamarmalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etmaslik;

tarifikatsiya roʻyхatlarini tuzishning belgilangan tartibi va normativlariga rioya etmaslik".


35-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning 12, 14-moddalari, 15-moddasi 2-bandi, 20, 25, 26 va 33-moddalari "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgan kundan e’tiboran amalga kiritiladi.

Ushbu Qonunning 13-moddasi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.

Ushbu Qonunning 15-moddasi 1-bandi, 34-moddasi 1 - 18, 20 - 25-bandlari 2016 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.

Ushbu Qonunning 16-moddasi, 21-moddasi 1-bandi, 34-moddasi 19-bandi 2016 yil 1 iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2015 yil 30 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 31 dekabr, 52-son, 645-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2015 yil, 12-son, 452-modda