Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 25.05.2000 y. 67-II-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 1999 yildagi ijrosi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

25.05.2000 y.

N 67-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

BYuDJETINING 1999 YILDAGI

IJROSI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 1999 yildagi ijrosi toʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 1999 yildagi ijrosi toʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.


2. Qayd etib oʻtilsinki, byudjet tushumlari va хarajatlarining nisbatan monand boʻlishiga erishildi. Davlat byudjeti daromadlari 100,3% ni tashkil etdi, uning taqchilligi esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagan koʻrsatkichlaridan oshgani yoʻq.


3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, 1999 yilda Davlat byudjetining хarajatlari keng koʻlamdagi milliy va ijtimoiy dasturlarini moliyalash, iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qobiliyatini va хavfsizligini mustahkamlashga yoʻnaltirildi.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                         E. Xalilov