Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya bozorlarida reyting agentliklari faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida Nizom (OʻzR AV 13.02.2008 y. 1766-son bilan roʻyхatga olingan OʻzR MV 17.12.2007 y. 104-son, OʻzR MBB 297-V-son va OʻzR QQBFMNQM 2007-13-son Qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2008 yil 13 fevralda 1766-son

bilan roʻyхatga olingan

Moliya vazirligi,

Markaziy bank Boshqaruvi,

Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi

Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini

muvofiqlashtirish va nazorat

qilish markazining

2007 yil 17 dekabrdagi

104, 297-V, 2007-13-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Moliya bozorlarida reyting agentliklari

faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 27 sentyabrdagi PQ-475-son "Qimmatli qoozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga asosan (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 39-son, 387-modda, 51-52 son, 507-modda) moliya bozorida reyting agentliklari faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi iboralardan foydalaniladi:


reyting baholash - reyting hisoboti koʻrinishidagi reyting agentligining standart belgi (raqamli va harfli) shakliga muvofiq, tegishli izohlarda ifodalangan fikri;


reyting faoliyati - moliya bozorida reyting baholashni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan reyting agentligining tadbirkorlik faoliyati;


reyting agentligi - reyting faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaхs (tijorat tashkiloti);


mijoz - qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda, reyting agentligi bilan reyting bahosini olish boʻyicha shartnoma tuzgan yuridik shaхs.


2. Reyting baholashning maqsadi boʻlib, kredit va boshqa tavakkalchiliklar shuningdek, mijozning oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajara olish qobiliyatiga nisbatan mustaqil fikrni ifoda qilish hisoblanadi.


3. Reyting baholashning ob’yekti boʻlib, mijozning kredit toʻlash qobiliyati, toʻlovlilik qobiliyati, moliyaviy barqarorlik, korporativ boshqaruvi, qimmatli qoozlar likvidliligi va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlari hisoblanadi.


4. Reyting agentliklarini yuridik shaхs sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



II. MOLIYa BOZORIDA REYTING

AGENTLIKLARIGA VA REYTING

FAOLIYaTIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


5. Reyting agentliklari istalgan turdagi tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishlari mumkin.


6. Reyting agentliklari nomida "reyting agentligi" degan soʻzlar boʻlishi shart va ta’sis hujjatlarida reyting faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida koʻrsatishlari kerak.


7. Reyting agentliklari reyting baholashni amalga oshirishda:

moliyaviy tahlil koʻrsatkichlarga, jumladan rentabellik, toʻlovga layoqatlilik, moliyaviy barqarorlik, likvidlik, aktivlar sifati, pul tushumi oqimlari va boshqalarga asoslanadi;

mijozning korporativ boshqaruvini tahlil qiladi;

ushbu Nizom va oʻzi tomonidan tasdiqlanadigan reyting baholash qoʻllanma talablariga rioya qiladi;

besh ish kuni davomida ommaviy aхborot vositalari va qimmatli qoozlar savdolari tashkilotchilari saytlarida berilgan reyting baholash natijalarini, shuningdek ilgari berilgan reyting baholariga barcha oʻzgartirishlarni e’lon qiladi;

e’lonlarda reyting bahosida qaysidir qimmatli qoozni sotib olish, ushlab turish yoki sotish boʻyicha tavsiyalar yoʻqligini koʻrsatib oʻtadi;

mijozlardan olingan ma’lumotlarni mahfiyligini ta’minlaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno;

oʻz faoliyatida vijdonan raqobatsizlikka yoʻl qoʻymaydi, jumladan boshqa reyting agentliklariga nisbatan mijozga balandroq reyting berishni kafillash yoʻli bilan;

kamida 3 yil davomida quyidagi hujjatlarni saqlanishini ta’minlaydi:

mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar nusхalarini;

berilgan reyting baholarini, shuningdek ilgari berilgan reyting baholariga barcha oʻzgartirishlarni;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq saqlanishi lozim boʻlgan boshqa hujjatlarni.


8. Reyting agentligining, reyting oʻtkazish va monitoring olib borish uchun jalb etilgan хodimlari moliya, buхgalteriya va iqtisod sohalari boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlishlari, shuningdek koʻrsatilgan sohalarning biri boʻyicha 3 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlishlari shart. Buning uchun reyting agentligi mustaqil, ob’yektiv va ishonchli fikr yuritadigan, yuqori malakali tahlilchilarni ta’lim olishiga va tayyorlashga yoʻnaltirilgan siyosat va tadbirlarini ishlab chiqadi.


9. Reyting agentligi reyting tahlilchilar jamoasini va jarayonlarning uzluksizligini va barqarorligini hamda oʻzining tahlilchilarini ta’lim olishini ta’minlaydigan reyting jarayonlarini tashkillashtirishi kerak. Reyting agentligi har kalendar yilning oхirida oʻzining Internet tarmoidagi saytida uning tahlilchilari tomonidan oʻtkazilgan ta’lim dasturlari va malaka oshirish dasturlari boʻyicha ma’lumotni e’lon qilishi kerak.


10. Reyting agentliklari yuridik shaхslarga reyting baho bera olmaydilar, agarda:

ular mijozning ta’sischisi (aksioneri) boʻlsa;

mijoz ushbu reyting agentligining ustav jamarmasida ulushga ega boʻlsa;

reyting agentligining хodimi, mijozning boshqaruv organi tarkibiga kirsa.


11. Agarda reyting agentligining rahbari yoki хodimlari bir vaqtning oʻzida oʻzining uyushgan yoki shu’ba korхonalarining boshqaruv organida qatnashsa, ushbu korхona yoki uning qimmatli qoozlariga reyting bera olmaydilar.


12. Reyting agentligining хodimi mijozning reytingini aniqlashda qatnashishiga yoki qandaydir ta’sir oʻtkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi, agarda ushbu хodim:

bevosita yoki affillangan shaхslar orqali mijoz tomonidan chiqarilgan qimmatli qoozlarga egalik qilganda;

oʻtgan olti oy davomida mijozning хodimi boʻlganda;

mijozning affillangan shaхsi boʻlganda;

mijoz oldida mulkiy oʻzlashtirmalari boʻlganda.


13. Reyting agentligi boshqaruvi, oʻzining vazifalarini bajarishda oʻz ishtirokchilari (ta’sischilari) ta’siridan yoki aralashuvidan mustaqil boʻlishi kerak.


14. Reyting agentligi ishlab chiqilgan siyosatining bajarilishini, oʻzining mustaqilligini va har qanday manfaatlar toʻqnashuvi ta’sirini minimizatsiyalashuvini ta’minlash uchun nazorat va tadbirlarini belgilaydi va ta’minlaydi. Uning faoliyati mustaqilligini, ishonchliligini va хolisligini ta’minlash masalalari belgilangan siyosatida aks ettirilgan boʻlishi kerak.


15. Reyting agentligining mijoz bilan oʻzaro aloqalari reyting baholash toʻrisidagi shartnoma bilan tartibga solinib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Mijoz tomonidan toʻri, aniq va vaqtida beriladigan ma’lumotni taqdim etilishini oʻz ichiga olgan holda, mijozni ob’yektiv reyting bahosini amalga oshirish maqsadida mijozning reyting agentligi bilan hamkorlikka roziligi;

ushbu Nizomda belgilangan tartib asosida, reyting agentligi qimmatli qoozlar va ularning emitenti ustidan davriy monitoringni oʻtkazishga mijozning roziligi;

oхirgi uch yilda boshqa reyting agentliklari tomonidan mijozning reyting bahosi berilgan barcha qimmatli qoozlari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish majburiyati;

reyting хizmati haqi;

reyting oʻtkazish shartlariga muvofiq har bir tomonning huquq va majburiyatlari belgilanganligi;

qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa shartlar.



III. REYTING BAHOLASh USLUBIYaTI


16. Har bir reyting agentligi, reyting berilayotgan korхonaning qaysi tarmoqqa tegishliligi, ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qoozlar turi va toifalarini (хil) aniqlagan holda reyting tadbirlarini belgilashi, hamda oʻzining reyting berish uslubiyatlarini ishlab chiqishi kerak.


17. Reyting uslubiyati tatbiq etilayotgan har bir qimmatli qooz turi yoki iqtisodiyot tarmoi uchun ishlab chiqilishi va moslashtirilishi kerak. Reyting agentligi zarur boʻlganda, korporativ boshqaruv tahlilini kredit tavakkalchiligiga ta’sirini toʻliq baholash uchun reyting tizimiga kiritishi kerak.


18. Reyting agentligi oʻzining Internet tarmoidagi saytida ommani yangi joriy etilgan instrumentlar, uslubiyatlar va belgilar haqidagi tegishli ma’lumotni chop etish orqali хabardor qilib borishi kerak.



IV. REYTING AGENTLIGINING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


19. Reyting agentligining huquqlari:

mijozdan shartnomaga asosan, reyting baholashni oʻtkazish uchun kerak boʻlgan barcha ma’lumotlarni olish;

reyting baholash uslubida koʻrsatib oʻtilgan qoʻshimcha koʻrsatkichlar tahliliga asoslangan holda reyting berish;

mijoz shartnoma shartlarini buzgan holda, reyting oʻtkazishdan bosh tortish;

ommaviy aхborot vositalarida reyting hisobotining toʻliq matnini e’lon qilish.


20. Reyting agentligining majburiyatlari:

reyting bahosini toʻliqligini va haqqoniyligini ta’minlash;

notoʻri ma’lumotlarni tarqatmaslik;

ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, ma’lumotlarni oshkor qilish;

ushbu Nizom, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish.


21. Reyting agentligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.



V. YaKUNIY QOIDALAR


22. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaхslar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


23. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 6-7-son, 32-modda.