Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.01.2002 y. 39-son "Tennis klublari uchun belgilangan soliqqa oid imtiyozlar muddatini uzaytirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.01.2002 y.

N 39



TENNIS KLUBLARI UChUN BELGILANGAN

SOLIQQA OID IMTIYoZLAR MUDDATINI

UZAYTIRISh TOʻRISIDA


Respublikada tennisni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, tennis klublarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashda koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasini tashkil etish toʻrisida” 1997 yil 25 avgustdagi 414-son qarorining 7-bandiga muvofiq tennis klublari uchun belgilangan soliqqa oid imtiyozlarning amal qilishi 2005 yil 1 sentyabrgacha uzaytirilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z.Usmonov va R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonunlar toʻplami" 2002 y. 2-son