Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 58-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2010-30-son "Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida"gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 14.07.2010 y. Qarori (AV tomonidan 20.07.2010 y. 1908-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.07.2010 y.

N 1908-2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

14.07.2010 y.

N 58


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

14.07.2010 y.

N 2010-30


QARORI



Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soliini

hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

kiritish haqida


(2010 yil 30 iyuldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 52 (II)-son), Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 yil, 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009 yil 9 fevraldagi 20, 2009-9-sonli qarori (roʻyхat raqami 1908, 2009 yil 24 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 9-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan "Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisida"gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Moliya vaziri                                                                 R. Azimov



Davlat soliq qoʻmitasi raisi                                        B. Parpiyev






Qarorga

ILOVA



Sement va klinkerga qoʻshimcha foyda soliini

hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritiladigan

oʻzgartirishlar


1. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Soliq davri - bir oy".


2. 12-banddan "ortib boruvchi yakun bilan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


3. 1 va 2-ilovalarda:

100-satr "Oʻtgan hisobot davri uchun hisob-kitob boʻyicha hisoblangan qoʻshimcha foyda solii summasi" chiqarib tashlansin;

"110" raqami "100" raqami bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 28-29-son, 249-modda.