Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 26.08.2011 y. 23-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 30.09.2011 y. 1889-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

30.09.2011 y.

N 1889-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI

BOSh DIREKTORINING

26.08.2011 y.

N 23


BUYRUI


"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining

Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va arizalarni topshirish

hamda koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi

buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida


(2011 yil 10 oktyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyundagi 166-son "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2008 yil 25 dekabrdagi 100-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi buyruiga (roʻyхat raqami 1889, 2009 yil 24 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 yil, 5-son, 45-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                                                  A. Xodjayev






Buyruqqa

ILOVA



"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining

Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va arizalarni topshirish

hamda koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi

buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Buyruqning nomi va 1-bandidagi "Davlat patent idorasining" degan soʻzlar "Intellektual mulk agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Qoidalarda:


nomidagi "Davlat patent idorasi" degan soʻzlar "Intellektual mulk agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


muqaddima va 27-banddagi "Davlat patent idorasining" degan soʻzlar "Intellektual mulk agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


1-band "a" kichik bandi birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)";


4-banddagi "Patent idorasida" degan soʻzlar "Agentlikda" degan soʻz bilan almashtirilsin;


7-bandda:


"b" kichik bandning ikkinchi хatboshisidagi "Tovar belgisi, хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazishga talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari"ga (2002 yil 1 noyabr, roʻyхat raqami 1184)" degan soʻzlar "Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga (roʻyхat raqami 1988, 2009 yil 29 iyul)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


"v" kichik bandning oʻn toʻrtinchi хatboshisidagi "Patent idorasi" degan soʻzlar "Agentlik" degan soʻz bilan almashtirilsin;


12-banddagi "Patent idorasiga" degan soʻzlar "Agentlikka" degan soʻz bilan almashtirilsin;


18 va 38-bandlardagi "Patent idorasining" degan soʻzlar "Agentlikning" degan soʻz bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 40-son, 420-modda