Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 15.04.2013 y. 66-son "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.05.2013 y. 1889-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.05.2013 y.

N 1889-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI

BOSh DIREKTORINING

15.04.2013 y.

N 66


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi

Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya

kengashiga apellyatsiyalar va arizalarni topshirish

hamda koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar

kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyundagi 166-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 yil, 22-23-son, 236-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi toʻrisidagi nizomga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2008 yil 25 dekabrdagi 100-son buyrui (roʻyхat raqami 1889, 2009 yil 24 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 yil, 5-son, 45-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Bosh direktor v.b.                                                                          Z. Giyasov






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya

kengashiga apellyatsiyalar va arizalarni topshirish

hamda koʻrib chiqish qoidalariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Apellyatsiya yoki arizani koʻrib chiqish Apellyatsiya kengashi raisi, uning oʻrinbosari, kengash a’zolari (uchta a’zodan kam boʻlmagan) va kotibi tarkibidagi Apellyatsiya kengashi majlisida amalga oshiriladi. Kengash tarkibiga Agentlikning eng malakali va tajribali хodimlari hamda mustaqil olimlar va mutaхassislar kiradi".


2. 30-bandda "raislik qiluvchining" degan soʻzlar "Apellyatsiya kengashi raisining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 31-bandda "raislik qiluvchi" degan soʻzlar "Apellyatsiya kengashi raisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 35-bandda "raislik qiluvchi" degan soʻzlar "Apellyatsiya kengashi raisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 13 may, 19-son, 242-modda