Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat soliq qoʻmitasining 2012-5-son, Moliya vazirligining 6-son "Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish kiritish haqida"gi 30.01.2012 y. Qarori (AV tomonidan 13.02.2012 y. 2200-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.02.2012 y.

N 2200-2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

30.01.2012 y.

N 2012-5


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

30.01.2012 y.

N 6


QARORI



Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining

eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan

holda  soliqlar  va  boshqa  majburiy  toʻlovlarni

hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartish kiritish haqida


(2012 yil 1 martdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida”gi PQ-1675-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 yil, 52-son, 561-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2011 yil 2 fevraldagi 2011-5, 6-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisida”gi nizomning (roʻyхat raqami 2200, 2011 yil 23 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 yil, 7-8-son, 79-modda) 5-ilovasidagi jadvali quyidagi tahrirda bayon etilsin:

N

Koʻrsatkich nomi


Umumiy tushumlarga

nisbatan foizlarda


1

Davlat byudjeti


22,8

2

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi


77,2

2. Ushbu qaror 2012 yilning 1 martidan kuchga kiradi.

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

Moliya vaziri

R. Azimov

      

     

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 7-son, 71-modda