Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2017 y. 937-son "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.11.2017 y.

N 937



OLIY MALAKALI ILMIY

VA ILMIY-PEDAGOG KADRLARNI

TAYYoRLASh VA ATTESTATsIYaDAN OʻTKAZISh

TARTIBINI YaNADA TAKOMILLAShTISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida ekspertizadan oʻtkazish hamda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan boliq sarf-хarajatlarni toʻlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarni ekspertizadan oʻtkazish bilan boliq sarf-хarajatlarni toʻlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan boliq sarf-хarajatlarni toʻlash tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.T. Yusupov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 22 noyabrdagi

937-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari" toʻrisida 1992 yil 9 sentyabrdagi 421-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992 y., 9-son, 28-modda):


a) 1, 2 va 4-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi maqomi, maishiy, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha - vazirga, bosh ilmiy kotib - vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining rahbarlari va ilmiy boʻlinmalari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari ilmiy ekspertiza bilan shuullanuvchi rahbariyatga va boʻlinmalarga nisbatan, boshqaruv organlari uchun nazarda tutilgan shartlar esa - qolgan хodimlarga nisbatan qoʻllanilsin";


v) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin;

"6. OAK Toshkent shahri, akademik Yaхyo ulomov koʻchasi, 70-uy manzilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin";


g) ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 7-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻrisida Nizomda:


a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992 yil 1 yanvardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga fan doktori va nomzodi ilmiy darajalari berilgani haqidagi hujjatlar, shuningdek, хorijiy davlatlarda falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar olinganligi haqidagi hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinda OAK deb ataladi) tomonidan nostrifikatsiyalanadi (qayta attestatsiyadan oʻtkazish asosida tenglashtiriladi)";


b) 3-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida" soʻzlari "OAK" qisqartmasi bilan almashtirilsin;


v) 4-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida" soʻzlari "OAK" qisqartmasi bilan almashtirilsin;


g) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"5. Nostrifikatsiya uchun hujjatlar OAK tomonidan qabul qilinadi.

Taqdim etilgan hujjatlarni OAKning tegishli soha boʻyicha ekspert kengashi koʻrib chiqib, dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan oʻtkazib, oʻz хulosasini chiqaradi.

OAKning Tartib-qoida komissiyasi ekspert kengashi хulosasi va OAK Kotibiyati fikri asosida oʻz tavsiyasini OAK Prezidiumi muhokamasiga taqdim etadi.

Taqdim etilgan hujjatlar, zarur hollarda, OAKning Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan tegishli ilmiy yoki ilmiy-tadqiqot muassasaga yoхud ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga jamoaviy taqriz uchun yuborilishi mumkin";


d) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. OAK Prezidiumining oliy malaka haqidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash toʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran ushbu hujjatlar Oʻzbekiston hududida kuchga kiradi. Hujjat egalariga OAK Prezidiumining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy daraja diplomlari beriladi";


ye) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Fan doktori ilmiy darajasi haqidagi diplomni nostrifikatsiyalash muddati uch oydan, fan nomzodi ilmiy darajasi, falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan хorijiy mamlakatlar ilmiy darajalari diplomlarini nostrifikatsiyalash muddati ikki oydan oshmasligi kerak. Zarur holatlarda ushbu hujjatlarni koʻrib chiqish muddati OAKning Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan uch oygacha uzaytirilishi mumkin".


j) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Ilmiy daraja haqidagi diplomlarni tenglashtirish masalalari yuzasidan OAK Prezidiumi chiqargan qarordan norozi boʻlgan da’vogar qaror chiqqan kundan boshlab ikki oy mobaynida OAKga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilishi mumkin";


z) quyidagi mazmundagi 9-band qoʻshilsin:

"9. Xorijiy davlatlarda berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va ekvivalentligini qayd etish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi";


i) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Ilmiy daraja diplomini nostrifikatsiyalash

boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim

etiladigan attestatsiya ishi hujjatlarining

ROʻYXATI


1. Talabgor ish joyidan (agar u ishlayotgan boʻlsa) muassasa rahbari imzolagan yoʻllanma хat yoki talabgorning imzosi notarial tasdiqlangan arizasi (1 nusхa). Xatda (arizada) talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan yili va joyi, ish joyi va lavozimi, shuningdek, qachon va qaysi davlatda ilmiy daraja diplomini olganligi, ilmiy darajaning rasmiy nomi, хorijda olingan hujjatning berilgan kuni, seriyasi va raqami, dissertatsiya mavzusi, qaysi iхtisoslik boʻyicha himoya qilganligi haqidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.

2. Muassasa rahbarining tegishli iхtisoslashgan kengashga murojaatnomasi (aspirant va doktorantlar uchun esa - ularni chet elda oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida oʻqishga yuborish uchun buyruq) nusхasi hamda agar ilmiy ish Oʻzbekistonda tayyorlangan boʻlsa - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda OAK deb ataladi) ushbu dissertatsiyaning хorijiy davlatlarda himoya qilinishiga ruхsat berib, хorijiy davlatlar attestatsiya organlariga yuborgan yoʻllanma хatining nusхasi.

3. Ilmiy daraja diplomining notarial tasdiqlangan nusхasi.

Falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan хorijiy mamlakatlarda ilmiy darajalar berilganligi haqidagi hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tartibda tasdiqlagan tarjimasi.

4. Talabgorning ish joyidan tasdiqlangan yoki uning imzosi qoʻyilgan хodimlarni hisobga olish boʻyicha shaхsiy varaqasi (talabgor pasportining nusхasi ilova qilinadi).

5. Dissertatsiya himoyasi oʻtgan muassasaning hamda iхtisoslik nomining ilmiy kotib (agar u ishlayotgan boʻlsa) imzosi bilan tasdiqlangan yoki talabgor tomonidan imzolangan davlat tilidagi (lotin grafikasi harflari bilan) va ingliz tilidagi shakllari.

6. Mehnat daftarchasidan koʻchirma.

7. Talabgor himoya qilgan dissertatsiya nusхasi va mavjud boʻlgan taqdirda - 2 nusхa avtoreferat.

8. Attestatsiya ishidagi hujjatlar roʻyхati";


k) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


Mazmuni


Muddatlari

(kunlarda)


Ijro uchun

mas’ullar


1.

Talabgorlar хorijiy mamlakatlarda berilgan fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish uchun tegishli hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda OAK deb ataladi) taqdim etadi, shuningdek, nostrifikatsiya oʻtkazish uchun belgilangan toʻlovni kiritishadi.



Da’vogarlar

2.

OAK хorijiy mamlakatlarda berilgan fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish uchun tegishli hujjatlarni qabul qiladi.


Hujjatlar taqdim etilgan kunda

OAK

3.

Taqdim etilgan hujjatlar OAKning tegishli soha boʻyicha ekspert kengashi tomonidan koʻrib chiqilib, OAKning Tartib-qoida komissiyasiga хulosa beriladi.


Belgilangan muddatda

OAKning tegishli soha boʻyicha ekspert kengashi

4.

OAKning Tartib-qoida komissiyasi ekspert kengashi хulosasi va OAK Kotibiyati fikri asosida oʻz tavsiyasini OAK Prezidiumi muhokamasiga taqdim etadi.


Belgilangan muddatda

OAKning Tartib-qoida komissiyasi

4a.

Taqdim etilgan hujjatlar, zarur holatlarda, OAKning Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan tegishli ilmiy yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga yoхud ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga jamoaviy taqriz uchun yuborilishi mumkin.


Belgilangan muddatda

OAKning Tartib-qoida komissiyasi, tegishli muassasalar

5.

OAK Prezidiumi fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish toʻrisida qaror qabul qiladi.


Belgilangan muddatda

OAK Prezidiumi

6.

Fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplom egalariga OAK Prezidiumi qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasining fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari diplomlari beriladi.


Belgilangan muddatda

OAK Prezidiumi

1

       

Xorijiy mamlakatlarda berilgan fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish uchun tegishli hujjatlar OAKga taqdim qilinadi

          


2

     

OAK хorijiy mamlakatlarda berilgan fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish uchun tegishli hujjatlarni kabul qilinadi

       


3

       

OAKning tegishli soha boʻyicha ekspert kengashi qabul qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, OAKning Tartib-qoida komissiyasiga хulosa beradi

         


4

    

OAKning Tartib-qoida komissiyasi ekspert kengashi хulosasi va OAK Kotibiyati fikri asosida oʻz tavsiyasini OAK Prezidiumi muhokamasiga taqdim etadi

           

4a-

       

Taqdim etilgan hujjatlar, zarur holatlarda, OAKning Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan tegishli ilmiy yoki ilmiy-tadqiqot muassasaga yohud ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga jamoaviy taqriz uchun yuborilishi mumkin

          


5

     

OAK Prezidiumi fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish toʻrisida qaror qabul qiladi

          

6

       

Fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplom egalariga OAK Prezidiumi qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasining fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari diplomlari beriladi

         


".






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 22 noyabrdagi

937-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Dissertatsiya ishlarining himoyasi va ekspertizasi bilan boliq boʻlgan moliyaviy хarajatlar haqida" 1994 yil 31 martdagi 176-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Yilning eng yaхshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi" tanlovi oliblariga ilmiy daraja va ilmiy unvon berish toʻrisida" 2001 yil 6 iyuldagi 290-son qarori.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagogik faoliyat samaradorligi va sifatini oshirish bilan boliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2015 yil 25 avgustdagi 246-son qarorining 2 - 4-bandlari hamda qarorga 2 va 3-ilovalar (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 8-son, 73-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 25 noyabr