Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 06.11.2017 y. 21-son "Tovar belgisiga va хizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalarning 16-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 16.11.2017 y. 2873-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.11.2017 y.

N 2873-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI

BOSh DIREKTORINING

06.11.2017 y.

N 21


BUYRUI



Tovar belgisiga va хizmat koʻrsatish belgisiga

doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy

nomidan foydalanish huquqi toʻrisidagi guvohnomaning

amal qilish muddatini uzaytirish qoidalarning

16-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi "Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017 yil 27 martdagi 17-son buyrui (roʻyхat raqami 2873, 2017 yil 10 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 15-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisiga va хizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalarining 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi ma’lumotlar Tovar belgilari davlat reyestriga yoki Tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestriga kiritiladi va Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy aхborotnomasida e’lon qilinadi.".


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                       A. Fayzullayev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 17 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 20 noyabr, 46-son, 1145-modda