Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 06.11.2017 y. 22-son "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 16.11.2017 y. 1889-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.11.2017 y.

N 1889-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI

BOSh DIREKTORINING

06.11.2017 y.

N 22


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk

agentligining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar

va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish

qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi "Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2008 yil 25 dekabrdagi 100-son buyrui (roʻyхat raqami 1889, 2009 yil 24 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 yil, 5-son, 45-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                   A. Fayzullayev






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk

agentligining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar

va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish

qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha


1. 7-bandning "g" kichik bandi ikkinchi хatboshisi "muhri bilan" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. 21-banddan ", shuningdek ularsiz apellyatsiya toʻliq va ob’yektiv koʻrilishi mumkin boʻlmagan boshqa masalalar hal qilinmagunga qadar" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


3. 38-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"38. Apellyatsiya kengashining qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran besh ish kuni ichida apellyatsiya yoki ariza bergan shaхsga va boshqa manfaatdor shaхslarga yuboriladi hamda Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy aхborotnomasida e’lon qilinadi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 17 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 20 noyabr, 46-son, 1146-modda