Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.01.2018 y. 7-son "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.01.2018 y.

N 7




FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI

BOShQARISh ORGANLARIDA JISMONIY

VA YuRIDIK ShAXSLARNING MUROJAATLARI

BILAN IShLASh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASh

HAQIDA


Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi OʻRQ-445-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisida namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan bir oy muddatda tegishli nizomlar tasdiqlanishiga hamda ularning oʻz faoliyatini ushbu nizomlar asosida tashkil etishiga koʻmaklashsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida" 2017 yil 31 iyuldagi 562-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 31-son, 777-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Sh.S. Javlonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 8 yanvar, 1-son, 9-modda


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 yanvar