Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 21.12.2017 y. 01/15-2-10/37-son "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 27.12.2017 y. 2196-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.12.2017 y.

N 2196-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALARGA

KOʻMAKLAShISh VA RAQOBATNI

RIVOJLANTIRISh DAVLAT

QOʻMITASINING

21.12.2017 y.

N 01/15-2-10/37


QARORI



Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish

va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga

rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar

kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PF-5016-son "Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida"gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 iyundagi 419-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011 yil 10 fevraldagi 1-son qarori (roʻyхat raqami 2196, 2011 yil 18 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 7-8-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                       R. Gulyamov






Qarorga

ILOVA



Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish

va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga

rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Yoʻriqnoma Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari (keyingi oʻrinlarda qonun hujjatlari deb yuritiladi) talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibini belgilaydi.".


2. 1-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 28 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 30 dekabr, 52-son, 1268-modda