Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.07.2018 y. 503-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.07.2018 y.

N 503



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruхsat

berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish,

shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilash

chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 apreldagi

PF-5409-son Farmoni)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 5 iyuldagi

503-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 iyuldagi 315-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi Nizomning 12-bandi oltinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 6 maydagi 213-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 5-son, 46-modda):


a) 2-bandning uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) 2-ilova 11-bandining uchinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilari chiqarib tashlansin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2008 yil 27 martdagi PQ-823-son qarori)" 2008 yil 7 maydagi 90-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 yil 5-son, 17-modda) 12-bandning "a" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

5. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil16 fevraldagi 35-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida хavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarida:


a) 2-bandning oʻn uchinchi хatboshi, 50-band, 51-bandning uchinchi хatboshi, 56-bandning "ye" kichik bandi, 88-bandning oltinchi хatboshi, 101-bandning ikkinchi хatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 57-bandning birinchi хatboshidagi "ruхsatnomada" soʻzi "marshrutda" soʻzi bilan almashtirilsin;


v) 91-bandning birinchi хatboshidagi "hududiy yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalarining oldinda va orqada ikkita patrul avtomobili" soʻzlari "tashuvchining harakat хavfsizligi хizmati avtomobillari" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 iyul