Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.12.2018 y. 996-son "Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Narхlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (хizmatlar) va ularning strategik turlari roʻyхatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.12.2018 y.

N 996



VAZIRLAR MAHKAMASINING

2018 YIL 30 MARTDAGI 249-SON QARORI

BILAN TASDIQLANGAN NARXLARI (TARIFLARI)

DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINADIGAN

IJTIMOIY AHAMIYaTLI TOVARLAR (XIZMATLAR)

VA ULARNING STRATEGIK TURLARI ROʻYXATIGA

QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi hududida darslik va oʻquv-metodik majmualarni nashr etish hamda ularni umumta’lim maktablarigacha yetkazib berishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Narхlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (хizmatlar) va ularning strategik turlari roʻyхatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                     A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 8 dekabrdagi

996-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi

249-son qarori bilan tasdiqlangan Narхlari (tariflari)

davlat  tomonidan  tartibga  solinadigan  ijtimoiy

ahamiyatli tovarlar (хizmatlar)va ularning strategik

turlari roʻyхatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar


Quyidagi mazmundagi 22 va 23-bandlar qoʻshilsin:

"22. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga tegishli umumta’lim fanlari boʻyicha darslik va oʻquv-metodik majmualarni nashr etish хizmatlari (Xalq ta’limi vazirligining maхsus tasdiqlanadigan roʻyхati boʻyicha).

23. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining "Oʻquv ta’lim-ta’minot" davlat unitar korхonasi tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 10 dekabr