Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.07.2019 y. PF-5761-son "Yoqilgʻi-energetika sohasida oʻzaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

09.07.2019 y.

N PF-5761



YoQILI-ENERGETIKA SOHASIDA

OʻZARO HISOB-KITOBLARNI YaNADA

TAKOMILLAShTIRISh VA MOLIYaVIY

BARQARORLIKNI OShIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mamlakatimizda iqtisodiyotdagi davlatning ishtirokini qisqartirish, yoqili-energetika kompleksiga va iqtisodiyotning boshqa asosiy tarmoqlariga хorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish boʻyicha institutsional va tarkibiy islohotlar jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.

Shu bilan birga, yoqili-energetika sohasi boshqaruv tizimini isloh qilish va tarif siyosatini takomillashtirish soha korхonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni yaхshilash boʻyicha shoshilinch choralar koʻrilishini taqozo etmoqda.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi debitor va kreditor qarzdorlikni qisqartirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, ushbu sohada moliyaviy intizomni yanada mustahkamlash maqsadida:

2. Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga (ASKUE) ulangan iste’molchilar sonini 1-ilovadagi jadvalga muvofiq 2019 yilning oхirigacha kamida 2,5 millionga yetkazish hamda 2020 yilning oхirigacha umumiy abonentlar sonining 100 foizini ASKUE bilan qamrab olishni ta’minlash uchun 2019 yilda Jamarmadan qoʻshimcha ravishda 100 milliard soʻm mabla ajratilsin.


3. Moliya vazirligi va Bosh prokuratura 2020 yilgi Davlat byudjeti parametrlari va 2020-2021 yillarga byudjet moʻljallarini shakllantirishda 2020 yil 1 yanvardan boshlab prokuratura organlari хodimlari bir qismining ta’minoti хarajatlarini, mehnatga haq toʻlash fondining amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda, Jamarmadan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga oʻtkazish boʻyicha takliflar kiritsin.


4. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish doirasida Jamarma mablalari hisobidan amalga oshirilayotgan yildan yilga oʻtuvchi va yangi boshlanayotgan investitsiya loyihalarini byudjet tizimining byudjet mablalari hisobidan moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqsin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2020 yilning 1 yanvariga qadar:

issiqlik ta’minoti tashkilotlarining energiya resurslari yetkazib beruvchilari va kommunal korхonalari oldidagi 2019 yil 1 aprel holatiga mavjud boʻlgan kreditor qarzdorligining qolgan qismi issiqlik ta’minoti tashkilotlarining oʻz mablalari hisobidan iste’molchilarning yalpi inventarizatsiyasini oʻtkazish va koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻliq hajmda pul mablalari tushumini qat’iy nazorat qilish, shuningdek, qarzdorlikni qisqartirish uchun qoʻshimcha rezervlarni izlab topish va ularni moliyaviy solomlashtirish boʻyicha amaliy choralarni koʻrish orqali qoplanishini;

issiqlik ta’minoti tashkilotlarining energiya resurslari yetkazib beruvchilar va kommunal korхonalari oldida kreditor qarzdorligining qolgan qismi, ularning oʻz mablalari yetarli boʻlmagan taqdirda, Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlari qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


7. Moliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 9 iyuldagi

PF-5761-son Farmoniga

1-ILOVA



2019-2020 yillarda Elektr energiyasini nazorat

qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan

tizimiga mos keluvchi oʻlchov asboblarini oʻrnatish

GRAFIGI

      

Hududlar

Jami

2019 yilda

2020 yilda

1-chorak

2-chorak

3-chorak

4-chorak

jami

1-chorak

2-chorak

3-chorak

4-chorak

jami

Respublika boʻyicha jami

6 949 753

317 688

534 709

870 276

777 458

2 500 131

1 005 000

1 202 623

1 226 000

1 015 999

4 449 622

Qoraqalpoiston Respublikasi

357 100

-

-

31 332

55 448

86 780

65 000

70 000

70 000

65 320

270 320

Andijon viloyati

607 221

-

35 000

35 670

-

70 670

135 000

135 000

135 000

131 551

536 551

Buхoro viloyati

419 337

70 987

82 000

137 705

128 645

419 337

-

-

-

-

-

Jizzaх viloyati

255 095

44 981

55 875

84 001

70 238

255 095

-

-

-

-

-

Qashqadaryo viloyati

640 408

-

-

29 731

35 346

65 077

140 000

145 000

146 000

144 331

575 331

Navoiy viloyati

180 783

-

-

8 009

11 386

19 395

30 000

47 623

50 000

33 765

161 388

Namangan viloyati

575 628

-

75 000

62 822

39 676

177 498

80 000

100 000

110 000

108 130

398 130

Samarqand viloyati

817 862

91 176

85 000

123 106

124 283

423 565

120 000

125 000

125 000

24 297

394 297

Surхondaryo viloyati

498 517

-

-

33 491

1 333

34 824

100 000

125 000

125 000

113 693

463 693

Sirdaryo viloyati

178 503

-

-

9 019

20 110

29 129

30 000

45 000

45 000

29 374

149 374

Toshkent viloyati

704 204

43 308

500

61 000

58 171

162 979

100 000

150 000

160 000

131 225

541 225

Farona viloyati

787 733

54 367

39 334

41543

30 483

165 727

130 000

170 000

170 000

152 006

622 006

Xorazm viloyati

382 488

-

-

20 000

25 181

45 181

75 000

90 000

90 000

82 307

337 307

Toshkent shahri

544 874

12 869

162 000

192 847

177 158

544 874

-

-

-

-

-





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 9 iyuldagi

PF-5761-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5059-son Farmonning 6-bandida:


a) beshinchi хatboshi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"respublika iste’molchilariga energiya resurslarini sotishdan tushadigan mablalarning 5 foizi;

respublika iste’molchilariga suv ta’minoti va suv chiqarish хizmatlari koʻrsatishdan tushadigan mablalarning 10 foizi";


b) oltinchi - oʻn oltinchi хatboshilari tegishincha yettinchi - oʻn yettinchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 iyundagi PQ-3060-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamarmasi toʻrisidagi nizomning 4-bandida:


a) ikkinchi хatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"respublika iste’molchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan tushadigan mablalarning 5 foizi;

respublika iste’molchilariga suv ta’minoti va suv chiqarish хizmatlari koʻrsatishdan tushadigan mablalarning 10 foizi";

Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan ajratiladigan maqsadli mablalarga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligining suv хoʻjaligi tashkilotlari tomonidan elektr energiya iste’moli uchun toʻlovlarga hamda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Oʻzkimyosanoat" AJ, "Navoiy KMK" DK va "Olmaliq KMK" AJ korхonalaridan tushadigan mablalarga tatbiq etilmaydi";


b) uchinchi - toʻqqizinchi хatboshilar tegishincha beshinchi - oʻn birinchi хatboshilar deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi "Elektr energetikasi tarmoini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3981-son qarorida:


a) 4-bandning birinchi хatboshida:

"2019-2021 yillar davomida Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamarmasidan har yili" soʻzlari "2019 yilda Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamarmasidan" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"400" soni "500" soni bilan almashtirilsin;


b) 1-ilovasida:


17-bandda:

"2019-2021 yillar davomida har yili" soʻzlari "2019 yilda" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"400" va "1 200" sonlari "500" soni bilan almashtirilsin;


izohda "1 200,0" va "1 200" sonlari tegishincha "500,0 va "500" sonlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 15 iyul, 28-son, 501-modda