Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 04.01.2020 y. 1-mh-son "Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 04.01.2020 y. 1231-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.01.2020 y.

N 1231-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

04.01.2020 y.

N 1-mh


BUYRUI



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni

davlat reyestridan chiqarish toʻrisida



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2020 yil 4 yanvardagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga asosan BUYuRAMAN:


1. "Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻrisidagi ma’lumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida"gi buyruqni (roʻyхat raqami 1231, 2003 yil 4 aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019 yil 16 dekabrdagi 2/3-3456-19-son хati ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2003 yil 30 martdagi 216-son "Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻrisidagi ma’lumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida"gi buyrui (roʻyхat raqami 1231, 2003 yil 4 aprel);

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2006 yil 26 iyundagi 61-son "Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻrisidagi ma’lumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi buyrui (roʻyхat raqami 1231-1, 2006 yil 11 iyul).


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                            R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 4 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 20 yanvar, 1-2-son, 8-modda