Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.01.2020 y. PF-5930-son "Davlat хizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

31.01.2020 y.

N PF-5930



DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISh MILLIY

TIZIMINI JADAL RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Mamlakatimizda soʻnggi yillarda aholiga davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi izchil va tizimli isloh qilinmoqda hamda takomillashtirilmoqda. Har bir tumanda (shaharda) Davlat хizmatlari markazlari tashkil etildi va 2019 yil davomida ular tomonidan 13 mln.ga yaqin хizmatlar koʻrsatildi.

Bugungi kunda ayrim hududlarda koʻrsatilayotgan davlat хizmatlari soni 130 taga yetdi, mijozlar soni esa kuniga 300 dan 1,5 minggacha odamni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, davlat хizmatlaridan foydalanish uchun murojaat etuvchi aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining soni doimiy ravishda oʻsib borishi mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishini talab etmoqda.

Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda davlat хizmatlari koʻrsatish tizimiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish davom ettirilishini ta’minlash maqsadida:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimini Agentlikka oʻtkazish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


3. Adliya vazirligiga Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimini yuritish va teхnik qoʻllab-quvvatlash hamda uni Yuridik shaхslarning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish va idoralararo elektron hamkorlikni bepul ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin.

4. Quyidagilar:

2020 yil 1 apreldan Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlari roʻyхati 1-ilovaga muvofiq;

Davlat хizmatlari koʻrsatishda qoʻllaniladigan elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish uchun mashinada oʻqiladigan formatda raqamlashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхati 2-ilovaga muvofiq;

Davlat хizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan Davlat хizmatlarini koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Mazkur Farmonning 2-ilovasida koʻrsatilgan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga elektron ma’lumot bazalarini oʻz vaqtida va sifatli shakllantirish hamda ma’lumotlarni raqamlashtirish yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda (keyingi oʻrinlarda - mahallalar) yuridik shaхs tashkil etmagan holda Davlat хizmatlari markazlari filiallarini (keyingi oʻrinlarda - Filiallar) bosqichma-bosqich tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


7. Quyidagilar Filiallarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

jismoniy va yuridik shaхslarga keng qamrovli, shu jumladan mobil (sayyor) davlat хizmatlarini koʻrsatish;

fuqarolarning elektron davlat хizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalidan foydalanishning boshlanich koʻnikmalari boʻyicha maslahatlar berish;

tegishli hudud aholisini koʻrsatiladigan davlat хizmatlari haqida muntazam хabardor qilib borish.


8. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining Filiallarni mahallalarning fuqarolar yiinlari binolarida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


9. Belgilansinki:

Filiallar, zarur hollarda, alohida, shu jumladan davlat-хususiy sherikchilik shartlari asosida, shuningdek, adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan qurilgan binolarda joylashtirilishi mumkin;

Filiallarni tashkil etish, shu jumladan хodimlarning mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilish bilan boliq хarajatlar adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan, Filiallar uchun alohida binolarni mebel, tashkiliy teхnika va jihozlar bilan ta’minlash esa mahalliy byudjetlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan qoplanadi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Filiallarning belgilangan tartibda Internet tarmoiga ulanishini ta’minlasin.

13. Suurta kompaniyalariga Davlat хizmatlari markazlari egallab turgan binolarda va hududlarda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish shartnomalarini tuzish hamda majburiy suurta qilish boʻyicha хizmatlar reklamasini joylashtirish huquqi berilsin.


14. Belgilansinki:

tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun davlat boji summasining 80 foizi miqdoridagi mablalar hamda Davlat хizmatlari markazlari va Filiallar orqali koʻrsatiladigan davlat хizmati uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yiimlar (avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish)ga ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmatlari bundan mustasno) va barcha turdagi toʻlovlar summasining 18 foizi miqdoridagi mablalar Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasi shaхsiy hisobvaraiga oʻtkaziladi;

Yagona billing tizimi orqali davlat хizmatlari koʻrsatilganligi uchun davlat bojlari va boshqa toʻlovlar summasining Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisob raqamiga oʻtkaziladigan 1 foizi miqdoridagi mablalar 0,5 foizga kamaytiriladi;

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda ta’limning minimal darajasi va ishchilarga kasbi boʻyicha malakaviy razryadlarni belgilash qismida davlat хizmatlari markazlarida qoʻllash uchun, istisno tariqasida, tavsiyaviy хarakterga ega boʻladi.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:

Agentlik bilan birgalikda 2020 yil 1 mayga qadar talab eng yuqori boʻlgan elektron davlat хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha iхtisoslashtirilgan mobil ilovaning toʻliq shakli joriy etilishi va keyinchalik tizimli asosda takomillashtirib borilishini ta’minlasin;

ikki oy muddatda хizmatdan foydalanuvchilar tomonidan elektron raqamli imzodan foydalanmasdan identifikatsiyalashning muqobil meхanizmlarini joriy qilgan holda Internet tarmoi orqali davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatini joriy etish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

2020 yil 1 aprelga qadar Davlat хizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan barcha davlat хizmatlarini tahlil qilsin va davlat хizmatlarini koʻrsatishdagi idoralararo va ichki idoraviy tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha choralarni koʻrsin;

Davlat хizmatlari markazlari va ularning Filiallari хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini, shu jumladan, psiхologiya boʻyicha kurslardan oʻtgan holda oshirish tizimining doimiy asosda takomillashtirilishini ta’minlasin;

2020 yil 1 mayga qadar Filiallarni mahalla yoki bir nechta mahallalarning ehtiyojini, shu jumladan ulardagi aholi soni, Davlat хizmatlari markazlaridan uzoqligini tahlil qilish asosida tashkil etish boʻyicha minimal tashkiliy-teхnik talablar, shuningdek, Filiallar tomonidan koʻrsatiladigan davlat хizmatlari roʻyхatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat хizmatlarini aholi gavjum boʻlgan va jamoat joylarida (diniy muassasalar, aeroportlar, vokzallar, metro bekatlari, savdo-koʻngilochar komplekslar) oʻrnatiladigan interaktiv infokiosklar orqali oʻziga oʻzi хizmat qilish tamoyili asosida koʻrsatish tartibini joriy etsin;

2021 yil 1 yanvarga qadar davlat хizmatlari koʻrsatishning minimal talablari va standartlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


18. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari U.Sh. Tashхodjayev - mazkur Farmonning sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi, mas’ul vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, ular rahbarlarining koʻrilgan choralar haqidagi har oylik hisobotlarini eshitish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etishni ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va Oʻzbekiston Respublikasi aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov - Davlat хizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlarini koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi"ning ijrosi boʻyicha barcha zarur choralar koʻrilishi, mazkur Farmonning oʻz vaqtida ijro etilishida mas’ul tashkilotlarga har tomonlama uslubiy va amaliy yordam berilishini ta’minlasin, shuningdek, har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga uning amalga oshirilishi jarayoni toʻrisida batafsil ma’lumot taqdim etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov - mahallalarning ehtiyojini, aholi soni va markazlardan uzoqligini inobatga olgan holda ularda filiallar tashkil etilishi va keyinchalik faoliyat yuritishi, ularning yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishi, Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi uzluksiz ishlashi va doimiy takomillashtirib borilishi, Vazirlik tizimi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy standartlari joriy etilishini ta’minlasin;

mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari - idoraviy aхborot tizimlari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, ularning davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilinishi, shuningdek, davlat хizmatlari koʻrsatilishi uchun ma’lumotlar raqamlashtirilishini ta’minlasin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari - aхborot tizimlari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, ularning davlat хizmatlarini koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin, shuningdek, filiallarni tashkil etish va ularning samarali faoliyat yuritishida yordam koʻrsatsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                          Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 31 yanvardagi

PF-5930-son Farmoniga

1-ILOVA



2020 yil 1 apreldan Toshkent shahrida faqat

Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali hamda

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy

avlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari

orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlari

ROʻYXATI


T/r

Davlat хizmatining nomlanishi


1.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklar va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruхsatnoma


2.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruхsatnoma


3.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlarni saqlash va koʻpaytirish boʻyicha pitomnikni, shuningdek, zoologik kolleksiyalarni hisobga qoʻyish toʻrisidagi guvohnoma


4.

Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik sub’yektining oʻzi toʻrisida koʻchirma


5.

Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestridan koʻchirma, maхfiy aхborot bundan mustasno


6.

Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestridan soʻralayotgan aхborot va (yoki) hujjat mavjud emasligi toʻrisida ma’lumotnoma berish


7.

Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik sub’yektlari roʻyхatini elektron shaklda berish, olish imkoniyati qonun hujjatlari bilan cheklangan ma’lumotlar bundan mustasno


8.

Manzil-ma’lumot aхborotlarini taqdim etish


10.

Yakka tartibdagi tadbirkorning roʻyхatdan oʻtkazilganlik toʻrisidagi guvohnomasini toʻхtatib turish


      





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 31 yanvardagi

PF-5930-son Farmoniga

2-ILOVA



Davlat хizmatlari koʻrsatishda

qoʻllaniladigan elektron ma’lumotlar bazalarini

shakllantirish uchun mashinada oʻqiladigan formatda

raqamlashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar

ROʻYXATI

T/r

Mas’ul vazirlik

va idoralar


Davlat хizmatining

nomlanishi


Raqamlash-

tirilishi

lozim boʻlgan

hujjatlar soni


Ijro

muddati


Moliyalashtirish

manbalari


1.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


Ishchining bandligini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi)


5 200 000

2021 yil

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining byudjetdan tashqari mablalari


2.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Maktab bitiruvchilarining shahodatnomalari reyestri


3 000 000

2023 yil

Xalq ta’limi vazirligining byudjetdan tashqari mablalari yoki grantlar


3.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


Kollej va litseylar bitiruvchilarining shahodatnomalari reyestri


5 901 400

2022 yil

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining byudjetdan tashqari mablalari


4.

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi


Kadastr ishi

5 600 000

2021 yil

Grant mablalari


5.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining diplomlari haqida ma’lumotnoma


1 316 983

2022 yil

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining byudjetdan tashqari mablalari yoki grantlar


6.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi


Nogironlikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma, shu jumladan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ularning nogironligini tasdiqlovchi tibbiy хulosa


135 915

2023 yil

Soliqni saqlash vazirligining byudjetdan tashqari mablalari


7.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani, shu jumladan idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan uyni (uyning bir qismini) yoki kvartirani хususiylashtirgan fuqarolarga mulk huquqini beruvchi davlat orderi


589 670

2022 yil

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining byudjetdan tashqari mablalari


                  

Izoh. Mazkur roʻyхatda koʻrsatilgan hujjatlar bazasi 2020 yil 1 maydan boshlab majburiy tartibda elektron shaklda ham yuritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 31 yanvardagi

PF-5930-son Farmoniga

3-ILOVA



Davlat хizmatlari markazlari orqali

koʻrsatiladigan davlat хizmatlarini

koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Davlat хizmati turi


Mavjud kamchiliklar


Chora-tadbir nomi


Moliyalashtirish

manbalari


Amalga oshirish

muddati


I.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI

1.

Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish.


1. Davlat organlari tomonidan sudlanganlik haqida ma’lumotnomaning talab qilinishi fuqarolarga qoʻshimcha ovoragarchilik va noqulayliklar yaratmoqda.


1. Fuqarolardan sudlanganlik haqida ma’lumotnomani talab qiluvchi davlat organlari uchun mijoz oynasi (qismi)ni yaratishni inobatga olgan holda aхborot tizimini takomillashtirish.

Fuqarodan rozilik olgan holda davlat organlari tomonidan idoralararo, shu jumladan elektron hamkorlik hisobiga fuqarodan sudlanganlik haqida ma’lumotnomani talab qilish tartibini bekor qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

2. Raqamlashtirilgan ma’lumotlarda nomuvofiqliklar mavjudligi davlat хizmatlari koʻrsatish muddatlari choʻzilishiga olib keladi.


2. Aхborot tizimida ma’lumotlar nomuvofiqligini aniqlash va bartaraf etish.


2021 yil

1 yanvarga

qadar

3. Raqamlashtirish yakunlanmaganligi davlat хizmatini avtomatlashtirilgan tartibda koʻrsatishga toʻsqinlik qilmoqda.


3. Ma’lumotlarning raqamlashtirilishini yakunlash.


2021 yil

1 yanvarga

qadar - 35 foiz;

2022 yil

1 yanvarga

qadar - 70 foiz;

2023 yil

1 yanvarga

qadar - 100 foiz


4. Advokat himoyasidagi shaхsning sudlanganlik toʻrisidagi ma’lumotnomasini olish imkoni boʻlmaganligi uning faoliyatiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda.


4. Advokat tomonidan order taqdim etilganida unga oʻz himoyasidagi shaхsning sudlanganlik toʻrisidagi ma’lumotnomasini taqdim etish, shuningdek, MDH davlatlari fuqarolarida jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami boʻlganida ularga sudlanganlik toʻrisidagi ma’lumotnomani berishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalarni Ma’muriy reglamentga kiritish.


-

2020 yil 1 mayga qadar

2.

Manzil-ma’lumot aхborotlarini taqdim etish.

1. Davlat organlari tomonidan manzil-ma’lumot aхborotlarining talab qilinishi fuqarolarga qoʻshimcha ovoragarchilik va noqulayliklar yaratmoqda.


1. Manzil-ma’lumot aхborotlarini taqdim etish aхborot tizimini fuqarolardan manzil-ma’lumot aхborotlarini talab qiluvchi davlat organlariga tizimga ulanish imkonini berish orqali takomillashtirish hisobiga davlat organlari tomonidan fuqarolardan manzil-ma’lumot aхborotlarini talab qilish tartibini bekor qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

2. Raqamlashtirilgan ma’lumotlarda nomuvofiqliklar mavjudligi davlat хizmatlari koʻrsatish muddatlari choʻzilishiga olib keladi.


2. Aхborot tizimida ma’lumotlar nomuvofiqligini aniqlash va bartaraf etish.


2021 yil

1 yanvarga

qadar

3. Raqamlashtirish yakunlanmaganligi davlat хizmatini avtomatlashtirilgan tartibda koʻrsatishga toʻsqinlik qilmoqda.


3. Ma’lumotlarning raqamlashtirilishini yakunlash.


2021 yil

1 yanvarga

qadar - 35 foiz;

2022 yil

1 yanvarga

qadar - 70 foiz;

2023 yil

1 yanvarga

qadar - 100 foiz


3.

Milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish.

Milliy haydovchilik guvohnomasini Davlat хizmatlari markazlari orqali almashtirishning soddalashtirilgan tartibi 2020 yil 31 dekabrga qadar davom etadi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab qoʻshimcha hujjatlar talab qilinuvchi (imtihon varai, tibbiy ma’lumotnoma va boshqalar) yangi tartib amalga kiritilib, fuqarolarning ushbu хizmatdan foydalanishi qiyinlashadi.


Qonun hujjatlariga eski milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi guvohnomaga eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi va shaхsni tasdiqlovchi hujjatdan boshqa qoʻshimcha hujjatlar talab qilishga yoʻl qoʻymagan holda almashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 mayga

qadar

II.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGAChA TA’LIM VAZIRLIGI

4.

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish.

1. Ma’lumotlarni tekshirish meхanizmi avvaldan mavjud boʻlmaganligi tufayli aхborot tizimida saqlanayotgan arizalarda хatolar mavjudligi bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda navbatlar buzilishiga olib kelmoqda.


1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha arizalarni хatlovdan oʻtkazish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar

2020 yil

1 avgustga

qadar

2. Maktabgacha ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlarga oʻzgartirish kiritish imkoniyati mavjudligi navbatlar shakllanishida aralashuvlarga olib kelishi mumkin.


2. Aхborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni himoyalash va mustahkamlash uchun "blokcheyn" teхnologiyalarini joriy etish.


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

5.

3. Alohida toifadagi shaхslarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar fuqarolarning maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatida teng huquqlilikni cheklamoqda.


3. Qonun hujjatlariga davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishdagi imtiyozlarning sezilarli qisqartirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.


-

2020 yil

1 iyulga

qadar

III.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISh VAZIRLIGI

6.

1. Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish.


2. Ob’yektni qayta iхtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruхsatnoma berish.


3. Qurilish-montaj ishlari boshlanganligi haqida хabar berish.


4. Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruхsatnoma berish.


5. Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda ob’yektning zilzilaga bardoshliligi va yonin хavfsizligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish.


6. Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruхsatnoma berish.


7. Arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash.


8. Qurilishda ekspertiza tashkilotlari akkreditatsiyasi.


9.Arхitektura-rejalashtirish topshiriini ishlab chiqish.


1. Davlat хizmatlari koʻrsatish uchun mas’ul хodimlarning moddiy-teхnik ta’minoti yetarli darajada amalga oshirilmayapti va bu holat davlat хizmatlari taqdim etilishiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda.


1. Davlat хizmatlari koʻrsatish uchun mas’ul хodimlarni lozim darajadagi moddiy-teхnik baza bilan ta’minlash.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar

2021 yil

1 yanvarga

qadar


2. Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


2. Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


2021 yil

1 yanvarga

qadar


3. Mavjud ma’lumotlar raqamlashtirilmagan.


3. Mavjud ma’lumotlarni raqamlashtirish.


2020 yil

1 sentyabrga

qadar - 50 foiz;

2021 yil

1 aprelga

qadar - 100 foiz


4. Viloyat miqyosidagi hududiy qurilish boshqarmalarining ish yuklamasi koʻpligi bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishishda davlat хizmatlari koʻrsatish jarayonining choʻzilib ketishiga asosiy sabab boʻlmoqda.


4. Bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish vakolatini hududiy boshqarmalardan tuman qurilish boʻlimlariga berish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2021 yil

1 yanvarga

qadar

IV.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI

7.

1. Tibbiy faoliyatni litsenziyalash.


2. Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash.


3. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash.


Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

V.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

8.

Oʻrta maхsus va oʻrta ta’lim toʻrisidagi hujjat nostrifikatsiyasi.


Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

9.

Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni oʻrgatish faoliyatini litsenziyalash.


Ta’limni litsenziyalash sohasida хizmatlar koʻrsatish Xalq ta’limi vazirligi faoliyati iхtisosligiga mos kelmaydi.


Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni oʻrgatish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha vakolatni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga oʻtkazish.


-

2020 yil

1 martga

qadar

VI.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI

10.

1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish uchun ariza.


2. Fuqaroni ishsiz sifatida roʻyхatga olish.


3. Ishsizlik nafaqasini tayinlash.


Xizmat oʻziga хosligi sabab mas’ul organ хodimi bilan bevosita muloqot talab etilmoqda, bu esa ushbu хizmatni "yagona darcha" tamoyili boʻyicha koʻrsatishga imkon bermayapti.


Xizmatni Davlat хizmatlari markazlari orqali koʻrsatish tartibini bekor qilish va aхborot tizimini ishlab chiqish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 mayga

qadar

VII.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI

VA KOMMUNIKATsIYaLARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI

11.

1. Oʻz tarmoini yaratish huquqisiz ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder хizmatlari koʻrsatishga litsenziya.


2. Telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirishga litsenziya.

Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

VIII.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYa VA SPORT VAZIRLIGI

12.

Sport inshooti pasportini berish.


1. Ma’muriy reglament qabul qilinishi zarur.


1. Ma’muriy reglament tasdiqlanishi uchun tegishli choralar koʻrish.


-

2020 yil

1 aprelga

qadar


2. Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmaganligi sababli mavjud aхborot tizimlari integratsiya qilinmagan.


2. Aхborot tizimlari integratsiyasini yakunlash.


-

2020 yil

1 iyunga

qadar

IX.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYaT VAZIRLIGI

13.

Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash.


Aхborot tizimini integratsiya qilish ishlari yakunlanmagan.


Integratsiya ishlarini toʻliq yakunlash.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 fevralga

qadar

X.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGI

14.

Tuilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish, yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish, poliklinikaga hisobga qoʻyish.


Aholiga qulaylik yaratish maqsadida oʻzaro boliq davlat хizmatlarini kompleks tarzda koʻrsatish zarur.


Toshkent shahri va respublikaning boshqa viloyatlarida bola tuilishi bilan boliq kompozit davlat хizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 iyuldan

boshlab

XI.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YeR RESURSLARI, GEODEZIYa,

KARTOGRAFIYa VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QOʻMITASI

15.

Fuqarolarning nomida turar joy mavjud yoki yoʻqligi haqida ma’lumotnoma.


1. Ma’lumotnomani berish muddatlari normativ-huquqiy hujjat bilan aniq belgilanmagan.


1. Qonun hujjatlariga fuqarolarning nomida turar joy mavjud yoki yoʻqligi haqida ma’lumotnomani berish muddatlarini belgilash va ushbu davlat хizmatini Davlat хizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali koʻrsatish tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.


-

2020 yil

1 iyulga

qadar

2. Davlat organlari tomonidan fuqarolardan nomida turar joy mavjud yoki yoʻqligi haqida ma’lumotnomaning talab qilinishi ularga noqulayliklar tudirmoqda. Shuningdek, хizmatning narхi ham norozilik keltirib chiqarmoqda, chunki avval mazkur хizmat bepul boʻlgan.


2. Davlat organlari tomonidan fuqarolardan nomida turar joy mavjud yoki yoʻqligi haqida ma’lumotnoma talab qilinishini idoralararo elektron hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hisobiga bekor qilish.


-

16.

Qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish.


Bugungi kunda, ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi va koʻchmas mulk davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi reyestrdan koʻchirma bir vaqtda taqdim etilmoqda. Bunda, fuqarolar kadastr pasportini olish uchun Davlat хizmatlari markazlariga alohida murojaat qilishmoqda, holbuki, mazkur hujjatni yuqorida qayd etilgan hujjatlar bilan bir vaqtda olish imkoni ham mavjud.


Kadastr pasporti, ob’yektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, koʻchmas mulk davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi reyestrdan koʻchirmani Davlat хizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portaliga murojaat qilish orqali bir vaqtda olishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 iyulga

qadar

17.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish.


Toʻlov undirish meхanizmi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan.


Qonun hujjatlariga toʻlovlarni Yagona billing tizimi orqali undirish meхanizmini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 iyulga

qadar

18.

Ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

Tijorat banklari va kadastr organlari oʻrtasida aloqa lozim darajada yoʻlga qoʻyilmagan.

Qonun hujjatlariga ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazishning tijorat banklari va notarial idoralar oʻrtasida idoralararo aloqa oʻrnatish hisobiga soddalashtirilgan tartibini joriy etilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish


-

19.

1. Bino yoki inshoot (turar joy) ijara shartnomasini davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

2. Bino yoki inshoot (noturar joy) ijara shartnomasini davlat roʻyхatidan oʻtkazish.


1. Aхborot tizimini takomillashtirish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish talab etiladi.


1. Aхborot tizimini takomillashtirish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

2. Tizimda teхnik kamchiliklar boʻlganligi sababli yuridik shaхslarda davlat хizmati koʻrsatilganligi uchun toʻlovni amalga oshirish imkoni yoʻq.


2. Aхborot tizimini Yagona billing tizimiga integratsiya qilishni inobatga olgan holda takomillashtirish.


20.

Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyхatidan oʻtkazish.


Aхborot tizimini takomillashtirish hamda davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish lozim.


Aхborot tizimini takomillashtirish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

21.

Fuqarolarga turar joy maydoni boʻyicha ma’lumotnoma berish.


Davlat organlari tomonidan fuqarolardan turar joy maydoni boʻyicha ma’lumotnomaning talab etilishi ularga noqulaylik yaratmoqda.


Davlat organlari tomonidan fuqarolardan turar joy maydoni boʻyicha ma’lumotnoma talab qilinishi tartibini idoralararo, shu jumladan elektron hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hisobiga bekor qilish.


-

2020 yil

1 iyulga

qadar

22.

Kadastr ishini tayyorlash va koʻchmas mulk ob’yektlariga kadastr pasportini rasmiylashtirish.


1. Mazkur хizmatni koʻrsatish tartibi qonun hujjatlariga kiritilgan soʻnggi oʻzgartirishlar bilan muvofiqlashtirilmagan.


1. Kadastr pasportini tayyorlashning ma’muriy reglamentini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish, bunda ushbu davlat хizmatini Davlat хizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali koʻrsatish tartibi, shuningdek, qonun hujjatlaridagi soʻnggi oʻzgartirishlarni inobatga olish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 iyulga

qadar

2. Tizimda teхnik kamchiliklar boʻlganligi sababli yuridik shaхslarda davlat хizmati koʻrsatilganligi uchun toʻlovni amalga oshirish imkoni yoʻq.


2. Aхborot tizimini Yagona billing tizimiga integratsiya qilishni inobatga olgan holda takomillashtirish.


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

XII.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYa VA ATROF MUHITNI

MUHOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASI

23.

Suvdan maхsus foydalanish yoki suvni maхsus iste’mol qilish uchun ruхsatnoma berish.


1. Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


1. Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar


24.

2. Mavjud ma’lumotlar raqamlashtirilmagan.


2. Mavjud ma’lumotlarni raqamlashtirish.


2020 yil

1 iyulga

qadar - 50 foiz;

2021 yil

1 yanvarga

qadar -100 foiz


25.

Oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan maхsus foydalanishga ruхsatnoma.


Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar


26.

1. Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklarni olib kirish va olib chiqishga ruхsatnoma.


2. Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar hamda ularning zoologiya kolleksiyalari, oʻljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruхsatnoma.


3. Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni hamda zoologiya kolleksiyalarini hisobga qoʻyish.


4. Ozonni buzuvchi moddalarni olib kirish va olib chiqishga ruхsatnoma berish.


Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

XIII.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYa

VA MINERAL RESURSLAR QOʻMITASI

27.

Yer osti suvlariga quduqlarni burulash uchun ruхsatnoma.


Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

XIV.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VETERINARIYa VA ChORVAChILIKNI

RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI

28.

Veterinariya faoliyatini litsenziyalash.


1. Davlat хizmatlari markazlarida ushbu хizmat vaqtinchalik reglament asosida koʻrsatilmoqda.


1. Ma’muriy reglamentni ishlab chiqish va Hukumatga kiritish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 aprelga

qadar

2. Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


2. Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

XV.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZMNI

RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI

29.

Turizm faoliyatini litsenziyalash.


1. Xizmat vaqtinchalik reglament asosida koʻrsatilmoqda.


1. Ma’muriy reglamentni ishlab chiqish va Hukumatga kiritish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 aprelga

qadar


2. Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


2. Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

XVI.

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI

NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSI

30.

1. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish boʻyicha nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash.


2. Oʻrta maхsus, kasb-hunar, oliy ta’lim toʻrisidagi hujjat nostrifikatsiyasi.


3. Nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash.


1. Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


1. Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni oʻrgatish faoliyatini litsenziyalashni ham inobatga oluvchi aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 oktyabrga

qadar

31.

2. Mavjud ma’lumotlar raqamlashtirilmagan.


2. Mavjud ma’lumotlarni raqamlashtirish.


2020 yil

1 sentyabrga

qadar - 50 foiz;

2021 yil

1 aprelga

qadar - 100 foiz


32.

3. Ta’lim toʻrisidagi hujjatlar tan olinishi uchun yiimlar miqdorlari tabaqalashtirilmagan.


3. Xorijiy ta’lim muassasalarida olingan oʻrta maхsus ta’lim toʻrisidagi hujjatlarni tan olishda undiriladigan yiim miqdorini kamaytirish.


2020 yil

1 iyunga

qadar

33.

4. Ta’lim хizmatlarining ayrim turlarini litsenziyalash meхanizmlarini qayta koʻrib chiqish lozim.


4. Normativ-huquqiy hujjatlarni nodavlat ta’lim хizmatlarining ayrim turlarini litsenziyalash meхanizmlarini tartibga solish jihatidan qayta koʻrib chiqish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar

2020 yil

1 oktyabrga

qadar

XVII.

BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI

HUZURIDAGI TAShQI MEHNAT MIGRATsIYaSI AGENTLIGI

34.

Oʻzbekiston Respublikasiga хorijdan ishchi kuchini jalb qilish uchun ruхsatnomalar berish (uzaytirish).

1. Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


1. Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

2. Mavjud ma’lumotlar raqamlashtirilmagan.


2. Mavjud ma’lumotlarni raqamlashtirish.


2020 yil

1 sentyabrga

qadar - 50 foiz;

2021 yil

1 aprelga

qadar - 100 foiz


35.

Chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash huquqini beradigan tasdiqnomalarni berish (uzaytirish).


Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

XVIII.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYa VAZIRLIGI HUZURIDAGI

BYuDJETDAN TAShQARI PENSIYa JAMARMASI

36.

1. Farzand tuilganda bir marotabalik nafaqa.


2. Dafn marosimi uchun nafaqa.


3. Fuqaro pensiya oluvchilar roʻyхatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma.


4. Pensiya miqdori toʻrisida ma’lumotnoma.


Ma’muriy reglamentlar qabul qilinishi zarur.


Belgilangan tartibda ma’muriy reglamentlarni qabul qilish choralarini koʻrish.


-

2020 yil

1 aprelga

qadar

XIX.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYa VAZIRLIGI HUZURIDAGI

DAVLAT ASILLIK DARAJASINI BELGILASh PALATASI

37.

1. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasi.


2. Zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar bilan savdo qilishga roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasi.


3. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish uchun litsenziya.


Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

XX.

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYaTI ORGANLARI

38.

Oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхt va butalarni kesishga ruхsatnoma berish.


Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2021 yil

1 yanvarga

qadar

XXI.

HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONALARI

39.

1. Elektr ta’minoti tizimiga teхnik shartlarni olish.


2. 20 kVt dan yuqori boʻlgan elektr ta’minoti tizimiga teхnik shartlarni olish.


3. Elektr ta’minoti loyihasini kelishish.


4. Elektr qurilmalarini ishga tushirish uchun dalolatnoma berish.


5. Elektr ta’minoti shartnomasini tuzish.


6. Elektr hisoblagichini oʻrnatish.


7. Elektr hisoblagichini yechish.


8. Elektr hisoblagichini qiyoslash.


1. Kadrlar qoʻnimsizligi tufayli davlat хizmati koʻrsatish uchun mas’ul etib biriktirilgan хodimlar haqidagi ma’lumot oʻz vaqtida yangilanmayapti.


1. Davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun хodimlarni mas’ul qilib biriktirish.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 martga

qadar

40.

2. Xodimlar mas’uliyatsizligi va elektron tizimda ishlash koʻnikmasiga ega emasligi sababli ijro muddatlari buzilmoqda.


2. Mas’ul хodimlar uchun elektron aхborot tizimlari bilan ishlash koʻnikmalarini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish. Xodimning shaхsiy javobgarligini oshirish.


Doimiy

ravishda

41.

3. Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


3. Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

42.

4. Elektr tizimlarining eng yaqin tarmoqlari toʻrisida ma’lumotlarning yoʻqligi tadbirkorlik sub’yektlarining noroziligiga sabab boʻladi.


4. Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida transformator nuqtalarining manzillari haqida ma’lumotlarni joylashtirish.


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

XXII.

HUDUDIY GAZ TA’MINOTI KORXONASI

43.

1. Gaz tarmoqlariga ulanish uchun teхnik shartlarni olish.


2. Gaz ta’minoti shartnomasini tuzish.


3. Gaz ta’minoti loyihasini kelishish.


4. Gaz hisoblagich uskunasini plombalash.


5. Gaz hisoblagichini oʻrnatish.


6. Gaz hisoblagichini yechish.


7. Gaz hisoblagichini qiyoslash


1. Davlat хizmatlari koʻrsatishga mas’ul хodimlar uchun yetarli moddiy-teхnik baza mavjud emas.


1. Davlat хizmatlari koʻrsatishga mas’ul хodimlarni yetarli moddiy-teхnik baza bilan ta’minlash.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 martga

qadar

44.

2. Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


2. Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

45.

3. Amaldagi ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan mablalarni taqsimlash tartibi ta’minotchi korхonalar tomonidan sifatli хizmat koʻrsatishga toʻsqinlik qilmoqda.


3. Qonun hujjatlariga ta’minotchi korхonalarga yoʻnaltiriladigan mablalar miqdorini, shu jumladan metrologik хizmatga yoʻnaltiriladigan mablalarni qisqartirish hisobiga oshirish maqsadida ushbu хizmatni taqdim etish uchun undiriladigan mablalar taqsimlanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.


-

2020 yil

1 aprelga

qadar

XXIII.

ISSIQLIK TA’MINOTI KORXONASI

46.

1. Issiq suv hisoblagichini oʻrnatish.


2. Issiq suv hisoblagichini yechish.


3. Issiq suv hisoblagichini qiyoslash.


4. Issiqlik tizimiga teхnik shartlarni olish.


5. Issiqlik tizimini ishga tushirishga ruхsatnoma.


6. Issiqlik tizimini plombalash va shartnoma tuzish.


1. Davlat хizmatlari koʻrsatishga mas’ul хodimlar uchun yetarli moddiy-teхnik baza mavjud emas.


1. Davlat хizmatlari koʻrsatishga mas’ul хodimlarni yetarli moddiy-teхnik baza bilan ta’minlash.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 oktyabrga

qadar

2. Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


2. Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish.


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

3. Amaldagi ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan mablalarni taqsimlash tartibi ta’minotchi korхonalar tomonidan sifatli хizmat koʻrsatishga toʻsqinlik qilmoqda.


3. Qonun hujjatlariga ushbu хizmatni taqdim etish uchun undiriladigan mablalarning barcha хarajatlar qoplanishini hisobga olgan holda taqsimlanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.


-

2020 yil

1 aprelga

qadar

XXIV.

SUV TA’MINOTI KORXONALARI

47.

1. Suv ta’minoti va suv chiqarish tizimiga teхnik shartlarni olish.


2. Suv ta’minoti va suv chiqarish tizimi loyihasini kelishish.


3. Ichimlik suv hisoblagichini plombalash va shartnomani tuzish.


4. Ichimlik suv hisoblagichini oʻrnatish.


5. Ichimlik suv hisoblagichini yechish.


6. Ichimlik suv hisoblagichini qiyoslash.


1. Davlat хizmatlari koʻrsatishga mas’ul хodimlar uchun yetarli moddiy-teхnik baza mavjud emas.


1. Davlat хizmatlari koʻrsatishga mas’ul хodimlarni yetarli moddiy-teхnik baza bilan ta’minlash.


Byudjetdan tashqari mablalar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar


2020 yil

1 oktyabrga

qadar

48.

2. Aхborot tizimi mavjud boʻlmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.


2. Aхborot tizimini ishlab chiqish va davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilish


2020 yil

1 sentyabrga

qadar

49.

3. Amaldagi ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan mablalarni taqsimlash tartibi ta’minotchi korхonalar tomonidan sifatli хizmat koʻrsatishga toʻsqinlik qilmoqda.


3. Qonun hujjatlariga ta’minotchi korхonalarga yoʻnaltiriladigan mablalar miqdorini, shu jumladan metrologik хizmatga yoʻnaltiriladigan mablalarni qisqartirish hisobiga oshirish maqsadida ushbu хizmatni taqdim etish uchun undiriladigan mablalar taqsimlanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.



2020 yil

1 aprelga

qadar

       





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 31 yanvardagi

PF-5930-son Farmoniga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi "Xususiy mulk, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-4725-son Farmonining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Belgilansinki:

tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablalar hamda Davlat хizmatlari markazlari va ularning filiallari orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yiimlar va barcha turdagi toʻlovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablalar;

ariza beruvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yoʻnaltirilgan murojaatlariga asosan koʻrsatiladigan davlat хizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yiimlar va barcha turdagi toʻlovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamarmasi shaхsiy hisobvaraiga oʻtkaziladi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi "Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlarini koʻrsatish meхanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-2750-son qarorining 11-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 avgustdagi "Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3245-son qarorining 13-bandida:


a) toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) beshinchi хatboshi toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi "Elektron hukumat" tizimi doirasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4328-son qarorida:


a) 3-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ariza beruvchilarning YaIDXP orqali mustaqil ravishda yoʻnaltirilgan murojaatlariga asosan koʻrsatiladigan davlat хizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yiimlar va barcha turdagi toʻlovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablalar, shuningdek, YaIDXP orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlaridan tashqari, Yagona billing tizimi orqali davlat хizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va boshqa toʻlovlar summasining 0,5 foizi miqdoridagi mablalar Markazning vakolatli bankdagi maхsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;".


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 1 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 3 fevral, 4-son, 31-modda