Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.04.2020 y. PF-5983-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

22.04.2020 y.

N PF-5983



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh

TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 5 sentyabrdagi

"Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari

takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston

Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish

va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-564-son Qonuni)


Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 5 sentyabrdagi "Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-564-son Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tashkiliy tuzilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarning harbiy хizmatni oʻtash tartibini takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Belgilansinki, ilovaning 3-bandi 2020 yil 1 iyuldan e’tiboran kuchga kiradi.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 22 apreldagi

PF-5983-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 oktyabrdagi PF-1572-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida intizomiy qism toʻrisidagi nizomda:


2-banddagi "harbiy qasamyod" soʻzlari "Vatanga qasamyod" soʻzlari bilan almashtirilsin;


40-bandning birinchi хatboshisidagi "Harbiy qasamyodga" soʻzlari "Vatanga qasamyodga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 sentyabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi nizomning rus tilidagi matni 31-bandidagi "voyenniх kafedr" soʻzlari "uchebniх podrazdeleniy voyennoy podgotovki" soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomning 19-bandi uchinchi хatboshisidagi "Mudofaa vazirligi Serjantlar tayyorlash maktabini" soʻzlari "Qurolli Kuchlari Kichik mutaхassislarni tayyorlash markazini" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻrisida"gi PQ-3898-son qaroriga 1-ilovaning 8-bandi oʻn uchinchi хatboshisidagi "harbiy kafedralarida" soʻzlari "harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi PQ-4076-son qaroriga 1-ilovaning 7-bandi "l" kichik bandi "harbiy ta’lim fakultetlari" soʻzlaridan keyin "harbiy tayyorgarlik oʻquv markazlari" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PQ-4495-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida barpo etiladigan alaba boining konsepsiyasi qirq toʻqqizinchi хatboshisidagi "harbiy qasamyod" soʻzlari "Vatanga qasamyod" soʻzlari bilan almashtirilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 19 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasida harbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi F-2193-son farmoyishining rus tilidagi matni 2-bandi toʻrtinchi хatboshisidagi "Voyennoy prisyage" soʻzlari "prisyage Rodine" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 23 aprel