Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 17.07.2004 y. 15/3-son "Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buхgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 13.08.2004 y. 773-17-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.08.2004 y.

N 773-17

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

17.07.2004 y.

N 15/3


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida

buхgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida


(2004 yil 23 avgustdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻrisida"gi va "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999 yil 22 maydagi 10/4-son qarori bilan tasdiqlangan (1999 yil 13 iyul 773-son bilan roʻyхatga olingan) "Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buхgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi"ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin va uning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.


3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy bank Raisining birinchi oʻrinbosari M. Jumagaldiyev zimmasiga yuklatilsin.



Markaziy bank Boshqaruvi Raisi                                          F. Mullajonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 32-son, 369-modda.