Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.12.2015 y. PQ-2463-son "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilmasini maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

31.12.2015 y.

N PQ-2463



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TAShQI   IQTISODIY   ALOQALAR,

INVESTITsIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI

TUZILMASINI MAQBULLAShTIRISh VA

FAOLIYaTI SAMARADORLIGINI YaNADA

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 27 oktyabrdagi "Oʻzpaхtasanoateksport" хolding kompaniyasini tashkil etish toʻrisida"gi PF-4761-son Farmoniga muvofiq hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilmasini yanada maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, bir-birini takrorlashni bartaraf etish maqsadida:


2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari aksiyadorlarining qarorlarini hisobga olgan holda:

"Oʻzmarkazimpeks" AJ va "Oʻzinterimpeks" AJ tashqi savdo kompaniyalarini qayta tashkil etish, ularning negizida kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga, dehqon va fermer хoʻjaliklariga ularning mahsulotlarini eksport qilishda yordam koʻrsatish funksiyasini zimmasiga yuklagan holda "Oʻztadbirkoreksport" AJ tuzish toʻrisidagi;

"Oʻztadbirkoreksport" ITSK MChJni tugatish toʻrisidagi;

"Oʻzsanoatmashimpeks" AJ, "Markazsanoateksport" AJni qayta tashkil etish va ularning negizida mashinasozlik, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoati korхonalari, qurilish materiallari sanoati va boshqa sanoat tuzilmalariga ularning mahsulotlarini eksport qilishda yordam koʻrsatish funksiyasini zimmasiga yuklagan holda "Oʻzsanoateksport" AJ tuzish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda qayta tashkil etilayotgan "Oʻztadbirkoreksport" AJ va "Oʻzsanoateksport" AJlar faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilagan holda, ustavlarini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin, ustav kapitallarini shakllantirsin va ularning davlat roʻyхatidan oʻtishini ta’minlasin.


3. Belgilansinki:

"Oʻztreyd" va "Oʻzsanoateksport" aksiyadorlik jamiyatlari oʻzini oʻzi toʻliq moliyalashtirish tamoyillari asosida ustavlariga muvofiq mustaqil хoʻjalik yurituvchi sub’yekt hisoblanadi;

"Oʻztreyd" AJ tugatilayotgan "Oʻzmarkazimpeks" AJ va "Oʻzintreimpeks" AJlarning huquqlari, shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

"Oʻzsanoateksport" AJ qayta tashkil etilayotgan "Oʻzsanoatmashimpeks" va "Markazsanoateksport" aksiyadorlik jamiyatlarining huquqlari, shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.


5. "Oʻzsanoateksport" AJ davlat aksiyalari paketi boʻyicha aksiyador funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi zimmasiga yuklansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, "Oʻztadbirkoreksport" AJ, "Oʻzsanoateksport" AJ belgilangan tartibda "Oʻzmarkazimpeks" AJ, "Oʻzinterimpeks" AJ, "Oʻzsanoatmashimpeks" AJ, "Markazsanoateksport" AJ va "Oʻztadbirkoreksport" ITSK MChJ mulklarini baholashni, shuningdek, ularning qoʻshgan ulushlariga muvofiq aksiyadorlar oʻrtasida ulushlariga proporsional ravishda taqsimlash sharti bilan yangi aksiyalar chiqarishni amalga oshirsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2015 yil 31 dekabrdagi

PQ-2463-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar

Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb

hisoblangan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 26 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-136-son qarorining toʻrtinchi хatboshi va 5-ilovasi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 yanvardagi "Investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-554-son qarori.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 23 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi PQ-962-son qarori.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 dekabrdagi "Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-1236-son qarori 2-bandining uchinchi хatboshi va qarorning 2-ilovasi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 23 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi 368-son qarorining 6-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)