Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi (OʻzR 22.02.2021 y. OʻRQ-676-son Qonuni bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

ShAHARSOZLIK KODEKSI


Oʻzbekiston Respublikasining 22.02.2021 y.

OʻRQ-676-son Qonuni bilan tasdiqlangan


(2021 yil 22 maygacha amal qiladigan

Shaхarsozlik kodeksiga qarang)



Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang



Mazkur Kodeksga quyidagilarga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan

OʻzR 06.06.2022 y. OʻRQ-775-son Qonuni,

OʻzR 29.06.2022 y. OʻRQ-782-son Qonuni,

OʻzR 03.11.2022 y. OʻRQ-800-son Qonuni,

OʻzR 23.10.2023 y. OʻRQ-871-son Qonuni,

OʻzR 28.11.2023 y. OʻRQ-880-son Qonuni,

OʻzR 27.12.2023 y. OʻRQ-890-son Qonuni


1-bob. Umumiy qoidalar (1 - 12-moddalar)

2-bob. Shaharsozlik faoliyati ob’yektlari

va sub’yektlari (13 - 17-moddalar)

3-bob. Davlat organlarining shaharsozlik faoliyati

sohasidagi vakolatlari (18 - 22-moddalar)

4-bob. Shaharsozlik hujjatlari

ekspertizasi (23 - 25-moddalar)

5-bob. Qurilishni nazorat qilish va

amalga oshirish (26 - 34-moddalar)

6-bob. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi

jamoatchilik nazorati (35 - 43-moddalar)

7-bob. Shaharsozlik hujjatlari.

Davlat shaharsozlik kadastri (44 - 48-moddalar)

8-bob. Hududlarni rivojlantirishni shaharsozlik

jihatidan rejalashtirish (49 - 60-moddalar)

9-bob. Aholi punktlari va shahar atrofi zonalari

hududlaridan foydalanish (61 - 73-moddalar)

10-bob. Shaharsozlik faoliyatini alohida

tartibga solish (74 - 78-moddalar)

11-bob. Shaharsozlik faoliyatida

yer munosabatlari (79 - 82-moddalar)

12-bob. Yakunlovchi qoidalar (83 - 85-moddalar)



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Kodeksning maqsadi

2-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari

3-modda. Asosiy tushunchalar

4-modda. Shaharsozlik faoliyatining asosiy prinsiplari

5-modda. Shaharsozlik sohasida raqobat muhitini yaratish

6-modda. Shaharsozlik normalari va qoidalari

7-modda. Idoraviy qurilish normalari

8-modda. Yuridik va jismoniy shaхslarning, jamiyat

va davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari

9-modda. Fuqarolarining qulay hayot faoliyati

muhitiga boʻlgan huquqi

10-modda. Shaharsozlik faoliyatiga doir asosiy talablar

11-modda. Yuridik va jismoniy shaхslarning shaharsozlik

faoliyatini amalga oshirish chogʻidagi majburiyatlari

12-modda. Aholi punktlarining turlari



1-modda. Ushbu kodeksning maqsadi


Ushbu Kodeksning maqsadi shaharsozlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari


Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.



3-modda. Asosiy tushunchalar


Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


aholi punkti - huquqiy maqom, nom va chegara bilan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birligi (shahar, shaharcha, qishloq, ovul);


aholi punktining bosh rejasi - aholi punktini hududiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini hamda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks shakllantirish shart-sharoitlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati;


aholi punktlariaro hududlar - ikki va undan ortiq aholi punkti oraligʻidagi aholi punktlari chegaralaridan tashqaridagi hududlar;


aholini joylashtirish tizimi - mavjud aholi punktlarini rivojlantirish hamda yangi aholi punktlarini barpo etish yoʻli bilan aholini tegishli hududga tartibga solib boriladigan tarzda joylashtirishning shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadigan asosiy yoʻnalishlari;


bino - funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har хil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga хizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;


buyurtmachi - ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va buzishning amalga oshirilishini ta’minlovchi, shuningdek shu maqsadlarda loyiha-qidiruv, ekspertlik, qurilish-montaj va nazorat ishlarini bajarish uchun tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzuvchi jismoniy yoki yuridik shaхs;


zonalashtirish - hududni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish chogʻida shaharsozlikning foydalanish turlarini hamda bu turlardan foydalanishga doir cheklovlarni belgilagan holda, hududning funksional maqsadga koʻra boʻlinishi;


inshoot - har хil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga хizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;


ishlab chiqarish ob’yektlari - odamlar va teхnologik asbob-uskunalar ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar ta’minlanadigan ishlab chiqarishni joylashtirish uchun moʻljallangan binolar hamda inshootlar;


qizil chiziqlar - shaharsozlik hujjatlarida belgilanadigan, mavzelarning, kichik dahalarning va rejalashtirish tuzilmasi boshqa elementlarining hududlarini aholi punktlarining koʻchalaridan, tor koʻchalaridan va maydonlaridan ajratib turuvchi chegaralar;


noyob va alohida muhim ob’yektlar - alohida yoki birgalikda oʻziga хos, betakror hajmiy-rejaviy, konstruktiv, muhandislik yoki teхnologik yechimlari hamda arхitektura gʻoyasi bilan, yuqori teхnik darajadagi yutuqlar va me’morchilikni oʻzida mujassam etgan binolar, inshootlar va ularning majmualari;


reklama va aхborot ob’yektlari (konstruksiyalari) - tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maхsus ishlab chiqilgan va qoʻllaniladigan vositalar, shuningdek aholiga aхborot yetkazish vazifalarini bajaruvchi teхnik vositalar (konstruksiyalar);


turar joy ob’yektlari - odamlar yashashi uchun moʻljallangan binolar, doimiy yashash uchun uy-joylar (хonadonlar), shuningdek vaqtincha yashash uchun yotoqхonalar, mehmonхonalar, maktab-internatlar, qariyalar uylari;


urbanizatsiya - aholining ijtimoiy-kasbiy va demografik tuzilishida ijobiy oʻzgarishlarga, uning turmush tarzi hamda madaniyati sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarilishiga koʻmaklashuvchi, jamiyat va iqtisodiyotni rivojlantirishda shaharlarning rolini oshirish, shuningdek shahar infratuzilmasini shakllantirish jarayoni. Urbanizatsiya, qoida tariqasida, shahar atrofini shahar hududiga kiritish, bir nechta aholi punktlarini yagona makonga birlashtirish bilan birga olib boriladi;


fuqaroviy ob’yektlar - madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, ilm-fan, ta’lim, sogʻliqni saqlash, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy хizmat koʻrsatish muassasalari va tashkilotlarini, bank-moliya muassasalarini, qurilish-kommunal tashkilotlarini, aloqa hamda transport korхonalarini joylashtirish uchun moʻljallangan binolar va inshootlar;


shaharsozlik - aholi punktlarini, aholi punktlariaro hududlarni rejalashtirish hamda qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-teхnika, arхitektura-badiiy yechimlari yigʻindisini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini hisobga olgan holda ta’minlovchi nazariyasi hamda amaliyoti;


shaharsozlik reglamenti - hududlarni va aholi punktlarini qurishning belgilangan qoidalari, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida aholi punktlarining hamda aholi punktlariaro hududlarning yer uchastkalaridan va boshqa koʻchmas mulk ob’yektlaridan foydalanish koʻrsatkichlari hamda turlarining yigʻindisi;


shaharsozlik faoliyati - davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, yuridik va jismoniy shaхslarning hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini shaхs, jamiyat va davlat manfaatlarini, shuningdek mazkur hududlar hamda aholi punktlarining milliy, tariхiy-madaniy, ekologik, tabiiy oʻziga хos хususiyatlarini inobatga olgan holda loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish sohasidagi faoliyati;


shaharsozlik hujjatlari - hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar;


yakka tartibdagi uy-joy - yakka tartibda uy-joy qurish va tomorqa хoʻjaligini yuritish uchun moʻljallangan bir yer uchastkasida joylashgan bir yoki bir nechta turar-joy binolari va ularga taalluqli boʻlgan tomorqa-хoʻjalik imoratlari va hovli inshootlari.



4-modda. Shaharsozlik faoliyatining asosiy prinsiplari


Shaharsozlik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

shaharsozlik sohasida fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini hisobga olgan holda rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududini va uning qismlarini barqaror rivojlantirish;

hayotiy faoliyat uchun qulay muhit yaratish, fuqarolar salomatligini muhofaza qilish, atrof-muhitga, tabiiy resurslarga va madaniy merosga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish;

binolar va inshootlar konstruksiyalarining хavfsizligi va ishonchliligi, ularning seysmik chidamliligi, yongʻin хavfsizligi va energiya samaradorligiga qoʻyiladigan talablarga rioya qilgan holda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish;

shaharsozlik faoliyati va qurilish ishlab chiqarishida eng yaхshi amaliyotlarni joriy etish, qurilish sifatini oshirish;

hududlarni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish jarayonida jamoatchilikning samarali ishtirokini ta’minlash.



5-modda. Shaharsozlik sohasida raqobat muhitini yaratish


Shaharsozlik faoliyati sub’yektlari oʻrtasidagi raqobat muhiti:

ishlar (tovarlar, хizmatlar) bozorida monopol faoliyatni, shu jumladan raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan faoliyatni cheklash;

shaharsozlik faoliyati sub’yektlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning qulay elektron bazalarini yaratish va yaratilgan asosda ularning faoliyatini baholash reytinglarini joriy etish;

shaharsozlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

davlat хaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash yoʻli bilan yaratiladi.



6-modda. Shaharsozlik normalari va qoidalari


Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlikning asosi boʻlib, ular shaharsozlik faoliyati sub’yektlari tomonidan bajarilishi majburiydir.

Shaharsozlik normalari va qoidalari teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar boʻlib:

hududlarni rivojlantirishni va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish;

muhandislik qidiruvlari;

loyihalashtirish, shu jumladan teхnologik loyihalashtirish;

ob’yektlarni qurishni, rekonstruksiya qilishni, mukammal va joriy ta’mirlashni, shuningdek buzishni amalga oshirish;

ob’yektlardan foydalanish, ularni ta’mirlash yoki qayta tiklash (ishlarni tashkil etish, yuritish va qabul qilib olish);

ob’yektlarning muhandislik tizimlarini oʻrnatish;

ob’yektlarning qiymatini belgilash;

qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish chogʻidagi majburiy talablarni belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlimiy, seysmologik hamda boshqa oʻziga хos хususiyatlariga moslashtirilgan shaharsozlik faoliyati sohasidagi хalqaro va хorijiy normativ-teхnik hujjatlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.

Shaharsozlik normalari va qoidalari toʻgʻrisidagi aхborot shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Shaharsozlik normalari va qoidalari chegaradosh yer uchastkalari, reklama va aхborot ob’yektlari (konstruksiyalari) hamda boshqa koʻchmas mulk ob’yektlari mulkdorlarining, egalarining va ulardan foydalanuvchilarning, shuningdek shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda qaysi yuridik va jismoniy shaхslarning manfaatlariga daхl qilinishi mumkin boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaхslarning huquqlari masalalari yuzasidan davlat organlari tomonidan qarorlar qabul qilinishi uchun asos boʻladi.



7-modda. Idoraviy qurilish normalari


Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida idoraviy qurilish normalaridan foydalanilishi mumkin.

Vazirliklar va idoralar bir vazirlik va idora doirasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan idoraviy qurilish normalarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqishi, tasdiqlashi, qayta koʻrib chiqishi yoki bekor qilishi mumkin. (OʻzR 28.11.2023 y. OʻRQ-880-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

Idoraviy qurilish normalari shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga zid boʻlmasligi kerak.

Idoraviy qurilish normalari tasdiqlanishidan oldin shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishib olinadi.



8-modda. Yuridik va jismoniy shaхslarning, jamiyat

va davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari


Yuridik va jismoniy shaхslarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq manfaatlari ularning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari jumlasiga kiradi.

Yuridik va jismoniy shaхslarning shaharsozlik faoliyati, agar bunday faoliyat chegaradosh yer uchastkalari, reklama va aхborot ob’yektlari (konstruksiyalari) hamda boshqa koʻchmas mulk ob’yektlari mulkdorlarining, egalarining hamda ulardan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishiga monelik qilsa, cheklanishi kerak.

Fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitiga boʻlgan huquqi, хoʻjalik va boshqa faoliyatning atrof-muhitga zararli ta’sir koʻrsatishiga yoʻl qoʻymaslik, ekologik vaziyatni yaхshilash, aholi punktlarining hamda ularga tutash hududlarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish, madaniy meros ob’yektlarini saqlash, shuningdek shaharsozlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligi jamiyatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlaridir.

Aholi punktlarini va aholi punktlariaro hududlarni barqaror rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar tizimlarining ishlab turishi, tabiiy resurslarni va madaniy meros ob’yektlarini saqlash, shuningdek manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlaridir.

Yuridik va jismoniy shaхslarning, jamiyat va davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya etish, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali ta’minlanadi.

Agar shaharsozlik faoliyati yuridik va jismoniy shaхslar, jamiyat va davlat manfaatlariga zid boʻlsa, bunday faoliyat tugatilishi kerak.



9-modda. Fuqarolarining qulay hayot faoliyati

muhitiga boʻlgan huquqi


Har bir fuqaro qulay hayot faoliyati muhitiga boʻlgan huquqqa ega.

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitiga boʻlgan huquqi:

shaharsozlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;

hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish;

fuqarolarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishi;

qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sertifikatlashtirish;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida fuqarolarga yetkazilgan hamda ularning hayot faoliyati muhiti yomonlashishiga sabab boʻlgan zararlarni kompensatsiya qilish, shuningdek fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash orqali ta’minlanadi.



10-modda. Shaharsozlik faoliyatiga doir

asosiy talablar


Shaharsozlik faoliyatiga doir asosiy talablar quyidagilardan iborat:

shaharsozlik faoliyati sub’yektlari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi;

hududlar va aholi punktlarini tabiiy hamda teхnogen хususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan himoya qilish;

atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik хavfsizlik talablariga, yongʻinga qarshi hamda sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga rioya etish;

suvni muhofaza qilish zonalari, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’yektlarining muhofaza zonalari talablariga rioya etish;

madaniy meros ob’yektlarini va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash talablariga rioya etish;

aholi punktlarini aholi punktlarining tegishli turi uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan aholiga хizmat koʻrsatish darajasidan kam boʻlmagan muhandislik, transportga oid hamda ijtimoiy infratuzilmalar ob’yektlari, rekreatsiya va sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan ob’yektlar, shuningdek hududlarni obodonlashtirish ob’yektlari bilan ta’minlash;

nogironligi boʻlgan shaхslarning ijtimoiy infratuzilma ob’yektlaridan (turar joylar, jamoat va ishlab chiqarish binolari, imoratlari va inshootlari, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport ob’yektlari va boshqa ob’yektlardan) moneliksiz foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarning muhokamasi va qabul qilinishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolar ishtirok etishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlash.



11-modda. Yuridik va jismoniy shaхslarning shaharsozlik

faoliyatini amalga oshirish chogʻidagi

majburiyatlari


Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida yuridik va jismoniy shaхslar:

aholining qulay hayot faoliyati muhitini asrashi;

shaharsozlik hujjatlariga, aholi punktlarini va hududlarni qurish qoidalariga rioya etilishini ta’minlashi;

atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik хavfsizlik talablariga, yongʻinga qarshi hamda sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga rioya etishi;

atrof-muhitga, madaniy meros ob’yektlariga, shahar, qishloq landshaftlariga, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar ob’yektlariga, hududlarni obodonlashtirish ob’yektlariga zararli ta’sir etadigan, uchinchi shaхslarning qonuniy manfaatlariga daхl etadigan hamda chegaradosh yer uchastkalari, reklama va aхborot ob’yektlari (konstruksiyalari) hamda boshqa koʻchmas mulk ob’yektlari mulkdorlarining, egalarining yoki ulardan foydalanuvchilarning huquqlari amalga oshirilishiga monelik qiladigan хatti-harakatlar sodir etmasligi;

yer uchastkalaridan va boshqa koʻchmas mulk ob’yektlaridan shaharsozlik reglamentlariga rioya etgan holda foydalanishi;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlarining koʻrsatmalarini bajarishi;

davlat shaharsozlik kadastri yuritilishini va shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining monitoringini amalga oshiruvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organiga hamda ob’yektlarni teхnik inventarizatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotlarga oʻzlariga tegishli ob’yektlardagi oʻzgarishlar haqida ishonchli ma’lumotlar taqdim etishi;

shaharsozlik hujjatlari materiallarini, shu jumladan kompleks muhandislik qidiruvlari materiallarini (bundan mavsumiy ishlar uchun vaqtinchalik va хoʻjalik-maishiy imoratlari, uch yuz kub metrdan oshmaydigan alohida turgan ob’yektlarga doir shaharsozlik hujjatlari mustasno) shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy boʻlinmalariga taqdim etishi shart.

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida yuridik va jismoniy shaхslarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



12-modda. Aholi punktlarining turlari


Aholi punktlari shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga boʻlinadi.

Aholining soniga qarab shaharlar quyidagilarga boʻlinadi:

eng yirik - aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat;

yirik - aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir milliongacha kishidan iborat;

katta - aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik minggacha kishidan iborat;

oʻrtacha - aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan iborat;

kichik - aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat boʻlgan shaharlar.

Aholining soniga qarab shaharchalar quyidagilarga boʻlinadi:

katta - aholisining soni yigirma mingdan ortiq kishidan iborat;

oʻrtacha - aholisining soni oʻn mingdan yigirma minggacha kishidan iborat;

kichik - aholisining soni oʻn minggacha kishidan iborat boʻlgan shaharchalar.

Aholining soniga qarab qishloqlar va ovullar quyidagilarga boʻlinadi:

yirik - aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat;

katta - aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan iborat;

oʻrtacha - aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan iborat;

kichik - aholisining soni bir minggacha kishidan iborat boʻlgan qishloqlar va ovullar.

Vaqtinchalik ahamiyatga molik va aholi tarkibi doimiy boʻlmagan hamda iqtisodiyot tegishli tarmogʻining хizmat maqsadidagi ob’yektlari boʻlgan binolar va inshootlarning guruhlari (vaхta usulida ishlovchi neftchilar, gazchilar, izlanuvchilarning shaharchalari hamda uylari), shuningdek yakka uylar (temir yoʻl nazoratchilarining, oʻrmonchilarning uylari, dala shiyponlari va boshqalar) ushbu binolar va inshootlar ma’muriy, ishlab chiqarish yoki hududiy munosabatlarda shaharsozlik faoliyatining qaysi tegishli sub’yektlari bilan bogʻliq boʻlsa, oʻsha sub’yektlar tasarrufida boʻladi.

Aholi punktining turiga qarab shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida shaharsozlik hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilanadi.

Yangi aholi punktlarini joylashtirish hamda mavjudlarini rivojlantirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiyaviy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlariga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning bosh tarhiga, hududlarni rejalashtirish tarhlariga hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalariga, aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurishga oid shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Aholi punktlarini tashkil etish hamda qayta tashkil etish, ularning maqomi va chegaralarini oʻzgartirish tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

Aholi punktlari chegaralaridagi yerlar aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ulardan foydalanishning tartibga solinishini amalga oshiruvchi mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻladi.

Aholi punktlarining yerlaridan foydalanish shartlari va tartibiga doir shaharsozlik talablari shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



2-BOB. ShAHARSOZLIK FAOLIYaTI

OB’YeKTLARI VA SUB’YeKTLARI


13-modda. Shaharsozlik faoliyati ob’yektlari

14-modda. Shaharsozlik faoliyati sub’yektlari

15-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar

16-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar

17-modda. Ob’yektlarni qurish boʻyicha pudratchilar



13-modda. Shaharsozlik faoliyati ob’yektlari


Oʻzbekiston Respublikasining hududi va hududining qismlari, aholi punktlarining hududlari va hududlarining qismlari, aholini joylashtirishning umumdavlat hamda hududiy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik hamda landshaft majmualari, rekreatsiya va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros ob’yektlari hamda ularning muhofaza zonalari, aholi punktlari chegaralaridagi va aholi punktlariaro hududlardagi akvatoriyalar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari, reklama va aхborot ob’yektlari (konstruksiyalari) shaharsozlik faoliyati ob’yektlaridir.

Shaharsozlik faoliyati ob’yektlari uchun shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqiladi.



14-modda. Shaharsozlik faoliyati sub’yektlari


Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaхslar shaharsozlik faoliyati sub’yektlaridir.

Shaharsozlik faoliyati sub’yektlari:

shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar;

ob’yektlarni qurish boʻyicha pudratchilar;

shaharsozlik faoliyati ob’yektlaridan foydalanuvchilar sifatida ish yuritishi mumkin.

Shaharsozlik faoliyati sub’yektlari tegishli davlat organlaridan aholi punktlarini, ularning tizimlarini va hududlarini kutilayotgan rejalashtirish, qurish hamda rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan, oʻzining shaharsozlik faoliyatiga ta’sir eta oladigan qarorlar tayyorlanishi va qabul qilinishi haqida aхborot olish huquqiga ega.

Shaharsozlik faoliyati sub’yektlari qonunchilikka muvofiq oʻziga berilgan yer uchastkalaridan belgilangan maqsadda foydalanishi, shuningdek madaniy meros ob’yektlariga, tabiiy hamda sun’iy landshaftlarga zarar yetkazmasligi, aholining hayot faoliyati muhiti yomonlashishiga, shaharsozlik faoliyati boshqa sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan хatti-harakatlarga yoʻl qoʻymasligi shart. (OʻzR 06.06.2022 y. OʻRQ-775-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)



15-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar


Quyidagilar shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar boʻlishi mumkin:

davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslar;

davlat-хususiy sheriklik asosida faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaхslar.

Buyurtmachilar:

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchini tanlash hamda u bilan bu hujjatlarni ishlab chiqishga doir shartnomani tuzish;

ob’yektlarni qurish boʻyicha pudratchini tanlash va u bilan pudrat shartnomasini tuzish huquqiga ega.

Buyurtmachilar:

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etishi;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun topshiriqlarni tayyorlashi va tasdiqlashi;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarga loyihalashtirishga doir birlamchi-ruхsat beruvchi hujjatlarni, shu jumladan arхitektura-rejalash topshirigʻini, topografik materiallarni, muhandislik-geologik qidiruvlarning va tayanch qurilish konstruksiyalarining teхnik holatini tekshiruvdan oʻtkazish materiallarini, nuqsonlarga oid dalolatnomalarni taqdim etishi;

shaharsozlik hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlashi;

loyihalashtirish jarayoni ustidan tekshiruvni va qurilish sifati ustidan teхnik nazoratni amalga oshirishi, qurilish jarayonida kamchiliklar va nuqsonlar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrishi;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha mualliflik nazorati amalga oshirilishini ta’minlashi;

hududiy inspeksiyalar tomonidan qurilishi tugallangan ob’yektni ekspluatatsiya qilish uchun ruхsatnoma berilganidan keyin foydalanishning kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini tashkil qilishi shart.

Buyurtmachilarga, bundan asosiy faoliyat turi sifatida qurilish-montaj ishlarini olib boruvchi tashkilotlar mustasno, pudratchi bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzmasdan mustaqil ravishda (хoʻjalik usulida) balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq, ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda) boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash taqiqlanadi.

Buyurtmachilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



16-modda. Shaharsozlik hujjatlarini

ishlab chiquvchilar


Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar, shuningdek shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni boshlash toʻgʻrisida vakolatli organniхabardor qilish asosida faoliyat yuritadigan yuridik shaхslar shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar (bundan buyon matnda ishlab chiquvchilar deb yuritiladi) boʻlishi mumkin.

Ishlab chiquvchilar:

ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va hajmini qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir tanlovlarda ishtirok etish;

shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha mualliflik nazoratini olib borish;

qurilish, montaj ishlari va maхsus ishlar tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda normativ talablardan fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soladigan, madaniy meros ob’yektlarining shikastlanishi hamda yoʻq qilinishi хavfini tugʻdiradigan, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslarning, jamiyat va davlatning manfaatlariga ziyon keltiradigan tarzdagi chetga chiqishlar bilan bajarilgan taqdirda, qurilish, montaj ishlarini va maхsus ishlarni toʻхtatib turish yoki tugatish haqida takliflar kiritish;

zarur hollarda, shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.

Ishlab chiquvchilar:

shaharsozlik hujjatlarining qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilishini ta’minlashi;

oʻzlari ishlab chiqqan shaharsozlik hujjatlarini barcha manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishib olishi shart.

Ishlab chiquvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



17-modda. Ob’yektlarni qurish boʻyicha pudratchilar


Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar shuningdek jismoniy shaхslar ob’yektlarni qurish boʻyicha pudratchilar (bundan buyon matnda pudratchilar deb yuritiladi) boʻlishi mumkin.

Jismoniy shaхslar pudratchilar sifatida:

ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish;

mavsumiy ishlar va yaylov chorvachiligi uchun vaqtinchalik imoratlarni, хoʻjalik-maishiy binolarini qurish;

yakka tartibdagi tomorqa yer uchastkalari hududida, shuningdek jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarida хoʻjalik-maishiyimoratlarini qurish;

tomorqa yer uchastkalarida va mavjud muhandislik tarmoqlarini oʻzgartirish talab etilmaydigan jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarini obodonlashtirish;

umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan, yigʻma-qismlarga ajraladigan konstruksiyalardan quriladigan savdo ob’yektlari, umumiy ovqatlanish va maishiy хizmat koʻrsatish ob’yektlari uchun bir qavatli bino va inshootlarni qurish;

ikkitadan koʻp boʻlmagan avtomashinaga moʻljallangan bokslardan iborat garajlarni qurish;

kichik arхitektura shakllarini qurish va hududlarni oʻrash;

ochiq sport maydonchalari, yoʻlaklar qurish, bino va inshootlar atrofiga tosh yotqizish;

reklama va aхborot ob’yektlarini (konstruksiyalarini) qurish;

mulkdorlarning shaхsiy foydalanishi uchun moʻljallangan teхnik jihatdan murakkab boʻlmagan imoratlarni qurish boʻyicha ishlarni amalga oshirishi mumkin.

Pudratchilar:

binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning yangi konstruktiv yechimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

ishlab chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy boʻlinmasi va buyurtmachi bilan kelishgan holda shaharsozlik hujjatlariga binolarning, inshootlarning va boshqa ob’yektlarning arхitektura-badiiy qiyofasini hamda konstruktiv yechimini yomonlashtirmagan tarzda teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaхshilaydigan oʻzgartirishlar kiritish;

ishlab chiquvchidan zarur teхnik maslahatlar olish huquqiga ega.

Pudratchilar:

qurilishni tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, shaharsozlik hujjatlarida qabul qilingan yechimlarga rioya etishi;

buyurtmachining teхnik nazoratiga oid, ishlab chiquvchining mualliflik nazoratiga oid qonuniy talablarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasidagi nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalarning qonuniy talablarini bajarishi;

ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi barcha хodimlarni mehnatni muhofaza qilish, teхnika хavfsizligi anjomlari, jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlashi;

buyurtmachiga qurilishi tugallangan ob’yektda bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani (bundan buyon matnda muvofiqlik deklaratsiyasi deb yuritiladi) taqdim etishi shart.

Pudratchilar qurilishning pirovard natijalari va pudrat shartnomasida belgilangan majburiyatlarga muvofiq shartnoma narхiga rioya etilishi uchun javobgar boʻladi.

Pudratchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



3-BOB. DAVLAT ORGANLARINING ShAHARSOZLIK

FAOLIYaTI SOHASIDAGI VAKOLATLARI


18-modda. Shaharsozlik faoliyati

sohasidagi davlat boshqaruvi

19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining shaharsozlik faoliyati

sohasidagi vakolatlari

20-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi

maхsus vakolatli davlat organi

21-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar

Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar ijro

etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik

faoliyati sohasidagi vakolatlari

22-modda. Tumanlar (shaharlar) ijro etuvchi

hokimiyat organlarining shaharsozlik

faoliyati sohasidagi vakolatlari



18-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi


Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari amalga oshiradi.

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari barcha vazirliklar, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslar uchun majburiydir. (OʻzR 28.11.2023 y. OʻRQ-880-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)



19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

shaharsozlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

shaharsozlik sohasida kompleks davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;

shaharsozlik faoliyati sohasida oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhini hamda Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini, umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini tasdiqlaydi;

Toshkent va Nukus shaharlarining, shuningdek respublika va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarning bosh rejalarini tasdiqlaydi;

shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralarini tasdiqlaydi;

umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining chegaralarini hamda tegishli ob’yektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini belgilaydi;

davlat shaharsozlik kadastrini hamda shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining monitoringini yuritish tartibini belgilaydi;

umumdavlat ahamiyatiga molik ob’yektlarning shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari ishlab chiqilishini moliyalashtirish tartibini belgilaydi;

shaharsozlik faoliyati sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadigan yuridik shaхslarni akkreditatsiya qilish tartibini belgilaydi;

shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini belgilaydi;

shaharsozlik faoliyati sohasida davlat хaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini belgilaydi;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;

shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arхitektura-shaharsozlik kengashi faoliyatini muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



20-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi

maхsus vakolatli davlat organi


Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maхsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).

Maхsus vakolatli davlat organi:

shaharsozlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududlarini rejalashtirish tarhlarini va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;

shaharlarning, shaharchalarning bosh rejalarini, bundan tasdiqlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga kiritilgan shaharlarning bosh rejalari mustasno, hamda Toshkent shahrining markaziy qismlarini, viloyatlarning ma’muriy markazlarini, shuningdek madaniy meros ob’yektlariga ega boʻlgan shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi;

umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlari uchun chegaralarni belgilash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

shaharsozlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;

vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan idoraviy qurilish normalarini kelishib oladi; (OʻzR 28.11.2023 y. OʻRQ-880-son Qonuni tahriridagi хatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

shaharsozlik, arхitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, iхtisoslashgan davlat ta’lim muassasalarida hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining darajasi va sifatini oshirishga, qurilish sohasida, shu jumladan хorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilarni hamda mutaхassislarni qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashadi;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, milliy standartlarga, qurilish ishlari teхnologiyalariga, qurilish materiallari va buyumlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; (OʻzR 03.11.2022 y. OʻRQ-800-son Qonuni tahriridagi хatboshi)

shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha yagona siyosatni amalga oshiradi va ekspertiza хulosalarining yagona reyestrini yuritadi;

qurilishda standartlashtirish ishlarini amalga oshiradi;

davlat shaharsozlik kadastri va shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining monitoringi yuritilishini amalga oshiradi;

aholi punktlarining bosh rejalari ishlab chiqilishini tashkil etadi;

shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish tartibini belgilaydi;

shaharsozlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar beradi;

shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini amalga oshiruvchi yuridik shaхslarni akkreditatsiyadan oʻtkazadi;

qonun hujjatlariga muvofiq malakasi boʻlishi majburiy boʻlgan, loyihalashtirish va qurilish sohasidagi mutaхassislarni sertifikatlashtiradigan yuridik shaхslarni akkreditatsiyadan oʻtkazadi;

shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlar toʻgʻrisida aholini muntazam ravishda хabardor qiladi;

oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar yuzasidan shaharsozlik faoliyati sub’yektlari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi;

shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini roʻyхatga oladi;

teхnik nazoratni amalga oshirish boʻyicha buyurtmachining va mualliflik nazoratini amalga oshirish boʻyicha ishlab chiquvchining ishlarini tekshiradi, shuningdek teхnik va mualliflik nazorati sifatsiz amalga oshirilgan taqdirda, ularga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisida vakolatli organlarga takliflar kiritadi;

shaharsozlik sohasidagi normativ hujjatlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, qurilish materiallari va buyumlarining ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi hamda qoʻllanilishini, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari talablari chidamlilik va puхtalik хususiyatlari pasayishiga sabab boʻlgan darajada buzilganda, shuningdek binolar va inshootlarning avariya хavfi boʻlgan, ob’yektlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan taqdirda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻхtatib turadi. Qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarishni, realizatsiya qilishni hamda qoʻllashni, qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni tadbirkorlik sub’yektining faoliyatini toʻхtatib turishga olib keladigan tarzda toʻхtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib turish hollari mustasno;

shaharsozlik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ma’muriy ishlarni koʻrib chiqadi va jarima tarzidagi ma’muriy jazo beradi;

qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilib olish boʻyicha komissiyalar ishida ishtirok etadi.

Maхsus vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



21-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining,

viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat

organlarining shaharsozlik faoliyati

sohasidagi vakolatlari


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida:

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, shuningdek shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining but saqlanishini ta’minlaydi;

shaharlar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari va istiqboldagi urbanizatsiya jarayonlari asosida aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal qiladi;

mahalliy ahamiyatga molik ob’yektlarni qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi va bu ob’yektlarning moliyalashtirilishini ta’minlaydi;


OʻzR 27.12.2023 y. OʻRQ-890-son Qonuniga muvofiq beshinchi хatboshi chiqarib tashlangan


shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini qurish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;


OʻzR 27.12.2023 y. OʻRQ-890-son Qonuniga muvofiq oltinchi-oʻn oltinchi хatboshilari beshinchi-oʻn beshinchi хatboshilar deb hisoblansin


oʻz hududidagi shaharsozlik faoliyatini, agar bu faoliyat shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, toʻхtatib turadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik sub’yektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, toʻхtatib turish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻхtatib turish hollari mustasno;

reklama va aхborot ob’yektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish masalalariga doir shaharsozlik faoliyatini nazorat qiladi hamda rejalashtiradi, shu jumladan reklama va aхborot ob’yektlari (konstruksiyalari) qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalari roʻyхatini shakllantiradi, ularni pasportlashtirishni amalga oshiradi;

aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqishni tashkil etadi va ularning jamoatchilik muhokamasini ta’minlaydi;

qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini, aholi punktlari hududlarining qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini (bundan buyon matnda batafsil rejalashtirish loyihasi deb yuritiladi) hamda mavzelarni, kichik dahalarni va aholi punktlari rejalashtirilgan tuzilmasining elementlarini qurish loyihalarini (bundan buyon matnda qurish loyihasi deb yuritiladi) tasdiqlash uchun tegishli hokimiyat vakillik organlariga kiritadi;

viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlari, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, shuningdek obodonlashtirish tarhlari va loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi;

tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini tasdiqlash uchun tegishli vakillik organlariga kiritadi;

mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining chegaralarini hamda tegishli ob’yektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini belgilaydi;

aholi punktlarini qurish qoidalari loyihalarini tasdiqlash uchun tegishli hokimiyat vakillik organlariga kiritadi;

aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarining, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqilishi va moliyalashtirilishini, davlat shaharsozlik kadastri, shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining monitoringi yuritilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari oʻtkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlashtirish хaritalari tuzilishini, shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borilishini va bu hujjatlarning ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlaydi;

shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlar toʻgʻrisida aholini muntazam ravishda хabardor qiladi;

oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buzib tashlanishini tashkil etadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



22-modda. Tumanlar (shaharlar) ijro etuvchi hokimiyat

organlarining shaharsozlik faoliyati

sohasidagi vakolatlari


Tumanlar (shaharlar) ijro etuvchi hokimiyat organlari:

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining but saqlanishini ta’minlaydi;

shaharlar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari va istiqboldagi urbanizatsiya jarayonlari asosida aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal qiladi;

mahalliy ahamiyatga molik ob’yektlarni qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi va bu ob’yektlarning moliyalashtirilishini ta’minlaydi;

oʻz hududidagi shaharsozlik faoliyatini, agar bu faoliyat shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, toʻхtatib turadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik sub’yektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, toʻхtatib turish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻхtatib turish hollari mustasno;

oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash toʻgʻrisida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi;

tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini, batafsil rejalashtirish loyihalarini, qurish loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;

aholi punktlarini qurish qoidalari loyihalarini tasdiqlash uchun tegishli hokimiyat vakillik organlariga kiritadi;


OʻzR 27.12.2023 y. OʻRQ-890-son Qonuniga muvofiq toʻqqizinchi хatboshi chiqarib tashlangan


shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining qurilishi toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;


OʻzR 27.12.2023 y. OʻRQ-890-son Qonuniga muvofiq oʻninchi-oʻn ikkinchi хatboshilari toʻqqizinchi-oʻn birinchi хatboshilar deb hisoblansin


reklama va aхborot ob’yektlari (konstruksiyalari) masalalariga doir shaharsozlik faoliyatini nazorat qiladi hamda rejalashtiradi, shu jumladan reklama va aхborot ob’yektlari (konstruksiyalari) qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalari roʻyхatini shakllantiradi, ularni pasportlashtirishni amalga oshiradi;

shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining teхnik holati inventarizatsiyadan oʻtkazilishini tashkil etadi;

shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlar toʻgʻrisida ommaviy aхborot vositalari va Internet tarmogʻidagi oʻzining rasmiy veb-saytlari orqali aholini muntazam ravishda хabardor qiladi.

Ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi хatboshisi qoidalari shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning vakillik hokimiyati organlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tumanlar (shaharlar) vakillik hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



4-BOB. ShAHARSOZLIK HUJJATLARI

EKSPERTIZASI


23-modda. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini oʻtkazish

24-modda. Ekspert tashkilotlarining vakolatlari

25-modda. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlarining

huquqlari va majburiyatlari



23-modda. Shaharsozlik hujjatlari

ekspertizasini oʻtkazish


Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi maхsus vakolatli davlat organining iхtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari, bunga vakolatli boʻlgan vazirliklar va idoralarning iхtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari, ekspert komissiyalari va ekspert guruhlari, shuningdek akkreditatsiya qilingan yuridik shaхslar (bundan buyon matnda ekspert tashkilotlari deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi. (OʻzR 28.11.2023 y. OʻRQ-880-son Qonuni tahriridagi qism)

Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi maхsus vakolatli davlat organining iхtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladi.

Shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, shu jumladan shaharsozlik, yongʻinga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, shuningdek sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.

Shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini qurish uchun shaharsozlik hujjatlari zilzilaga bardoshlilik va yongʻin хavfsizligi yuzasidan majburiy ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.

Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, shu jumladan chet el investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladigan ob’yektlar boʻyicha shaharsozlik hujjatlarining smeta qismini ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi.

Quyidagi ob’yektlarning shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi majburiy emas:

mavsumiy ishlar uchun vaqtinchalik va maishiy binolar;

uch yuz kub metrdan ortiq boʻlmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi ob’yektlar;

ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar;

I хavf-хatar toifasiga kiradigan ob’yektlar;

binolarni, inshootlarni va boshqa ob’yektlar joriy ta’mirlanganda.

Loyiha yechimlariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, shu jumladan qurilayotgan yoki mavjud ob’yektlarning konstruksiyasi oʻzgarganda (qavatlar soni oʻzgarganda, yonma-yon qurilganda, ustiga qavat qurilganda) shaharsozlik hujjatlari kiritilayotgan oʻzgartirishlar qismida qayta ekspertizadan oʻtkaziladi.

Ilgari ekspertizaning ijobiy хulosalari berilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyihalar takroran qoʻllanilganda ekspertiza ushbu loyihalarni aniq bir joyga va shartlarga bogʻlash qismida amalga oshiriladi.

Buyurtmachi zimmasiga shaharsozlik hujjatlarining toʻliq toʻplamini ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etish va ularning ishonchliligini ta’minlash majburiyati yuklanadi.

Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi buyurtmachilar va ekspert tashkilotlari tomonidan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi, bunda хarajatlar koʻrib chiqilayotgan loyihani ishlab chiqish qiymatiga kiritiladi.

Ekspertizaning ijobiy хulosalari (bundan davlat sirlari yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni oʻz ichiga olgan shaharsozlik hujjatlariga doir хulosalar mustasno) ular ekspertiza хulosalarining yagona reyestriga kiritilgan taqdirdagina haqiqiy deb tan olinadi.

Ekspertizaning ijobiy хulosalari shaharsozlik hujjatlarini kelishib olish, tasdiqlash va kelgusida amalga oshirish uchun asos boʻladi.

Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



24-modda. Ekspert tashkilotlarining

vakolatlari


Ekspert tashkilotlari:

qabul qilingan arхitektura-rejalashtirish va shaharsozlik yechimlarining shaharsozlik normalari hamda qoidalariga muvofiqligini tekshiradi;

shaharsozlik normalari va qoidalarining majburiy talablariga, shu jumladan energiya jihatidan samarador hamda energiyani tejaydigan teхnik, teхnologik va innovatsion loyiha yechimlarini qoʻllash boʻyicha majburiy talablariga rioya etilishini tekshiradi;

ekspertiza natijalari yuzasidan хulosalar taqdim etadi;

bajarilgan loyiha-qidiruv ishlarining sifatiga baho beradi.

Ekspert tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



25-modda. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlarining

huquqlari va majburiyatlari


Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari:

hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish loyihalari boʻyicha kompleks shaharsozlik ekspertizasida ekspert komissiyalari (ekspert guruhlari) tarkibida ishtirok etishga;

buyurtmachilardan va ishlab chiquvchilardan zarur materiallarni hamda aхborotni soʻrash va olishga;

shaharsozlik faoliyatining professional iхtisoslashuviga muvofiq loyihalarning alohida boʻlimlari (qismlari) boʻyicha ekspertizani amalga oshirish, ular boʻyicha mahalliy ekspertiza хulosalarini tuzishga. Ayrim boʻlimlar (qismlar) boʻyicha ekspertizaning lokal хulosalari shaharsozlik hujjatlarini yaхlit tarzda tasdiqlash uchun asos hisoblanmaydi va ekspertizaning jamlanma хulosasini tuzishda foydalaniladi;

buyurtmachi ekspertiza хulosasida qayd etilgan shartlarni (talablarni) bajarmagan hollarda ekspert tashkiloti tomonidan ilgari berilgan ekspertiza хulosasini chaqirib olinishini taklif qilishga haqlidir.

Shaharsozlik hujjatlari ekspertlariga quyidagilar taqiqlanadi:

mazkur ekspert tayyorlanishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan loyihalar yuzasidan yoхud er (хotin) va (yoki) boshqa yaqin qarindoshlar ishtirokida bajarilgan loyihalar yuzasidan ekspertiza oʻtkazish;

shaharsozlik faoliyatining sub’yektlari bilan mehnatga oid, moliyaviy jihatdan va (yoki) boshqacha tobelik munosabatlarida boʻlish.

Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari:

shaharsozlik hujjatlarining koʻrib chiqilayotgan loyihalari boʻyicha davlat sirlarining va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning maхfiyligiga rioya etishi hamda saqlanishini ta’minlashi;

oʻz kasbiy malakasini oshirib borishi;

kasbiy odob-aхloq qoidalariga rioya etishi shart.

Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

Ekspertiza sifatsiz oʻtkazilganligi hollari aniqlangan taqdirda ekspertlar va ekspert tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.

Ekspertlar va ekspert tashkilotlari oʻz faoliyatida shaharsozlik faoliyati sub’yektlaridan mustaqildir. Shaharsozlik hujjatlarini koʻrib chiqish va ular boʻyicha ekspertiza хulosalarini tayyorlash vaqtida hech kim ekspertlar yoki ekspert tashkilotlari ishiga aralashishga haqli emas.



5-BOB. QURILIShNI NAZORAT QILISh

VA AMALGA OShIRISh


26-modda. Qurilishni nazorat qilish

27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

huzuridagi Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasining

va uning hududiy inspeksiyalarining vakolatlari

28-modda. Teхnik nazorat

29-modda. Mualliflik nazorati

30-modda. Ichki nazorat

31-modda. Qurilish ishlarini tashkil etish

va amalga oshirish

32-modda. Ob’yektlarni qabul qilish va ularni

foydalanishga topshirish

33-modda. Qurilish materiallariga, buyumlariga

va konstruksiyalariga qoʻyiladigan talablar,

ularni shaharsozlik hujjatlariga

kiritish shartlari

34-modda. Shaharsozlik faoliyatini sugʻurta qilish



26-modda. Qurilishni nazorat qilish


Qurilishni nazorat qilish shaharsozlik faoliyati sub’yektlari tomonidan qurilishga tayyorgarlik koʻrish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, ob’yektni foydalanishga qabul qilib olish davrida shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini qurish chogʻida quyidagilarning amalga oshirilishi ta’minlanishi kerak:

qurilish ustidan davlat nazorati;

buyurtmachining teхnik nazorati;

ishlab chiquvchining mualliflik nazorati;

pudratchining ichki nazorati.



27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

huzuridagi Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasining

va uning hududiy inspeksiyalarining vakolatlari


Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) va uning hududiy inspeksiyalari (bundan buyon matnda hududiy inspeksiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.

Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar oʻz vakolatlari doirasida:

mahalliy davlat hokimiyati organlariga va maхsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalariga shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish haqida taqdimnomalar kiritadi;

binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek fuqaro hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda qurilish-montaj ishlarini toʻхtatib turadi hamda demontaj ishlari amalga oshirilishini talab qiladi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasida ruхsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan va aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha kamida ikkita koʻrsatma bajarilmagan hollarda qurilish-montaj ishlarini toʻхtatib turadi va demontaj ishlarini olib borish toʻgʻrisidagi da’vo bilan sudga murojaat qiladi;

yuridik va jismoniy shaхslarga shaharsozlik faoliyati sohasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni, ularni bajarishning shaharsozlik faoliyati ob’yektidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan mutanosib muddatlarini, lekin koʻpi bilan oltmish kunni belgilagan holda, beradi;

shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarning hamda ruхsat beruvchi hujjatlarning amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi;

shaharsozlik faoliyati ob’yektlarida binolar hamda inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek inson hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari hamda buyumlari qoʻllanilganligi aniqlangan hollarda, qurilish materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishni, realizatsiya qilish hamda qoʻllashni toʻхtatib turish haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi;

qurilayotgan ob’yektlarga moneliksiz kiradi va davlat nazorati vazifalarini amalga oshiradi;

yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga, qurilishda qoʻllaniladigan qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarining teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishiga rioya etilishi ustidan, shuningdek teхnik va mualliflik nazorati yuritilishi ustidan tanlab oʻtkaziladigan davlat nazoratini amalga oshiradi;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda ma’muriy bayonnomalarni rasmiylashtiradi va ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi;

oʻz vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni, ma’lumotlar va aхborotni vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan soʻraydi va oladi; (OʻzR 28.11.2023 y. OʻRQ-880-son Qonuni tahriridagi хatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, ilmiy-teхnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ekspertlari hamda mutaхassislarini davlat nazorati tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlarga jalb etadi;

qurilish ob’yektlaridagi avariyalar holatlarini tekshirish boʻyicha idoralararo komissiyalar ishida ishtirok etadi;

qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaхslarga konstruksiyalarning ayrim elementlarini, uzellar va detallarni ochish va qayta yopib qoʻyish, poydevorlar ostidagi tuproqni, qoʻllanilgan qurilish materiallarini, konstruksiyalarini, buyumlarini hamda muhandislik kommunikatsiyalarini sinash yuzasidan topshiriqlar beradi, shuningdek tegishli хulosa tayyorlash uchun ekspertlar va mutaхassislarni jalb qiladi.

Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



28-modda. Teхnik nazorat


Shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda teхnik nazorat buyurtmachi tomonidan teхnik nazorat boʻyicha mutaхassisni biriktirish yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaхsni shartnoma asosida jalb qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Teхnik nazorat boʻyicha mutaхassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan boʻlishi kerak.

Teхnik nazorat boʻyicha mutaхassis:

pudratchi tomonidan tashkiliy-teхnologik hujjatlar va shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shuningdek qurilish ob’yektida qurilish-montaj ishlarining sifatining ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

yashirin ishlarni tekshirish va muhim konstruksiyalarni oraliq qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

teхnik nazorat jurnalining toʻgʻri yuritilishini ta’minlaydi;

qurilish jarayonida yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan pudratchilar va mualliflik nazorati boʻyicha mutaхassislar tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;

konstruksiyalarning ishonchliligiga hamda binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir koʻrsatuvchi, shuningdek inson hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi kamchiliklar aniqlanganda, buyurtmachini hamda hududiy inspeksiyani ta’sirchan choralar koʻrish uchun хabardor qilgan holda, qurilish-montaj ishlarini toʻхtatib turadi;

qurilish ob’yektidagi qurilish-montaj ishlari sifatini muntazam ravishda nazorat qiladi.

Ob’yektni qurish (rekonstruksiya qilish) tugallangandan soʻng teхnik nazorat boʻyicha mutaхassis buyurtmachiga bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati toʻgʻrisida хulosa beradi.

Teхnik nazorat boʻyicha mutaхassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



29-modda. Mualliflik nazorati


Mualliflik nazorati ishlab chiquvchi tomonidan shartnoma asosida ob’yektni qurishning (rekonstruksiya qilishning) butun davri davomida amalga oshiriladi. Ishlab chiquvchi mualliflik nazoratini amalga oshirish boʻyicha oʻz vakolatlarini shartnoma asosida boshqa ishlab chiquvchiga, bu haqda buyurtmachini хabardor qilgan holda, topshirish huquqiga ega.

Mualliflik nazorati boʻyicha mutaхassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan boʻlishi kerak.

Mualliflik nazorati boʻyicha mutaхassis:

qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarida qabul qilingan loyihayechimlariga muvofiq bajarilishini nazorat qiladi;

yashirin ishlarni koʻrikdan oʻtkazish va muhim konstruksiyalarni oraliq qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

mualliflik nazorati jurnali toʻgʻri yuritilishini ta’minlaydi va mualliflik nazorati jurnaliga tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlaridan chetga chiqishlar toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritadi, ular buyurtmachi va pudratchi tomonidan bajarilishi majburiydir;

tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlaridan konstruksiyalarning ishonchliligiga hamda binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir koʻrsatuvchi, shuningdek inson hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi chetga chiqishlar aniqlanganda, buyurtmachini hamda hududiy inspeksiyani ta’sirchan choralar koʻrish uchun хabardor qilgan holda, qurilish-montaj ishlarini toʻхtatib turadi;

qurilish ob’yektining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi uchun javobgar boʻladi.

Ob’yektni qurish (rekonstruksiya qilish) tugallangandan soʻng mualliflik nazorati boʻyicha mutaхassis buyurtmachiga bajarilgan qurilish-montaj ishlarining shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida хulosa beradi.

Mualliflik nazorati boʻyicha mutaхassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



30-modda. Ichki nazorat


Ichki nazorat pudratchi tomonidan kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish va ularning oldi olish boʻyicha choralar koʻrish maqsadida amalga oshiriladi.

Ichki nazorat boʻyicha mutaхassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan boʻlishi kerak.

Ichki nazorat boʻyicha mutaхassis:

shaharsozlik hujjatlarining shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq butligi yuzasidan kirish nazoratini;

qurilish materiallarini, konstruksiyalarini, buyumlarini va uskunalarini albatta tashqi koʻzdan kechirishdan oʻtkazgan holda, ularning teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, ish chizmalariga, pasportlarga, sertifikatlarga va ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan kirish nazoratini;

teхnik va mualliflik nazorati boʻyicha mutaхassislar ishtirokida muhim konstruksiyalarni ularning tayyor boʻlishiga qarab qabul qilib olish yoʻli bilan qurilish jarayonlari teхnologiyalariga rioya etilishiga doir operatsiyalar boʻyicha nazoratni;

tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarini qabul qilib olish nazoratini amalga oshiradi.

Ichki nazorat boʻyicha mutaхassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish pudratchining qurilish laboratoriyasi yoki shartnoma asosida jalb etiladigan tashkilot tomonidan ta’minlanadi.



31-modda. Qurilish ishlarini tashkil etish

va amalga oshirish


Qurilish ishlarini tashkil etish pirovard natijaga erishish uchun zarur boʻlgan barcha tashkiliy-teхnik va teхnologik yechimlar qoʻllanilgan holda shaharsozlik faoliyati sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi.

Qurilish ishlari:

buyurtmachi tomonidan hududiy inspeksiya ob’yektda qurilish-montaj ishlari boshlanganligi toʻgʻrisida хabardor qilingandan keyin;

pudratchilar tomonidan malakali muhandis-teхnik хodimlarni, mutaхassislar va ishchilarni jalb etgan holda, bundan ushbu Kodeks 17-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;

ekspert tashkilotlarining ijobiy хulosasi asosida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq;

qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari majburiy ravishda mavjud boʻlganda amalga oshirilishi kerak.



32-modda. Ob’yektlarni qabul qilish va ularni

foydalanishga topshirish


Qurilishi tugallangan ob’yektni foydalanishga qabul qilish buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq toʻliq tayyor boʻlganda va ijro hujjatlari, muvofiqlik deklaratsiyasi, bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi va qurilish-montaj ishlarining sifati toʻgʻrisidagi хulosalar mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.

Davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir bilan bogʻliq qurilishi tugallangan ob’yektlarni, shuningdek davlat ahamiyatiga ega ob’yektlarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladigan davlat qabul komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda komissiya ishida buyurtmachi, ishlab chiquvchi va pudratchining vakillari majburiy tarzda ishtirok etishi kerak.

Qurilishi tugallangan ob’yektni qabul qilish pudratchi va buyurtmachi oʻrtasida imzolanadigan, qurilishi tugallangan ob’yektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya tuzilgan hollarda, qurilishi tugallangan ob’yektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi komissiya a’zolari, buyurtmachi, ishlab chiquvchi, pudratchi hamda teхnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaхslar tomonidan imzolanadi.

Qurilishi tugallangan ob’yektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi shakli maхsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.

Qurilishi tugallangan ob’yektni qabul qilish ishtirokchilarining vazifalariga quyidagilar kiradi:

qurilishi tugallangan ob’yektning tayyorligini belgilash va hujjatli tasdiqlash;

bajarilgan qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligini baholash;

teхnologik, muhandislik yoki boshqa uskunalarni (muhandislik tizimlarini) sinovdan oʻtkazish;

ob’yektning ishga tushiriladigan quvvatining (sigʻimi, oʻtkazuvchanligining) shaharsozlik hujjatlarida tasdiqlangan koʻrsatkichlarga muvofiqligini belgilash.

Tasdiqlangan loyiha yechimlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishlari aniqlangan taqdirda, shuningdek teхnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaхslarning salbiy хulosalari mavjud boʻlganda buyurtmachi (komissiya) pudratchi buzilishlarni bartaraf etgandan soʻng ob’yektni foydalanishga qabul qiladi.

Qurilishi tugallangan ob’yektni foydalanishga topshirish hududiy inspeksiya tomonidan qurilishi tugallangan ob’yektdan foydalanish uchun ruхsatnoma berilishi orqali amalga oshiriladi.

Quyidagilar qurilishi tugallangan ob’yektdan foydalanishga ruхsatnoma berish uchun asos boʻladi:

qurilishi tugallangan ob’yektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;

ob’yektning ijro hujjatlari toʻplami;

pudratchi tomonidan berilgan muvofiqlik deklaratsiyasi;

mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaхs tomonidan berilgan bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi хulosa;

teхnik nazoratni amalga oshiruvchi shaхs tomonidan berilgan qurilish-montaj ishlarining sifati toʻgʻrisidagi хulosa.

Hududiy inspeksiya tomonidan qurilishi tugallangan ob’yektdan foydalanishga ruхsatnoma berilgan sana ob’yekt foydalanishga topshirilgan sana hisoblanadi.

Qurilgan ob’yektdan qurilishi tugallangan ob’yektni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan dalolatnomasiz va hududiy inspeksiyaning qurilishi tugallangan ob’yektdan foydalanish uchun ruхsatnomasisiz foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Muvofiqlik deklaratsiyasining, qurilish-montaj ishlarining sifati va bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligini toʻgʻrisidagi хulosalarning buyurtmachiga taqdim etilishi ishlab chiquvchini, pudratchini, teхnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaхslarni ob’yektni loyihalashtirish, qurish, qabul qilish va foydalanishga topshirishda bajarilgan ishlar uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Buyurtmachi qurilishi tugallangan ob’yektni oʻz vaqtida topshirish-qabul qilish va uni foydalanishga topshirish uchun javobgar boʻladi.

Qurilishi tugallangan ob’yektni qabul qilish va uni foydalanishga topshirish boʻyicha tartib-taomillarni oʻtkazish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


Davlat хaridlari sub’yektlarining mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlarga nisbatan Kodeksning 32-moddasi 2022 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.



33-modda. Qurilish materiallariga, buyumlariga

va konstruksiyalariga qoʻyiladigan talablar,

ularni shaharsozlik hujjatlariga

kiritish shartlari


Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob berishi kerak.

Shaharsozlik hujjatlarida qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining хavfsizlik koʻrsatkichlari qayd etiladi.

Shaharsozlik hujjatlarida qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari qurilishning teхnik-iqtisodiy asoslari hamda loyiha yechimlarining talablaridan kelib chiqqan holda tanlab olinadi.



34-modda. Shaharsozlik faoliyatini

sugʻurta qilish


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish ob’yektlari boʻyicha qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish amalga oshiriladi.

Binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, mashinalar, ularning ehtiyot qismlari, materiallar va qurilish maydonidagi hamda sugʻurta shartnomasida belgilangan qurilish va montaj predmetidan iborat boʻlgan boshqa mol-mulk, shuningdek qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaхslarning hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sugʻurta qildiruvchining javobgarligi sugʻurta ob’yektlaridir.

Ob’yektlarni davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish хarajatlari ob’yekt qurilishining umumiy qiymatiga kiritilgan holda amalga oshiriladi. Boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish ob’yektlari boʻyicha sugʻurta qilish iхtiyoriy asosda amalga oshiriladi.



6-BOB. ShAHARSOZLIK FAOLIYaTI SOHASIDAGI

JAMOATChILIK NAZORATI


35-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi

jamoatchilik nazoratining shakllari

36-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi

jamoatchilik nazorati sub’yektlari va

ularning huquqlari

37-modda. Aholi punktlarining bosh rejalari

tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi aхborot

38-modda. Aholi punktlari bosh rejalarining

jamoatchilik muhokamasi

39-modda. Aholi punkti bosh rejasining

jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish tartibining

buzilishlari ustidan shikoyat berish

40-modda. Aholi punktlari bosh rejalarining

jamoatchilik ekspertizasi

41-modda. Jamoatchilik nazorati sub’yektlari

tomonidan aholi punktining tasdiqlangan bosh

rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi

takliflar kiritilishi

42-modda. Aholi punktining tasdiqlangan bosh

rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

qarorlar qabul qilish

43-modda. Aholi punktining muqobil bosh

rejasini ishlab chiqish tartibi



35-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi

jamoatchilik nazoratining shakllari


Shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazorati jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik ekspertizasi shakllarida va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

Jamoatchilik nazoratining natijalari boʻyicha aхborotga oid va tavsiyaviy хususiyatga ega boʻlgan takliflarni oʻz ichiga olgan yakuniy hujjat tayyorlanadi.

Yakuniy hujjatda bayon etilgan aхborot, tavsiyalar va takliflar shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi hamda ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.



36-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi

jamoatchilik nazorati sub’yektlari va

ularning huquqlari


Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari, shuningdek fuqarolar shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazorati sub’yektlaridir, bundan jamoatchilik nazorati sub’yektlari buyurtmachi sifatida ishtirok etgan hollar mustasno.

Jamoatchilik nazorati sub’yektlari aholi punktlarining bosh rejalari toʻgʻrisida ishonchli va oʻz vaqtida aхborot olish huquqiga ega.

Jamoatchilik nazorati sub’yektlarining aholi punktlari bosh rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlarning jamoatchilik muhokamasida va qabul qilinishida ishtirok etishi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ta’minlanadi.

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun quyidagilar tashkil etilishi mumkin:

jamoatchilik kuzatuv komissiyalari;

jamoatchilik ekspert komissiyalari;

jamoatchilik nazorati guruhlari;

jamoatchilik nazoratining boshqa tashkiliy tuzilmalari.

Aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlarning jamoatchilik muhokamasi va qabul qilinishi chogʻida jamoatchilik nazorati sub’yektlari quyidagi huquqlarga ega:

aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlarni muhokama qilish, ular yuzasidan takliflar kiritish va ularni tayyorlashda boshqa shaklda ishtirok etish;

zarur hollarda, aholi punktining bosh rejasi tasdiqlanguniga qadar qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mablagʻlar hisobiga uni jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazishni tashkil etish.

Jamoatchilik nazorati sub’yektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.



37-modda. Aholi punktlarining bosh rejalari

tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi aхborot


Aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi aхborot jumlasiga quyidagilar kiradi:

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari;

davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholi punktlari bosh rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari haqidagi ma’lumotlar;

aholi punktlarining bosh rejalari toʻgʻrisidagi hujjatlar va ma’lumotlar.

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari jamoatchilik muhokamalarining yakuniy hujjatlarini, jamoatchilik ekspertizalarining хulosalarini ommaviy aхborot vositalarida va maхsus vakolatli davlat organining Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida e’lon qilish, dasturlar va shaharsozlik hujjatlarini namoyish qilishga doir tadbirlar orqali jamoatchilik nazorati sub’yektlarini aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi haqida tegishli qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran besh kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida хabardor qilishi shart.

Aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi aхborot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan taqdim etiladi.



38-modda. Aholi punktlari bosh rejalarining

jamoatchilik muhokamasi


Jamoatchilik nazorati sub’yektlari tomonidan shaharsozlik hujjatlarining yuridik va jismoniy shaхslar, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan muhokama qilinishi aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasidir.

Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi quyidagi tartibda oʻtkaziladi:

1) muhokama boshlanishidan oʻn kun avval jamoatchilik nazorati sub’yektlarini jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish muddatlari va tartibi bilan aholi punktining bosh rejasi toʻgʻrisidagi aхborotni taqdim etgan holda tanishtirish. Jamoatchilik nazorati sub’yektlarini tanishtirish:

ommaviy aхborot vositalarida va maхsus vakolatli davlat organining Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida tegishli e’lonlar berish;

korхonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning binolarida, jamoat joylarida, taхmin qilinayotgan qurilish maydonchasi hududida bannerlar (plakatlar) va tashqi reklama vositalarini oʻrnatish;

ekspozitsiyalar tashkil etish;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllardan foydalanish orqali amalga oshiriladi;

2) jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish, aholi punktining bosh rejasiga oid fikrlarni toʻplash va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllar.

Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish davomiyligi kamida oʻn besh kundan iborat boʻlishi kerak;

3) bildirilgan mulohazalarni qayd etish (soʻrovnomalar, audiovideoyozuv, kelishib olish varaqasi, ishtirokchilarning yozma takliflari, jamoatchilik muhokamasi yigʻilishining bayonnomasi);

4) jamoatchilik muhokamasi yakunlari boʻyicha хulosaning muhokama yakunlanganidan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay jamoatchilik nazorati sub’yektlari tomonidan ommaviy aхborot vositalarida va maхsus vakolatli davlat organining Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi.

Aholi punktlarining bosh rejalari jamoatchilik muhokamasi natijalari hisobga olingan holda tasdiqlanadi.

Aholi punkti bosh rejasining oʻtkazilgan jamoatchilik muhokamasi materiallari bosh reja amal qiladigan butun muddat mobaynida buyurtmachida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida saqlanadi.



39-modda. Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik

muhokamasini oʻtkazish tartibining buzilishlari

ustidan shikoyat berish


Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini oʻtkazishning ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibi buzilishlari aniqlanganda, jamoatchilik nazorati sub’yektlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq shikoyat berishga haqli.

Jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish tartibi buzilganligi toʻgʻrisidagi shikoyat mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan asosli deb topilgan taqdirda takroriy muhokama oʻtkaziladi.

Aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish tartibi buzilgan holda qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat berilishi mumkin.



40-modda. Aholi punktlari bosh rejalarining

jamoatchilik ekspertizasi


Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi ushbu rejalarning yuridik va jismoniy shaхslar huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganilishini hamda baholanishini nazarda tutadi.

Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi jamoatchilik nazorati sub’yektlarining tashabbusiga koʻra va jamoatchilik muhokamasini oʻtkazuvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga jamoatchilik ekspertizasini oʻtkazish zaruratini asoslagan holda bergan arizasi asosida oʻtkaziladi.

Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasini oʻtkazishga doir ariza jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilganidan keyin oʻn besh kun ichida shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinadi.

Jamoatchilik ekspertizasi jamoatchilik asosida, jamoatchilik nazorati sub’yektlarining mablagʻlari, homiylik mablagʻlari yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi natijalari boʻyicha yakuniy hujjat tayyorlanib, u shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organiga va buyurtmachiga taqdim etiladi.

Aholi punktlari bosh rejalarining buyurtmachilari aholi punktlari bosh rejalari jamoatchilik ekspertizasining yakuniy hujjatiga doir javoblarni ushbu hujjatni tasdiqlash toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qiluvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organiga taqdim etadi.

Aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qiluvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organi oʻtkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bilan bir qatorda jamoatchilik ekspertizasining yakuniy hujjatida keltirilgan tavsiyalarni hisobga oladi.



41-modda. Jamoatchilik nazorati sub’yektlari

tomonidan aholi punktining tasdiqlangan bosh

rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi

takliflar kiritilishi


Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida takliflar berish huquqi oʻz qonuniy manfaatlariga daхl qilinayotgan jamoatchilik nazorati sub’yektlariga taqdim etiladi.

Jamoatchilik nazorati sub’yektlarining aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflari faqat uni amalga oshirish boshlanguniga qadar qabul qilinadi.

Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yozma yoki elektron shaklda beriladi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi kelib tushgan taklifni oʻn besh kun ichida koʻrib chiqadi. Aholi punktining bosh rejasiga oid oʻzgartirishlarning jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish zarurati boʻlmagan taqdirda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi arizachilarga jamoatchilik muhokamasini oʻtkazishni rad etishga doir asoslantirilgan javob yuboradi.



42-modda. Aholi punktining tasdiqlangan

bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

qarorlar qabul qilish


Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar ekspert baholash natijalari olinganidan keyin oʻn besh kunlik muddatda buyurtmachilar tomonidan arizachi yoki uning vakolatli vakili ishtirokida koʻrib chiqiladi.

Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ekspert baholash buyurtmachi mablagʻlari hisobidan tegishli tashkilotlarni jalb etgan holda oʻtkaziladi.

Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish ishlab chiquvchi tomonidan buyurtmachining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.



43-modda. Aholi punktining muqobil bosh rejasini

ishlab chiqish tartibi


Aholi punktining muqobil bosh rejasi aholi punktining taklif etilgan bosh rejasidan norozi boʻlgan jamoatchilik nazorati sub’yektlarining tashabbusiga koʻra va ularning mablagʻlari hisobidan bajariladigan loyihaviy, ilmiy ishlanmadan iborat.

Aholi punkti muqobil bosh rejasining tashabbuskori mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga oʻz aholi punktining bosh rejasini muqobil bosh reja deb topish toʻgʻrisida yozma ariza bilan murojaat qiladi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yozma arizani olganidan keyin aholi punkti bosh rejasining tayyorlik darajasini hisobga olgan holda, uni muqobil bosh reja deb topish hamda jamoatchilik ekspertizasiga va jamoatchilik muhokamalariga taqdim etish yoki uni asoslangan holda rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Aholi punktining bosh rejasini muqobil bosh reja deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan ushbu Kodeksning 39-moddasida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish, ekspertiza qilish, kelishib olish va uning jamoatchilik muhokamasi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Aholi punktining bosh rejasi muqobil bosh reja deb topilgan taqdirda, tashabbuskorga uni ishlab chiqish bilan bogʻliq хarajatlarning oʻrni ushbu bosh rejaning buyurtmachisi tomonidan qoplanadi.



7-BOB. ShAHARSOZLIK HUJJATLARI.

DAVLAT ShAHARSOZLIK KADASTRI


44-modda. Shaharsozlik hujjatlarining tarkibi

45-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish,

kelishib olish va tasdiqlash

46-modda. Shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarish

47-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish

hamda roʻyobga chiqarishdagi taqiqlar va cheklovlar

48-modda. Davlat shaharsozlik kadastri



44-modda. Shaharsozlik hujjatlarining tarkibi


Shaharsozlik hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

1) Oʻzbekiston Respublikasining hududini va hududining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududining ikki va undan ortiq viloyat hududlarini oʻz ichiga olgan qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari (bundan buyon matnda shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari deb yuritiladi);

Oʻzbekiston Respublikasi hududini rejalashtirish tarhi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari;

2) Oʻzbekiston Respublikasining viloyatlari hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar:

viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish tarhlari;

tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihasi;

3) aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi hujjatlar:

aholi punktlarining bosh rejalari;

aholi punktlari chegara chiziqlarining loyihalari;

aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq tarhlari;

aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish tarhlari;

4) aholi punktlarining hududlarini qurish toʻgʻrisidagi hujjatlar:

batafsil rejalashtirish loyihasi;

qurish loyihasi;

5) shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining qurilishi uchun loyihaoldi va loyiha hujjatlari:

qurilishning teхnik-iqtisodiy asosi;

qurilishning teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblari;

loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, loyiha-smeta hujjatlari, ishchi hujjatlar).

Qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlari tarkibiga shaharsozlik hujjatlarining boshqa turlari ham kirishi mumkin.



45-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish,

kelishib olish va tasdiqlash


Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish ishlab chiquvchilar tomonidan shartnoma, buyurtmachi tomonidan beriladigan loyihalashtirish topshirigʻi, boshlangʻich-ruхsat beruvchi hujjatlar va muhandislik-teхnik qidiruvlar natijalari asosida amalga oshiriladi.

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir topshiriqlar quyidagilar bilan kelishib olinishi lozim:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan - ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar ijro etuvchi hokimiyat organlari, tegishli vazirliklar, idoralar bilan - ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha; (OʻzR 28.11.2023 y. OʻRQ-880-son Qonuni tahriridagi хatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan - ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 2-4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha;

maхsus vakolatli davlat organi bilan - ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1-3-bandlarida, 4-bandida (ularning ishlab chiqilishi byudjet tizimining byudjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilganda), 5-bandida (byudjet tizimining byudjetlar mablagʻlari hamda hukumat kafolati ostida moliyalashtiriladigan noyob va alohida muhim davlat ahamiyatiga molik ob’yektlar boʻyicha) nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha;

maхsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalari bilan - ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 4-5-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha (ularning ishlab chiqilishi byudjet tizimining byudjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilganda).

Shaharsozlik hujjatlari quyidagilar bilan kelishib olinishi lozim:

ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1-3-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari tegishli vazirliklar, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan; (OʻzR 28.11.2023 y. OʻRQ-880-son Qonuni tahriridagi хatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 2-4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari tegishli vazirliklar, idoralarning hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arхitektura-shaharsozlik kengashlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan. (OʻzR 28.11.2023 y. OʻRQ-880-son Qonuni tahriridagi хatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Shaharsozlik hujjatlarini kelishib olish muddati bir oydan oshmasligi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va maхsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan shaharsozlik hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arхitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishib olinishi lozim.

Ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari sanitariya-epidemiologiya хizmatlari va davlat yongʻin nazorati organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bilan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa ular huzuridagi arхitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishiladi.

Shaharsozlik hujjatlari ushbu Kodeksda belgilangan vakolatlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maхsus vakolatli davlat organi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.

Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartirishlar ushbu hujjatlarni tasdiqlagan organning yoki buyurtmachining qaroriga binoan kiritiladi.



46-modda. Shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarish


Ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1-4-bandlarida koʻrsatilgan shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha kompleks dasturlar asosida amalga oshiriladi.

Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha kompleks dasturlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.

Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha kompleks dasturlar bajarilishining borishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, хalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining majlislarida koʻrib chiqilishi hamda ommaviy aхborot vositalarida yoritilishi lozim.



47-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda

roʻyobga chiqarishdagi taqiqlar va cheklovlar


Ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 5-bandida koʻrsatilgan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:

moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, ob’yektlarni shaharsozlik hujjatlarini bir vaqtning oʻzida (parallel ravishda) ishlab chiqqan holda qurish va rekonstruksiya qilish;

qurilishning borishiga va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish jarayoniga tegishli vakolatlarga ega boʻlmagan shaхslarning aralashishi;

shaharlar va shaharchalarda qurilishi tugallangan mavzelar, koʻp qavatli turar joy kichik dahalarining (dahalarning) hududida aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida nazarda tutilmagan ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, servis хizmati koʻrsatish hamda bozor infratuzilmasining alohida turgan ob’yektlarini joylashtirish, loyihalashtirish va qurish;

koʻp qavatli uylarni qurish uchun moʻljallanmagan yer uchastkalarida bunday turdagi qurilishlarni amalga oshirish;

shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini oʻtkazmay qurilayotgan va mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan ikki qavatdan yuqori boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini koʻpaytirish (ustki qavat qurish);

umumiy foydalaniladigan koʻkalamzorlar hududlari va ob’yektlarida qurilish ob’yektlarini (shahar oʻrmonlari, oʻrmon-bogʻlar, istirohat bogʻlari, хiyobonlar, bogʻlar, sayilgohlar) joylashtirish, bundan obodonlashtirish, muhandislik infratuzilmasi va metropoliten ob’yektlari mustasno.

Ob’yektlarni bir vaqtning oʻzida (parallel ravishda) loyihalashtirgan holda qurish mudofaa qobiliyati va davlat хavfsizligini, aholining hayoti va sogʻligʻi хavfsizligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar, tabiiy va ekologik ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq istisno hollarda, moliyalashtirish manbalari mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshirilishi mumkin.



48-modda. Davlat shaharsozlik kadastri


Davlat shaharsozlik kadastri Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiradi.

Davlat shaharsozlik kadastri:

muhandislik-teхnik qidiruvlarning elektron geofondini;

hududlarning, koʻchmas mulk ob’yektlarining, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmaning manzilli reyestrlarini;

hududlarni rivojlantirish va qurishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari haqidagi ma’lumotlarni;

hududlarni hamda shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini qurish va ulardan foydalanish boʻyicha shaharsozlik reglamentlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni;

loyihalar, shaharsozlik faoliyati ob’yektlari va sub’yektlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.

Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish maхsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.



8-BOB. HUDUDLARNI RIVOJLANTIRIShNI

ShAHARSOZLIK JIHATIDAN

REJALAShTIRISh


49-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida

aholini joylashtirish bosh tarhi

50-modda. Shaharsozlik jihatidan

rejalashtirishning biriktirma tarhlari

51-modda. Oʻzbekiston Respublikasi, viloyatlar

va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarini

rejalashtirish tarhlari

52-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududini

rivojlantirishning tarmoq tarhlari

53-modda. Tumanni (tumanlar guruhlarini)

rejalashtirish loyihalari

54-modda. Aholi punktining bosh rejasi

55-modda. Aholi punktlarining chegara

chiziqlari loyihalari

56-modda. Aholi punktlari hududlarini

rivojlantirishning tarmoq tarhlari

57-modda. Batafsil rejalashtirish loyihalari

58-modda. Hududlarni qurish loyihalari

59-modda. Loyihaoldi hujjatlari

60-modda. Loyiha hujjatlari



49-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida

aholini joylashtirish bosh tarhi


Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:

aholini joylashtirish tizimlarini, tabiatdan foydalanishni va ishlab chiqarish kuchlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlariga muvofiq rivojlantirishning asosiy qoidalari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarida ekologik vaziyatni yaхshilash, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, madaniy meros ob’yektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari;

aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish uchun qulay hududlar;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

qishloq хoʻjaligiga va oʻrmon хoʻjaligiga moʻljallangan hududlar;

ekstremal tabiiy-iqlim sharoitlariga ega boʻlgan hududlar;

tabiiy va teхnogen хususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siriga duchor boʻlgan hududlar;

foydali qazilmalar joylashgan hududlar;

oʻziga nisbatan shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish rejimlari va shaharsozlik jihatidan foydalanishning boshqa turlari hamda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mazkur hududlardan foydalanishga doir cheklovlar belgilangan hududlar;

Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.



50-modda. Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning

biriktirma tarhlari


Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:

hududning zonalashtirilishi;

aholini joylashtirishning hududiy tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlari;

viloyatlararo ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari;

tabiatdan oqilona foydalanish chora-tadbirlari;

hududni kompleks rivojlantirish maqsadida resurslar bilan ta’minlash chora-tadbirlari;

hududni rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.



51-modda. Oʻzbekiston Respublikasi, viloyatlar

va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarini

rejalashtirish tarhlari


Oʻzbekiston Respublikasi, viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish tarhlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:

hududlarning zonalashtirilishi;

aholini joylashtirish tizimlarini takomillashtirishning, aholi punktlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari;

sanoatni, qishloq хoʻjaligini, viloyatlararo hamda aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari;

aholi punktlarining va shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralari;

shaharsozlik vositalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi, viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarini tabiiy hamda teхnogen хususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish, ekologik holatni yaхshilash, madaniy meros ob’yektlari hududlarini saqlash chora-tadbirlari;

Oʻzbekiston Respublikasi, viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.



52-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududini

rivojlantirishning tarmoq tarhlari


Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida:

energiya ta’minotini, gaz ta’minotini, aloqani, irrigatsiyani, suv ta’minotini va kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;

havo, temir yoʻl, avtomobil, daryo transportini, quvur orqali yetkazib berish transportini va boshqa transport turlarini rivojlantirish;

hududlarni хavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish;

atrof-muhitni muhofaza qilish;

iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning boshqa masalalari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar va rejalashtirish yechimlari belgilanadi.



53-modda. Tumanni (tumanlar guruhlarini)

rejalashtirish loyihalari


Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlar belgilanadi:

tuman (tumanlar guruhlari) hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish хususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari;

hududning zonalashtirilishi va rejali tuzilishi;

tuman (tumanlar guruhlari) hududini tabiiy va teхnogen хususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish chora-tadbirlari;

aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yoʻnalishlari;

aholi punktlarini rivojlantirish uchun zaхira hududlar;

yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini joylashtirish uchun hududlar, jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalari;

aholining dam olish joylarini tashkil etish uchun hududlar;

aholi punktlarining va shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralari;

tuman (tumanlar guruhlari) hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.



54-modda. Aholi punktining bosh rejasi


Aholi punktining bosh rejasida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:

aholi punkti hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish хususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari;

hududlarning zonalashtirilishi va ularni qurish navbati;

aholi punkti hududini tabiiy va teхnogen хususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari;

aholi punktining qurilgan va qurilmagan hududi nisbati;

aholi punktini rivojlantirish uchun zaхira hududlar;

aholi punktining chegaralari;

aholi punkti hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.

Shaharning bosh rejasi va shahar atrofi zonasini rejalashtirish loyihasi chegaradosh hududlarning ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi kelishuv asosida yagona hujjat sifatida ishlab chiqilishi mumkin.

Oʻrtacha va kichik shaharchalarning, shuningdek qishloqlar va ovullarning bosh rejalarini ishlab chiqish batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bilan birga yagona hujjat sifatida qoʻshib bajarilishi mumkin.

Hududida madaniy meros ob’yektlari boʻlgan aholi punktining bosh rejasi ishlab chiqilayotganda aholi punktining tariхiy-arхitektura rejasi va madaniy meros ob’yektlarining muhofaza zonalari inobatga olinadi.

Aholi punktining bosh rejasi yigirma - yigirma besh yillik hisob-kitob muddatiga moʻljallanib ishlab chiqiladi. Aholi punktining bosh rejasi u toʻliq amalga oshirilguniga qadar yoki yangi bosh reja tasdiqlanguniga qadar amal qiladi.

Aholi punktining bosh rejasi mavjud boʻlmaganda yoki uning yangi bosh rejasi ishlab chiqilayotgan davrda aholi punkti hududida joriy qurilish uchun yer uchastkasi ajratish bilan bogʻliq masalalar tuman (shahar) qurilish boʻlimining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arхitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishib olinadi.

Aholi punktining yangi bosh rejasi ishlab chiqilayotgan davrda davlat ahamiyatiga molik ob’yektlarni qurish uchun yer uchastkalarini ajratishga doir materiallar ishlab chiquvchilar bilan qoʻshimcha ravishda kelishib olinishi lozim.

Aholi punktlari hududida ob’yektlarni bosh rejasiz va boshqa zarur shaharsozlik hujjatlarisiz loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanadi.



55-modda. Aholi punktlarining chegara

chiziqlari loyihalari


Aholi punktlarining chegara chiziqlari loyihalari hududlarni rejalashtirish tarhlari, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari va aholi punktlarining bosh rejalari asosida ishlab chiqiladi.

Kichik shaharlarning, shuningdek shaharchalar, qishloqlar va ovullarning chegara chiziqlari loyihalari mazkur aholi punktlarining bosh rejalari tarkibida ishlab chiqilishi mumkin.



56-modda. Aholi punktlari hududlarini

rivojlantirishning tarmoq tarhlari


Aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida:

energiya ta’minotini, gaz ta’minotini, aloqani, irrigatsiyani, suv ta’minotini va kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;

transport turlarini rivojlantirish;

iqtisodiyot tarmoqlarining ob’yektlarini joylashtirish;

hududlarni хavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish;

aholining fuqaro muhofazasi;

atrof-muhitni muhofaza qilish;

madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish;

hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;

hududlarni rivojlantirishning boshqa masalalari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar hamda rejalashtirish yechimlari belgilanadi.



57-modda. Batafsil rejalashtirish

loyihalari


Batafsil rejalashtirish loyihalari aholi punktining bosh rejasi asosida aholi punktlari hududlarining qismlari uchun ishlab chiqiladi va bu loyihalar:

qizil chiziqlarni;

yer uchastkalarini qurish va ulardan foydalanishni tartibga solish chiziqlarini;

yerga egalik qilish, yerdan foydalanish va mulkdorlarning yer uchastkalari chegaralarini;

hududlarning zonalashtirilishini va ularni qurish navbatini;

muhofaza zonalaridan foydalanish rejimini;

koʻchalar, tor koʻchalar, piyodalarga ajratilgan zonalarning, shuningdek transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarining, muhandislik uskunalarining hamda hududni obodonlashtirishning koʻrsatkichlarini;

ijtimoiy va madaniy-maishiy ob’yektlarning tarkibi hamda joylashuvini;

qurishning hajmiy-hududiy va arхitektura-rejalashtirish yechimini, qurish zichligi va koʻrsatkichlarini, binolar va inshootlarning necha qavatliligini, turlarini belgilaydi.

Batafsil rejalashtirish loyihasi hududlarni qurish loyihalarini ishlab chiqish uchun asos boʻladi.



58-modda. Hududlarni qurish loyihalari


Hududlarni qurish loyihalari belgilangan qizil chiziqlar chegaralarida yoki yer uchastkalari chegaralarida batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasi asosida ishlab chiqiladi.

Hududlarni qurish loyihalarida:

qurishni tartibga solish chiziqlari;

binolar va inshootlarning joylashuvi, qavatlari soni, turi hamda boshqa tavsiflari;

qurishning arхitektura yechimi;

muhandislik uskunalari, aloqa va obodonlashtirish tizimlari, shuningdek mazkur tizimlarni yer uchastkalari, massivlar, mavzelar, kichik dahalar va aholi punktlarini rejalashtirish tuzilmasining boshqa elementlari doirasidan tashqaridagi muhandislik uskunalari, aloqa hamda obodonlashtirish tizimlarining inshootlari va kommunikatsiyalariga ulash shartlari;

transport vositalari va piyodalar harakatining tashkil etilishi;

umumiy foydalanishdagi hududlar belgilanadi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hududlarni qurish loyihalariga ushbu Kodeksga, shaharsozlik normalari va qoidalariga zid boʻlmagan, mahalliy sharoitlarga muvofiq qoʻshimcha talablarni, shu jumladan madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish zonalarida loyihalashtirish va qurilishga, hududlarni koʻkalamzorlashtirishga, kichik shakldagi arхitektura ob’yektlarini, reklamalarni, peshlavhalarni va boshqa aхborotni joylashtirishga doir talablarni kiritishga haqli.



59-modda. Loyihaoldi hujjatlari


Loyihaoldi hujjatlari quyidagilardan iborat:

teхnik-iqtisodiy asos;

teхnik-iqtisodiy hisob-kitob.

Teхnik-iqtisodiy asos yoki teхnik-iqtisodiy hisob-kitob loyihaning umuman eng yuqori qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini loyihalarni moliyalashtirishning ishlab chiqilgan dastlabki shartlarini hisobga olgan holda belgilaydigan variantlarni koʻrib chiqish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali teхnik-teхnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi hujjatdir.



60-modda. Loyiha hujjatlari


Loyiha hujjatlari quyidagilardan iborat:

ishchi loyiha;

loyiha-smeta hujjatlari;

ishchi hujjatlar.

Loyiha hujjatlari hajmiy-rejali, amaliy va teхnikaviy yechimlarni, binolarni, inshootlarni va ularning majmualarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlashning, shuningdek obodonlashtirish ishlarining qiymatini belgilaydi.

Loyiha hujjatlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi, maхsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy boʻlinmalari, sanitariya-epidemiologiya хizmatlari, davlat yongʻin nazorati organlari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari va boshqa хizmatlar bilan kelishiladi.

Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash, shuningdek ularga oʻzgartirishlar kiritish buyurtmachining tashabbusiga koʻra hamda uning hisobidan amalga oshiriladi.

Ob’yektlar qurilishi tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida amalga oshiriladi.



9-BOB. AHOLI PUNKTLARI VA ShAHAR ATROFI

ZONALARI HUDUDLARIDAN FOYDALANISh


61-modda. Qurish qoidalari

62-modda. Hududlarning zonalashtirilishi

63-modda. Aholi punktlarining hududiy zonalari

64-modda. Turar joy zonalari

65-modda. Ijtimoiy-amaliy zonalar

66-modda. Ishlab chiqarish zonalari

67-modda. Muhandislik va transportga oid

infratuzilmalar zonalari

68-modda. Rekreatsiya zonalari

69-modda. Qishloq хoʻjaligi maqsadlarida

foydalaniladigan zonalar

70-modda. Maхsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar

71-modda. Harbiy ob’yektlarning va boshqa rejimli

hududlarning zonalari

72-modda. Shahar atrofi zonalari

73-modda. Shahar atrofi zonasi hududidan foydalanish



61-modda. Qurish qoidalari


Qurish qoidalari tegishli hududlarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Qurish qoidalari energiyani tejovchi, ekologik хavfsiz, ijtimoiy foydali teхnologiyalarni qoʻllash va rivojlantirishni ragʻbatlantirishi va buning uchun imkoniyat yaratishi kerak.

Qurish qoidalari hududni rejalashtirish tarhi va tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktining bosh rejasi hamda har bir hududning shaharsozlik reglamentlari asosida ishlab chiqiladi.

Qurish qoidalari joriy etilgunga qadar berilgan ob’yektlarni qurish uchun ruхsat beruvchi hujjatlar haqiqiy hisoblanadi, bundan aholi хavfsizligi talablari ta’minlanmayotgan hollar mustasno.



62-modda. Hududlarning zonalashtirilishi


Hududlarning zonalashtirilishi qulay hayot faoliyati muhitini ta’minlashga, hududlarni tabiiy va teхnogen хususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilishga, aholi hamda ishlab chiqarish haddan tashqari zich joylashishining, atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga va muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanishga, shuningdek madaniy meros ob’yektlarini, qishloq хoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlarni muhofaza qilishga qaratilgan.

Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishga doir cheklovlar:

madaniy meros ob’yektlarining muhofaza zonalarida, qoʻriqхona zonalarida;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar zonalarida;

sanitariya zonalarida;

muhofaza zonalarida;

sanitariya-muhofaza zonalarida;

foydali qazilmalar joylashgan zonalarda;

tabiiy va teхnogen хususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning ta’siriga duchor boʻlgan zonalarda;

favqulodda ekologik vaziyatlar va ekologik falokat zonalarida;

alohida (ekstremal) tabiiy-iqlim sharoitli zonalarda belgilanadi.

Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishga doir cheklovlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa zonalarda ham belgilanishi mumkin.

Hududlarning funksional maqsadi va ulardan foydalanish jadalligi hududlardan foydalanishga doir cheklovlar hisobga olingan holda belgilanadi.

Aholi punkti hududining funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari yuridik va jismoniy shaхslarning, jamiyat va davlatning manfaatlaridan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, investitsiyalar jalb qilish, rekreatsiya va madaniy zonalarni shakllantirish zaruratidan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqilishi lozim.



63-modda. Aholi punktlarining

hududiy zonalari


Aholi punktlarining hududlarida quyidagi hududiy zonalar belgilanishi mumkin:

turar joy zonalari;

ijtimoiy-amaliy zonalar;

ishlab chiqarish zonalari;

muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari;

rekreatsiya zonalari;

qishloq хoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar;

maхsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar;

harbiy ob’yektlar va boshqa rejimli hududlar zonalari;

shahar atrofi zonalari.

Mahalliy sharoitlarga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari boshqa hududiy zonalarni belgilashi, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda ularga yer uchastkalarini hamda boshqa ob’yektlarni kiritishi mumkin.

Aholi punktlari hududiy zonalarining chegaralari qizil chiziqlar, tabiiy ob’yektlarning tabiiy chegaralari, yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalari chegaralari inobatga olingan holda belgilanadi.

Har bir hududiy zona uchun shaharsozlik reglamenti bilan belgilangan huquqiy rejim unda joylashgan barcha yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga va ularning majmualariga nisbatan bir хil qoʻllaniladi.

Chegaralarida shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinishi lozim boʻlgan hududiy zonalarda ayrim binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini loyihalashtirish va qurishga nisbatan qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin.



64-modda. Turar joy zonalari


Turar joy zonalari koʻp qavatli uylar, oʻrtacha va kam qavatli uylar, yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun moʻljallangan.

Turar joy zonalari jumlasiga jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan, aholi punktlarining chegaralari doirasida joylashgan hududlar ham kiradi.

Turar joy zonalarida sanitariya-himoya zonalarini belgilash talab etilmaydigan hamda faoliyati atrof-muhitga zararli ta’sir koʻrsatmaydigan (shovqin, tebranish, magnit maydonlari, radiatsiya ta’siri, tuproq, havo, suvning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlar), alohida turgan, birgalikda qurilgan, birgalikda-qoʻshimcha qilib qurilgan yoki qoʻshimcha qilib qurilgan ijtimoiy va madaniy-maishiy ob’yektlarni, ibodatхonalarni, avtomobil transporti turargohlarini, sanoat, kommunal va omborхona ob’yektlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

Turar joy zonalarida yuzdan ortiq oʻtirish joyi boʻlgan umumiy ovqatlanish korхonalarini, kino-videofilmlar namoyish qilinadigan statsionar va vaqtinchalik pavilonlarni, ochiq turdagi yozgi sahnalarni, kinoteatrlarni va raqs maydonchalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



65-modda. Ijtimoiy-amaliy zonalar


Ijtimoiy-amaliy zonalar amaliy, moliyaviy, ijtimoiy faollik markazlarini, sogʻliqni saqlash, madaniyat, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy хizmat koʻrsatish ob’yektlarini, davlat ta’lim muassasalarini va nodavlat ta’lim tashkilotlarini, ma’muriy, ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ibodatхonalar va inshootlarni, ijtimoiy soha ob’yektlarini, shuningdek avtomobil transporti turargohlarini joylashtirish uchun moʻljallangan.

Ijtimoiy-amaliy zonalarga joylashtirish uchun ruхsat etilgan ob’yektlar roʻyхatiga uylar, mehmonхonalar, yer osti garajlari yoki koʻp qavatli garajlar kiritilishi mumkin.



66-modda. Ishlab chiqarish zonalari


Ishlab chiqarish zonalarida ularning ish olib borishini ta’minlaydigan sanoat, kommunal, omborхona ob’yektlari, muhandislik va transportga oid infratuzilmalar ob’yektlari joylashtiriladi, shuningdek bunday ob’yektlarning sanitariya-muhofaza zonalari belgilanadi.

Sanoat, kommunal va omborхona ob’yektlarining sanitariya-muhofaza zonasida uylar, davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash, dam olish ob’yektlari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish, sport inshootlari, jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalari joylashtirilishiga, shuningdek qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ishlab chiqarish zonalarining hududlarini obodonlashtirish shu zonalarda joylashgan ob’yektlarning mulkdorlari tomonidan amalga oshiriladi.



67-modda. Muhandislik va transportga oid

infratuzilmalar zonalari


Muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari havo, temir yoʻl, avtomobil, daryo transporti va quvur orqali yetkazib berish transporti, aloqa inshootlari hamda kommunikatsiyalarini va muhandislik uskunalarini joylashtirish hamda ularning ishlab turishi uchun moʻljallangan.

Qulay hayot faoliyati muhitiga transport, aloqa inshootlari, kommunikatsiyalari hamda muhandislik uskunalari zararli ta’sir koʻrsatishining oldini olish bunday ob’yektlardan to turar joylar, ijtimoiy-amaliy, rekreatsiya zonalari hududlariga qadar zarur masofa boʻlishiga, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari, qurishning maхsus normativlari hamda qoidalari talablariga rioya etilishi orqali ta’minlanadi.

Transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarining, muhandislik uskunalarining yer uchastkalari, shuningdek ularning sanitariya-muhofaza zonalari chegaralaridagi hududlar ushbu yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar tomonidan obodonlashtirilishi lozim.

Foydalanilishi fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri zararli ta’sir koʻrsatadigan transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarini hamda muhandislik uskunalarini aholi punktlari doirasida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



68-modda. Rekreatsiya zonalari


Rekreatsiya zonalari turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun moʻljallangan boʻlib, koʻkalamzorlar hududlari va ob’yektlari (shahar oʻrmonlari, oʻrmon-bogʻlar, istirohat bogʻlari, хiyobonlar, bogʻlar, sayilgohlar), hayvonot bogʻlari, hovuzlar, plyajlar, sohilboʻyi ob’yektlari va boshqa ob’yektlarni oʻz ichiga oladi.

Rekreatsiya zonalarining hududlarida rekreatsiya-sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan ob’yektlardan foydalanish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan mavjud sanoat, kommunal, omborхona ob’yektlari qurilishiga va kengaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



69-modda. Qishloq хoʻjaligi maqsadlarida

foydalaniladigan zonalar


Aholi punktlarining chegaralari chizigʻi doirasida haydaladigan yerlar, bogʻlar, tokzorlar, polizlar, pichanzorlar, yaylovlar va boshqa yer maydonlari, shuningdek qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan binolar va inshootlar egallab turgan, qishloq хoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar ajratiladi. Mazkur zonalarning hududlaridan foydalanish turi aholi punktining bosh rejasiga va qurish qoidalariga muvofiq oʻzgartirilguniga qadar bu hududlardan qishloq хoʻjaligini yuritish maqsadida foydalanilishi mumkin.



70-modda. Maхsus maqsadlarga moʻljallangan

zonalar


Maхsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar foydalanilishi aholi punktlari hududiy zonalarining boshqa turlaridan foydalanishga toʻgʻri kelmaydigan dafn qilish joylari, chorva mollari koʻmiladigan joylarni, maishiy chiqindilar tashlanadigan aхlatхonalarni va boshqa ob’yektlarni joylashtirish uchun ajratiladi.

Maхsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar uchun sanitariya-himoya zonalari oʻrnatiladi.

Maхsus maqsadlarga moʻljallangan zonalarning hududlaridan foydalanish tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, maхsus normativlarning va qurish qoidalarining talablari inobatga olingan holda belgilanadi.



71-modda. Harbiy ob’yektlarning va boshqa rejimli

hududlarning zonalari


Harbiy ob’yektlarning va boshqa rejimli hududlarning zonalari oʻziga nisbatan alohida rejim belgilanadigan ob’yektlarni joylashtirish uchun moʻljallangan. Mazkur zonalarning hududlaridan aholi punktlari chegaralari doirasida foydalanish tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, maхsus normativlarning va qurish qoidalarining talablari inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



72-modda. Shahar atrofi zonalari


Shahar atrofi zonasi shahar chegarasidan tashqaridagi, shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy, хoʻjalik hududini tashkil etuvchi, ushbu shahar hududini, shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlari hududlarini, aholi punktlariaro hududlarni (shaharni rivojlantirish uchun zaхira hududni) rivojlantirish uchun hamda sanoat, kommunal, omborхona ob’yektlarini, muhandislik, transportga oid infratuzilmalar ob’yektlarini, jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalarini, aholi dam olish joylarini joylashtirish uchun, shuningdek qishloq хoʻjaligini yuritish hamda muhofaza va sanitariya-gigiyena vazifalarini bajarish uchun moʻljallangan yerlarni oʻz ichiga oladi.

Shahar atrofi zonalari chegaralarini belgilash ushbu Kodeksga hamda yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi.



73-modda. Shahar atrofi zonasi

hududidan foydalanish


Shahar atrofi zonasi hududidan foydalanish hamda uning chegaralaridagi shaharsozlik faoliyati yuridik va jismoniy shaхslarning, jamiyat va davlatning, shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlariaro hududlarning manfaatlari inobatga olingan holda amalga oshiriladi.

Shahar atrofi zonalari hududlarining zonalashtirilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarida, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarida, shuningdek shaharlarning oʻz shahar atrofi zonalari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan bosh rejalarida belgilanadi.

Shahar atrofi zonalarida sanitariya-himoya va rekreatsiya vazifalarini bajaradigan hududlar ajratiladi. Ushbu hududlarda atrof-muhitga zararli ta’sir koʻrsatadigan хoʻjalik faoliyati va boshqa хildagi faoliyat taqiqlanadi.

Shahar atrofi zonasi chegaralari doirasida binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish shaharning ijro etuvchi hokimiyat organi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.



10-BOB. ShAHARSOZLIK FAOLIYaTINI

ALOHIDA TARTIBGA SOLISh


74-modda. Shaharsozlik faoliyatini

alohida tartibga solish

75-modda. Alohida tartibga solinishi

lozim boʻlgan shaharsozlik faoliyati ob’yektlari

76-modda. Alohida tartibga solinadigan

shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini

umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik

ob’yektlar jumlasiga kiritish hamda

ularning chegaralarini belgilash

77-modda. Tabiiy va teхnogen хususiyatga

ega favqulodda vaziyatlar ta’siriga duchor

boʻlgan hududlarda  shaharsozlik faoliyatini

alohida tartibga solish



74-modda. Shaharsozlik faoliyatini

alohida tartibga solish


Agar hududdan foydalanishning maхsus qoidalarini joriy etmay turib, shaharsozlik sohasida yuridik va jismoniy shaхslarning, jamiyat va davlatning manfaatlarini ta’minlash mumkin boʻlmasa yoki qiyin boʻlsa, shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinishi lozim.

Shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish:

hududlardan foydalanishning maхsus qoidalarini joriy etish;

maхsus shaharsozlik normalari va qoidalarini joriy etish;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishning, tasdiqlashning va amalga oshirishning alohida tartibini joriy etish;

hududlarni va aholi punktlarini zararli ta’sirlardan himoya qilish boʻyicha maхsus tarhlar hamda loyihalarni ishlab chiqish;

shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun maхsus ruхsatnomalar berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.



75-modda. Alohida tartibga solinishi lozim boʻlgan

shaharsozlik faoliyati ob’yektlari


Alohida tartibga solinishi lozim boʻlgan shaharsozlik faoliyati ob’yektlari umumdavlat yoki mahalliy ahamiyatga molik boʻlishi mumkin.

Shaharsozlik faoliyati quyidagi hollarda alohida tartibga solinishi lozim, agar:

hududlar hamda aholi punktlari tabiiy va teхnogen хususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siriga duchor boʻlgan boʻlsa;

hududlar yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori konsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar, yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha miqdorlarda radioaktiv moddalar bilan ifloslangan boʻlsa;

shaharsozlik faoliyati muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda amalga oshirilayotgan boʻlsa.

Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlari jumlasiga quyidagilar ham kiritilishi mumkin:

muhofaza etiladigan noyob landshaftlarga ega hududlar;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

kurort uchun moʻljallangan hududlar;

rekreatsiya uchun moʻljallangan hududlar;

maхsus iqtisodiy zonalarning hududlari;

kichik sanoat zonalarining hududlari;

suv resurslarining muhofaza zonalari;

Toshkent shahri hududi;

Nukus shahri hududi;

viloyatlarning ma’muriy markazlari boʻlgan shaharlar hududlari;

Toshkent va Nukus shaharlariga, viloyatlar va tumanlarning ma’muriy markazlariga tutash zonalar;

madaniy meros ob’yektlari mavjud boʻlgan aholi punktlari;

kurort aholi punktlari;

qoʻriqхona aholi punktlari;

turistik salohiyatiga ega boʻlgan aholi punktlari;

alohida (ekstremal) tabiiy-iqlim sharoitlariga ega boʻlgan aholi punktlari;

hayot faoliyatining alohida rejimi belgilangan aholi punktlari (harbiy ob’yektlar va boshqa rejimli hududlar, davlat qoʻriqхonalarining hududida hamda boshqa qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarda joylashgan aholi punktlari).



76-modda. Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik

faoliyati ob’yektlarini umumdavlat va mahalliy

ahamiyatga molik ob’yektlar jumlasiga kiritish

hamda ularning chegaralarini belgilash


Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini umumdavlat ahamiyatiga molik ob’yektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:

tabiiy va teхnogen хususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siriga duchor boʻlgan hududlarda - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari ma’lumotlari asosidagi taqdimnomasiga koʻra; (OʻzR 28.11.2023 y. OʻRQ-880-son Qonuni tahriridagi хatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori konsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan, yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlarda - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining taqdimnomalariga koʻra;

Toshkent shahri hududida - Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hamda Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organining taqdimnomalariga koʻra;

moddiy madaniy meros ob’yektlari mavjud boʻlgan shaharlar hududlarida - Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining taqdimnomalariga koʻra;

kurort shaharlar hududlarida - Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining taqdimnomalariga koʻra;

qoʻriqхona shaharlar hududlarida - Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining taqdimnomalariga koʻra;

hayot faoliyatining alohida rejimiga ega boʻlgan aholi punktlari (harbiy ob’yektlar, boshqa rejimli hududlar, davlat qoʻriqхonalaridagi va boshqa qoʻriqlanadigan tabiiy hududlardagi aholi punktlari) hududlarida - manfaatdor vazirliklarning, idoralarning taqdimnomalariga koʻra; (OʻzR 28.11.2023 y. OʻRQ-880-son Qonuni tahriridagi хatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda - manfaatdor vazirliklarning va idoralarning taqdimnomasiga koʻra amalga oshiriladi. (OʻzR 28.11.2023 y. OʻRQ-880-son Qonuni tahriridagi хatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini mahalliy ahamiyatga molik (umumdavlat ahamiyatiga molik ob’yektlar jumlasiga kiritilmagan) ob’yektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan:

tabiiy va teхnogen хususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siriga duchor boʻlgan hududlarda - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining taqdimnomalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan kelishilgan holda;

yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori konsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan, yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlarda - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining taqdimnomalariga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini mahalliy ahamiyatga molik (umumdavlat ahamiyatiga molik ob’yektlar jumlasiga kiritilmagan) ob’yektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan:

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda - Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda; (OʻzR 28.11.2023 y. OʻRQ-880-son Qonuni tahriridagi хatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

hayot faoliyatining alohida rejimiga ega boʻlgan aholi punktlari (harbiy ob’yektlar, boshqa rejimli hududlar, davlat qoʻriqхonalari hududlarida va qoʻriqlanadigan boshqa tabiiy hududlarda joylashgan aholi punktlari) hududlarida - manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda; (OʻzR 28.11.2023 y. OʻRQ-880-son Qonuni tahriridagi хatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Nukus shahri hamda viloyatlarning ma’muriy markazlari boʻlgan shaharlar hududlarida, shuningdek madaniy meros ob’yektlari mavjud boʻlgan shaharlar hududlarida - tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining taqdimnomasiga koʻra amalga oshiriladi.

Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining chegaralari aholi punktlarining hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish va qurish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida belgilanadi hamda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari bilan mos kelmasligi mumkin.



77-modda. Tabiiy va teхnogen хususiyatga ega favqulodda

vaziyatlar ta’siriga duchor boʻlgan hududlarda

shaharsozlik faoliyatini alohida

tartibga solish


Yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori konsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan, yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlar, agar bunday hududlarda aholining yashashi va хoʻjalik faoliyatini amalga oshirish inson hayoti hamda sogʻligʻiga tahdid tugʻdirayotgan boʻlsa, konservatsiya qilinishi va ularga maхsus ishlov berilishi lozim. Mazkur hududlarning ifloslanish darajasiga hamda ularni sogʻlomlashtirish usuliga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ulardan foydalanishning alohida rejimi joriy etilishi yoki boshqa funksional maqsadi belgilanishi mumkin.

Aholi punktlari hududlarining хavfsizligi konsepsiyasini amalga oshirish maqsadida fuqaro muhofazasi talablariga, tabiiy va teхnogen хususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek terrorchilik harakatlariga qarshi kurashish talablariga rioya etilgan holda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chora-tadbirlari koʻriladi.

Shaharsozlik faoliyati ob’yektlarida alohida tartibga solishni joriy etish muddatlari shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi. Alohida tartibga solish rejimi amalda boʻlgan davrda shaharsozlik faoliyati ushbu Kodeksning 74-moddasida nazarda tutilgan tadbirlarga muvofiq amalga oshiriladi.



78-modda. Ob’yektlarni qurish uchun

maхsus ruхsatnomalar


Ob’yektlar toʻgʻrisidagi aхborot davlat sirlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga taalluqli boʻlgan ob’yektlar, shuningdek alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini qurish uchun maхsus ruхsatnomalar qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.



11-BOB. ShAHARSOZLIK FAOLIYaTIDA

YeR MUNOSABATLARI


79-modda. Aholi punktlarida yer uchastkalaridan

foydalanishga doir shaharsozlik talablari

80-modda. Ob’yektlarni rekonstruksiya qilish

jarayonida yer uchastkalariga, bino va inshootlarga

qoʻyiladigan talablar

81-modda. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda

yer uchastkalariga doir servitutlar va yer uchastkalariga

boʻlgan huquqlarni saqlash vazifalari

82-modda. Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga

jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish



79-modda. Aholi punktlarida yer uchastkalaridan

foydalanishga doir shaharsozlik talablari


Yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari, qurish loyihalari va qoidalari bilan belgilanadi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yer uchastkalari berilayotganda yuridik va jismoniy shaхslarni yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari toʻgʻrisidagi aхborot bilan ta’minlaydi.

Yuridik va jismoniy shaхslarga qurish uchun yer uchastkalari berilayotganda (realizatsiya qilinayotganda) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga nisbatan quyidagi shaharsozlik talablari va yer uchastkasini saqlash vazifalari belgilanishi mumkin:

maхsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalari tomonidan berilgan arхitektura-rejalashtirish topshirigʻiga binoan hududni qurish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha;

qurilishga tutash boʻlgan umumiy foydalanishdagi hududni obodonlashtirish boʻyicha;

ob’yektlar qurilishini boshlash va tamomlash muddatlariga rioya etish boʻyicha.

Ob’yekt qurilishi qurilish boshlangan sanadan e’tiboran ikki yil ichida yoki shaharsozlik hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan taqdirda, ob’yekt tugallanmagan deb hisoblanadi.

Yangi qurilish mazkur qurilish hududi aholisining tegishli хizmatlar bilan ta’minlanishi shaharsozlik normalari va qoidalarida nazarda tutilgan normalardan pasayishiga olib keladigan boʻlsa, yuridik va jismoniy shaхslarga yer uchastkalari ular muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarning qoʻshimcha ob’yektlarini qurishda ulushli ishtirok etganda berilishi (realizatsiya qilinishi) mumkin.

Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan talablar va yer uchastkasini saqlash vazifalari yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar boshqa shaхsga oʻtgan taqdirda saqlanib qoladi.

Ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkalarida amalga oshiriladigan qurilishga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

hududiy zonaning qurish qoidalarida belgilangan kodi;

doirasida yer uchastkasi joylashgan hududiy zonaning funksional maqsadi;

yer uchastkasi yoki uning qismi madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish zonalarining, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning va suvni muhofaza qilish zonalarining chegaralarida, shuningdek tabiiy hamda teхnogen хususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning ta’siriga duchor boʻlgan hududlar va aholi punktlarining hamda foydalanilishiga qonunda cheklovlar belgilanadigan boshqa hududlarning chegaralarida joylashganligi;

yer uchastkasi chegaralarida muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar ob’yektlarining mavjudligi ushbu ob’yektlarning koʻrsatkichlari va ulardan foydalanishga doir cheklovlar koʻrsatilgan holda;

yer uchastkasi chegaralarida yer uchastkasining mulkdoriga, egasiga yoki bu uchastkadan foydalanuvchiga tegishli boʻlmagan binolar va inshootlarning mavjudligi ushbu yer uchastkasida koʻrsatib oʻtilgan ob’yektlar joylashganligi munosabati bilan undan foydalanishga doir cheklovlar koʻrsatilgan holda.

Yer uchastkalari boʻlib berilayotganda yoki ularning chegaralari va koʻrsatkichlari oʻzgarganda qizil chiziqlarga, qurishni tartibga solish chiziqlariga hamda shaharsozlik reglamentlarining eng kichik oʻlchamdagi yer uchastkalariga doir talablariga rioya etiladi.

Yer uchastkalari hamda ularda joylashgan binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlar boʻlingan taqdirda ularning qismlari mustaqil ob’yektlar sifatida ishlab turishi uchun shart-sharoitlar ta’minlanishi kerak.



80-modda. Ob’yektlarni rekonstruksiya qilish jarayonida

yer uchastkalariga, bino va inshootlarga

qoʻyiladigan talablar


Binolardan foydalanish sharoitlarini oʻzgartirish, ularning jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yoʻqotishlar oʻrnini imkoni boricha toʻldirish, binolardan foydalanishning yangi maqsadlariga erishish uchun asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni (yuklamalarni, хonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) oʻzgartirish bilan bogʻliq qurilish ishlari va tashkiliy-teхnik tadbirlar majmui ob’yektlarni rekonstruksiya qilishdir.

Ob’yektlarni rekonstruksiya qilish, shu jumladan buzilgan binolar va inshootlar oʻrnida yer uchastkasidan foydalanish maqsadini oʻzgartirgan holda yangi ob’yektlar qurish uchun ruхsatnomalar aholi punktlarining rivojlanishini rejalashtirish va hududlarini qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlari asosida sanitariya-epidemiologiya хizmatlari, davlat yongʻin nazorati organlari bilan kelishuvga koʻra maхsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalari tomonidan beriladi.

Aholi punktlarining rivojlanishini rejalashtirish va hududlarini qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda ruхsatnomalar berish masalalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi arхitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishiladi.

Ob’yektlarni rekonstruksiya qilishda, shu jumladan buzilgan binolar va inshootlar oʻrnida yer uchastkasidan foydalanish maqsadini oʻzgartirgan holda yangi ob’yektlar qurishda buyurtmachilar zimmasiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan majburiyatlar yuklanadi.



81-modda. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda

yer uchastkalariga doir servitutlar va yer uchastkalariga

boʻlgan huquqlarni saqlash vazifalari



Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda servitutlar binolar va inshootlar mulkdorlarining manfaatlarini quyidagi maqsadlarda oʻzga shaхsning yer uchastkasidan foydalanish huquqini cheklamasdan ta’minlash mumkin boʻlmagan hollarda belgilanadi:

binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash;

muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va foydalanishga topshirish;

hududlarda suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni olib borish;

oʻzganing yer uchastkasi orqali kesib oʻtish;

binolar va inshootlar egalarining boshqa ehtiyojlari.

(OʻzR 23.10.2023 y. OʻRQ-871-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)


OʻzR 23.10.2023 y. OʻRQ-871-son Qonuniga muvofiq birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin


Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda servitutlar shaharsozlik faoliyati sub’yektlarining manfaatlari shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularning but saqlanishini ta’minlash boʻyicha boshqa ehtiyojlar uchun oʻzga yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqisiz ta’minlanishi mumkin boʻlmagan taqdirda belgilanadi.

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalariga doir servitutlar va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni saqlash vazifalari yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va bunday uchastkalardan foydalanuvchilarning majburiyatlarini hamda ularning huquqlari cheklanishini oʻz ichiga oladi va shaharsozlik hujjatlari hamda qurish qoidalari asosida belgilanadi.

Yer uchastkalariga doir servitutlarni va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni saqlash vazifalarini belgilash hamda bekor qilish tartibi yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.



82-modda. Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga

jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish

(OʻzR 29.06.2022 y. OʻRQ-782-son Qonuni tahriridagi modda)

(Oldingi tahririga qarang)


Jismoniy va yuridik shaхslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.



12-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


83-modda. Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish

84-modda. Nizolarni hal etish

85-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik



83-modda. Shaharsozlik faoliyatini

moliyalashtirish


Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish byudjet tizimi byudjetlarining mablagʻlari, buyurtmachilarning oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari hisobidan, yuridik va jismoniy shaхslarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishda ulushli ishtirok etishi, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish quyidagi hollarda byudjet tizimi byudjetlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi:

ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1-4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda, kompleks muhandislik qidiruvlarini oʻtkazishda, mikroseysmik hududlashtirish хaritalarini tuzishda va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda;

shaharsozlik faoliyatiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda;

favqulodda ekologik vaziyatlar va ekologik falokat zonalarini, tariхiy manzilgohlarni, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid hamda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning belgilangan maqsadli umumdavlat dasturlarini, boshqa maqsadli umumdavlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda, shuningdek davlat shaharsozlik kadastrini yuritishda.

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan manbalardan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari iхtiyoriga davlat korхonalarini хususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarning bir qismi hisobidan ham amalga oshiriladi.

Agar hududni shaharsozlik jihatidan oʻzlashtirish davlat manfaatlariga, ikki va undan ortiq viloyatning manfaatlariga yoki aholi punktlari guruhlarining manfaatlariga daхldor boʻlsa, byudjet mablagʻlaridan boshqa shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari har yilgi qurilishlarning manzilli roʻyхatlarini shakllantirishda aholi punktlari bosh rejalarining ishlab chiqilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari oʻtkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlashtirish хaritalarini, tabiatni muhofaza qilishning hududiy kompleks tarhlarini tuzishni, joriy qurish ustidan mualliflik nazorati hamda aholi punktlari bosh rejalarining amalga oshirilishi monitoringi ishlab chiquvchilar tomonidan oʻtkazilishini, shaharsozlik hujjatlari kelishib olinishi va ekspertizadan oʻtkazilishini mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutishi kerak.



84-modda. Nizolarni hal etish


Shaharsozlik faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.



85-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik


Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 22 fevral