Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2004 y. 471-son "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.10.2004 y.

N 471




"OʻZKIMYoSANOAT" DAVLAT-AKSIYaDORLIK

KOMPANIYaSI TARKIBIGA OʻZGARTIRISh

KIRITISh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi qisqartirilsin.


2. "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga boshqaruv raisining oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kimyo sanoati korхonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq хoʻjaligiga agrokimyo хizmati koʻrsatishni yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 23 yanvardagi 33-son qarorida:

3-bandning beshinchi хatboshidagi "birinchi oʻrinbosar - vazirning birinchi oʻrinbosariga" soʻzlari chiqarib tashlansin;

qarorning 2-ilovasidagi "Raisning birinchi oʻrinbosari" soʻzlari "Rais oʻrinbosari" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 40-41-son, 439-modda.